Abu ali ibn sino nomidagi buxoro davlat tibbiyot instituti ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi "tasdiqlayman"
Download 1.6 Mb. Pdf ko'rish
|
tibbiyot kasbiga kirish (1)
Qariyalar xazm tizimi
Me'da va ichak yo‘llari epiteliysida qarish jarayonida atrofik o‘zgarishlar bo‘ladi. Jigar massasi kamayadi, dezintoksikatsion funksiyasi pasayadi. Me'da osti bezining evakuator va motor funksiyasi pasayadi. So‘lak bezlarining funksiyasi pasayishi, tishlarning tushib ketishi, og‘iz bushlig‘ida ovqatning mexanik maydalanishining yomonlashtiradi, ovqat xazm bo‘lishini buzadi. Me'da sekretsiyasining pasayishi gipoatsid gastritni keltirib chiqaradi. Ingichka ichakda so‘rilish jarayoni buziladi, peristaltika pasayadi, natijada qabziyat paydo bo‘ladi. Buyrakda qon aylanishi, filtratsiya, reabsorbsiya pasayadi. Suyak va bo‘g‘imlarda osteoporoz, osteoxondroz va atrofik o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Dunyo axolisining qariyalar xisobiga oshishi iqtisodiy siyosatga ta'sir etadi va sog‘liqni saqlash tizimiga murakkab ma'suliyatni yuklaydi. Bu esa terapevtlar va xamshiralardan aloxida bilimlar va ko‘nikmalarni bilishni talab etadi. Tibbiyot xodimlari keksa yoshdagi bemorlarni aloxida parvarish qilishlari, etika va deontologiya qoidalariga vijdonan amal qilishlari, keksa yoshdagi bemorlar ruxiy xolatini tushunishlari zarur. Qari yoshdagi bemorlar tibbiy yordamga murojaat qilishganda ularni jamiyatning teng xuquqli a'zosi deb bilish va ularga aloxida xurmat va extirom ko‘rsatish zarur. Bunday bemorlarni davolashda ularning kasallik tarixi bilan bir qatorda ijtimoiy psixologik axvoli bilan xam tanishishi kerak. Vrach yoki xamshira geriatrik bemorlar axvoli bilan yaqindan tanishib chiqib tez-tez ulardan xabar olishlari zarur. Ayniqsa yolg‘iz yashaydigan qariyalarning ijtimoiy, ruxiy va jismoniy axvolini bilish geriatrik yordamning asosiy vazifalaridan biridir(30-rasm). Kasalxona sharoitlarida qariyalarga keng sharoitlar yaratish, ular bilan ko‘proq suxbatlashish, xayotga qiziqishlarini ortirish kerak. xamshira bunday bemorlarni ovqatlantirishi, yuvintirishi va kiyintirishi, bunday bemorlar bilan psixologik aloqani o‘rnatib, o‘ziga ishonchni orttirishi kerak. Geriatrik bemorlar o‘z o‘tmishlari xaqida faxrlanib gapiradilar, ularni ko‘proq o‘tmish va o‘tmish voqealari, yutuqlari qiziqtiradi. Ular kelajak xaqida o‘ylash va gapirishdan, o‘limdan qo‘rqadilar. Shunday paytlarda xamshira bemorlarga xayotlari sermazmun foydali o‘tganligini o‘z ota-onalik burchlarini yaxshi ado etganliklarini, jamiyat uchun katta foyda keltirganliklari xaqida ishontirishlari kerak. Bu esa qariyalarning sog‘ayishiga yordam beradi. Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling