Ko‘krak qafasining tekshirishda undagi tashqi o‘zgarishlarga ahamiyat beriladi.
Ko‘krak qafasi ichidagi a‘zolar esa ularning tashqi yuza
proyeksiyasiga nisbatan
o‘zgariladi. Shuning uchun albatta tashqi klinik topografiyani bilishimiz zarur.
Bunday topografiya qator tabiiy nuqtalar va sun‘iy chiziqlar orqali hosil qilinadi.
Tabiiy belgi punktlari. Suyak belgilari:
1. O‘mrov suyagi (clavisula).
2. Qovurg‘alar (costae), ayniqsa I, II, III oxirgi chin qovurg‘a, XI erkin qovurg‘a
va qovurg‘a ayollari.
3. To‘sh suyagi (sternum), uning dastasi (manubrium), tanasi (corpus) va
xanjarsimon o‘sig‘I (prosessus xiphoideus).
4. Dastasi – tanasi birikkan joyi – Lyudovik burchagi (angulus Ludowici) bu
qovurg‘alarni sanashda boshlang‘ich joy hisoblanib, u II qovurg‘aning to‘sh
suyagiga birikkan joyiga to‘g‘ri keladi.
5. Umurtqaning suyak o‘simtalari, ayniqsa VII bo‘yin o‘simtasi tez paypaslanadi.
6. Ko‘krak (scapula) ayniqsa uning qirrasi (spina scapulae) va burchagi (angulus
scapulae).
Do'stlaringiz bilan baham: