Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «bosim ostida payvandlash»


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/87
Sana03.12.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1801356
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   87
Bog'liq
Bosim ostida payvandlash

9.7-rasm. Ruxlangan po‘latni miss simdan foydalangan holda chokli 
payvandlab biriktirish: 
1 – sim; 2 – detallar; 3 – roliklar. 
Qiyin eriydigan qoplamalarning boshqa bir o‘ziga xos 
xususiyati plastik deformatsiyaga karshiligining kamligidadir. 
Nisbatan past haroratda ular yumshab, deformatsiyalanib, tegish 
joyining yuzini kattalashtiradi. Bu xodisani qoplash 20–25% 
oshirish zarur. 
Nazorat savollari 
1. Uch qatlamli panelni payvandlashning 
o‘ziga xos 
xususiyatlarini aytib bering. 
2. Chokli uchma-uch payvandlashning o‘ziga xos xususiyatlari 
nimalardan iborat? 
3. Chetlarini ezib chokli payvandlashning o‘ziga xos 
xususiyatlarini aytib bering. 


86
10-MA’RUZA. 
KONTAKTLI PAYVANDLASH MASHINALARI 
Reja: 
10.1. Kontaktli payvandlash mashinalari tasnifi 
10.2. Kontaktli payvandlash mashinalarining belgilanishi
10.3. Kontaktli payvandlash mashinalarning turlari 
10.4. Korpus va staninalar 
10.5. Kontaktli payvandlash mashinalarining payvandlash 
konturi 
10.6. Elektrodlar 
Tayanch so’z va iboralar: mexanik qism, elektr qism, 
korpus, stamina, payvandlash konturi, elektrod 
10.1. Kontaktli payvandlash mashinalari tasnifi 
Kontaktli payvandlash mashinalari 297-80 O‘z DTSga mos
bo‘lishi lozim. 
Kontaktli payvandlash mashinalari o‘zaro bog‘langan ikki 
qism: mexanik va elektr qismlardan tashkil topadi. 
Mexanik qism mashinani bikr va mustahkam qiluvchi, 
kuchlarni o‘ziga qabul qiluvchi konstruktiv qismlar (korpus yoki 
stanina, plitalar, kronshteynlar, domkrat, tiraklar, konsollar
elektrod tutqichlar, elektrodlar) dan hamda payvandlanadigan 
detallarni mahkamlab, siqib qo‘yish 
va siljitish uchun 
mo‘ljallangan mexanizmlardan iborat. Ayrim konstruktiv qismlar 
va mexanizmlar payvandlash tokini o‘tkazadi. 
Elektr qism odatda sanoat chastotasidagi tarmoq energiyasidan 
payvandlalash toki olish uchun o‘zgartirib beruvchi ta’minlash 
manbayi (payvandlash transformatori, to‘g‘rilagichlar, ba’zi 
hollarda kondensatorlar batareyasi va b.) dan hamda tokni bevosita 
detallarga uzatishga mo‘ljallangan ikkilamchi (payvandlash) 
kontur (egiluvchan va qattiq tok o‘tkazuvchi shinalar, konsollar, 
elektrod tutqichlar, elektrodlar, roliklar, jag‘rlar) dan tuziladi.


87
Payvandlash mashinalari elektr va mexanik, texnik hamda 
texnologik parametrlari bilan tavsiflanadi.
Elektr parametrlar:
1) qisqa tutashuv rejimidagi yoki payvandlash paytidagi 
ikkilamchi tokning eng katta (maksimal) kuchi; 
2) payvandlash mashinasinining eng katta quvvati
3) ulanish muddati (UM) va muddatga mos tok hamda quvvat 
(kVA), bular transformator va ikkilamchi kontur o‘ramlarining 
qizishini belgilab beradi; 
4)
nominal kuchlanish (V) va uni rostlash chegaralari 
(bosqichlar soni); 
5) yuklash tavsifining turi (tok kuchining detallar qarshiligiga 
bogliqligi) – yotiq yoki tik pasayuvchi. 
Mexanik parametrlar: 
1) nominal va eng katta (maksimal) kuchlar, masalan, pnevmo 
yuritma uchun F
nom
F
max
ning 80 foiziga to‘g‘ri keladi; 
2) kuchni 
dasturlashtirish 
imkoniyati 
(oldindan 
qisish, 
cho‘qichlash kuchi); 
3) elektrodlarning detallarga nisbatan o‘rnatilish aniqligi va 
ikkilamchi kontur qismlarining bikrligi, bular payvandlab 
bo‘lingandan keyin detallarning tob tashlash darajasini belgilab 
beradi.
Kontaktli payvandlash mashinalari quyidagi belgilariga ko‘ra 
tasniflanadi: 
1) payvandlash turiga ko‘ra (nuqtali, relyefli, chokli, uchma-
uch payvandlash mashinalari); 
2) vazifasiga ko‘ra (universal, ya’ni umumiy ishlarga 
mo‘ljallangan va maxsus ishlarga mo‘ljallangan, ya’ni maxsus 
mashinalar); 
3) o‘rnatilish usuliga ko‘ra (ko‘chmas, ko‘chma yoki osma 
mashinalar); 
4) energiya bilan ta’minlanish, uni o‘zgartirish yoki t o‘plash 
(akkumulyatsiyalash) turiga ko‘ra (bir fazali o‘zgaruvchan tok,
past 
chastotali 
uch 
fazali, 
tok 
ikkilamchi 
konturda 
to‘g‘rilanadigan, kondensatorli mashinalari); 


88
5) siqish kuchining yuritmasi turiga binoan (richagli,
prujinali, elektr dvigatelli, pnevmatik, gidravlik, elektromagnitli 
mashinalar);
6) qanday 
ishlashiga 
ko‘ra 
(avtomatlashtirilmagan, 
yarimavtomatik va avtomatik mashinalar). 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling