Abu nasr forobiy va g’azzoliyning falsafa ilmiga oid qarashlarini qiyosiy tahlil etsh reja


Download 26.44 Kb.
Sana04.02.2023
Hajmi26.44 Kb.
#1165959
Bog'liq
ABU NASR FOROBIY VA G’AZZOLIYNING FALSAFA ILMIGA OID QARASHLARINI QIYOSIY TAHLIL ETSH


ABU NASR FOROBIY VA G’AZZOLIYNING FALSAFA ILMIGA OID QARASHLARINI QIYOSIY TAHLIL ETSH
Reja:
1.ABU NASR FOROBIYNING FALSAFA ILMIGA OID QARASHLARINI QIYOSIY TAHLIL ETSH
2. G’AZZOLIYNING FALSAFA ILMIGA OID QARASHLARINI QIYOSIY TAHLIL ETSH

Forobiy shahar-davlatlarni fozil va johilga ajratadi. Fozil shahar xalqini baxt-saodatga eltishi, uning boshlig'i esa adolatii, yuksak axloqli va ma'rifatli, o'zida butun ijobiy xislatlarni to'plagan bo'lishi lozim. Lekin, shunday shahar yoki mamlakatlar bo'ladiki, ularning aholisi nafsga berilgan, butun fikri-zikri boylik to'plash bo'ladi. Forobiy bunday shaharlarni johil shaharlar deb ataydi. Johil shaharlarning boshliqlari ham faqat boylik to'plashga ruju qo'ygan bo'ladi. "Ulardan chiqqan rahbar ham, — deb ta'kidlaydi alloma, — rahbarlikni mol- dunyo ko'paytirishda deb biladi. Shuning uchun ham ular ertayu-kech mol-dunyo to'plash harakatida bo'ladi. Bunday rahbarlarning qo'l ostida bo'lgan shahar xalqida har turli buzuq odatlar, shahvoniy nafs, bir-birini ko'rolmaslik, bir- birini talash, dushmanlik, nizo-janjallar paydo bo'ladi". Forobiyning yozishicha, haqiqiy baxtga erishish uchun harakat qiluvchi, o'zaro yordam qiluvchi, xalqini birlashtirgan shahar — fozil shahar hisoblanadi. Baxtga erishish maqsadida o'zaro yordam bergan va birlashgan kishilar fazilatli jamoa bo'ladi. Forobiy fikriga ko'ra, davlatni idora etuvchi shaxs o'zining fazilat va xulq-odobi bilan ajralib turishi, xususan u 6 ta xislatni egallagan bo'lishi, ya'ni ado- latni va dono bo'lishi, boshqalarga g'amxo'rlik qilishi, qonunlarga to'la rioya etishi va qonunlarni yarata olishi, kelgusini oldindan ko'ra bilishi kerak. Forobiyning talqinicha, fozil shaharlar yuqori madaniyatli bo'ladi. Unda yashaydigan xalq o'zi istagan kasb-hunarni egallaydi. Bunday jamiyatda to'la erkinlik va teng huquqlik hukm suradi. Forobiyning fozil jamoa haqidagi ta'limoti uning axloqiy kamolot va baxt- saodatga erishuv hamda insonparvarlik g'oyalari bilan chambarchas bog'liqdir. U o'zining ijtimoiy-faIsafiy, siyosiy va axloqiy qarashlari markaziga insonni, uning maqsad muddaolarini o'rganishni, axloqiy kamolot va baxt-saodatga erishuv yo'llarini ko'rsatishni qo'yadi. Axloqiy kamolot deganda, xayr-ehsonli ishlar, go'zal insoniy fazilatlami tushunadi. Axloqiy kamolotga xalaqit bemvchi salbiy xislatlarga dangasalik, bekorchilik, bilimsizlik, ongsizlik, kasb- hunarsizlikni kiritadi. Forobiy aql, ilm va ma’rifatni baxt- saodatga erishishning asosiy vositasi deb bildi.

Forobiy inson fazilatlarini tug'ma va yashash jarayonida paydo bo'ladigan fazilatlarga bo'ladi. Olimning fikricha, tug'ma fazilatlarga insonning o'ta o'tkir zehnliligi, biror narsani bilishga o'ta qobiliyatliligi kiradi. Lekin tug'ma fazilatlar hayotda kam uchraydi. Asosiy axloqiy fazilatlarni odam yashash davomida egallaydi. Tug'ma fazilatli odamlar ham tarbiyaga muhtoj. Agar unday odamni tarbiyalab va to'g'ri yo'lga solib turilmasa, uning qobiliyati tezda so'nib qolishi mumkin. Tug'ma qobiliyat ham nisbiy tushunchadir. Ba'zi kishilar tug'ma qobiliyatini ishga solib yaxshi natijaga erishsa, boshqalari yomon natijaga erishishi mumkin.

Forobiyning dunyoqarashi, uning jamiyat va axloq to'g'risida yaratgan yaxlit ta'limoti ilk o'rta asrlar va keyingi davrlarda ijtimoiy-faIsafiy, siyosiy va axloqiy filer rivojida muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Uning qarashlari Sharq mamlakatlarida keng yoyildi. O'rta asr mutafakkirlari Ibn Xallikon, Ibn al-Kiftiy, Ibn Abi Usaybi'a, Bayhaqiy, Ibn Sino, Ibn Boja, Umar Xayyom, Beruniy, Ibn Rushd, Ibn Xaldun va boshqalar Forobiyning ta'limotini chuqur o'rganib, uni yangi g'oyalar bilan boyitganlar. Buyuk mutafakkir va shoirlardan Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy, Jaloliddin Davoniy Forobiyning ijtimoiy-falsafiy, siyosiy va axloqiy ta'limotidan bahramand bo'lganlar.



Faylasuf al G’azzoliy Tus shahrida tug‘ilib o‘sdi. Juda yoshlik chog‘idanoq olimlik pog‘onasiga ko‘tarildi. 1091 yildan boshlab u Bag‘doddagi mashhur Nizomiy madrasasida talabalarga falsafa va ilohiyot ilmidan saboq berdi. U 34 yoshida kuchli ruhiy inqirozni boshidan kechirdi. Shundan so‘ng haqiqatni faylasuflar belgilagan yo‘ldan topa olmasligini tushunib, mudarrislikni tashladi va mustaqil ravishda tasavvuf ilmini o‘rganishga kirishdi. Oradan 11 yil o‘tgach, imom G’azzoliy yana madrasaga qaytib, talabalarga tahsil bera boshlaydi. U butun umrini haqiqatni odamlarga tushuntirish va adashganlarni to‘g‘ri yo‘lga qaytarishga bag‘ishladi.
G’azzoliyning falsafa, tasavvuf ilmiga oid asarlari juda yorqin, ravon va tushunarli uslubda bitilgan. Quyida uning ana shunday asarlaridan ba’zilarini sanab o‘tamiz: «Faylasuflarning maqsadlari», «Faylasuflarning raddiyasi», «Din haqidagi fanning tug‘ilishi», «Olam javoni» va h.k.
G’azzoliyning o’z davrining ulamolari orasida eng asosiy o’ringa chiqishining asl sababi, uning farqli yo’llarni sinab ko’rganligi, an’anaviy ilmlarga ega bo’lganligi va diniy huquq, teologiya, falsafa va metafizikaning eng qiyin savollariga javob topib, uni tahlil qilganligidan kelib chiqadi.
G’azzoliy “Haqiqatga eltuvchi yo’l” nomli asarida o’zini ilmga bag’ishlagan haqiqat tolibi sifatida o’z hayot hikoyasini anglatadi va barcha haqiqat va komillik toliblariga o’z yo’lidan adashmaslikni hamda mahfiy tuzoqlarga tushmaslikni, hushyor bo’lishni maslahat beradi.
G’azzoliy qur’on va sunnatning intelektual va ma’naviy dunyosida yashagan. U o’z hissalari bilan din olimlari jamiyatini boyitdi. G’azzoliydagi ilmning turli sohalarini birlashtirishdagi qobiliyati faqatgina uning shaxsiy hunarining emas, ayni paytda bir faylasuf va olim sifatida ulg’ayishiga imkon bergan intelektual-ma’naviy iqlimning ham ta’siridir.
G’azzoliy ilmni eng ustun fazilat deb hisoblaydi. U ilmga ega bo’lganlar katta hurmat ko’rgan madaniy muhitda yetishgan. Shubhasiz, bu holat qur’onning ilmga bergan ahamiyatidan kelib chiqadi.
Qur’onda ilm kalimasi 750dan ortiq joyda zikr etilgan. Ilm ma’lumotdan tashqari, yana ham keng va asosli tushunchaga yo’naltiradi. U ham bo’lsa, oqil insonlardan mag’zini chaqishi talab qilingan “ishorat” (oyat) sifatida xizmat qiladi, faqatgina insonning dunyoni anglash ongini kengaytirishini maqsad qilmaydi, ayni paytda unga ahloqiy mas’uliyat va bir ma’naviy tuyg’u emlaydi. Haqiqiy ilmgina insonni komillikka yetaklaydi, chunki ilm har bir borliqning manbaiga eltuvchi yo’ldir.
Insonning to’g’rini bilmasdan haqitatni bilishining imkoni yo’q. Arastuning ham aytgani kabi sababi bilinmaganning natijasi ham bilinmaydi. Hamma narsa tangridan kelgani uchun haqiqat unga bog’li. Mana shuning uchun Qur’oni Karim ilim, etiqod va kamolot o’rtasida kuchli bir rishta bo’lganini ifoda etadi.
Bu nuqtai nazardan ma’lumot bir “Zehniy mashg’ulot emas. Faqat o’quv yozarlikdan ham iborat emas. Qolaversa haqiqiy ma’lumot, hamma narsaning negizidir. İnson ilim bilan kelgan o’zgarishlarga qarsi chiqa olmaydı. Haqiqiy ma’lumot bizni kamolotga chorlab monaviy huzur baxsh etadi.
Imom G’azzoli donishmanlik martabasining choqalarida joy olgan bir shaxsiyatdir. “Ihyo-u Ulumid-din”, “El-Mustasfa, “El-Iktisad Fil Itikad”, Mishkatul Enver” va Tehafutul Felasife” boshda bo’lib G’azzolining asarida aks etgan ilimning asosini ko’rishdir. Haqiqiy ma’lumot ayrim narsalarni qanday bo’lsa shunday ko’rsatgani uchun bizni bilganlarimizga amal qilishga chorlamoqda. Har sohada ma’lumot egasi bo’lish kerak. Bo’lmasa inson yo’lini yuqotadi.
Imom G’azzoli, haqiqiy bilim va unga ega bo’lishning ahamiyatiga “Miyar Al Ilim” nomli asarida keng o’rin ajratgan. Allohga insonga ado etgan aqlga to’g’ri va notog’ri narsalarni anglab yetishi uchun minnatdorchilik bildiradi. Ma’lumotsizlik va tahminlarga tayangan bilimni lanatlaydi. Shogirdlariga bilimning asosini o’rnagishni maslahat qiladi. Lekin aqlini, Tangining insonlarga baxsh etgan eng buyuk armog’an bo’lganini aytishiga qaramay, Imom G’azzoli ratsional bir shaxsiyat emas.
Haqiqiy ilimga ega bo’lish mashshaqatli bir ishdir, buning uchun fidokorlik va sadoqat kerak. Faqa bu yo’l bilan inson ma’lumotdan bilimga, bilimdan donishmalikka va donishmalikdan monaviy kamolotga erishishi mumkin. Hozirgi davrda hammaning ko’p narsa bilganini aytgan bir davrda buni zikr etish alohida ahamiyatga ega.
Imom G’azzoli donishmanlik martabasining choqalarida joy olgan bir shaxsiyatdir. “Ihyo-u Ulumid-din”, “El-Mustasfa, “El-Iktisad Fil Itikad”, Mishkatul Enver” va Tehafutul Felasife” boshda bo’lib G’azzolining asarida aks etgan ilimning asosini ko’rishdir. Haqiqiy ma’lumot ayrim narsalarni qanday bo’lsa shunday ko’rsatgani uchun bizni bilganlarimizga amal qilishga chorlamoqda. Har sohada ma’lumot egasi bo’lish kerak. Bo’lmasa inson yo’lini yuqotadi.
Download 26.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling