Abu Rayhon Beruniy merosining ilm va madaniyat tarixidagi o`rni


Download 24.89 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi24.89 Kb.
#1413141
Bog'liq
Beruniy


Abu Rayhon Beruniy merosining ilm va madaniyat tarixidagi o`rni
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligiga bag`ishlangan tantanali majlisdagi bayonotida mustaqillik yillarida yurtimizda yangi davlat va jamiyat barpo etish yo`lida ahamiyatli ishlar amalga oshirilganini ko`rsatib, "Qadimgi tariximiz, boy madaniy merosimiz, milliy – diniy qadryatlarimiz, o`zligimiz tiklandi” aytganidek respublikamizda mustaqillik yillarida o`z ilmiy merosi bilan dunyoga tanilgan ensiklopedist olim Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy (973-1048) ning ilmiy merosini o`rganishga alohida e`tibor berildi. Beruniy 973-yili 4-sentabrda qadimgi Xorazmning eski shaharlaridan biri Kat (Qiyot) shahrida hozirgi Qoraqalpog`iston Respublikasi Beruniy shahrida tug`ilgan. U dastlab o`z ona yurtida ta`lim olib, turli ilmlarga qiziqqan, uzamonasining mashhur olimlaridan biri bo`lib tanildi.
Insonning o`z hayot yo`lida yaxshi fazilatlarga ega bo`lishi, o`zi yashagan atrofning ham ta`siri bo`lishi turgan gap. Sababi, Kat (Qiyot) shahri qadimgi davrdan boshlab katta ilmiy markazlarning biri bo`lib bu yerda Abu Nosir Mansur ibn Iroq boshchiligidagi matematika va astronimiya, Abu Sahl Isa boshchiligidagi meditsina va filosofiya ilmlari rivojlangan edi. Yosh Beruniy ulardan ta`lim olib, 17 yoshida katta astronomiya maktabini ochgan. 994-yili 21 yoshida Eklitika tekisligining Ekvatorga qarab og`ish burchagini o`lchab ko`rsatdi. Eng birinchi marta dunyoda globusni yaratdi.
993-yildan Beruniyning umrida katta qiyinchiliklar boshlanadi. Bu vaqtda Kat Somoniylar hukmronligi ostida bo`lib, Somoniylarga qarshi qo`zg`alon ko`targan Amr Abulqosim Bahodir Jurjonni bosib oldi. Kat hokimiyati Somoniylarga qarashli bo`lgani uchun Beruniy 993-yili Ray shahriga ketishga majbur bo`ladi. 997-yili o’z vataniga qaytib, yana ilm bilan shug`ullana boshlaydi. Biroq bu davrda Urganch bilan Kat bir biriga bo`ysunmas ikki viloyat edi. Urganch hokimi Abulhasan Ali ibn Ma`mun (997-1009) shimoliy Xorazm poytaxti Katni bosib oladi. Shundan so`ng Beruniy 999-yilning boshlarida Kaspiy dengizining janubidagi Jurjon shahriga ketishga majbur bo`ladi. U yerda “Qobusnoma”ning muallifi Kaykavusning otasi Qobus ibn Vushmegr xizmatida bo`lib, unga astronom va tabib Abu Sahlam Isa al-Masihiy ustozlik qiladi. Gurgan shahrida olim tomonidan 6 yil davomida 15 ta ilmiy meros, shuning ichida 2 ta kitob yozadi.
1004-yilning boshlarida Xorazmshoh Ali ibn Ma`mun chaqiruvi bilan Al-Beruniy Urganch shahriga keladi. 1010-yildan boshlab taxtga yangi o`tirgan Abul Abbos Ma`mun ibn Ma`munning ilmiy masalalar bo`yicha bosh maslahatchisi sifatida mamlakat ishlariga aralashadi. Urganchga Kat shahridan matematik ibn Iroq, Buxorodan Abu Ali ibn Sino va boshqa yerlardan filosof Abu Solih Masihiy, tabib Abul Hasan Hammor va boshqa olimlarning birga ishlashi bilan dunyoga mashhur “Ma`mun Akademiyasi” deb atalgan ilmiy markaz paydo bo`ldi. U Xorazmga qaytib kelib, 1017-yilgacha Urganchda yashadi.
Mahmud G`aznaviy askarlari Urganchni egallagach Beruniy shu yili beixtiyor G`azna shahriga olib ketilgan. Anglaganimizdek, uning 21 yil umri o`zga yurtlarda surgunlikda o`tadi. 1048-yili 11-dekabrda G`azna shahrida olamdan o`tadi. O`zi yashagan davrdagi taxt uchun kurashlar va zulmlarga qaramasdan u butun umrini ilmga bag`ishlagan. 180 dan ortiq ilmiy asarlar yozib qoldirgan oxirgi izlanish manbalari tasdiqlamoqda lekin ularning 150 dan ortig`i bugungi kunimizgacha yetib kelgan.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizning ilm-fan va jamoat vakillari bilan uchrashuvdagi so`zlagan nutqida “Olimlik, Olloh nurini sochgan buyuk ne`mat. Bu ne`mat orqali jamiyatning butun qalbiga nur va ziyo taraladi” (1.166) degan so`zlari biz so`z boshlamoqchi bo`lgan Sharq madaniyati va limning yorqin namunalarining biri, tarixda o`rta asr davrining buyuk ensiklopedist olimi Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniyning ilmiy meroslariga qaratib aytilganday seziladi. Olimning o`chmas ilmiy meroslarini keng jamoatchilikka va xalqaro ko`lamda belgilash va o`rganish maqsadida 2022-yil 25-avgustida “Buyuk alloma va ensiklopedist olim Abu Rayhon Beruniy tavvalludining 1050 yilligini xaqaro miqyosda belgilash to`g`risida” Prezident qarori qabul qilindi. Beruniyning qaysi ilmga qo`l urmasin, shu sohada o`z davrining barcha ilmiy muvaffaqqiyatlarini umumlashtirib, o`ziga xos yakun yasab, shu fanni yangi bosqichga ko`tarib, yangi g`oyalar va yangi tadqiqot usullari bilan boyitib ketgan. U Nikolay Kopernikdan 5 asr oldin olamning geliosentrik nazariyasini topgan.
Beruniyning tabiatshunoslikka tegishli asarlari o`z zamonidan shunchalik darajada ilgarilab ketgan edi. Sababi u vaqtdagi zamondoshlari ham keyingi avlodlar Beruniy fikrini yaxshi tushunmagan, ayrimlari esa uning ilmiy nazariyalarini dinga qarshi deb o`ylagan. Bugungi kunda uning faqat 30% asarlari ilmiy iste`molga tushgan (3.129). Shunga qaramasdan, bugungi sharqshunoslarning so`ngi ma`lumotlariga qaraganda Beruniyning asarlari quyudagicha klassifikatsiyalanadi: Masalan, astronomiyaga oid asarlari- 70, matematikaga oid- 20, geografiya-geodeziyaga oid- 12, kartografiyaga oid- 3, iqlim va ob-havoga oid- 3, menralogiyaga oid- 3, falsafaga oid- 4, fizikaga oid- 1, farmaseftikaga oid- 2, tarix, etnografiyaga doir- 15, adabiyotga tegishli 28 asar yaratgan.
Beruniy yer yuzidagi mamlakatlarning chegaralarini aniqlash, havo isishi va sovushi haqida o`z asarlarida bayon qilgan. U Ptolomiyning “Geografiya” siga qisqacha ta`rif bergan. (4.22) Beruniy “Osor Boqiya “ (“Al –Osor al-Boqiya al-Qurun al-Holiya”- qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar) asari taxminan 1000-yili Jurjon (Kapiy dengizining janubi-g`arbidagi qal`a ) da yozib tamomlangan. Bu mehnati “Xronologiya atamasi bilan ma`lum bo`lib, ilm borasida Beruniyni dunyoga tanitdi, hattoki XI asrning birinchi yarmida Yer yuzi ilmining rivojlanishida “Al-Beruniy asri” deb atalishiga sabab bo`ldi. Bu asar 1879-yili ingliz tiliga, 1943-yili fors tiliga, 1957-yili rus tiliga, 1968-yili o`zbek tiliga tarjima qilinib, bosib chiqarildi. Bu asarni ham turli dvarlarda hukm surgan podsholiklar va ularning sulolalarini tarixiy davr sifatida qabul qilinib, shu davrga tegishli barcha voqealar ruhiy, odob-axloq, madaniy va (sotsiallik) jamiyat normalari rivojlanishining to`g`ridan - to`g`ri shu podsholiklar va sulolalar yuritgan siyosat asosida o`rgangan edi va shu podsholiklar hukm surgan: - masalan, Makedoniyalik Iskandar Zulqarnayn, Eronli Sosoniylar davrining xrologik shajarasini tuzdi. Shuning uchun ham Beruniyning bu asarlari insoniyat tarixini o`rganuvchi mutaxasislar, tarixchilar, sotsiologlar, filosoflar va demograflar uchun muhim manba bo`lib xizmat qiladi. (5.16)
Bu mehnatida Beruniy qadimgi Yunon, Eron, Rim, So`g`d, Xorazm, Xristian va Islom diniga sig`inuvchi xalqlarning vaqt o`lchovlari, yil hisoblari, hayitlari va muqaddas kunlarini tarixiy madaniy va ilmiy ko`z – qarashlaridan chuqur o`rgangan. Yevropalik sharshunoslar bu asarlarni qisqacha “Xronologiya “ deb atagan. Beruniyning “Kartografiya” ( “Tastih as-suvar va tabdih al- quvar “) 10 betdan iborat asar bo`lib Xorazmshoh Abul Abbos Ma`munga bag`ishlangan asarining muqaddimasida astronomiya, kartografiya va geografiya ilmlarning ahamiyati haqida tushuncha beriladi.
“Geodiziya” (“kitobi tahdidi nihoyat al-amohin li tashih nafosat al-masokin”) Bu kitobni Beruniy 1017-yili Xorazmda yozib boshlagan bo`lib, Qobulda davom ettirgan va G`aznada yozib tugatgan. Bu kitobning uchinchi bobida dunyo geografiyasi, iqlimlarga bo`linish chegarasi, okeanlar, dengizlar va tog`larga bo`linishi haqida bayon etilgan. Kitobda o`rta asrdagi eng oldingi o`lchov usullari va asboblari haqida ma`lumot berilgan.
O`lchov asboblari asosida Bog`dod bilan Ray, Ray va Jurjon, Jurjon va Bolqon yerlari, Balx bilan Buxoro o`rtasidagi oraliq va kenglik haqida ma`lumotlar bergan.
Beruniyning bizgacha yetib kelgan yana bir asari “Mas`ud kanoniy” (“Al-Qonun al-Ma`sudiy Fil haya van hujum “ “Astromiya ilmida Mas`ud nomiga yozilgan qonun”) nomli asari bo`lib, uni muallif umrining so`ngi yillarida yozdi. Tadqiqotchilarning fikriga ko`ra asarning qo`lyozma nusxasi 10 ga yaqin bo`lgan. Asar jami 12 maqoladan iborat bo`lib, har bir maqola bir necha bobga bo`lingan.
5- maqolaning 9 -10 – boblari geografiya ilmi uchun ahamiyatli bo`lib, unda dengiz va quruqliklar chegaralanib, 7 iqlimga bo`linishi va dunyodagi 603 joyning geografiyalik koordinatalari berilgan.
Qadimgi yunon olimlarining asarlarida taniqli geograf Eratosfenning kitobida dunyo 7 bo`limga bo`lingan va har biri klimat deb nomlangan. Yunon olimlarining kitoblari arab tiliga tarjimlanganda “kilimat” so`zi o`rniga iqlim so`zi qo`llanilagan.
Shuni unutmaslik kerakki, 7 bo`limga bo`linishi qadimgi yunon ilmining hizmati emas, bu O`rta Osiyo va Xurosondan chiqqan tushuncha bo`lib hisoblanadi. Buning asosi Beuniyning “At – Tafhum” (At-tafhum li avoyli sinoat at tanjim), “Mas`ud kanoniy” va “Geodiziya” kitoblarida ham bayon qilingan.
Beruniy olamning geomarkaz yoki geliosintrik nazariyasini yartishi shu davrda arab olimlari o`rtasida hukm surgan Ptolomiy sistemasiga solishtirganda olg`a yurilgan qadam bo`ldi.
Al-Beruniy barcha mehnatlarida, shuning asosida “Mas`ud kanoniy” kitobida o`zigacha mavjud bo`lgan kosmologiyalik ilmiy fikrlarni to`liq qabul qilgan. Masaalan, Yer o`zining formasi bo`yicha sfera tarzli yerning markazi butun olamning markaziga to`g`ri keladi. “Osmon sferaning o`lchamlariga solishtirganda yerning o`lchamlari sezilarli darajada katta emas, yerning o`zi har qanday qo`zg`alishlarga qatnashmaydi, osmonda g`arbdan sharqqa va sharqdan g`arbga bo`lgan qo`zg`alishlarning ikki turi amalga oshishi aytilgan bo`lsa, bu qonunlar Yevropa olimlari tarafidan Al-Beruniy davridan olti asrdan keyin taniqli astronomlar N.Kopernikning geliosentrik nazariyasi, yana I.Keplerning nomi bilan ataladigan planetalarning qo`zg`alishi qonunlarini qabul qilganidan keyin XVII asrda I.Nyuton tarafidan ochildi.
Olimning yana bir tarixiy mehnati “Hindiston” kitobi bo`lib, asarning to`liq nomi “Kitabu Fi tahqiqiy Molil hind min maqula – tin maqbulatin Fil aqliy al marzulatin” (“Hindlarning aqlga sig`adigan va sig`maydigan ta`limotlarini aniqlash kitobi”) bo`lib, bu atama uzun bo`lgani sababli aytishga qulay bo`lishi uchun “Tahqiqu mo lil hind” (“Hindistonga oid tadqiqotlar”) yoki qisqacha “Hindiston” deb atalagan. Beruniyning hind xalqalari ilm va madaniyati bilan shug`ullanishi bekorga emas edi. Masalan, dunyoga tanilgan vatandoshimiz, matematik olim Muhammad Muso Xorazmiy ilmda taniqli bo`lishida hindlarning matematika va geografiyaga oid ilmlarini o`rgangan edi.
Beruniy 1022-1024 yillarda Mahmud G`aznaviyning Hindistonga yurishi davomida uning yonida bo`lishi tarixiy sabab bo`ldi. U Hindistonga borishi bilan qadimgi hind tili – Sanskrit tilini o`rganib, hind ilmini va madaniyatini o`rganib, ularning dastur va urf – odatlarini kelib chiqishi sabablarini o`rganadi.
Hindiston bosh vaziri Javaharlal Neru “Hindistonning ochilishi” “Beruniy – yunon falsafasini o`rganib, hind falsafasini tahlil uchun sanskrit tilini o`rgana boshladi. Hind va yunon falsafasini bir – biriga solishtirib , ulardagi umumiylikga hayron qoldi” (6.11) deb ko`rsatganidek bu fikrni akademik I.Yu. Kraschkoviskiy buyuk olimning “Hindiston” asarida yakun yasab turib, uning yunon tilini bilganligini gumonsiz ekanligi asoslab beradi. Beruniy “sanskrit, yunon, ibroniy (yevriylar), isroil mamlakatining rasmiy tili ya`ni yahudiy xalqining qadimgi tili bo`lgan suryoniy (suriya, oromiy tillarining sharqiy guruhiga tegishli) Yuqori Mesopotamiyadan Erongacha tarqalgan” tillardagi tarixiy manbalarni o`qib o`ziga kerakligini arab harfi bilan yoza olganini (7.587) keltirib o`tadi.
“Hindiston” asari qisqa muqaddima va sakson bobdan iborat bo`lib, unda hind xalqining tarixi va madaniyati bilan shug`ullanib qolmay matematika, astronomiya, geografiya, sayyoralar haqidagi hind klassik tushunchalari, qadimgi era hisobi, tarix va kalendarlari bilan shug`ullanadi.
Beruniy hindlarning ikki kitobini arab tiliga tarjima qilganini yozib qoldiradi. Birinchisi qadimgi hind falsafasi nazariyasini o`z ichiga oluvchi – “Sankxiya”, ikkinchisi miloddan avvalgi II asrda yashagan hind faylasufi “Patanjali” muallifning nomi bilan atalgan kitob hisoblanadi.
Beruniy hindlarning nikoh masalasiga diqqat qaratganda ularning bolalari yoshlik paytida unashtirilishi, o`g`il va qizning ota-onalarining o`zaro kelishuvini, kelinga berilgan hadya hech qachon qaytib olinmasligini, lekin o`zi xohlasa qaytarib berishi ekanligini, er va xotinni o`limdan boshqa hech narsa ajrata olamsligini, nikoh qurishda yaqin qarindoshdan ko`ra, notanishga uylanishi yaxshi ekanligini uzoq qarindosh nasli yaqin qarindoshdan ortiq ekanligiga alohida diqqat qaratadi. Bir tarafdan qaraganda turkiy xalqlarning shuning ichida qoraqalpoq xalqining ham o`z urug`ining qiziga uylanmasligi daturi naslimizning o`sishi uchun qiymatli qadriyat ekanligini unutmasligimiz kerak.
Beruniy hind poeziyasi qonuniyatlarini o`rganayotib, yunonlar poeziya janri yakunlarini hindlardan o`rgangan – deb ko`rsata turib, hindlardagi nozik til bilan birga lirikalik janriga ixlosini kuchli ekanini baholay turib, xush kayfiyat va o`yin kulguga yaqin xalq ekanligini ta`riflaydi.
Hindlardagi yozuv – chizish haqida fikrlashida ularda yunonlarnikidek terilarga yozish odati bo`lmaganligini sezadi.
Sababi hindlarda yozish chizish xurmo va narjil daraxtlari yaproqlariga ishlov berib yozuv uchun foydalanganini isbotlaydi. Yunonlarning terilarga yozish usulini ko`rsatishdi. Suqrotning “Ilmni tirik odamlar qalblaridan o`lik qo`ylarning terilariga ko`chirmayman” degan so`zini misol qilib keltiradi. Bundan chiqadigan xulosa, ilmni o`rganish – qalbdan – qalbga ko`chishi kerakligini isbotlaydi. Yanaki, bu asarda qog`oz ishlab chiqarish qadimgi Xitoyda keng tarqalganini ular har turli qog`ozlar ishlab chiqarganini aytadi va quyudagicha tarixiy voqeani keltirib o`tadi.
“Asrga olingan bir xitoy odami Smarqandda qog`oz ishlab chiqarish hunarini paydo qiladi. So`ng odamdan o`rganib turli o`lkalarda qog`oz ishlab chiqarish zarurligi qoplandi” deb aytib o`tadi.
Beruniyning Hindiston haqida yozganlari, hind manbalarini chuqur o`rganishi va o`zining shaxsiy fikrlari natijasi ekanligini ko`ramiz. Masalan, “Mahmud G`aznaviyning Hindistonning shimoli-g`arb tarafini bosib olishdan maqsadi islom dinini yoyish emas edi. Uning asosiy maqsadi, u yerdagi xalqlarni talash o`ziga kerakli qilib, muntazam soliq xarajatlarini yig`ishga sharoit yaratish edi” – deb tushuntiradi.
Hattoki Mahmudning o`zi egallagan yerlarda saroy va ibodatxonalar bezaklarini tunab va qishloqlardagi o`z boyligidan ayirganligini, ikki o`rtada hind xalqini bosqinchilarga qarshi degan fikr kuchayganligini yozib qoldiradi.
Beruniy hind xalqini bosqinchilarga g`azabi kuchaygan davrifa Hindistonga safar qilishiga qaramasdan ularning tarixiy tadqiqotlarida yuqori madaniyat egasi ekanligi ko`rsatdi. Hindlarning yuqori insoniy fazilatlarini xalqimizga tanitadi. Hind madaniyati esdaliklarini saraladi va ularni uzoq vaqt o`rgandi.
Beruniy ilmining har turli sohalari bilan shug`ullanga milliy, diniy va irqiy cheklanishlarida panada turib butun insoniyat sivilizatsiyasining rivojlanishiga xizmat qiladigan ilm va madaniyatga katta hissa qo`shdi. Sababi u ilm-fanning bog`boni sifatida kelajak avlodga o`chmas meros qoldirib butun dunyoga mashur haykal yaratib ketdi.
Jalg`as Aytmuratov
QMU “Arxeologiya”
kafedrasi dotsenti
Download 24.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling