Abu ali ibn sino nomidagi buxoro davlat tibbiyot instituti ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi "tasdiqlayman"


Download 1.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/128
Sana02.01.2022
Hajmi1.6 Mb.
#184800
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   128
Bog'liq
tibbiyot kasbiga kirish (1)

8.Pediatriyada  muomala odobi. 
Darhaqiqat, bu soha mutaxassislari: 
Hali  tilga  kirmagan,  so'zlay  olsa-da,  xastalik  belgilarini  to'g'ri  bayon  qilib  bera 
olmaydigan;  ozroq  ma'lumot  bera  olsa  ham  «begona»,  «oq  xalatli»  insonlar  bilan 
gaplashishdan bosh tortadigan, betinim yig'laydigan, hech narsaga ovunmaydigan bolalar 
bilan muomala qilishga majbur bo'ladi(28- rasm). 
Bola  tinmay  yig'lab,  pediatr  ko'rigiga  xalaqit  berishi  mumkin.  Lekin  shifokor  bu 
holatda  asabiylashmasligi,  sovuqqonlik  bilan  avval  ona  bilan  savol-javob  qilishi,  so'ng 
bolani  tekshira  boshlashi  kerak.  Yosh  onaning  hayot  tajribalari  oz  va  ruhiyatining  nozik 
ekanini hisobga olgan ravishda tashxisni yumshoqroq, kishi cho'chib ketmaydigan shaklda 
aytgani ma'qul. 
Bolalarni operatsiyaga tayyorlashda ularga tushunarli tilda gapirish kerak. 
Pediatr kichik bemorlar bilan muomalada quyidagi tamoyillarni hisobga olishi talab 
etiladi: 

Tinch, sokin, muloyim, qat'iy gapirish; 

Yoshni hisobga olib, o'tkaziladigan muolajalarni tushuntirish; 

Bola uchun (imkon qadar) tushunarsiz so'zlarni ishlatmaslik; 

Bola  biron  muolaja  (operatsiya)da  cho'chiganda  boshqa  bolalar  misolida 
tinchlantirish kerak. 
Demak,  pediatr  -  donolar  aytgandek,  farzandlarga  katta  hurmat,  ehtirom  bilan 
munosabatda bolish lozimligini yodda saqlagani maqsadga muvofiqdir. 

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling