Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «bosim ostida payvandlash»


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/87
Sana03.12.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1801356
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   87
Bog'liq
Bosim ostida payvandlash

 
Nuqtali payvandlash mashinalari. Nuqtali payvandlash 
mashinasida korpus (1) bo‘lib, uning ichida yoki yonida 
payvandlash transformatori (2) joylashgan. Ikkilamchi o‘ram (14) 
kolodkalari konsollar (7) va (10), elektrod tutqichlar (8) hamda 
elektrodlar (9) ga egiluvchan (3), (12) va bikr (4), (11), (13) 
shinalar vositasida biriktirilgan. Elektrodlardan biri (odatda 
ustkisi) siqish mexanizmi (16) yordamida polzun (15) bilan birga 
suriladi va detallarni siqadi. Pastki konsolni yukdan holi qilish va 
bikrligini oshirish uchun, domkrat (6) vositasida ko‘tarilib tusha 
oladigan kronshteyn (5) xizmat qiladi. 
Relyefli payvandlash mashinalari. Relyefli payvandlash 
mashinalarida mahkamlab qo‘yiladigan katta kontakt plitalari, 
bikrroq 
korpus 
va 
kronshteynlar 
bor 
bo‘lib, 
polzun 
yo‘naltiruvchilarda ko‘ndalangiga eng qisqa siljiydi. Siqish 
mexanizmning kuchaytirilgan yuritmasining dinamik tavsiflari 
ham yaxshilangan. Mashinalarda ko‘pincha korpusning yon 
tomonlarida joylashtirilib, parallel ulangan ikkita payvandlash 
transformatori bo‘ladi. Bunday mashinalarda tokni asta-sekin 
oshirib borgan yoki uzib-uzib ulagan holda bir yo‘la bir nechta 
nuqtalar payvandlash imkoniyati bor. 
Mashinaning payvandlash korpusi (4) bikr skoba ko‘rinishida 
ishlangan (10.2-rasm). Uning pastki qismiga mahkamlangan 
konsol (1) ga plita joylashtiriladi. Korpusning yon tomonlariga 
o‘rnatilgan ikkita payvandlash transformatori (5) mashinaning 
payvandlash konturiga parallel ulangan. Mashinaning siqish 
yuritmasi (3) pnevmatik bo‘lib, unda dumalash podshipniklarida 
o‘rnatilgan yo‘naltiruvchi qurilma (2) bor. Yo‘naltiruvchi 
qurilmaning polzuni pnevmoyuritma shtokiga tarelkali prujinalar 
bloki orqali biriktirilgan. Bularning bari yuritmaning dinamik 
tavsifini yaxshilaydi. 


90

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling