Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti payvand konstruksiyalarini


Download 5.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/85
Sana20.09.2023
Hajmi5.57 Mb.
#1682769
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   85
Bog'liq
Payvand konstruksiyalarini ishlab chiqarish

10.28-rasm. Ko‘p qavatli obechaykani yig‘ish 
Bosim ostida ishlaydigan qalin devorli ko‘p qavatli idishlarni 
tayyorlash ikkinchi usuli bo‘yicha devor qalinligi 10-40 mm bo‘lgan 
ichki obechayka ustiga ketma-ket qalinligi 5-8 mm bo‘lgan yarim 
obechaykalar o‘rnatiladi (10.29-rasm), ular gidrosilindr (3) ga ulangan 
lenta (1) va (2) lar bilan tortiladi va bo‘ylama choklari payvandlanadi. 
Chokdagi bo‘rtiqlik tozalangandan so‘ng keyingi yarim obechaykalar 
qo‘yiladi. 
Diametri 5 m gacha bo‘lgan ko‘p qavatli obechaykalarni tayyorlash 
texnologik liniyasi rulon ochish, to‘g‘rilash jo‘valash mashinasi, polosa 
chetlarini kesish va payvandlash mashinasi, bukish jo‘vasi va 
obechaykani o‘rash mashinasidan iborat bo‘ladi. 
Obechaykalarni o‘zaro payvandlashdan oldin chetlari charxlanib 
olinadi va unga 10 mm qalinlikdagi payvand chok eritib qoplanadi, 
shundan keyin kerakli shaklda ishlov beriladi. 


96
10.29-rasm. Ko‘p qavatli obechaykani tayyorlash tartibi 
10.30-rasm. Yuqori bosimli ko‘p qavatli idish konstruksiyasi 
1,3 – qirraga eritib qoplash; 2 – ko‘p qavatli halqa chok; 4 – ponasimon; 5 – 
ustki obechayka; 6 – o‘rama qavatlar; 7 – ichki obechayka 


97
Obechaykalarni birlashtiruvchi halqa choklar, shuningdek obechayka 
va tubi yoki flaneslar orasidagi choklar ko‘p qavatli qilib bajariladi 
(10.30-rasm). 
Bu choklardagi payvandlash kuchlanishlari idishni sinash vaqtida 
ishchi bosimdan yuqori bosim bilan yuklash bilan yo‘qotiladi. 
Nazorat savollari 
 
1. Yupqa devorli idish materiallari markasiga qarab konstruksiyaga 
va yig‘ish-payvandlash ishlariga qanday talablar qo‘yiladi? 
2. Yupqa devorli idishlarni payvandlashda deformatsiyaning oldini 
olish uchun qanday usullar qo‘llaniladi? 
3. Yupqa devorli va o‘rtacha qalinlikdagi idish birikmalarini yig‘ish 
va payvandlashda qo‘llaniladigan uskunalar va usullar orasidagi farqni 
tushuntiring. 
4. Issiqlik almashinish jihozlarini tayyorlash texnologik xususiyatlari 
nimalardan iborat? 
5. Qalin devorli idishlarni tayyorlash qanday xususiyatlarga ega? 
6. Ko‘p qavatli idishlar tayyorlashning qanday usullari mavjud? 

Download 5.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling