1.2 Elektrotexnika masalalarida differensial tenglamalar
Masalalarni yechish jarayonida elektr zanjirlari nazariyasining quyidagi qonunlaridan foydalaniladi:
Kirxgofning birinchi qonuni.
Har bir tugunda kirayotgan toklar yig’indisi chiqayotgan
toklar yig’indisiga teng.
Kirxgofning ikkinchi qonuni.
Zanjirning har qanday yopiq konturidagi tokning
kuchlanishlari manbaalarining algebraik yig’indisi shu konturning boshqa hamma qismlaridagi kuchlanishlarning tushishlari algebraik yig’indisiga teng.
R qarshilikli kuchlanishning tushishi
(6)
ga teng.
L o’z induktsiyali kuchlanishning tushishi
(7)
C sig’imli kondensatorda kuchlanishning tushishi
(8)
bu yerda q=q(t) kondensatorning t momentdagi zaryadi. Bunda
(9)
( ί(t) – vaqtning t – momentida zanjirning qaralayotgan qismidan o’tayotgan tok kuchi ).
(6) – (9) formulalarda ί(t) - amperlarda, R – omlarda, L – genrilarda, q – kulonlarda, C – faradalarda, t – sekundlarda, kuchlanish voltlarda ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |