Абу Райҳон Беруний Beta


Download 6.37 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi6.37 Kb.
#1576015
Bog'liq
Абу Райхон Беруний


Abu Rayhon Beruniy

Abu Rayhon Beruniy 973 yil 4 sentabrda Xorazmning qadimiy poytaxti Kot shahrida dunyoga keladi.


Abu Rayxon Beruniy yoshlikdan ilm-fanga g’oyat qiziqadi. Xorazmda shuhrat qozongan olim Abu Nasr ibn Iroq Mansur qo’lida ta’lim oladi, fanning turli sohalari bilan shug’ullanadi, butun Sharqning fan va madaniyatini o’rganadi, ona tilidan tashqari arab, sug’diy, fors, suryoniy, yunon va qadimgi yahudiy tillarini mukammal egallaydi, Hindistonda sanskrit tilini o’rganadi.
Tarjimai hol

Beruniy 995 yili Kotda afriiylar hokimiyatiga barham berilgach, Xorazmdan chiqib ketib, Erondagi Ray shahrida istiqomat qiladi. Jurjon (Gurgon) shahriga keladi, "Kamtarlar yoki oq kiyimdagi kishilar tarixi" asarini yozadi.


Shoh olim Abu Abbos Ma’mun ibn Ma’mun II ning (1009-1017) taklifini qabul qilib, Urganchga keladi, saroyda to’plangan olimlarga rahbarlik qiladi, shox Ma’mun IIning eng yaqin maslahatchisi sifatida mamlakat siyosiy ishlarida ham faoliyati ko’rsatadi.
1017 yili Xorazmni Mahmud g’aznaviy bosib olgach (1017 yil), Beruniy boshqa xorazmlik olimlar qatorida g’aznaga olib ketiladi, o’n uch yil davomida Mahmud g’aznaviy hukmi ostida bo’ladi. g’aznadalik paytida u geografiya va geodeziyaga oid "Tahdid" asarini, astronomiya va astrologiyaga oid "Tafhimi avoil sa’at attanjim" ("Astronomiya san’ati asoslari") darsligini yozadi. "Hindiston" deb nomlanuvchi mashhur asarini yaratadi.
Beruniy jaxon ilmi taraqqiyotiga ulkan hissa qushgan olim sifatida shuhrat qozondi.
XIII asr tarixshunosi Yoqut "Aql va ma’rifatda hali unga o’xshash biror kishini davron yarata olgani yo’q",-deb yozgan edi.
Beruniy 1048 yili dekabrda g’azna shahrida 75 yoshida vafot etadi.


Ilmiy ishlari

"Kamtarlar yoki oq kiyimdagi kishilar tarixi"


"Tahdid"
"Tafhimi avoil sa’at attanjim" ("Astronomiya san’ati asoslari")
"Hindiston"
Download 6.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling