Abu ali ibn sino nomidagi buxoro davlat tibbiyot instituti ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi "tasdiqlayman"


Xantalmani uy sharoitida ham tayyorlash mumkin. Buning uchun 1 osh


Download 1.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/128
Sana02.01.2022
Hajmi1.6 Mb.
#184800
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   128
Bog'liq
tibbiyot kasbiga kirish (1)

Xantalmani uy sharoitida ham tayyorlash mumkin. Buning uchun 1 osh 
qoshiq xantal kukuni olinadi, unga 1 osh qoshiq bug’doy uni qo’shiladi va 
asta-sekin iliq suv bilan butqa xoliga kelguncha aralashtiriladi. Hosil bo’lgan 
bo’tqasi 30 daqiqaga tindirib qo’yiladi, so’ngra 2 qavat doka ustiga bo’tqadan 
0,5 sm qalinlikda surtiladi va ustiga yana bir qavat doka yoki oq qog’oz 
yopiladi. 
Xantalmalarni quruq va qorong‘i joyda saqlash kerak. Uni ishlatishdan oldin 
yaroqligi tekshirib ko‘riladi. Yangi xantalmadan o‘tkir xantalmaning hidi keladi va 
u qog‘ozdan uvalanib ketmaydi. Xantalmani tananing hamma soxasiga qo‘yish 
mumkin. 
Moneliklar. Teri kasalliklari, qon oqishi, o‘pka sili, o‘pka raki, allergik xolatlarda 
xantalmalarni xo‘llash mumkin emas. 
Zarur jixozlar: Xantalma, bo‘yraksimon tog‘oracha, iliq (350Sli) suv, sochiq. 
Ishni bajarish tartibi. Bemorning xantalma qo‘yiladigan soxasidagi teri ko‘zdan 
kechiriladi. Terida toshmalar, tirnalgan joylar, yaralar bo‘lmasligi kerak 
xantalmani iliq (350Sli) suvda namlab, keyin silkitiladi. So‘ngra tananing kerakli 


soxasiga xantalma tomoni bilan qo‘yiladi. Ustidan sochiq bilan yopiladi. 10-15 
daqiqa o‘tgach xantalma olinadi. Xantalma qo‘yilgan soxa terisi iliq suv bilan 
yuvilib, quruq qilib artiladi. Bemor kiyintirilib, issiq urab-chirmab qo‘yiladi. 
Xantalmalarni har kuni emas, kun osha qo‘yish mumkin. 

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling