Abu rayhon beruniyning hayoti va ijodi
Oriental Renaissance: Innovative
Download 407.18 Kb. Pdf ko'rish
|
abu-rayhon-beruniyning-hayoti-va-ijodi
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 881 w www.oriens.uz June 2021 yunoncha suf (sof) so’zi bizga hikmat demakdir. Shuninig uchun faylasufga “filosufa”, ya’ni “hikmatni suyuvchi”, deb ism berilgan”. Beruniy fikricha, ba’zi musulmon ulamolari bu so’zni manbaini yaxshiroq tekshirib o’tirmay, so’fiya so’zining istiloh termin ekanligini bilmay, tavakkal qilib, so’ffiya so’zi suffadan olingan, payg’ambar davrida sahobalar doimo suhbatlashib o’tiradigan suffa, ya’ni “ahli suffa” so’zi bilan bog’laydilar. Shundan keyin bu so’zni “suf attuyus” (taka juni) so’zidan qisqartirilgan deb tushundilar. Beruniyning zamondoshi va do’sti bo’lmish atoqli shoir Abul-Fath Bustiyning mana bu so’zlarini ham keltiradi: “Odamlar so’fiy so’zida tortishib, qadimdan turli fikrda bo’ldilar, uni suf-jun so’zidan olingan dedilar. Menimcha, so’fiy ko’ngli pok-sofiy deb bilish eng to’g’ridir”. Albatta, Abul-Fath Bustiyning bu fikri ilmiy emas, balki badiiy, poetik, estetik yondoshuvidir. Beruniy bunday talqinni ilmiylikdan “yaxshigina chetga chiqish”, deb baholaydi. Beruniy qadimgi yunonlarning borliq hodisalarini va ayrim fozil, yetuk san’at egalarini ilohiylashtirish odatini ham tasavvufiy qarashlar bilan aloqador ekanligini tushuntiradi. “Beruniy fikricha, ba’zi insonlar bu dunyodagi hayotida odamlarga ko’p yaxshiliklar qilgani tufayli, o’lganlaridan keyin ularning ruhlari ham yaxshilik qilishni davom ettirgani uchun, odamlar ularning ruhlariga hurmat va ta’zim bildirib, ularning haykallarini yasab, chiroyli maydonlarga qo’yganlar” 15 . Jolinus turli san’atlarni o’rganishga qiziqtiradigan kitobida bunday deydi: “Xalqning fazilatli arboblari, izzatli va sharafli bo’lishga erishgan zotlar o’z san’atlarini yaxshi ishlata bilishlari sababli ilohiylashtirilgan. Shular jumlasidan, Asklepius va Diyonisius (Dionis) ilgarigi vaqtda ikkita inson bo’lsalar ham, yo keyinchalik, yoki o’sha davrning o’zidayoq iloh, deb tanilganlar. Chunki ikkalovi ham o’z sohasida eng ulug’ sharafga ega bo’lganlar. Ularning biri odamlarga tabiblik san’atini, boshqasi esa tokchilikni o’rgatgan”. Beruniy yana bir o’rinda tabobat ustozlaridan Buqrot (Gippokrat) ham Asklepiy ruhidan madad so’rab, xo’roz qurbonlik qilganini aytadi. Bu marosim musulmonchilikda, aziz avliyolarga, pirlarga atab hayr-ehson qilish, “is chiqarish” marosimini eslatadi. Beruniy fikricha, Zevs ham, Zuhra (Afrodita) ham Quyosh va Venera sayyoralarining badiiy-estetik ramzi-obrazlaridir. XULOSA “Beruniy “Hindlarning aqliy va xissiy mavjud narsalar haqidagi tushunchalari” haqidagi shu bobda ilmiy tafakkur va diniy, mifologik, estetik tafakkurining o’ziga xos qonuniyatlari borligini juda teran tushuntiradi” 16 . Beruniy 15 Жалилов Ғ. “Абу Райҳон Беруний”. – Т.: Фан, 1950. – B. 310. 16 Irisov.A Abu Rayhon Beruniyning “Hindiston” asari.Tanlangan asarlar.II tom. – T.: Fan, 1965. – B. 55. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling