Abu Hanifa No‘mon ibn Sobit al-Koʻfiy 699, Koʻfa 767


Download 59.86 Kb.
Pdf ko'rish
Sana02.01.2022
Hajmi59.86 Kb.
#199965
Bog'liq
Imomi Aʼzam - Vikipediya



Imomi Aʼzam

Imomi Aʼzam, Abu Hanifa No‘mon ibn

Sobit al-Koʻfiy (699, Koʻfa — 767,

Bagʻdod) — hanafiylik mazhabi asoschisi.

Ilohiyotchi, faqih, muhaddis. "Abu Hanifa"

uning kunyasi, "Imomi Aʼzam" ("Ulugʻ

imom") ulugʻligining eʼtirofi oʻlaroq

berilgan unvon. Asli fors boʻlib, oʻziga

toʻq, zodagon oiladan. Olim va fozil

insonlar orasida voyaga yetdi. Otasidan

qolgan katta boylikni ilm yoʻlida sarf etdi.

Yoshlikdan Qurʼonni yod oldi. Kalom ilmi

va mantiqni oʻrgandi. 22 yoshida iroqlik




ilohiyotchi Hammod ibn Abu Sulaymonga

shogird tushib uning taʼlimini oldi. Keyin

Kufa va Basraning eng obroʻli faqihi boʻlib

yetishdi va oʻzi shogirdlar tarbiyaladi.

Kamtar, mehribon, taqvodor inson

sifatida hurmat qozondi. Uning 55 marta

haj qilganligi haqida rivoyat bor.

I. A. 747—48 y.larda Iroq hokimi ibn

Hubayra taʼqibidan qochib Makkaga

ketadi. Abbosiylar hokimiyat tepasiga

kelgach, Iroqqa qaytib, ulamolik

faoliyatini davom ettiradi. Xalifa

almansur (754—775) unga yangi poytaxt

Bagʻdodda qozilik yoki boshqa istagan

yuksak lavozimini egallashni taklif qiladi.

Biroq I. A. bu taklifni rad etadi. Shunda




Mansur uni qamab turli qiynoqlarga

solgan, kaltaklatgan. Mansur I. A.ga

zahar ichirgan va u zot shu sababdan

shahid boʻlgan, degan rivoyat ham bor.

I. A. islom ulamolari orasida eng yetuk

olimlardan edi. U odamlarga qulay,

toliblarga yengil boʻladigan yoʻlni

topishga muvaffaq boʻldi: sharʼiy ilmni

birinchi boʻlib tasnif qilib, uni boblarga

ajratib, tartibga soldi va kitob shakliga

keltirdi. I. A.ning ilmi kalom, fiqx, hadis,

sarf ilmlariga oid bir necha kitoblari

mavjud: "Kitob as-salot" ("Namoz

ahkomlari kitobi"), "Kitob almanosik"

("Haj kitobi"), "Kitob ash-shurut"

("Shartnomalar haqida kitob"), "Kitob




alfaroiz" ("Meros ilmi haqida kitob"),

"Kitob al-olim val-mutaallim" ("Ustoz va

shogird haqida kitob "), "Kitob al-fiqx al-

akbar" ("Katta fiqh kitobi"), "Kitobi al-

vasiya" ("Vasiyatnoma kitobi") va b.

I.A.ning bulardan tashqari hadis sohasida

ham asarlari mavjuddir.

I. A. faqihlarning ustozi. Oʻrta asr faqihi

Abul Muayyad Muhammad ibn Mahmud

Xorazmiy I. A. musnadlarini jam qilib,

kitob shakliga keltirgan, u 1326-hijriy (mil.

1907/08) yilda Misrda chop etilgan.

I. A.dan taʼlim olgan shogirdlar

zamonasining yetuk peshvolari boʻlib

yetishgan. Ana shunday shogirdlardan

biri Abu Yusuf boʻlib, Horun ar-Rashid




davrida qozilik vazifasida ishlagan.

Ikkinchi shogirdi imom Muhammad ibn

Hasan oʻz navbatida ustozidan olgan

barcha ilmini imom Shofiʼiyga oʻrgatgan.

Hadislarni saralashga mohir boʻlgan, har

bir masalani dalillay oladigan Zufar ibn

Xuzayl ham I. A.ning koʻzga koʻringan

ashoblaridandir. Yana bir shogirdi Hasan

ibn ZiyodI. A.ning "Adab al-kadi"

("Qozining odobi"), "Annafaqot"

("Nafaqalar"), "Faroiz" ("Meros ilmi") kabi

kitoblarini yozib tugatdi. I. A.ning oʻgʻli

Hammod va nabirasi Ismoil ham sharʼiy

ilmlar borasida yetuk allomalar edi, ular

turli shaharlarda qozilik mansabida

ishlashgan. Hurosonda birinchi boʻlib




hadisni yozib olgan Abdulloh ibn

Muborak ham I. A.dan taʼlim olgan.

Dunyoning koʻpgina joylarida, jumladan,

Markaziy Osiyo mamlakatlarida

musulmonlar I. A. mazhabi qoidalari

asosida ibodat qilib kelmoqdalar.

Samarqandiy Vasliy, Imomi Aʼzam

tarixi, T., 1995;

Qodirov 3., Imomi Aʼzam, T., 1999.

Abduqayum Azimov.

[1]

Adabiyot


Manbalar


  Soʻnggi tahrir 7 oylar avval Salohiddin Akbaraliyev tomonidan amalga oshirildi  

Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha

foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan

1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-



yil

Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,

Vikipediyaga yordam berishingiz

mumkin.

Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.

"

https://uz.wikipedia.org/w/inde



x.php?

title=Imomi_Aʼzam&oldid=2101753



dan olindi 




boʻlsa).

Download 59.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling