Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «bosim ostida payvandlash»
Qoplamali metallarni payvandlash
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Bosim ostida payvandlash
9.9. Qoplamali metallarni payvandlash
Qator holarda nuqtali va chokli payvandlash orqali asosan himoya, manzarali va boshqa qoplamalari bo‘lgan po‘latlarni biriktirishga to‘g‘ri keladi. Bunday metallarning payvandlanuvchanligi qoplamasining fizik-kimyoviy xosalari va ularning qalinligiga bog‘liq. Qo‘llaniladigan qoplamalarni elektr o‘tkazadigan (metall) va elektr o‘tkazmaydigan (oksid, fosfat va b.) qoplamalarga ajratish mumkin. Qoplamalar erish harorati detallar materiali (po‘latdagi nikel) ning T erish iga yaqin bo‘lgan qiyin eruvchi hamda oson eruvchi (qalay, qo‘rg‘oshin, rux va hokazolar bilan qoplangan po‘latlar) bo‘lishi mumkin. Qiyin eriydigan xrom bilan qoplangan (T erish =1875°C) po‘latlarni payvandlashda umumiy o‘zakning yo‘qligi yoki borining kichikligi ko‘rinishidagi chala payvandlanishga yuqori moyillik kuzatiladi. Bundan tashqari, xromlangan po‘latlar payvandlanganda chayqalib to‘kilishlar sodir bo‘ladi. Yupqa 84 qoplamalar, oshirilgan kuchlar va yumshoqroq rejimlardan foydalanilganda bunday po‘latlarning payvandlanuvchanligi yaxshilanadi. Nikel (T erish =1453°C) qatlami bilan qoplangan po‘latlar payvandlaganda o‘zak o‘lchamlarining kichikligi yoki "yopishib qolgan narsa" qo‘rinishidagi nuqsonlar paydo bo‘lishi mumkin, bunga qoplamaning plastik deformatsiyaga qarshiligi pastligi sabab bo‘ladi. Bunday po‘latlar nisbatan qattiq rejimlarda, 10– 15% oshirilgan tok bilan (tegish joyining yuzi kattalashishini qoplash uchun) payvandlanadi. Po‘latlardagi qiyin eruvchi qoplamalar elektrod-detal tegish joyida massa ko‘chish tezligi ortishiga olib keladi. Masalan, bir nechta nuqtalar payvandlanganda elektrod-detal tegish joyidagi rux erishni boshlaydi. Bunga qoplamaning va elektrodning ishchi qismining oksidlanishi sabab bo‘ladi, natijada tegish joyining harorati ko‘tariladi va massa ko‘chish kuchayadi, elektrodlar va ayniqsa roliklarning chidamliligi keskin pasayadi. Endi 400–500 ta nuqta payvandlangan keyin ularning ish yuzasini tiklashga to‘g‘ri keladi. Qoplamaning yemiririlishi uzellarning korroziyaga qarshi xossalarini yomonlashtiradi. Elektrodlarning chidamliligi tegish joyidagi haroratni pasaytirish, tok impulsning davomiyligini qisqartirish (qattiq rejimlar), cho‘kichlash vaqtini uzaytirish, elektrodlar atrofida detallarni qisib qo‘yilgan holda nuqtali payvandlashdan foydalanish elektrod-detal tegish joyiga to‘siq moddalar kiritish, relyefli payvandlashdan foydalanish orqali oshiriladi. Barqaror qalinlikdagi (10–20 mkm) galvanik qoplamalar bo‘ylab payvandlash yaxshi natijalar beradi. Kichikroq o‘lchamli nuqtalar yoki choklardan foydalanilsa, elektrodlarning chidamliligi sezilarli dajada ko‘tariladi. Mis tasma yoki sim ko‘rinishidagi oraliq elektrodlarni roliklar bilan detallar o‘rtasidan uzluksiz tortib o‘tkazib payvandlash orqali roliklarning chidamliligi keskin oshiriladi. Shu bilan birga oraliq elektrodning ish yuzasi doimiy ravishda yangilanib turgani va massa ko‘chish bir necha bor yuz berishi tufayli rux qoplama 85 kamroq yemiriladi. Zarur bo‘lsa, yemirilgan qoplama o‘sha joyni metall orqali asl holiga keltiriladi. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling