Abu ali ibn sino nomidagi buxoro davlat tibbiyot


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana05.06.2020
Hajmi0.58 Mb.
#115144
1   2   3   4   5
Bog'liq
ogiz boshligi azolari xastaliklari klinik belgilari tashxislash va davolashda abu ali ibn sino qarashlari


MILK ETINING KAMAYISHI 

Erkak kundur yelimi, yumaloq aristoloxiya, baqam daraxti yelimi, yovvoyi yasmiq 

donining uni va gulsapsar ildizidan barobar bo’laklarni olib yanchgandan keyin asal va 

yovvoyi piyoz sirkasi bilan qoriladi va tish milkiga ishqalanadi. Goho yovvoyi yasmiq 

unidan o’n dirham olib asal bilan qoriladi va kulcha qilib, tandir tagidagi pishiq g’isht 

yoki sopol ustiga qo’yiladi, yoki yanchiladigan bo’lgunicha tandirga qo’yib qo’yiladi, 

uni  kuyishga  yaqinlashtiriladiyu,  lekin  kuydirilmaydi.  So’ngra  yanchib,  unga  baqam 


daraxti  yelimidan  to’rt  dirham,  erkak  kundur  yelimidan  ham  o’shancha,  yumaloq 

aristoloxiya  va  gulsapsar  ildizining  har  biridan  ikki  dirham  qo’shib,  yuqorida  bayon 

qilingan yo’sinda ishqalanadigan dori tayyorlab ishlatiladi. 

TISH MILKINING BO’SHASHUVI 

Bo’shashish  kam  bo’lsa,  mizojga  qarab  issiqlik  yoki  sovuqlik  burishtiruvchi 

narsalar  qaynatilgan  suv  bilan  og’iz  chayish  kifoya  qiladi.  Sirkada  qaynatilgan 

achchiqtosh  bu  to’g’rida  juda  foydalidir.  Bo’shashish  ko’p  bo’lsa,  davolashning 

yaxshisi  milkni  tilib  qon  oqizib  qo’yish,  oqqan  qonni  tozalab  turiladi,undan  keyin 

yuqorida  bayon  qilingan  yo’sinda  burishtiruvchi  narsalarning  qaynatmasi  bilan  og’iz 

chayishdir.  quyidagi  qaynatmalar  milk  bo’shashuviga  yoqadigan  qaynatmalardandir: 

yulg’un  daraxti  mevasining  yanchilganidan  uch  dirham,.  xina  bargidan  ikki  dirham, 

aristoloxiyadan  bir  dirham  olib  qaynatiladi  va  iliq  qilib  ishlatiladi;  yoki  anor  guli  va 

anor po’stining har biridan olti dirhamdan, ikkala xil zirnix va yaman achchiqtoshining 

har  biridan  uch  dirhamdan,  gul  va  bag’dod  tatimining  har  biridan  sakkiz  dirhamdan, 

xushbo’y  sunbul  va  qora  chayir  gulining  har  qaysisidan  o’n  dirhamdan  olib,  shu 

tarkibdan  chapiladigan  yopishqoq  dori  qilib  ishlatiladi.  Chahorragdan  qon  olish  ham 

foydalidir. 

Bo’shashgan milkka yopishtiriladigan va og’izni chaygandan keyin ishlatiladigan 

foydali dorining tarkibi: dumlari bilan birga olingan gul va murchning har biridan yetti 

dirhamdan,  dub  yong’og’i  mag’zining  po’sti,  anor  guli  va  ko’k  mirta  urug’ining  har 

biridan  to’rt  dirhamdan,  o’zi  o’sgan  jinjak,  tozalangan  tatim  va  Yaman  dorchinining 

har  qaysisidan  besh  dirhamdan  yoki  yaman  dorchini  o’rniga  sakkiz  dirham  mirta 

olinadi. Kichik iyorajni tanglayga surtib, undan keyin yovvoyi piyoz sirkasi bilan og’iz 

chayilsa hamda sepiladigan kuchli dorilar ishlatilsa ham foyda qiladi. 

TEST SAVOLLARI 

Tish qimirlashi sabablari? 

A.Yiqilish yoki urilish sababli  

B.Asabni bo`shashtiradigan rutubat tufayli 

V.Tish usib chikkan joylarining eyilishi sababli 

G.Xammasi 

Yeyilgan kovak tishni uvalantirish usullari? 

A.Unni yattu’ suvi bilan korib bir necha soat tishga kuyiladi 



B.Katta va mazasi o`tkir qo`ypechak bargini kuyish kerak 

V.Daraxt qurbaqasining yog`i 

G.Xammasi 

Tishlarning uyquda g`ichirlashi sabablari? 

A.Yuqori va quyi jag`lar mushagining kuchsizligidan 

B.Sakta yoki tutkanoq yoki tirishish kasalligida 

V.Gijjalar tufayli 

G.Xammasi 

…………..  mubtalo  bo`lgan  kishini  boshini  moddadan  tozalash,  bo`yniga 

burishtirish  xususiyati  bo`lgan  issiq  va  xushbuy  eg`larni  surtish  kerak.  Bu 

qaysi kasallikda? 

A.Tish qurti 

B.Tish g`ichirlashi 

V.Tish uvalantirishda 

G.Uzayib ketayotgan tishda 

Unday  tishni  ikki  barmoq  yoki  ushlaydigan  asbob  bilan  tutib  turib 

egovlanadi.  So`ngra  dafna  daraxtining  doni,  achchiqtosh  va  uzunchoq 

aristoloxiyadan    tayyorlangan  tish  dorisi  bilan  ishqalanadi.  Bu  qaysi 

kasallikda? 

A.Tish qurti 

B.Tish g`ichirlashi 

V.Tish uvalantirishda 

G.Uzayib ketayotgan tishda 

Tish qamashishi qachon paydo bo`ladi? 

A.Burishtiruvchi eki taxir narsa sababli 

B.Tishga sirtdan kelib uchragan narsa yoki qustiruvchi narsa sababli 

V.Me’dada  ko`tarilib  chiqqan  nordon  xilt  sababli  va  nordon  narsani  bemalol 

chaynayotgan kishini ko`rganda 


G.Xammasi 

Tish sovuq, issiq va qattiq narsalarga chidash bermaydigan bo`lib qoladi. Bu 

qaysi kasallikda? 

A.Tish qamashishi 

B.Tish emali ketishi 

V.Tish kuchsizlanishi 

G.Tish g`ichirlashi 

Tish milkidagi shish sabablari? 

A.Boshdan tushayotgan modda sababli 

B.Istisqo kasalligining boshlanishida 

V.Buzuq bug`larning ko`tarilishi sababli 

G.Xammasi 

………….. milk yaralarining ba’zisi moddasiz, ba’zisi sasishga boshlangan va 

ba’zisi uyilishga tutingan bo`ladi? 

A.Tish milklari yaralari 

B.Tish milklari yeyilishi 

V.Tish milklari oqmalari 

G.Xammasi 

Tish milkining bo`shashuvi kam bo`lsa ………. qilinadi? 

A.Mizojga qarab issiqlik yoki sovuqlik burishtiruvchi narsalar 

B.Burishtiruvchi narsalar qaynatilgan suv bilan og`iz chayish 

V.Sirkada qaynatilgan achchiqtosh 

G.Xammasi 

Tish milki bo`shashuvi ko`p bo`lsa ……….. qilinadi? 

A.Milkni tilib qon oqizish 

B.Burishtiruvchi narsalar qaynatmasi bilan og`iz chayiladi 


V.A va B 

G.Xammasi 



Unga  yashil  zok  va  murr  quyilsa  uni  eritib  tozalab  yuboradi.  Bu  qaysi 

kasallikda? 

A.Tish milkining hidlanishi 

B.Milk etining kamayishida 

V.Tish milkining bo`shashuvida 

G.Tish milkidagi ortiqcha et 

.…………..  ko`pincha  bolalarda  paydo  bo`ladi  va  balog`atga  yetgach 

yo`qoladi. Bu qaysi kasallikda? 

A.Tish qamashishi 

B.Tish emali ketishi 

V.Tish kuchsizlanishi 

G.Tish g`ichirlashi 

Til kasallanganda qanday holatlar kuzatiladi? 

A.Til harakatining buzilishi 

B.Til sezgisining buzilishi 

V.A va B 

G.Xammasi 

Til kasalliklari turlari? 

A.Mizoj buzilishidan 

B.Tarkib kasalliklari va uzluksizlikning buzilishi 

V.Murakkab kasalliklar 

G.Xammasi 

Til kasalliklari qaysi a’zolar hamkorligi bilan bo`lishi mumkin? 

A.Miya 


B.Me’da 

V.O`pka va ko`krak 

G.Xammasi 

Til mizojini bildiruvchi belgilar? 

A.Til shakli 

B.Til rangi 

V.Tilning biror ma’zani ko`proq sezishi 

G.B va V 

Til sezayotgan ma’za nimadan dalolat? 

A.Butun badanda biror xilt ko`payganligini 

B.Me’dada biror xilt ko`payganligini 

V.Boshda biror xilt ko`payganligini 

G.Xammasi 

Tilning  qizilligi  g`adir-budurligi  bilan  birga  bo`lsa  bu  qaysi  kasalliklarda 

kuzatiladi? 

A.Bosh 


B.Me’da  

V.Jigar 


G.Xammasi 

Me’da  og`zi  va  jigarning  sovuqligida,  boshda  balg`am  borligida  til  rangi 

qanday? 

A.Oq  


B.Qizil 

V.Qora 


G.Yashil 

28.Tilning ahvoli nimalar bilan belgilanadi? 

A.So`zlagan vaqtdagi xarakati 

B.Oriqligi, yengilligi, qalinligi 

V.Xarakatining og`irligiga ko`ra 

G.Xammasi 



Tilning og`izdan chiqib qolishi? 

A.Tilning o`zidagi katta shishlar tufayli 

B.Tomoq og`rig`i kasalliklarida 

V.Nafas yo`lining kengayishi  

G.Xammasi 

Ispagul  shirasi,  baqaloqlar,  chala  pishirilgan  tuxum,  tarrak  va  sabiston 

olxo`risi qaysi kasallikda ishlatiladi? 

A.Tilning kuyib achishishi 

B.Til yorilishi 

V.Tilning chiqib qolishi 

G.Qurbaqa kasalligi 

O`tkir, sho`r, achchiq, shirin narsalar va qattiq tashna qiluvchi narsani yeyish 

tufayli kelib chiquvchi kasallik? 

A.Tilning kuyib achishishi 

B.Til yorilishi 

V.Tilning chiqib qolishi 

G.Qurbaqa kasalligi 

Tilning  tagida  qattiq  bezga  o`xshash  narsa  bor,  uning  rangi  til  satxining  va 

undagi  tomirlarning  rangidan  tarkib  topgan  bo`lib,  qurbaqa  rangiga 

o`xshaydi. Bu qaysi kasallikda? 

A.Tilning kuyib achishishi 

B.Til yorilishi 

V.Tilning chiqib qolishi 



G.QurbaQa kasalligi 

So`zlashishning qiyinligi nima sababdan bo`lishi mumkin? 

A.Shish 


B.Yara 

V.Isitma 

G.Xammasi 

Tilda qanday shishlar bo`ladi? 

A.Issiq shishlar 

B.Shilliqdan va yeldan bo`ladigan shishlar 

V.Qattiq shishlar,rak 

G.Xammasi 

Tilning qisqarib qolishiga sabab nima? 

A.Til tagidagi boyloqning til boshi va uchiga tutushuvi sababli 

B.Til tirishuvi 

V.Yaralar 

G.A,B 

Goxo  tilda  qonning  ko`pligiidan,  goxo  bo`shashtirib  shishiruvchi  shilliqli 

xo`llikning ko`pigidan tilda qanday kasallik kelib chiqadi? 

A.Til kattalashuvi 

B.Tilning kuyib achishishi 

V.Til yorilishi 

G.Tilning chiqib qolishi 

Goxo  til  mushaklarini  eniga 

qarab  tortadigan  rutubatdan,  goxo 

burishtiruvchi  savdodan …… paydo bo`ladi? 

A.Til tirishuvi 

B.Til kattalashuvi 


V.Tilning kuyib achishishi 

G.Til yorilishi 



Totishga ma’lum uch xil zarar yetadi, bular ……? 

A.Biror a’zoning xamkorligidan 

B.Buzuq mizojdan 

V.Qurol a’zoda bo`ladigan kasallikdan 

G.Xammasi 

Me’da  og`zi  va  jigarning  sovuqligida,  boshda  balg`am  borligida  til  rangi 

qanday? 

A.Oq  


B.qizil 

V.qora 


G.Yashil 

Yaxshi so`zlashishga eng qobiliyatli til ………. tildir? 

A.Uzun 


B.Kengligi mo`’tadil 

V.Uchi ingichka 



G.Xammasi 

 

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling