Abu Rayhon Beruniy ilmiy merosi. Eng qadimgi davrlarda yo'lga qo'yilgan ta’lim- tarbiyaga Pedagogik nizolarning asosiy turlari
Download 28.23 Kb.
|
Abu Rayhon Beruniyning pedagogik qarashlari
Abu Rayhon Beruniyning pedagogik qarashlari. Reja: Abu Rayhon Beruniy ilmiy merosi. Eng qadimgi davrlarda yo'lga qo'yilgan ta’lim- tarbiyaga Pedagogik nizolarning asosiy turlari Abu Rayhon Beruniyning pedagogik qarashlari. O‘rta asr Sharqining jahonga mashhur yana bir qomusiy olimlaridan biri Abu Rayxon Beruniy bo‘lib, uning olim sifatida shakllanishida o‘sha davrning allomalari al-Xorazimiy, al-Forobiylarning ta‘siri katta bo‘ldi. Abu Ali ibn Sino, Firdavsiy va Daqiqiylar u bilan bir davrda ijod qildilar. Uning qalamiga mansub bo‘lgan asarlar soni 150 dan ortiq bo‘lib, deyarli barcha fan sohalariga bag‘ishlab yozilgan. Olimiing "O‘tmish yodgorliklari", "Geodeziya", "Yulduzlar haqida ilm", ―Hindiston", ―Qonuni Mas‘udiy", "Menerologiya", "Farmakognoziya" kabi asarlari o‘zbek va rus tillariga tarjima qilingan. U ijtimoiy soxaga bag‘ishlab maxsus asarlar yozmagan, biroq uning barcha asarlarida ta‘lim-tarbiya, odob va axloq, masalalariga doir butun bir pedagogik qarashlar sistemasiga duch kelamiz. Beruniyning o‘zi tibbiyot tadqiqotchisi sifatida mashxur bo‘lishiga qaramay, uning ijtimoiy hodisalar tadqiqotiga bag‘ishlangan faoliyati o‘zining keng ko‘lamligi, chuqur va mantiqan izchilligi bo‘lgan ko‘p olimlarning xayratiga sazovor bo‘lgan. ―Beruniy ilmiy merosida u yaratgan tabiatni o‘rganish va bilish metodi katta o‘rin egallaydi. Bu uning dunyoviy va ilmiy fanlarga bo‘lgan munosabatini ham belgilab bergan. Uningcha, fan javob berolmagan bilim sohalarini diniy bilimlardan izlash lozim. U hech qachon dinga qarshi bormagan, dinga e‘tiqodli, chin musulmon bo‘lgan Beruniy ilmiy metodni xarakterli xususiyati sifatida uning obyektivli kuzatish, tajribalarga tayanish, og‘zaki va yozma yodgorliklarni o‘rganish, faktlarga tanqidiy yondashish, ularni allaqachon ma‘lum bo‘lgan haqiqat bilan chatishtirish, mantiqan umumlashtirishga, aqliy umumlashtirishdan nazariya hosil qilish kabi ilmiy operatsiyalarni, usul va metodlarni ko‘rsatib o‘tadi. Beruniy milodning 1000 yilida "O‘tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar" asarini yozadi va unda qadimiy Sharq xalqlari, arablar, suriyaliklar, yahudiylar, eroniylar, sug‘dlar, xorazmliklar va boshqa xalqlarning urf odatlarini ilmiy asosda tekshirib, bu bilan Sharq xalqlari etnografiyasiga asos soladi. Bu asar Sharq xalqlari etnografiyasi tarixiga doir qimmatli ma‘lumotlar asosida yozilgan. Uning mazkur asari A.Rasulov tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan bo‘lib, qisqacha mazmuni prof.A.Qayumovning Abu Rayxon Beruniy va Ibn Sinoga bag‘ishlangan kitobida keltirilgan. Asarda kecha va kunduzning almashinishi, quyosh va yer harakati, yil va oy haqida, eroniylar, sug‘diylar, xorazmiylarning qarashlari to‘grisida shaxsiy ma‘lumotlar bayon qilingan. Sharq mamlakatlari, rimliklar, yahudiylar, arablar yil hisobi haqida xabar berilgan. Unda inson yashay boshlagan payt hisobiga doir jadval mavjud, unda turli xalqlar orasidagi inson paydo bo‘lishiga doir tasavvurlar qaqida ham ma‘lumotlar mavjud. Masalan eronliklar tarixining boshlanishini Qayumarsdan Aleksandr Makadonskiyning Doro ustidan g‘alaba qozonganigacha, bu davrdan Sosoniylar shoxi Ardasher Babak (226-241) davrigacha so‘ngra, u davrdan Islomgacha bo‘lgan jami uch davrga bo‘ladilar. Xorazimliklarning tarix hisobi xaqida esa Beruniy quyidagalarini yozadi: "Ular (Xorazmliklar - Yu.A.) Xorazmga odam joylasha boshlaganidan tarix olar edilar. Bu Iskandardan 980 yil ilgari edi. U Qutayba tomonidan Xorazm xatini biladigan savodli dindagi kishilarning barchasi o‘ldirilgani xaqida ham xabar qiladi. Hozirgi o'zbek xalqining ajdodlari bundan bir necha mingyillar oldin yashagan bo'lib, ular o'ziga xos madaniyatni vujudga keltirishda katta va mashaqqatli yo'lni bosib o'tgan. Dastlabki tosh qurollardan tirikchilik uchun foydalanish, ancha takomillashgan mehnat qurollarini yasash, urug'chilik davriga kelib, xo'jalik hayoti va madaniy taraqqiyotda erishilgan yutuqlari o'z ichiga olgan davrgacha bo'lgan tariximiz ota- bobolarimizning boy qadimiy madaniyatga ega bo'lganligidan dalolat beradi;' ( Eramizdan avvalgi birinchi ming yillikda Baqtriya, Xorazm, So'g'diyona, Marg'iyona, Parfiya hamda Parkana kabi davlatlarda turli qabila va elatlar yashaganlar. Ular soqlar, masog'utlar, so'g'dlar, xorazmiylar, boxtarlar, chochliklar, parkanaliklar kabi qabila va urug'lardan iborat bo'lib, hozirgi Markaziy Osiyo hududida yashovchi xalqlarning ajdodlari hisoblanadilar. eramizdan oldingi asrning birinchi yarmida qadimiy davlatlar: Baqtriya va So'g'diyona, Marg'iyona, Xorazm, Parkana, Parfiya kabi o'lkalarda xalq xo'jaligining turli sohalarida rivojlanish ro'y bergan. Eramizdan oldingi IX-VI asrlarda paydo bo'lgan Ahmoniylar, eramizdan avvalgi III asr o'rtalarida tashkil topgan Grek-Baqtriya, eramizning I asrida tashkil topgan Kushonlar, eramizning V asrida yuzaga kelgan Eftalitlar, so'ngra Sosoniylar va, nihoyat, Turk xoqonligi davlatlarida madaniyat yuksala bordi. qadimgi tarbiya haqidagi yodgorliklar bizgacha bevosita yetib kelmagan. Turkiy va forsiyzabon xalqlarning hayot kechirish san’ati, donolik majmuasi sifatida yuzaga kelib, borliqqa amaliy munosabatda bo'lishning namunasi tarzida e’tirof etilgan ma’naviy madaniyat yodgorliklari qadimgi grek tarixchisi Gerodotning «Tarix», Strabonning "Geografiya" hamda Mahmud Koshg'ariyning «Devonu lug'atit-turk» kabi asarlari, Urxun-Enasoy bitiklari kabi adabiy-tarixiy manbalarda saqlangan. Ushbu yodgorliklar mohiyatini o'rganish insonning shakllanishida moddiy va ma’naviy madaniyat qay darajada katta o'rin tutganidan dalolat beradi. Eramizdan oldin, taxminan 484(480)— 431(425) -yillari yashagan yunon tarixchisi Herodotning «Tarix» kitobida qadimgi forslar, soqlar, masog'utlarning ta’lim-tarbiya tarziga oid muhim ma’lumotlar berilgan. Plutarxning qayd etishicha, Aleksandr Maqduniy yerli xalqlarga yaqinlashish maqsadida makedoniyaliklar bilan mahalliy xalqlarning urf- odatlarini o'zaro uyg'unlashtirishga harakat qilgan. Shu maqsadda u o'ttiz ming bolani ajratib olib, yunon tili va makedoniyaliklarga xos bo'lgan harbiy san’at sirlarini o'rgatishga buyruq bergan. Ana shu maqsadni amalga oshirishga juda ko'p murabbiylar tayinlangan. Yunon alifbosining keyinchalik bu yurtda qabul qilinishi o'sha davrda ko'plab maktablar ochilgani hamda unda erli aholi farzandlari ham o'qitilganidan dalolat beradi. Eng qadimgi davrlarda yo'lga qo'yilgan ta’lim- tarbiyaga oid qimmatli ma’lumotlarni biz yana xalq og'zaki ijodi namunalari: afsonalar, qahramonlik eposlari, qo'shiqlar, maqol va iboralarda ilgari surilgan g'oyalardan ham olishimiz mumkin. Chunki xalq donishmandligining yorqin namunasi bo'lgan xalq og'zaki ijodida xalq pedagogikasiga xos bo'lgan tarbiya tajribalari umumlashgan. Ibtidoiy tuzum kishilarining orzu-istaklari, o'y-fikrlari, maqsad va intilishlarini yoritishga xizmat qilgan afsonalaming ko'pchiligi bizga eng qadimgi yodgorliklar- «Avesto», Firdavsiyning «Shohnoma» asarlari orqali ma’lumdir. «Avesto»- eng qadimgi yozma ma’rifiy yodgorlik Eramizdan avvalgi minginchi yillarning o'rtalarida eng qadimgi ajdodlarimiz tomonidan qahramonlik mavzusida juda ko'p afsona va rivoyatlar yaratilgan. Zardushtiylik ta’limotining axloqiy yo'riqlariga binoan inson tomonidan o'z burchini his etishning eng birinchi belgisi ma’naviy poklik sanalgan. Ayollarga g’amxo’rlik ko'rsatish ijtimoiy zarurat hisoblangan. Ayniqsa, homilador ayollarga muruvvat ko'rsatish asosiy insoniy burch sanalgan. Diniy g'oyalarga ko'ra, tuproq, suv, havo hamda quyosh muqaddasdir. Odamlar ularni e’zozlash, quyoshga sajda qilishga da’vat etiladi. Zardusht ta’limotida shaxsiy va turmush gigienasiga qat’iy amal qilish kishilar o'rtasida turh xil kasalliklar kelib chiqishining oldini oluvchi tadbir ekanhgi alohida uqtiriladi Ularda madrasalar, maktablar va qoriqxonalar mavjud edi. Madrasalar musulmon oliy o'quv yurtlari hisoblangan. Maktablar masjidlar qoshida va xususiy uylarda tashkil etilgan. Xonlar o'rtasida xonzoda va zodagonlarning bolalarini o'qitish uchun maxsus maktab bor edi. Masalan, «Ansob as-solatin va tavorixi al-havoqin» nom-li asarda yozilishcha, «Musulmonqul mingboshining buyrug'i bilan yosh Xudoyorxon va qipchoqlar bolalarini o'qitish uchun o'rdada maktab qurilib, unga maktabdor etib Mullo So-diq tayinlangan» Lekin bu maktab hozir Qo'qonda mavjud bo'lgan Xudoyorxon o'rdasida emas, balki 1845-yilda bo'lgan xon o'rdasida joy-lashgan edi. Keyinchalik bu o'rda buzilib ketgan. Odatda, maktablarda asosan o'qish va yozish, arifmetika va adabiyot o'qitilar edi. Qorixonalarda esa asosan ko'zi ojizlar o'qib, Qur'on, doston va she'r-u g'azallar yodlar edilar. Maktablar qizlar uchun alohida, o'g'il bolalar uchun alohida bo'lgan. Masalan, mashhur shoira Dilshod Qo'qonda maktab ochgan. U o'zining maktabdorlik faoliyati haqida bunday deb yozgan edi: «Me-ning suhbatdoshlarim va dugonalarim aqlli qizlar va iste'dodli shoiralar edi. Ellik bir yil davomida men maktabdorlik qildim va yiliga o'rtacha 20 tadan 30 tagacha o'quvchilarim bo'lib, sakkiz yuz to'qsonta qizlarning savodini chiqardim, bulardan deyarli chorak qismi she'riyatga qobiliyatli bo'lib, shoira va o'z davrining aqlli va dono odamlari edi» Qo'qon shahrida boshqa shaharlarga nisbatan maktablar soni ko'proq bo'lgan. Bu esa qo'qonliklarning aksariyat ko'pchiligi savodli bo'lib, o'qish va yozishga usta bo'lganligidan dalolat beradi.O'qituvchilar o'z uylarida ochgan xususiy maktablaridan tash-qari barcha o'quv yurtlari, turli shaxs va tashkilotlar tomonidan xayriya qilingan vaqflardan tushadigan daromad hisobiga ishlar edi. Ularning odatida masjidlar birinchi o'rinda turardi, chunki deyarli barcha masjidlarda maktablar ochilgan. Pedagogik nizo bu - pedagog va talaba, ota-ona, hamkasblar yoki rahbariyat o‘rtasida pedagogik jarayonda yuzaga kelgan manfaatlar to‘qnashuvi, o‘zaro qaramaqarshilik o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi kelishmovchilik, tortishuv va mojarodir. Pedagog har tomonlama tarbiyalangan, aqliy, ahloqiy, ma’naviy bo‘lib, bilimdoirasi keng, nutqi ravon, pedagogik bilim mahorat egasi bo‘lishi lozim. O‘qituvchiningpedagogik bilim mahorati asosan sinf, auditoriya mashg‘ulotlarida yaqqol ko‘rinadi. O‘qituvchi bilan o‘quvchi, talabalar o‘rtasida o‘zaro jonli til, fikr olishuv, samimiymunosabat, hurmat izzat, asosiy maqsadga erishishga hamkorlik lozim. Pedagog o‘zguruhida nechta bola bo‘lsa, ularning har birining xarakterini, oilaviy muhitini, psixikasini, xulqi-atvorini, bilim saviyasini yutug‘i va kamchiliklarini o‘rganib, keyinshunga qarab har bir bolaga qanday yondashishi lozimligini bilishi kerak. Guruxlarda har-xil toifali bolalar uchraydi. Ularning har – biri o‘z xarakteriga ega bo‘ladi. Pedagog har bir bolani o‘rganib chiqishi, ular bilan yakka (induvial) holda yondashib tanishib chiqishi kerak. Ayrim bolalar qobiliyatli, har tomonlama etuk faol bo‘lishiga, ayrimlarining qobiliyati sust, layoqatsiz, ayrimlari serjahil bo‘ladilar. Guruh rahbarining asosiy vazifasi o‘ziga biriktirilgan guruhdagi bolalarga tarbiyaviy ta’sirini tashkil etishi lozim. Sinf rahbari o‘quvchilarga kompleks yondashishi lozim. Sinf rahbari ota-onalar bilan hamkorlikda bo‘lib, bolalarning bilim darajasi qay darajada ekanini, ularning axloq-odobi, yutuqlari va kamchiliklari ularning tarbiyasi bilan shug‘ullanadi. O‘qituvchi tomonidan shularga e’tibor berilsa, pedagog bilan o‘quvchi o‘rtasida nizo paydo bo‘lishni bartaraf etadi. O‘quvchi-bilan o‘qituvchi o‘rtasida kontakt ya’ni masofa bo‘lishi lozim. O‘quvchi o‘qituvchisiga nisbatan hurmat, ehtiromli bo‘lishi, kerak. Nizo fani, pedagogika, psixoliya, va mologiya, ma’naviyat va sotsiologiya fanlari bilan chambarchas bog‘liqdir va shu fanlar bilan birgalikda hamkorlikda ish olib boradi. O‘quvchilarni har tomonlama tarbiyalaydi. Nizo fani shu fanlar bilan birgalikda o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasida munosabatlarni, muomila odobi, bir-birini tushunish, o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi xurmat, izzat, nizolarni bartaraf etish ko‘nikmalarini o‘rgatadi. Pedagogik nizo fani sifatida avvalom bor o‘qituvchining kasbiy-ahloqiy fazilatlaridan biri talabchan va adolatli bo‘lishdir. O‘qituvchi avvolo o‘ziga nisbatan talabchan bo‘lmog‘i kerak, shundagina uning bolaga nisbatan qo‘yayotgan talablari o‘rinli, samarali bo‘ladi. Pedagogning talabchanligi adolatlilik bilan o‘zviy bog‘liq bo‘lmog‘i lozim. SHu bilan birgalikda o‘qituvchi adolatli bo‘lishi, o‘qituvchining axloqiy fazilati hisoblansa, ikkinchi tomondan o‘quvchilarga tarbiyaviy ta’sirini baholashning mezoni hisoblanadi. O‘quvchining bilim saviyasini hamda xulqini baholashda ham o‘qituvchidan adolatli bo‘lish talab etiladi. O‘qituvchi ma’suliyatli bo‘lishi va uning zimmasiga bola shaxsini barkamol inson sifatida tarbiyalash ma’suliyati yuklanadi. Pedagog mana shu yuqoridagilarga rioya qilib ish olib borgandagina o‘qituvchi bilan o‘quvchilar orasida nizo paydo bo‘lmaydi. Pedagogik nizo tushunchasi Pedagogik nizo bu o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasida muammolar tortishuvlar, kelishmovchiliklar bo‘lib o‘qituvchi shu muammolarni oldini olishi, unga yo‘l qo‘ymasligi, va shu muammolarni echimini topishi kerak. Pedagogik nizo bir qator belgilarga ega. Unga xos bo‘lgan asosiy belgilar quyidagilardir: inqiroz; anglashilmovchilik; kutilmagan hodisa; zo‘riqish; noqulaylik; ichki yoki tashqi xavotir; bartaraf etish qiyin bo‘lgan qo‘rquv. Pedagogik nizolarni keltirib chiqaruvchi omillar quyidagilar: axborot omili; munosabat omili; hulq omili. Chex pedagogi Yan Amos Komenskiy o‘qituvchilik kasbini er yuzidagi har qanday kasbdan ko‘ra yuqoriroq darajada turadigan faxrli kasb hisoblaydi. A.Navoiyning fikricha gohida bir kishi bitta bolaga tarbiya berishga ojizlik qiladi. Muallim esa, bir guruh bolalarga ilmu - adab o‘rgatadi. Bu jarayonda muallim ko‘p aziyat chekadi, mashaqqatlarni o‘z boshidan kechiradi. SHu bois shogirdlar ustoz olidda umurbod qarzdor ekanliklarini his etishlari darkor. SHogird podsholik martabasiga erishsa ham, muallimga qulluq qilsa arziydi deydi. Hazrat A. Navoiy bolalarga yaxshilik qilish, o‘qituvchilik sha’ni, qadr qimmati, o‘qituvchilik ma’suliyati, o‘qituvchilik vijdoni, talabchan va adolatli bo‘lishi o‘qituvchining ma’naviy qiyofasi halololigi, pokligi, rostgo‘yligi kabilar o‘qituvchi axloqining muhim fazilatlari hisoblanadi. Ularni chuqur va puxta o‘zlashtirishi bo‘lajak o‘qituvchi uchun katta amaliyot ahamiyat kasb etadi. Otabobolarimiz doimo yaxshi niyat yaxshi orzu-istaklar bilan yashaganlar. O‘zlaridan yaxshinom qoldirishga intilganlar. Pedagogik nizo psixologik nuqtai-nazardan olib qaraganda pedagogika va psixologiya fanlari bir-biriga o‘zviy bog‘liqdir. Ularning har ikkisi, bitta umumiy jarayonni-insonni psixik faoliyati hamda uning xulq-atvorini tadqiq etadi. Zamonaviy o‘qituvchi ijtimoiy psixolog bo‘lmasligi mumkin emas. SHuning uchun ham o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarini yo‘lga sola olishi, bolalar jamoasida ijtimoiy-psixologik mexanizmlardan foydalanishni bilishi zarurdir. SHaxs shakllanishida u yashayotgan muxit kishilar jamiyatning roli juda kattadir. Birinchidan aytganda. Ijtimoiy muhitdagi turli hodisalar odamning ongiga bevosita ta’sir qilib, unda chuqur qoldiradi. O‘qituvchi bolalarni psixikasini va xarakterini o‘rganadi. Psixologiyada 4 ta temperament mavjud. Har bir shaxs shu 4ta temperamentdan biriga ega bo‘ladi. 1. Xolerik-temperament. 2. Melanxolik temperament. 3. Sangvinik temperament. 4. Flegmatik temperament. 2.Pedagogik nizolarning asosiy turlari 1. Ichki shaxsiy nizo. 2. Motivatsion nizo. Amalga oshirilmagan faoliyat nizosi. 3. Axloqiy nizo. SHaxslararo va guruhlararo nizolar. Davomiyligiga ko‘ra pedagogik nizolar bir necha turlarga bo‘ladi. Ularning asosiy turlari quyidagilardir: tezda yakun topadigan nizolar; kuchsiz, sust kechadigan nizolar; uzoq muddat davom etadigan nizolar; kuchli, tez kechadigan nizolar. Pedagogika nizoning echimi va uni boshqarish texnalogiyasi Pedagogik nizolar, ziddiyatlarni, to‘qnashuv, qarama-qarshilik mojorolarni pedagoglar va o‘quvchilar o‘rtasida yuzaga kelmasligi uchun o‘qituvchi ziddiyatlarini olidini ola bilishi lozimdir. Zamonaviy tarzda biz nizolarni boshqarishimiz ziddiyatlarni munosabatlarini to‘g‘ri echimini topishimiz kerak. Islom Karimov aytganidek: “Ilm” ma’rifat biz uchun bugun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q, yo‘qolmaydi ham. Aql zakovatli yuksak ma’naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakkina, oldimizga qo‘ygan maqsadlarimizga erisha olamiz. Mustaqil O‘zbekistonning kelajagi bo‘lgan sog‘lom avlodni tarbiyalash nozik, nihoyatda katta diqqat e’tiborni talab qiladigan, ichki ziddiyatli jarayondir. SHunday ekan o‘qituvchi, o‘quvchi va talabaning shakllanish jarayonini zo‘r havas va sinchkovlik bilan kuzatish lozim. U pedagogik jarayonni barqaror ekan, pedagogik bilim va mahorat egasi bo‘lishi kerak. Jamiyatimiz keng qamrovchi bo‘lib u erda turli xil xarakterdagi shaxslarni uchratishimiz mumkin. SHaxslararo nizolar albatta faoliyat turlarida namayon bo‘ladi. Masalan guruh misolida ko‘ramiz. Tasavvur qiling bir guruhda iqtidorli talantli shaxslarimiz bor. Ular har bir mazmuni yaxshi o‘zlashtirib mustaqil fikrlarini bildira oladilar, fikr doiralari keng bo‘lganligi sababli u shaxslar o‘rtasida to‘qnashuv, majoro kelishmovchilik, nizolar yuzaga keladi. Har bir guruh a’zosi o‘z fikrini to‘g‘riligini isbotlay oladilar bunday holatlarda nizoni boshqarish o‘qituvchi tomonidan bartaraf etiladi. Har bir sohada shaxslar o‘rtasida nizolarni ko‘rishimiz mumkin. SHaxslar o‘z ustidan ishlasa, fikrini isbotlay oladimi, ular nizolarni echimini ham topadilar. Muloqot pedagogik nizolarning echish va boshqarish usullari. Muloqotdagi ziddiyat shakllari turlichadir. Masalan yuzma-yuz yoki texnik vositalar (telefon telegraf va shunga o‘xshash vositalar) bilan amalga oshiriliadi. Oilada nizo muloqot ayrim a’zolari o‘rtasida bo‘lishi mumkin. O‘zaro munosabatlarga kirishilganda nizoni yuzaga kelmasligini asosiy sabablari, o‘zaro til topishish, bir-birini tushunishdir. Bu jarayonning murakkabligi, kerak bo‘lsa, o‘zaro til topishishi bir-birini tushuna olish lozim. Har qanday faoliyatdan zerikish, garchan mumkin, faqat odam muloqotdan ayniqsa, uning norasmiy, samimiy, bevosita shaklidan charchamaydi, yaxshi suhbatdoshlar doimo ma’naviy jihatdan rag‘batlantiriladilar. Aslida har bir insonning ijtimoiy tajribasi, uning insoniy, qiyofasi, fazilatlari, hattoki nuqsonlari ham muloqot jarayonlarining mahsulidir. Har qanday muloqotlarning elemintar funksiyasi suhbatdoshilarning o‘zaro bir-birini tushunishlarini ta’minlashdir. Pedagogik nizolarni oldini olishda gaplashayotgan odamlar biri gapiradi, ikkinchisi tenglaydi, eshitadi. Muloqotning samaradorligi ana shu ikki qirraning qanchalik o‘zaro mosligi, bir-birini to‘ldirishga bog‘liq ekan noto‘g‘ri tasavvurlardan bir shuki, odamni muomola yoki muloqatga o‘rgatganda, uni faqat gapirishga, mantiqan asoslangan so‘zlardan foydalanib ta’sirchan gapirishcha o‘rgatishadi. Uning ikkinchi tomoni-tinglash qobiliyatiga deyarli e’tibor berilmaydi. Mashhur amerikalik notiq, psixolog Deyl Karnechi “yaxshi suhbatdan - yaxshi gapirishni biladigan emas, balki yaxshi gapirishni biladigan esas, balki yaxshi tinglashni biladigan suhbatdoshdir” deganda aynan shu qobiliyatlarning insonlarda rivojlangan bo‘lishini nazarda tutgan edi. Pedagogik muloqot-O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatiga aytiladi. Pedagoglik jarayondagi aloqalar tizimida o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi muomola -munosabatlar katta o‘rin egallaydi. O‘qituvchi hayotga endigina kirib kelayotgan, barkamol shaxs sifatida shakllanayotgan insonlar-yosh bolalar bilan muloqotda bo‘ladi. O‘qituvchining biror tasodifiy xatti-harakati natijasida o‘quvchilarda u haqda sodir bo‘lgan fikr ham ta’limtarbiya jarayoniga salbiy ta’sir etishi, o‘qituvchining ishini murakkablashtirishi mumkin. Odatda, bunday ziddiyatlar uzoq davom etadi va o‘qituvchi foydasiga hal etiladi. O‘qituvchi obro‘sini saqlayman deb, kattalar ba’zan o‘quvchining qadr-qimmatini erga uradilar, o‘quvchidan kechirim surashni talab etadilar, vaholanki bu nizoga o‘qituvchining noto‘g‘ri hatti-harakati sabab bo‘lgan. O‘qituvchining ishi axloqiy tarbiya talablariga to‘g‘ri kelmaydi. Bolalar bilan muomola va munosabatlarda ularning har biriga alohida yondashishish lozim. Agar o‘qituvchi va o‘quvchi bir-birini tinglasa, o‘zo‘zini ham tarbiyalaydi. Demak, tinglash jarayoni ko‘pchilik tasavvur qilgani kabi unchalik passiv jarayon emas. Tinglash qobiliyati gapiruvchini ilhomlantiradi, uni ruhlantiradi, yangi fikrlar g‘oyalarning shakllanishiga imkoniyat yaratadi. SHuning uchun ma’ruzachi professorning har bir chiqishi va ma’ruzasi agar talabalar tomonidan diqqat bilan tinglasa, bu pedagogik muloqotdan ikkala tomon ham teng yutadi. Pedagogik nizolarda adolatsizliklarga, ijtimoiy munosabatlardagi yakkahokimlikka yo‘l qo‘yib Nizo tabiati. Odatda, nizo deb, qarama-qarshi yo’nalgan qarashlarga, noxush hissiy kechinmalar bilan bog’liq guruhlararo yoki shaxslararo munosabatlar orkali ifodalanuvchi to’qnashuvlarga aytiladi. Nizo natijasidagi salbiy xolatlar shaxsning hissiyoti, hattiharakatlari, tafakkur va hatto xarakterida ma’lum o’zgarishlar sodir etadi. Bu o’zgarishlar shaxsning xulq-atvorida namoyon bo’lib, mazkur sub’ekt qatnashayotgan boshqa vaziyatlarga ham tarqaladi va o’zaro munosabatlarning keng sohalarini egallay boshlaydi. Masalan, qo’rquv va xavf muhitida tarbiyalangan odam keyinchalik xuddi shunday muhitning manbaiga aylanishi ehtimoldan holi emas. Nizo turlari : 1.Shaxsiy 2.Shaxslararo 3.Ijtimoiy 4.Shaxs bilan guruh o’rtasida 5.Guruhlararo Konstruktiv nizolar, dastavval, mehnat faoliyatidan kelib chiquvchi printsipial muammolar yuzasidan paydo bo’ladi. Konstruktiv nizo doimo ziddiyat manbaini aniqlash va uni iloji boricha tomonlar manfaati yo’lida o’zgartirishga qaratilgan. Destruktiv nizo salbiy kuchga ega va guruh ishining samaradorligini susaytiradi. Destruktiv nizoda esa tomonlar ikkinchi darajali masalalarni, masalan shaxsiy g’ururlarini diqqat markaziga qo’yadilar va nizoning asl sababi chetda qolib ketadi. SHu bois, konstruktiv nizolar funksional mohiyatga ega va ular tashkilotning olg’a siljishiga madad beradi. Nizo jarayonining dinamikasi. Nizolarni hal etish ularning ichki qonuniyatlarini aniqlash va tahlil etish zaruratini qo’yadi. O’zaro ziddiyatlarning yuzaga kelish va rivojlanish xususiyatini bilgan holdagina unga aralashish va demak boshqarish imkoniyatini topish mumkin. Bu masala nizo rivojlanishidagi quyidagi bosqichlarni farqlash zaruratini qo’yadi: Ko’p hollarda nizoli vaziyatning rivojlanishi o’zga tomonning ayblari va kamchiliklarini fosh etishdan boshlanib o’zaro haqoratgacha o’sib o’tadi. Nizo ishtirokchilarining e’tibori o’zganing shaxsi va hayot uslubi doirasiga qaratiladi. Masalan, «Agar Sen shunday qilmaganingda aynan shu natija bo’lmas edi», «…yana Sen unutib qo’ydingmi…», «Senga necha marta tayinlash kerak bu vazifani…». E’tibor berilsa, nizo keskinlashuvidagi asosiy muloqot shakli o’zga kimsaning shaxsiga va hatto shaxsiyatiga yo’nalganlikdir. Bunday munosabat qurilganda nizoning yanada rivojlanib borishi tabiiy holdir. bo‘lmaydi. Pedagoglar pedagogik nizo ishtirokchilariga pedagogik, pedagogik yordam ko‘rsata olish imkoniyatiga ham ega bo‘lishlari zarur. Bu borada ko‘rsatiladigan yordam turlari quyidagilar sanaladi: Pedagogik nizo sub’ektlariga ko‘rsatiladigan pedagogik-psixologik yordam turlari: Maslahat berish; Axborotli yordam ko‘rsatish; Tashxislash; Amaliy treninglar uyushtirish. Axloqiy nizo-axloq ijtimoiy ong shakllaridan biridir, u muayyan jamiyatda yashovchi kishilar amal qilishi-shaxslarning bir-biriga, jamiyatga, xalq mulkiga, oilaga ishlab chiqarish vositalariga, muayyan tartibga solinadigan hatti harakatlarda tizimida ko‘rishimiz mumkin. Shaxs muloqotda bo‘lgani sari ular o‘rtasidagi munosabatlar tajribasi ortgan sari umumiylik va o‘xshashalik va uyg‘unlik kabi sifatlar paydo bo‘ladiki, ular bir-birini bir qarashda tushunadilar yoki yarmiga jumladan fikr ayon bo‘lib qoladigan bo‘lib qoladi. Ammo shunday muloqot tizimidagi teskari reaksiyalarni bir-biridan charchab gapiradigan gapining qolmasligi kabi vaziyatni ya’ni, shaxslar va shaxslararo ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. Guruhlararo ziddiyatlar - odamning o‘rtasidagi yoki shaxslararo munosabatlar asosan guruh sharoitida shaxs ma’lum insonlar davrasida, guruhda jamoada bo‘lgan taqdirdagina ro‘y beradi. Guruhlararo ziddiyatlar guruh a’zolarida liderlarni ko‘rishimiz mumkin. Lederlar: rasmiy va norasmiy bo‘ladilar, rasmiy lider o‘qituvchi tomonidan tanlangan guruh staristasidir, norasmiy lider boshqa guruhdagi shaxslarni o‘ziga jalb qila oladigan boshqalarni o‘ziga tortadigan shaxsdir. Bunday holatlarda rasmiy va norasmiy rasmiy lider o‘rtasida nizo yuzaga keladi. Download 28.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling