Abu Ali ibn Sino
Download 28.66 Kb.
|
abu ali ibn sinoning hayoti va ijodi
Abu Ali ibn Sino hayoti va ijodi Abu Ali Ibn sino ( to’liq ismi-Abū ‘Alī al-Husayn ibn ‘Abd Allāh ibn Sīnā al-Balkhī) Oʻrta Osiyolik olim, faylasuf. 980-yilning 18-iyunida Buxoro yaqinidagi Afshona qishlogʻida tugʻilgan va 1037-yilning 16-avgustida Hamadonda vafot etgan. Gʻarbda Avitsenna ismi bilan mashhur. Ibn Sinoning otasi Abdulloh Balx shahridan boʻlib, Somoniylar amiri Nuh ibn Mansur (967—997) davrida Buxoro tomoniga koʻchib, Hurmaysan qishlogʻiga moliya amaldori etib tayinlanadi. U Afshona qishlogʻida Sitora ismli qizga uylanib ikki oʻgʻil farzand koʻradi. Oʻgʻillarining kattasi Husayn (I. S), kenjasi Mahmud edi. Husayn 5 yoshga kirgach, I. S. lar oilasi poytaxt — Bu-xoroga koʻchib keladi va uni oʻqishga beradilar. 10 yoshga yetaretmas I.S. Qurʼ-on va adab darslarini toʻla oʻzlashtiradi. Ayni vaqtda u hisob va aljabr bilan ham shugʻullanadi, arab tili va adabiyotini mukammal egallaydi. I. S.ning ilm sohasidagi dastlabki ustozi Abu Abdulloh. Notiliy edi. U el orasida hakim va faylasuf sifatida mashhur boʻlgani uchun otasi I.S.ni unga shogirdlikka berdi. Notiliyning qoʻlida olim mantiq, handasa va falakiyotni oʻrgandi va baʼzi falsafiy masalalarda ustozidan ham oʻzib ketdi. I. S.ning aql-zakovatini koʻrgan ustozi otasiga uni ilmdan boshqa narsa bilan shugʻullantirmaslikni tayinlaydi. Shundan soʻng ota oʻgʻilga ilm oʻrganish va bilimlarini chuqurlashtirish uchun barcha sharoitlarni yaratib berdi. Abu Ali tinmay mu-tolaa qilib, turli ilm sohalarini oʻzlashtirishga kirishdi. U musiqa, optika, kimyo, fiqh kabi fanlarni oʻqidi, xususan, tabobatni sevib oʻrgan-di va bu ilmda tez kamol topa boshladi. . S. ning tib ilmida yuksak mahoratga erishishida buxorolik boshqa bir tabib Abu Mansur alhasan ibn Nuh alQumriyning xizmati katta boʻldiит ibn sino undan tabobat darenii olib, bu ilmning koʻp sirlarini oʻrgangan. Qumriy bu davrda ancha keksayib qolgan boʻlib, 999 y. da vafot etdi. Ibn sino 17 yoshdayoq, Buxoro xalqi orasida mohir tabib sifatida tanildi. Oʻsha kezlarda hukmdor Nuh ibn Mansur betob boʻlib, saroy tabiblari uni davolashdan ojiz edilar. Dovrugʻi butun shaharga yoyilgan yosh tabibni amirni davolash uchun saroyga taklif qiladilar. Uning muolajasidan bemor tezda sogʻayib, oyoqqa turadi. Evaziga I. S. saroy kutubxonasidan foydalanish imkoniyatiga ega boʻladi. Somoniylarning kutubxonasi oʻsha davrda butun Oʻrta va Yaqin Sharqdagi eng katta va boy kutubxonalardan sanalardi. I. S. bir necha yil davomida shu kutubxonada kechayu kunduz mutolaa bilan mashgʻul boʻlib, oʻz davrining eng oʻqimishli, bilim doirasi keng kishilaridan biriga aylandi va shu paytdan boshlab oʻrta asr falsafasini musta-qil oʻrganishga kirishdi. U yunon mualliflarining , xususan, Aristotelning "Metafizika" asarini berilib mutolaa qildi. Lekin bu kitobda bayon qilinganlarning aksariyati I. S. ga tushunarsiz edi. Tasodifan yosh olimning qoʻliga Abu Nasr Forobiyning "Metafizika"ning maqsadlari haqida"gi kitobi tushib qoladi va uni oʻqib chiqibgina I. S. metafizikani oʻzlashtirishga muvaffaq boʻladi. Shunday qilib, ibn sino zaruriy bilimlarning barchasini Buxoroda oldi. Olimning ilmiy ijodi 18 yoshidan boshlandi. U Nuh ibn Mansurga atab nafsoniy quvvatlar haqida risola, "Urjuza" tibbiy sheʼriy asari, oʻz qoʻshnisi va doʻsti Abu-lhusayn al-Aruziyning iltimosiga binoan, koʻp fanlarni oʻz ichiga olgan "Alhikmat al-Aruziy" ("Aruziy hikmati") asarini taʼlif etdi. Undan tashqari, boshqa bir doʻsti faqih Abu Bakr albar qiy (yoki Baraqiy) ning iltimosiga kura, 20 jildli "Alhosil val-mahsul" ("Yakun va natija") qomusiy asari hamda 2 jildli "Kitob al-bir val-ism" ("Sahovat va jinoyat kitobi")ni yozdi. Qoraxoniylar 999 y. Buxoroni zabt etib, somoniylar davlatini agʻdarganidan keyin I. S. hayotida tashvishli, notinch va ogʻir damlar boshlandi. 1002 y. uning otasi vafot qildi. Ikki sulola vakillarining taxt uchun kurashi 1005 y. gacha davom etib, oxiri krraxoniylarning butkul gʻalabasi bilan tugadi. Bundam vaziyatda Buxoroda ortiq qolib boʻlmas edi. Shu bois I. S. oʻz yurtini tark etib Xorazmga bosh olib ketdi. 11-a. boshlarida Xorazm qoraxoniylar hujumidan birmuncha tinch boʻlib, iqtisodiy va madaniy jihatdan ancha rivojlangan oʻlka edi. Xorazm-shohlar Ali ibn Maʼmun (997—1009) va Maʼmun ibn Maʼmun (1009—1017) ilmfanga eʼtiborli hukmdorlar boʻlib, olimlarga ilmiy ijod uchun qulay sharoit yaratib bergan edilar. Shu bois bu davrda Xorazmning poytaxti Gurganj (Urganch) da zamonasining koʻpgina taniqli olimlari toʻplandi. Yirik matematik va astronom Abu Nasr ibn Irok, (1034 y. v. e.), atoqli tabib va faylasuflar Abu Saql Ma-sihiy (1010 i. v. e.), Abu-l-Xayr Hammor (942—1030) va buyuk olim Abu Rayhon Beruniy shular jumlasidan. Ana shu ilmiy davraga 1005 y. I. S. ham kelib qoʻshildi. Xorazmda I. S, asosan, mat. va astronomiya bilan shugʻullandi. Bu soqalardagi bilimlarining chuqurlashib, ilmiy dunyokarashining shakllanishida Ibn Iroq va Beruniy bilan boʻlgan ilmiy muloqotlar katta ahami-yat kasb etdi.ibn sinoning Aristotel taʼlimoti xususida Beruniy bilan va oʻzining shogirdi Baxmanyor bilan yozishmalari tarixda mashhurdir. Ibn Sino Abu Saxl Masihiyning tibbiy tajribasi va bilimlaridan ham katta saboq oldi. Xorazmshoh vaziri Abulhusayn as-Sahliy ilmlarni sevuvchi kishi boʻlganidan Ibn Sino . u bilan doʻstlashadi va unga atab alkimyoga oid "Risola aliksir" ("Iksir haqida risola") nomli asar yozdi. Biroq Xorazmdagi osoyishta hayot uzoqqa choʻzilmaydi. Sharqda qudrati ortib borayotgan Gʻazna qukmdori sulton Mahmud Gʻaznaviy bu oʻlkaga koʻz ti-kadi. U, avval, Maʼmunga saroydagi bir guruh olimlarini Gʻaznaga joʻnatib yuborishni soʻrab xat yozadi. Bu xatga javoban Beruniy va Abu-l-Hammor Gʻaznaga ketadilar. I. S esa bu taklifni rad etib, Masihiy bilan birgalikda 1010—1011 y. larda yashirincha Xo-razmni tark etadi. Shu vaqtdan olimning sargardonlik yillari boshlanib bilan Ibn Sino umrining oxirigacha vatandan uzokda hayot kechirishga majbur boʻladi. Masihiy Jurjonga — Masihiyning vataniga yoʻl oldilar. Lekin yoʻldagi qiyinchiliklar va suvsizlik tufayli Masihiy betob boʻlib, vafot etadi. Natijada Ibn Sino azob-uqubatlar chekib, avval, Niso, soʻng Obivard, Tus, Shiqqon va Hurosonning boshqa shaharlarida qisqa muddat turganidan keyin, nihoyat, Kaspiy dengizining jan.sharqida joylashgan Jurzkon amirligiga yetib keladiIbn Sino Jurjonda 1012—1014 y. larda yashaydi, lekin shu qisqa vaqt ichida uning hayotidagi muhim voqealardan biri — Abu Ubayd Juzjoniy bilan uchrashuv va bir umrga doʻstlashuv sodir boʻladi. U Ibn Sino .ga nafaqat shogird, balki sodiq doʻst ham edi. UIbn Sino . bilan olimning soʻnggi damigacha, 25 y. davomida birga boʻladi.Ibn Sino . tarjimai holining yozilib qolishi, koʻpgina asarlarining taʼlifi va tartibga tushishi hamda ularning keyingi avlodlarga kelishida Juzjoniyning xizmati katta. Jurjondalik vaqtida I. S. ham ilmiy ijod bilan shugʻullandi, ham tabib sifatida faoliyat koʻrsatdi. Bu yerda u shogirdining iltimosiga koʻra, mantiq, falsafa va boshqa fanlarga oid bir nechta risola yozdi va eng muhimi "Tib qonunlari"ning dastlabki qismlarini yaratdi. 1014 y. olim Jurjonni tark etib, Rayga kuchdi. I. S. Rayga kelgan vaqtida bu yerda buvayhiylardan boʻlmish Majduddavla Abu Tolib Rustam (997—1029) va uning onasi Sayyida Xotun hukmronlik qilar edilar. Bu yerda Ibn Sino savdoyi dardiga chalinib qolgan Majduddavlani da-voladi va shu sababli saltanat tepasida turgan Sayyidaning hurmat-ehtiromiga sazovor boʻldi. Lekin olim Rayda ham uzoq turolmadi, chunki Sulton Mahmud Gʻaznaviyning Rayga ham hujum qilish xavfi bor edi. Shu bois I. S. Rayni tark etib, nisbatan kuchlirok, boʻlgan Hamadonga, Majdud-davlaning akasi Shamsuddavla (997— 1021) quzuriga ketadi. Hukmdorni sanchiq kasalidan davolaganidan keyin olimni saroyga taklif qiladilar. U avval saroy tabibi bulib ishlaydi, sung vazirlik mansabiga kutariladi. Davlat ishlari bilan band buli-shiga qaramay ilmiy ishlarini ham davom ettiradi va qator asarlar yara-tadi. "Tib qonunlari"ning 1-kitobini tugatib, oʻzining mashhur falsafiy qomusi — "Kitob ash-shifo" ni ham shu yerda yozishga kirishadi. "Tib qonunlari" ning qolgan qismini ham Hamadonda yozib bitiradi. Ibn Sino Hamadonda 1023 y. gacha istiqomat qiladi va ayrim siyosiy sabablarga kura, shu yili Isfahonga joʻnab ketadi. Umrining qolgan 14 yilini shu yerda oʻtkazdi. Bu yerda ham u tinimsiz ilmiy ish bilan mashgʻul boʻlib, bir qancha asarlar yaratdi. Ular orasida tib, falsafa, aniq fanlar, tilshunoslik kabi fanlarga oid kitoblar bor. "Kitob ash-shifo" ning qismlari, fors tilidagi "Donishnoma" va 20 jildli "Insof-adolat kitobi" shular jumlasidan.. Juzjoniyning yozishicha,Ibn Sino . garchi, jismoniy juda baquvvat boʻlsada, birok, shaharma-shahar darbadarlikda yurish, kecha-kunduz tinim bilmay ishlash va bir necha bor taʼqib qilinib, hatto hibsda yotishlar olimning salomatligiga jiddiy taʼsir etdi. U qulanj (kolit) kasalligiga chalindi. Alouddavlaning Hamadonga yurishi vaqtidaIbn Sino . qattiqbetobligiga qaramay, u bilan birga safarga chiqadi. Yulda dardi qoʻzgʻab olimning tamomila madori kuriydi va oqibatda u shu darddan 57 yoshida vafot etadi. Olim Hamadonda dafn etiladi. Uning qabri ustiga1952y. maqbara ishlangan (meʼ-mori X. Sayxun). MakbaraIbn sino .ga ba-gʻishlangan muzey xonalarini ham oʻz ichiga oladi. Juzjoniyning yozishichabn Sino . garchi, jismoniy juda baquvvat boʻlsada, birok, shaharma-shahar darbadarlikda yurish, kecha-kunduz tinim bilmay ishlash va bir necha bor taʼqib qilinib, hatto hibsda yotishlar olimning salomatligiga jiddiy taʼsir etdi. U qulanj (kolit) kasalligiga chalindi. Alouddavlaning Hamadonga yurishi vaqtidaIbn Sino . qattiqbetobligiga qaramay, u bilan birga safarga chiqadi. Yulda dardi qoʻzgʻab olimning tamomila madori kuriydi va oqibatda u shu darddan 57 yoshida vafot etadi. Olim Hamadonda dafn etiladi. Uning qabri ustiga1952y. maqbara ishlangan (meʼ-mori X. Sayxun). MakbaraIbn Sino .ga ba-gʻishlangan muzey xonalarini ham oʻz ichiga oladiibn sinoning ilmiy merosini shartli ravishda 4 qismga, yaʼni falsafiy, tabiiy, adabiy va tibbiy sohalarga boʻlish mumkin, olim shularning har birida chuqur iz qoldirgan. Lekin ibn sino asarlarining miqdoriy nisbatiga na-zar solsak, olimning qiziqish va eʼtibori koʻproq falsafa va tibga qaratilganini koʻramiz. Garchi, uni "Avitsenna" sifatida Gʻarbda mashhur qilgan uning tibbiy merosi, xususan, "Tib qonunlari" boʻlsada, "Shayhar-rais" nomi, eng avval, uning buyuk faylasufligiga ishoradir. Olimning falsafaga oid eng yirik va muhim asari "Kitob ash-shifo" dir. U 4 qismdan iborat: 1) mantiq — 9 boʻlakka boʻlingan: almadhal — man-tiqqa kirish; al-maqulot — kategoriyalar; al-iborat — interpretatsiya; al-qiyos — sillogizm; al-burhon — is-bot, dalil; al-jadal — tortishuv, dialektika; as-safsata — sofistika; alxitoba — ritorika; ash-sheʼr — poetika (sheʼr sanʼati); 2) tabiiyot (bu yerda minerallar, oʻsimliklar, hayvonot olami va insonlar haqida alohi-daalohida boʻlimlarda gapiriladi; 3) riyoziyot — 4 fanga boʻlingan; hisob (arifmetika), handasa (geometriya), astronomiya va musiqa; 4) metafizika yoki ilohiyot. Bu asarning ayrim qismlari lotin, suryoniy, ibroniy, nemis, ingliz, fransuz, rus, fors va oʻzbek tillarida nashr etilgan. I. S. ning yana bir falsafiy asari "Kitob annajot" "Kitob ash-shifo" ning qisqartirilgan shakli boʻlib, u ham qisman jaqonning bir necha tillariga tarjima qilingan. Olimning falsafiy qarashlari yana "Al-ishorat vattanbihot" ("Ishoralar va tanbihlar"), "Hikmat almashriqiyn" ("Sharqchilar falsafasi"), "Kitob al-ishorat filmantiq va lhikmat" ("Mantiq va falsafaning ishoralari"), fors tilida yozilgan "Donishnoma" ("Bilim kitobi") va boshqa turli hajmdagi falsafiy risolalarda hamda "Tayr qissasi", "Salomon va Ibsol", "Hayy ibn Yaqzon", "Yusuf qaqida qissa" kabi falsafiy mazmunli badiiy qissalarda oʻz aksini topgan. I. S. ning dunyoqarashi Aristotel taʼlimoti va Forobiy asarlari taʼsirida shakllandi. Uning fikricha, falsafaning vazifasi mavjudotni, yaʼni barcha mavjud narsalarni, ularning kelib chiqishi, tartibi, oʻzaro munosabati, bir-biriga oʻtishini zaru-riyat, imkoniyat, voqelik, sababiyat omillari asosida har tomonlama oʻrganishdan iborat. Olamda mavjud barcha narsalar ikkiga boʻlinadi: zaruriy vujud (vujudi vojib) va imkoniy vujud (vujudi mumkin). Zaruriy vujud eng irodali, qudratli, dono Tan-gridir. Qolgan narsalar imkoniyat tarzida mavjud boʻlib, Tangridan kelib chiqadi. Zaruriy vujud bilan imkoniy vujud munosabati sabab va oqibat munosabatidir. Bu jarayonda olamdagi hamma narsalar emanatsiya tarzida, yaʼni quyoshdan chiqayotgan nur shaklida asta-sekin amalga oshadi. Shu tartibda imkoniyat shaklida mavjud boʻlgan aql, jon, jism, ular bilan bogʻliq osmon sferalari kelib chikadi. Bular hammasi substansiya (javhar) boʻlib, yana borliqda aksidensiya — narsalarning belgilari, rangi, hajmi, xillari mavjud. Jism shakl va moddadan tashkil topadi. Xudo abadiy, uning oqibati boʻlmish materiya ham abadiydir. Uning oʻzi boshqa tayin jismlarning asosidir. Narsalarning moddiy asosi hech qachon yoʻqolmaydi. Materiyaning eng sodda boʻlinmas shakli 4 un-sur: havo, olov, suv, tuproqdan iborat. Ularning turlicha oʻzaro birikuvi natijasida murakkab moddiy narsalar tashkil topadi. Murakkab narsalar shaklan oʻzgarishi mumkin, lekin ularning moddiy asosi boʻlgan 4 unsur yoʻqolmaydi, abadiy saklanadi. Ibn sino fikricha, avval togʻ-toshlar, soʻng oʻsimlik, hayvonot va taraqqiyotning yakuni sifatida boshqa jonzotlardan aqli, tafakkur qilish qobiliyati va tili bilan farq qiluvchi inson vujudga kelgan. Hodisalarni chuqur bilish, fan bilan shugʻullanish insongagina xosdir. Inson bilimlari narsalarni bilish yordamida vujudga keladi. Bilish hissiy bilish va tushunchalar yordamida fikrlashdan tashkil topadi. Sezgida narsahodisalarning ayrim, tashqi belgilari, tayin tomonlari bilinsa, akl ularning mohiyatini, ichki tomonlarini abstraksiyalashtirish va umumlashtirish yordamida bila oladi. Inson akli turli fanlarni oʻrganish yordamida boyiydi, rivoj topadi. Ibn sino tushunchasida bilimlarni chuqur oʻrganish orqali xudoni bilish mumkin degan fikr yotadi. U mavjud bilimlarni egallagan insongina haqiqiy mu-sulmon boʻla oladi, deb tushunadi.ibn sino . mantiqni ilmiy bilishning , mavjudotni oʻrganishning ilmiy usuli deb biladi. "Mantiq, — deb yozadiibn sino — insonga shunday bir krida beradi-ki, bu krida yordamida inson xulo-sa chiqarishda xatolardan saklanadi". U mantiqiy usullar, taʼriflash, hukm, xulosa chiqarish, isbotlash masalalarini chuqur oʻrgandi, mantiq fanini Forobiydan soʻng bilishning toʻgʻri metodi sifatida rivojlantirdi. Ibn sino oʻz davridagi tabiiy fanlarning rivojiga ham ulkan hissa qoʻshgan olimdir. Uning tabiiy-ilmiy qarashlari "Kitob ash-shifo" ning tabiiy fanlarga oid qismida bayon qilingan. Olimning baʼzi geologik jarayonlarga oid mulohazalari hozirgi ilmiy nazariyalarga juda yaqindir. Uningcha, vul-qonlar aslida togʻ paydo boʻlishi va zilzilalar bilan bogʻliq. Togʻ paydo boʻli-shining oʻzi esa 2 yoʻl bilan boʻladi: 1) kuchli yer qimirlashi vaqtida yer qobi-gʻining koʻtarilishi; 2) suv orqali va havoning asta-sekin taʼsiri natijasida chuqur jarliklar paydo boʻlib, natijada ularning yonida balandlik hosil boʻlib qolishi. Zilzilaning paydo boʻlishiga ham bir necha sabablar bor. Ularning biri gazsimon yo olovsimon bugʻ boʻladi. Mana shu bugʻ harakatga kelib, yerni qimirlatadi. Suvlarning yer ostiga sizib kirishi, tekis yer chetining oʻpirilishi, baʼzida togʻ choʻqqilarining kuch bilan qulashi ham zilzi-laga sabab boʻladi. Olim fikricha, yer yuzasining maʼlum qismi bir mahallar dengiz tubi boʻlgan, zamon oʻtishi bilan geologik jarayon oqibatida suv xavzalari oʻrni oʻzgargan. Bir vaqtlar dengiz boʻlib, hozir quruklikka aylangan yerlarda dengiz hayvonlarining tosh-qotgan qoldiqlari saqlanib qolgan. U bunday yerlarga Kufa, Misr va Xorazm yerlarini kiritadi. I. S. mineralogiya (maʼdanshunoslik) sohasida ham salmokli ishlar qilgan. U minerallarning original tasnifini taklif etdi. Unga koʻra, barcha maʼdanlar 4 guruhga: toshlar, eriydigan jismlar (metallar), oltin-gugurtli yonuvchi birikmalar va tuzlarga boʻlinadi. Bu tasnif to 19-a. gacha deyarli oʻzgarishsiz saklanib keldi. Ibn sino ning geol. va mineralogiyaga oid fik-rlari uning "al-Afʼol va-linfiolot" ("Taʼsir va taʼsirlanish") asarida ham uchraydi.ibn sino . boshqa tabiiy fanlar qatori kimyo bilan ham shugʻullangan va unga oid asarlar ham yozgan. Bu asarlarini u turli davrda yozgan boʻlgani uchun ulardaibn sino . ning kimyoga boʻlgan munosabatining evolyusion oʻzgarib borishi yaqqol aks etgan. Uning kimyo sohasida aytgan fikrlari oʻsha davrdagi alkimyo uchun nihoyatda ilgʻor ediibn sino . 21 yoshida, yaʼni ilmiy faoliyatining boʻsagʻasida metallar transmutatsiyasiga, yaʼni oddiy metallarni oltin va kumushga kimyoviy yoʻl bilan aylantirish mumkinligiga ishongan va mutaqaddim kimyogarlarning kitoblari taʼsiri ostida "Ri-sola as-sanʼa ilalbaraqiy" ("Bara-qiyga atab sanʼat (alkimyo) ga doir risola") nomli kichik asar yozgan. Pekin 30 yoshlarga borib, ilmiy tajri-basi ortgan yosh olim bu sohadagi uri-nishlarning zoye ketishiga amalda ishonch hosil qiladi va "Risola aliksir" ("Iksir haqida risola") asarida kimyoviy yoʻl bilan sof oltin va kumush olish mumkinligiga shubha bildiradi. 40 yoshlarda yozishga kirishgan "Kitob ash-shifo" da esa kimyogarlarning transmutatsiya sohasidagi barcha harakatlari behuda ekanligini nazariy jihatdan isbotlashga urindi. Uning fikricha, oʻsha vaqtda maʼlum boʻlgan har bir metall oʻzicha alohida bir modda boʻlib, kimyogarlar oʻylagandek bir yagona metallning turi emas. U oltinning alohida bir elementligini bilmasada, uni narsalardan yasab boʻlmasligini ham anglagan edi. Olimning bu nazariy mulohazalari oʻrta asr kimyosining ilmiy kimyoga oʻsib oʻtishida muhim rol oʻynad iibn sino . botanika masalalarib-nham juda koʻp shugʻullandi, chunki tabobatda ishlatiladigan dorivor moddalarning aksariyati oʻsimliklardan olinadi. U "Kitob ash-shifo" ning "anna-bot" ("Oʻsimliklar") qismida oʻsimliklarning turlari, paydo boʻlishi, oziqlanishi, oʻsimlik aʼzolari va ularning vazifalari, koʻpayishi hamda oʻsish sharoitlari haqida yozadi, ilmiy terminologiya yaratish sohasida ham ish olib bora I ibn sino yoshligidan astronomiyaga qiziqqan va bu qiziqish umrining oxirigacha saklangan. U 8 ta mustaqil risola hamda "Kitob ash-shifo" va "Donishnoma" ning riyoziyot qismlarida astronomiyaga alohida boblarni ba-gʻishlagan. Ptolemeyning "Almagest" ini qayta ishlab, shuning asosida amaliy astronomiya boʻyicha qoʻllanma yaratgan.ibn sino . Jurjon sh. ning geografik uzunligini oʻz davri uchun bu-tunlay yangi boʻlgan usul — Oyning eng baland nuktasini kuzatish op-kali aniqlab bergan. Beruniy "Geodeziya" asarida bu usulning toʻgʻriligi haqida gapirib, uni faqatibn sino . nomi bilan bogʻlaydi. Bu usul Yevropada 500 y. dan keyin (1514 y.) astronom Verner tomonidan yangidan kashf qilindi. Matematika sohasidaibn sino . Yevklidnnnt "Negizlar" kitobini qayta ishlab, unga sharh va toʻldirishlar kiritdi, geometrik oʻlchamlarga arifmetik terminologiya qoʻlladi, "son" tushunchasi doirasini "natural son" dan ancha kengaytirdi. Sheʼriyat sohasidaham I. S. sezilarli iz qoldirdi. U oʻzining ayrim tibbiy asarlari ("Urjuza") ni rajaz vaznli sheʼrda yozgan. Bundan tashqari, uning bir nechta falsafiy qissalari ham borki, ular keyinchalik fors-to-jik adabiyotiga chukur taʼsir koʻrsatdi. Olimning fors tilida yozgan bir necha gazal va qitʼalari, 40 dan ortiq ru-boiylari mavjud. Uning sheʼriy merosi qisman rus va oʻzbek tillarida nashr etilgan. I. S. musiqa bobida Forobiyttt ilmiy yoʻnalishini davom ettirgan yirik nazariyotchidir. Musiqa haqidagi "Javomeʼ ilm ul-musiqiy" ("Musiqa ilmiga oid tuplam") asari "Kitob ash-shifo" ning bir qismi boʻlib, har biri bir necha bobli 6 boʻlimdan iborat. "annajot", "Donishnoma"larda musiqa haqida kichik boʻlimlar mavjud, "Tib qonunlari", "Risolai ishq" va boshqa da mu-siqaning ayrim masalalari haqida fikr yuritgan. Oʻz davri musikasining barcha muammolarini bayon etgan: nagma. boʻʼd (interval), lad tizimlari, iyqo, kuy yaratish, musiqa asboblari va h. k. Yevropada keyinchalik "sof tizma (to-vushqator)" atalgan musiqaviy tuzilmani birinchi boʻlib asoslagan. Ibn sino mu-siqiy goʻzallik haqida mukammal taʼlimotni ilgari surib, musiqani hamohanglikning eng kamolga yetgan turi deb biladi. Ritm masalalariga Sharqning boshqa musiqa nazariyotchilari singari aruz badiiy tizim bilan bogʻliq holda qaraydi. Tabib sifatida u musikani muhim tibbiy vositalar jumlasiga ki-ritgan. Inson nutqiy ohanglari rivojlanishi natijasida musiqa paydo boʻlganligi haqidagi nazariyasi hozirgi zamonaviy musiqa nazariyalariga mos keladi. Oʻzining barkamol shaxsni tar-biyalash gʻoyasida musiqani asosiy vositalar sirasiga kiritgan. Ibn sinoning tabobat da qilgan ishlari uning nomini bir necha ayerlarga shu fan sohasi bilan chambarchas bogʻladi. Olimning tabobat taraqqiyotidagi buyuk xizmati shundaki, u oʻzigacha oʻtgan turli xalq namoyandalari tomonidan ayerlar davomida tib ilmi sohasida toʻplangan maʼlumotlarni saralab, muayyan bir tartibga soldi va ularni oʻz tajribalari bilan boyitgan holda maʼlum nazariya va qonunqoida asosida umumlashtirdi. Bunga uning "Tib qonunlari" va bu asarning jahon tib ilmi tarixida tutgan mavqei va krzongan shuhrati yorqin dalildir. Ibn sinoning tabobat sohasida qilgan ishlari oʻsha davr tabobatini bir necha ayerlarga ilgarilatdi va ayrim sohalarda hatto hozirgi zamon tibbiyotiga yakinlashtirdi ham. Olim yashagan davrda bu sohada antik olimlarning , xususan Gippokrat, Galen, Dioskorid va boshqalarning taʼlimoti ustuvor edi. I. S. ham oʻz tibbiy faoliyatida ularning nazariy qarashlari va amaliy koʻrsatmalariga tayandi, lekin ularni Hindiston, Xitoy, Oʻrta Osiyo, Sharq olimlarining hamda uz tajribalari va bilimlari asosida rivojlantirdi va bo-yitdi ibn sinoning daho tabib sifatida shuxrat qozonishining asosiy omillaridan biri — uning tib nazariyasini, xususan, anatomiya — inson gavdasi tuzilishini mukammal bilishligidir. Bosh suyaginingtuzilishi, tishlarning tuzilishi toʻgʻrisida u Galenga ergashgan holda toʻgʻri fikrlagan. Uning koʻzning anatomiyasi, koʻrish jarayonining qanday sodir boʻlishi va unda koʻz qorachigʻining roli, koʻz muskullarining joylashishi xususida yozganlari zamonaviy oftalmologiyaga yaqindir. Asablar, qon tomirlar, mushaklarning tuzilishi va funksiyalari toʻgʻrisida yozganlari anatomiyaning amaliyot bilan bogʻliqligini koʻrsatadi. Bu esa amaliy anatomiyaning asoschisi deb tan olingan rus olimi N. I. Pirogovnk I. S. ning izdoshi deyishga asos beradi. I. S. oʻtkir diagnost edi. Uning baʼzi tashhis usullari hozir ham oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan. Perkussiya (aʼzoga urish orqali diagnoz qoʻyish)ni, xususan, assit va meteorizmni farqlashda, istisqoni aniqlashda (qoringa sekin urish orqali) qoʻllagan. Bu usul 600 yildan keyin venalik tabib Leopold Auenbrugger (1722—1809) tomonidan qayta kashf qilinib, yana 50 yildan soʻng amaliyotga kirgan. Olim qon tuflash holatlari va nafas olish turlarini chuqur oʻrganib, ulardan tashhisda foydalangan. I. S. turli kasalliklarning differensial diagnosti-kasida va gavdaning umumiy holatini aniqlashda tomir urishi, siydik va najasga qarab olinadigan belgilarga katta eʼtibor beradi. Mas, diabet (qand) kasalligini u siydikning holati, shu jumladan, undagi shirinlik moddasiga qarab tashhis qiladi. Diabet kasalligida siydikda qand modsasi boʻlishini 1775 y. da ingliz olimi Dobson aniqlagan. Tabobat tarixida birinchi boʻlibibn sino . vabo bilan oʻlatni farqlagan, yuqumli kasalliklar bilan ogʻrigan bemorlarni boshqalardan ajratgan holda saqlash kerakligini taʼkidlagan, meningit, oshqozon yarasi, sariq kasalligi, plevrit mo-xov, zaxm, qizamiq, suvchechak, kuydirgi kabi kasalliklarning belgilari va kechish jarayonini toʻgʻri tasvirlab bergan. Quturish kasalligining koʻrinishlari, uning yuqumli harakteri, bemorning bu kasallikdagi holatlarini juda toʻgʻri aniqlagan. 1804 y. da yevro-palik olim Sinke quturgan hayvonlarning soʻlagi yuqumliligini tasdiq-lagan. Psixik va asab kasalliklarini tavsiflash va davolashga ham olim koʻp yangiliklarni kiritgan. Bu kasalliklarni davolashda u atrof muhitning , iqlimning , parhez va jismoniy mash-qlarning taʼsiriga hamda bemor kay-fiyatini yaxshilashga qaratilgan tad-birlarga katta ahamiyat beradi. Bemorlarni davolashda olim 3 narsaga — tartib (parhez), dorilar bilan davolash va turli tibbiy tadbirlarni qoʻllash (qon olish, banka qoʻyish, zu-luk solish, huqna va h. k.)ga ahamiyat berish kerakligini aytadi. Kasallikni davolashda ovqatlanish, yaʼni par-hezni muhim omillardan deb hisoblay-di va har bir kasallik uchun oʻz ovqatlanish tartibini beradi. Chunonchi, jigar kasalliklarida koʻproq mayiz, an-jir, anor suvi isteʼmol qilishni buyuradi. Bu esa bunday kasalliklarni hozirgi glyukoza va insulin bilan davolash usullarining qad. koʻrinishidir. I. S. ning jarroqlik sohasini rivojlantirishdagi xizmatlari ham ulkandir. U oʻz tibbiy asarlarida zamonaviy jarrohlikda qoʻllanib kelayotgan ayrim usullarni bayon qiladi. Yiringli shishlarni kuydirish yoki pichoq bilan yorish, bavosir shishlarini tikish, tampon, oʻtkir modda yoki tikish bilan qon toʻxtatish, tomoqni kesib, nay qoʻyish (traxeotomiya) shular jumlasi-dandir. Yelka suyagining chiqishini oddiy bosish bilan davolash usuli hozirgacha "Avitsenna usuli" deb ataladi. Umurtqaning qiyshayishini ibn sino oʻzi ixtiro qilgan yogʻoch moslama yordamida tuzatgan. Bu usulni 15-a. da fransuz tabibi Kalo qayta kashf etgan. Suyaklarni gipslash usuli hamibn sino . tomonidan keng qoʻllangan, lekin u ham keyinchalik unutilib, yevropalik tabiblar tomonidan 1852 y. da amaliyotga yangi ixtiro sifatida qaytarilgan. Hozirgi koʻz jarroxligida qoʻllanayotgan usullarning qariyb barchasi ibn sinoga maʼlum boʻlgan. Yomon sifatli saraton (rak) shishlari, qovuq toshlarini olish, istiskr, bavosirning operatsi-yalari, bosh suyagining operatsiyasi va boshqaibn sino . qoʻllagan muolaja usullaridandir. Jarrohlikda anesteziya (ogʻriqni sezdirmaslik) masalasiga ham I. S. katta eʼtibor bergan. Buning uchun u afyun, mingdevona, nasha va sh. k. narkotik taʼsirga ega boʻlgan dorilardan foydalangan. Kasallikni davolashda ibn sino shaxsiy gigiyena, uyqu va jismoniy mashqlarning ahamiyati kattaligini uqtirgan. Uning bir kasallikni boshqa bir kasallikni cha-qirish yoʻli bilan davolash usuli diqqatga sazovordir. Mas, u tutqanoqni davolashda toʻrt kunlik isitma bilan ogʻrishni foydali deb biladi. Avstriyalik psixiatr Yu. Vagner-Yaureg (1857—1940) shunday usulni qoʻllab, zaxm kasalligini bezgakni yuqtirish orqali davolagani uchun 1927 y. da Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan. Ibn sinoning tibga oid yozgan asarlarining 30 dan ortigʻi bizgacha yetib kelgan, ularning orasida "Qonun" kabi tibbiy ensiklopediya bilan bir qatorda tibning ayrim nazariy va amaliy masalalariga bagʻishlangan turli hajmdagi "Urjuza fi-ttibb" ("Tibbiy ur-juza"), "alAdviyat alqalbiya" ("Yurak dorilari"), "Dafʼ almadorr al-kulliya an-al-abdon al-insoniya" ("Inson badaniga yetishgan barcha zararlarni yoʻqotish"), "Kitob al-qulanj" ("Qulanj haqidagi kitob"), "Maqola fi-nnabz" ("Tomir urishi haqida makr-la"), "Risola fi-l-boh" ("Shahvoniy quvvat haqida risola"), "Risola fi tadbiri al-musofirin" ("Safardagilarning tadbiri haqida risola"), "Risola fi xifz as-sihha" ("Sogʻliqni saqlash haqida risola"), "Risola fi-s-sikanjubin" ("Sikanjubin haqida risola"), "Risola fi-lfasd" ("Qon olish haqida r.isola"), "Risola fi-lhindabo" ("Sachratqi haqida risola") kabi risolalar ham bor. I. S oʻzining boy va serqirra ilmiy merosi bilan keyingi davr Sharq va Gʻarb madaniyatining rivojiga katta taʼsir koʻrsatdi. Sharqning Umar Xayyom, Abu Ubayd Juzjoniy, Nasriddin Tusiy, Fariduddin Attor, Ibn Rushd, Nizomiy Ganjaviy, Faxriddin Roziy, atTaftazoniy, Nosir Hisrav, Jaloliddin Rumiy, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Ulugʻbek, Bedil, Bahma-nyor ibn Marzbon kabi mutafakkir va olimlari oʻz asarlarida I. S taʼlimoti va ilmiy gʻoyalarini davom ettirdilar. Yevropada allomaning asarlari 12-a. dan boshlab lotin tiliga tarjima qilinib, un-tlarda oʻqitila boshlandi. Yevropaning mashhur faylasuf va tabiatshunos olimlaridan Jordano Bruno, Gundisvalvo, Vilgelm Overnskiy, Aleksandr Gelskiy, Albert fon Bolshtedt, Foma Akvinskiy, Rojer Bekon, Dante va boshqalar ibn sinoning ilgʻor fikrlaridan oʻz ijodlarida foydalandilar va uning nomini zoʻr hurmat bilan tilga oldilar. Oʻsimliklarning birinchi ilmiy tasnifini yaratgan mashhur shved botanigi Karl Linney (1707—78) doimo yashil boʻlib turuvchi bir tropik da-raxtni ibn sino sharafiga Avitsennia deb atadi. Oʻzbekiston yerida topilgan (1956) yangi mineral I.S. nomi bilan Avitsennit deb ataladi. Buxoro sh. va Afshona qishlogʻidaibn sino.ga haykal oʻrnatildi, Belgiyaning Kortreyk sh. da hamibn sino . ga qoʻyilgan (2000) haykal bor. Afshonadaibn sino . muzeyi ochildi. Oʻzbekiston va Tojikistondagi tibbiy oliy va oʻrta bilim yurtlariga, nash-riyotga (q. Ibn Sino nomidagi nashriyot), sanatoriy, shifoxona, kutubxona, mak-tab, koʻcha, jamoa xujaliklari, turar joy mavzelarigaibn sino . nomi berildi. Tojikistonda fan sohasida katta yutuklarni taqdirlash uchun ibn sino nomidagi respublika davlat mukofoti taʼsis etilgan. Oʻzbekistondaibn sino . xalqaro jamgʻarmasi tuzildi (1999 y.), "Ibn Sino" va "Sino" nomli xalqaro jur. lar nashr qilinadi. Download 28.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling