Abu Rayhon Beruniy-o’rta asrning buyuk qomusiy olimi


Download 14.85 Kb.
Sana13.11.2023
Hajmi14.85 Kb.
#1771257
Bog'liq
Abu Rayhon Beruniy


Abu Rayhon Beruniy-o’rta asrning buyuk qomusiy olimi. Beruniy bir vaqtning o’zida astronom, astrolog, matematika, geology,geograf, o’lkashunos, biology, medico’simlikshunos, ma’danshunos, tarixchi, manbashunos, dinshunos, adabiyotshunos, faylasuf, sotsiolog, mantiqshunos, ilohiyotchi va shoir bo’lgan. Beruniy astronomiyaga, astrolyabiyaga,geodeziyaga, mineralogiyaga, farmakologiyaga, geografuyaga, astrologiyaga, toponomikaga, dinshunoslikka, tarixga oid maxsus asarlar yozgan.
1035-1036 yillarda beruniy o’zi yozgan asarlari ro’yxatini tuzgan va mazkur ro’yxatda 113 ta asarning nomi keltiradi. Bu asarlardan 70 tasi astronomiyaga, 20 tasi metrmatikga, 12 tasi geografiyaga va geodeziyaga, 3 tasi mineralogiyaga, 4 tasi kartografiyaga va boshqa fanlarga oid edi. Beruniy yozgan har bir asar o’ziga xos ensiklopediyadir.
Beruniyning fikricha, tabiatda barcha narsalar tabiat qonuniyati asosida oʻzgaradi. Bu qonuniyatlarni esa faqat ilm-fan yordamida anglash mumkin. U birinchi boʻlib fanda Yer sayyorasi dumaloq ekanligini, u oʻz oʻqi atrofida va quyosh atrofida aylanishini ilmiy asoslab bergan. Yerning tortishish kuchini oʻrgangan. Yer shari uzunligining aniq hisob-kitobini chiqargan. Yer radiusining uning aylana shaklga egaligidan kelib chiqqan holda, (6000 km dan ortiq) deyarli aniq belgilagan. Yer shari xaritasini chizgan, globusni ham birinchi boʻlib yaratgan. Olimning odamzod imkoniyatidan yuqori, tafakkuriga sigʻmaydigan ilmiy kashfiyotni nihoyatda aniqlik bilan bajargani hanuzgacha insoniyatni hayratga soladi. Beruniy nafaqat astronom balki, ulkan matematik, kimyo, minerologiya, biologiya, tarix, etnografiya, demografiya, falsafa, mantiq kabi qator fanlarda ham jahonshumul kashfiyotlar qilgan. Uning “Hindiston”, “Saydana”, “Osor ul – boqiya” asarlari odamzodning kelib chiqishi, tillarning vujudga kelishi, xalqlar va millatlarning evolutsion taraqqiyot tamoyillari borasidagi noyob durdona hisoblanadi.
Yer aylanasining uzunligini topish haqida Beruniy bunday deydi: «Yer aylanasining uzunligini topish uchun hamma hollarda ham shu topilgan topilmani, ya'ni radiusni ikkilantirib 22 ga ko‘paytir, hosil bo‘lgan ko‘paytmani 7 ga bo‘l, shunda sen o‘lchagan birliklarda Yer aylanasining uzunligi kelib chiqadi».
Beruniy aytgan amallarni bajarganda l=2pR ni aylana uzunligini hisoblash mumkin. Bunda 22/7=3,14.... (p)ni ifodalaydi.
Shunday qilib, Beruniy shaxsan o‘zi bir qancha shaharlarning geografik kengliklarini hisobladi. Masalan, G‘aznaning kengligi 330 351, Kandaniki 330 551, Dumpurniki 340 201. Uning hisoblashiga ko‘ra, Buxoro shahrining keng­ligi 390 201 deb topilgan. Hozirgi kunda bu qiymat 390 461 dir. Demak, bu Beruniy hisobidan faqat 00 261ga farq qi­ladi. Xullas, buyuk bobomiz Abu Rayhon Beruniyning ilmiy va madaniy merosini o‘rganish, uni o‘quvchi va talabalarga yetkazish azaliy qadriyatlarimiz sirasiga kiradi.Ma’lumki, Xorazm ilmiy markazi olimlardan faqat Ibn Sino va Abu Sahya Masihiylar Mahmud G‘aznaviy zulmidan xavotirlanib, G‘aznaga emas Jurjonga qarab yo‘l olgan edilar. Beruniyning 1014-1048 yillarda G‘aznada kechirgan hayoti moddiy va siyosiy jihatdan mashaqqatli bo‘lishiga qaramasdan, UNING ilmiy faoliyati uchun eng mahsuldor davr bo‘ldi. U Mahmud G‘aznaviy saroyida kechgan dastlabki yillarda astronomiya va geodeziya masalalariga katga e’tibor berdi.

Beruniy astronomiya sohasida olib borgan tekshirishlarida, o’zidan avval o’tgan astronomlarning qoldirgan ma’lumotlarini o’z kuzatishlari natijasi bilan to’ldirgan. “At-tafhim” asarining astronomiya bo’limida asosan Ptolomey nazariyasini bayon etadi. Bu asarning geodeziya bo’limida, dengizlarni taqsimlagan doiraviy xarita bo’lib, bu xarita fan tarixida muhim rol o’ynadi va keying avlodlar tomonidan bir necha marotoba tiklandi.


Beruniyning astrologiya munosabatiga kelganda , u o’sha davrdagi bu soha ilmiga nisbatan mustaqil fikrda bo’lganini aytdi. MA’lumki astrologiya o’rta asarlarda, Sharqda ham G’arbda ham mo’tabar fan hisoblar edi. Atrologiya osmondagi yulduzlar
Download 14.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling