Abu Ali ibn Sino


Download 49 Kb.
Sana03.06.2020
Hajmi49 Kb.
#113751
Bog'liq
Abu Ali ibn Sino


Abu Ali ibn Sino

(980-1037)

Jahon fani, xususan tabobat ilmi taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shgan Abu Ali ibn Sino O’rta Osiyo tuprog’idan yetishib chiqqan vatandosh allomalarimizdan biri hisoblanadi. U 370-hijriy yili safar oyining boshida (ya’ni 980-yil avgust oyining ikkinchi yarmida) Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog’ida dunyoga keladi, besh yoshga kirgach, Ibn Sinolar oilasi poytaxt-Buxoroga ko’chib keladi va uni o’qishga beradilar. Ibn Sino avval Qur’on, til va adabiyot darislarini o’qiydi va o’n yoshga yetar-yetmas bu darslarni to’la o’zlashtirib oladi. Ayni vaqtda u mantiq, xisob, aljabr, handasa va falakiyot bilan ham shug’ullanadi. Shu bilan birga Ibn Sino tabiiy fanlarni, xususan tabobatni sevib o’rganadi. U o’zining tug’ma iste’dodi va favqulodda mehnatsevarligi tufayli darslarni osonlik bilan o’zlashtirar va hatto muallimlariga noma’lum bo’lgan narsalarni hamkitobdan mustaqil o’qib o’rganardi. Ayniqsa tib ilmida u juda tez kamol topa boshlaydi. ’’Tib ilmi, -deb yozadi Ibn Sino o’z tarjimai holida, -qiyin ilimlardan emas, shu sababdan qisqa muddat ichida bu fanda juda ilg’orlab ketdim, endi hatto bilimdon tabiblar ham kelib huzurimda tib ilmidan saboq oladigan bo’ldilar. Bemorlarni ham davolab turardim va (shu yo’sinda) ortirgan tajribalarim natijasida muolaja eshiklari menga shu qadar (keng) ochilib ketdiki, uni ta’riflab berishqiyin’’.

Ibn Sino o’n yeti yoshidayoq Buxoro xalqi orasida mohir tabib sifatida dong’I chiqardi. O’sha kezlarda somoniylar davlatining boshlig’i Nuh ibn Mansur kasal bo’lib, saroy tabiblari uni davolashdan ojiz edilar. Buxoroda yangi chiqqan yosh tabibning ovozasi saroyga ham yetib borogan edi, uni amirni davolashga taklif qiladilar va uning nazoratida davolangan bemor tez fursatda oyoqqa turadi. Buning evaziga Ibn Sino saroy kutibxonasidan foydalanish imkonoyatiga ega bo’ladi. Bu kutibxona o’sh vaqtda butun O’rta va Yaqin sharqdagi eng katta va boy kutibxonalardan sanalardi. Bir nech yil davomida kecha-kunduz tinmay mutolaa qilish natijasida Ibn Sino o’z bilim doirasini misilsiz darajada kengaytirdiki, udavirda shu qadar bilimga ega bo’lgan boshqa bir kishini toppish mushkul edi.

Ibn Sinoning o’z davridagi yirik olimlar, jumladan, Abu rayhon Beruniy bilan bo’lgan ilmiy munozaralari taxminan shu yillardan boshlanadi. U o’zining birinchi yirik asarlarini ham Buxoroda 1000-1001-yillarda yozgan.

999-yili Qoraxoniylar Buxoroni zabt etib, Somoniylar davlatini yiqitadilar. Bundan tashqari, ayrim feodal hukumronlari orasidagi o’zaro urushlar hamon tinmay davom etar va bu voqealar Buxoroda tinch va xotirjamlikda ilmiy ishlarni davom ettirishga hech qanday sharoit qoldirmagan edi. Buning ustiga 1002-yili Ibn Sinoning otasi vafot etadi. Oqibatda Ibn Sino Buxoroni tark etib, Xorazim(Urganch)ga ketadi.

Xorazim ham O’rta Osiyoning qadimiy boy va ma’daniy viloyatlaridan biri bo’lib, XI asrning boshlarida u yerda ilmiy hayot ancha rivojlangan edi. O’sh vaqtda Urgancgda ko’pgina zamonasining olimlari yashar va ijod etar edilar, buyuk Abu Rayhon Beruniy (973-1048) shular jumlasidandir.

O’sh vaqtdagi g’aznaviylar hukumroni Sulton Mahmud (998-1030) Xorazm yerlarini davlatiga qo’shib olishga harakat qiladi. Unga tobe bo’lishni istamagan Ibn Sino taxminan 1010-1011 yillarda Xorazmdan maxfiy ravishda chiqib, Xuroson tomon yo’l oladi va Kaspiy dengizining sharqiy-janubida joylashgan Gurgon amirligiga yrtib keladi. Bu yerda Abu Ubatd Juzjoniy bilan tanishadi, sgundan boshlab u yigit Ibn Sinoga eng yaqinva sodiq shogird bo’lib qoladi ba ustozining oirgi nafasigacha undan ajralmaydi.

Ko’p o’tmay Ibn Sino Gurgonlar o’zining ilmiy ishlari va tabiblik faoliyatini yana boshlab yuboradi. Tabobatga oid mashhur asari ‘’Kitob al-qonun fi-t-tibb’’ (‘’Tib qonunlari’’) ning 1-inchi kitobini va ba;zi bir boshqa asarlarni yozishga kirishadi.

1014 yili Ibn Sino Gurgonni ham tark etadi va bir qancha muddat Ray va Qazvin shaharlarida turgandan keyin Hamadonga keladi va buvathiylar hukumdori Shams ad-davlat (997-1021) xizmatiga kiradi – oldin saroy tabibi bo’lib ishlaydi, so’ngra vazirlik mansabigako’tariladi. Davlat ishlari bilan band bo’lishiga qaramay ilmiy ishlarini davom ettiradi ba qator asarlar yaratadi, o’zining yirik falsafiy qomusi ‘’Kitob ash- shifo’’ ni ham shu yerda yozishga kirishadi. Yuqoridagi nomi zikir etilgan Juzjoniyning yozishicha, Ibn Sino jismoniy jihatdan ham juda baquvvat kishi bo’lgan. Biroq shaharma – shahar darbadarlikda yurish, kechalari uxlamasdan uzluksiz ishlash va bir necha bor ta’qib ostiga olinib, hatto hibisda yotishlar olimning salomatligiga ta’sir etmay qomadi. U 428 hijriy yilning ramazon oyida (1037- yilning iyunida) 57 yoshida Hamadonda vafot etdi. Uning qabri hozirgacha saqlanib qolgan.

Ibn Sino haqiqiy qomusiy olim sifatida o’z davridagi fanlarning deyarli hammasi bilan muvaffaqiyatli shug’ullangan va ularga oid asarlar yaratga. Turli manba’larda uning 450 dan ortiq asarlari qayd etilgan bo’lsa ham, zamonlar o’tishi bilan ularning ko’pi yo’qolib ketgan va bizgacha faqat 242 tasi yetib kelgan. Shu 242 dan 80 tasi falsafa, ilahiyot va tasabbufga tegishli, 43 tasi tabobatga oid, 19 tasi mantiqqa, 26 tasi ruhshunoslikka,23 tasi tibiyot ilmiga, 7 tasi falaqiyotga, 1 tasi riyoziyotga, 1 tasi musiqa, 2 tasi kimyoga, 9 tasi odob ilmiga, 4 tasi adabiyotga va 8 tasi boshqa olimlar bilan bo’lgan ilmiy yozishmalarga bag’ishlangan.

Olimning bizgacha yetib kelgan umumiy falsafaga oid eng yirik va muhim asari ‘’Kitob ash-shifo’’ deb atalgan. Uni o’z davrining ilmiy qomusi deb bo’ladi, u 4 qisimdan iborat: 1) mantiq 2) tabiiy fanlar 3)riyoziyot 4) ilohiyot. Bu asarning arabcha matni qisman bir necha marta nashr etilgan bo’lsa ham, u biron tilga hali to’la ravishda tarjima etilmagan, faqat ayrim bo’limlarigina turli g’arb ba sharq tillarida chop etilgan.

Falsafaga oid ikkinchi asari ‘’Kitob an-najot’’ (‘’Najot kitobi’’) bo’lib, unda ‘’Kitob ash-shifo’’ ning mazmuni qisqartirib bayon etilgan.

Ibn Sinoning eng so’ngi yirik falsafiy asari Al-ishorot va-t-tanbihot’’ (‘’Ishoralar vatanbihlar’’) bo’lib, unda olim falsafaning asosiy masalalarini qisqaiboralarda bayon etgan.

Ibn Sinoning fors-dariy tilida yozilgan falsafiy asarlaridan eng muhimi ‘’Donishnoma’’ (‘’Bilim kitobi’’) hisoblanadi. Bu asarning forscha matni va ruscha tarjimasi nashir etilgan.

Ibn Sino bu asarlaridao’zidan oldingi va o’z davridagi tabiiy fanlar va falsafaning yutuqlaridan foydalangan holda shunday bir falsafa yaratdiki, bu falsafani o’rta asr Sharqidagi nazariy bilimlarning eng yuqori cho’qqilaridan biri deb ta’riflash mumkin.

Ibn Sinoning falsafiy ta’limotlari faqat Sharqdagina emas, balki G’aribiy Yevropa mamlakatlarida ham keng yoyildi va Uyg’onish davrida ilmiy dunyoqarashining vujudga kelishida katta ahamiyat kasb etdi.

Ibn Sinoning tabobat fani sohasidagi xizmatlari ayniqsa buyukdir. U o’z asarlarida eng qadimgi fanlardan biri bo’lgan tibbiyotning o’zidan oldingi ming yillik taraqqiyotiga yakun yasadgina qolmay, uni yangi yuqori bosqichga ko’tardi, hatto bu fanning keying asrlarda erishgan bir qancha yutuqlarini oldindan ko’ra bildi.

Ibn Sinoning bizgacha yetib kelgan tibbiy asari ‘’Kitob al-qonun fi-t-tibb’’ (‘’Tib qonunlari kitobi’’) hisoblanadi. o’z davridagi tibbiyot fanining mufassal qomusi hisoblangan bu asarda inson sog’lig’I va kasalliklariga oid bo’lgan barcha masalalar mantiqiy tartibda to’la bayon etilgan. ‘’Qonun’’ 1012-23 yillar mobaynida yozilgan bolib, uning qo’lyozma nusxalari tezlik bilan tarqaladi.

Bu asar ko’p o’tmay yevropaga ham yetib keldi.XII asrdayoq Kreymonalik Gerard (1114-1187) ‘’Qonun’’ ni arabchadan lotin tiliga tarjima qiladi va shudan keyin Yevropa dorilfununlaridan tabobat fani Ibn Sino asarlari bo’yicha o’qitila boshlaydi. ‘’Qonun’’ o’zining asosiy qo’llanma va darslik sifatidagi qiymatini 500 yildan ortiqroq vaqtgacha saqlab qoladi. Birinchi bor u Uyg’onish davridagi insonparvarlik markazlaridan biri bo’lgan Strasburg shahrida 1473 yili bosilib chiqdi. Umuman ‘’Qonun’’ 40 martadan ortiq to’la holda nashir etilgan. Ayrim qismlarining nashri esa son-sanoqsizdir.



Uning arabcha matni 1593 yildayoq Rimda nashr etilgan edi. Keyinchalik XIX asrda bir necha bor qaytadan bosiladi. ‘’Qonun’’ – ning ayrim qismlari ingliz, nemis va fransuz tillariga ham tarjima qilingan bo’lsa-da, bu muhim asar keying vaqtlargacha hozirgi zamon tillaridan birontasiga to’la holda tarjima qilinmagan edi. Bu qiyin va ma’suliyatli ishni o’zbek sharqshunoslari tabiblar bilan hankorlikda amalga oshirdilar: ‘’Qonun’’ ning beshala kitobi o’zbek va rus tillarida 1954-1961 yillar mobaynida Toshkentda nashr etildi. 1980 yili Ibn Sino tug’ilganiga 1000 yil to’lishi munosabati bilan ‘’Qonun’’ ning ikkinchi tuzatilgan nashri e’ lon qilindi.

Ibn Sino kabi o’zining butun bilmi va hayotini inson salomatligini saqlash, tabiat qonunlarini ochishga, adolat va haqiqat ucun kurashga bag’ishlangan buyuk olimlarining asarlari ko’p asrlardan beri butun insoniyat uchun bitmas-tuganmas bilim manbai vazifasini o’tab kelishi bilan birga, hozir ham ular madaniy taraqqiyotga, va hususan inson salomatligini saqlash ishiga xizmat qilmoqda. Mana shuning uchun oradan 1000 yil o’tgan bo’lishiga qaramasdan buyuk vatandoshimiz Ibn Sinoning nomi barcha xalqlar tilida katta ehtirom bilan zikr etilmoqda va asarlari qaytadan nashr etilmoqda.
Download 49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling