Abu rayhon beruniyning pedagogik qarashlari


Download 20.02 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi20.02 Kb.
#211986
Bog'liq
Abu  Rayhon  Be-WPS Office


Abu  rayhon  beruniyning  pedagogik  qarashlari.  O‘rta  asr  sharqining jahonga  mashhur  yana  bir qomusiy  olimlaridan biri abu rayxon beruniy bo‘lib, uning olim sifatida  shakllanishida  o‘sha  davrning  allomalari  al-xorazimiy,

Alforobiylarning ta‘siri katta bo‘ldi. Abu ali ibn sino, firdavsiy va daqiqiylar u bilan bir  davrda  ijod  qildilar.  Uning  qalamiga  mansub  bo‘lgan  asarlar  soni  150  dan  ortiq bo‘lib,  deyarli  barcha  fan  sohalariga  bag‘ishlab  yozilgan.  Olimiing  "o‘tmish yodgorliklari", "geodeziya", "yulduzlar haqida ilm", ―hindiston", ―qonuni mas‘udiy",  "menerologiya",  "farmakognoziya"  kabi  asarlari  o‘zbek  va  rus  tillariga  tarjima qilingan. U  ijtimoiy  soxaga  bag‘ishlab maxsus  asarlar  yozmagan,  biroq  uning  barcha asarlarida  ta‘lim-tarbiya,  odob  va  axloq,  masalalariga  doir  butun  bir  pedagogik qarashlar sistemasiga duch kelamiz.  Beruniyning o‘zi tibbiyot tadqiqotchisi sifatida mashxur  bo‘lishiga qaramay,uning  ijtimoiy  hodisalar  tadqiqotiga  bag‘ishlangan  faoliyati  o‘zining  keng  ko‘lamligi, chuqur va mantiqan izchilligi bo‘lgan ko‘p olimlarning xayratiga sazovor bo‘lgan.beruniy  ilmiy  merosida  u  yaratgan  tabiatni  o‘rganish  va  bilish  metodi  katta  o‘rin egallaydi. Bu uning dunyoviy va ilmiy fanlarga bo‘lgan munosabatini ham belgilab bergan. Uningcha, fan javob berolmagan bilim sohalarini diniy bilimlardan izlash lozim. U  sovet  tuzumi  davrida  ba‘zi  tadqiqotchilar  ta‘kidlashganidek, hech qachon dinga qarshi bormagan, dinga e‘tiqodli, chin musulmon bo‘lgan beruniy ilmiy metodni xarakterli xususiyati sifatida  uning obyektivli kuzatish, tajribalarga  tayanish,  og‘zaki  va  yozma  yodgorliklarni  o‘rganish,  faktlarga  tanqidiy yondashish,  ularni   allaqachon  ma‘lum  bo‘lgan  haqiqat  bilan  chatishtirish,  mantiqan umumlashtirishga,  aqliyumumlashtirishdan  nazariya  hosil  qilish  kabi  ilmiy operatsiyalarni, usul va metodlarni ko‘rsatib o‘tadi.

Beruniy  milodning  1000  yilida  "o‘tmish  xalqlardan  qolgan  yodgorliklar" asarini yozadi va unda qadimiy sharq xalqlari, arablar, suriyaliklar, yahudiylar, eroniylar, sug‘dlar, xorazmliklar va boshqa xalqlarning urf odatlarini ilmiy asosda tekshirib, bu bilan sharq xalqlari etnografiyasiga asos soladi. Bu asar sharq xalqlari etnografiyasi tarixiga doir qimmatli ma‘lumotlar asosida yozilgan. Uning mazkur  asari a.rasulov tomonidan o‘zbek  tiliga  tarjima  qilingan  bo‘lib,  qisqacha  mazmuni  prof.a.qayumovning  abu rayxon beruniy va ibn sinoga bag‘ishlangan kitobida keltirilgan.

Asarda  kecha  va  kunduzning  almashinishi,  quyosh  va  yer  harakati,  yil  va  oy haqida,  eroniylar,  sug‘diylar,  xorazmiylarning  qarashlari to‘grisida shaxsiy  ma‘lumotlar bayon  qilingan. Sharq  mamlakatlari,  rimliklar,  yahudiylar,  arablar  yil  hisobi  haqida xabar berilgan. Unda inson yashay boshlagan payt hisobiga doir jadval mavjud, unda turli xalqlar orasidagi inson  paydo bo‘lishiga doir tasavvurlar qaqida ham ma‘lumotlar mavjud. Masalan  eronliklar   tarixining  boshlanishini  qayumarsdan  aleksandr  makadonskiyning doro  ustidan  g‘alaba  qozonganigacha,  bu  davrdan  sosoniylar  shoxi  ardasher  babak (226-241) davrigacha so‘ngra, u davrdan islomgacha bo‘lgan jami uch davrga bo‘ladilar. Xorazimliklarning tarix hisobi xaqida esa beruniy quyidagalarini yozadi: "ular (xorazmliklar  yu.a.)  Xorazmga  odam  joylasha  boshlaganidan  tarix  olar  edilar.  Buiskandardan 980 yil ilgari edi."u qutayba tomonidan xorazm xatini biladigan savodlidindagi kishilarning barchasi o‘ldirilgani xaqida ham xabar qiladi. Kitobda  turli  xalqlarning  bayram  marosimlari  xaqida,  jumladan,  navruz bayrami haqida ham ma‘lumot berilgan.

Hozirgi o'zbek xalqining ajdodlari bundan bir necha mingyillar oldin yashagan bo'lib, ular o'ziga xos madaniyatni vujudga keltirishda katta va mashaqqatli yo'lni bosib o'tgan. Dastlabki tosh qurollardan tirikchilik uchun foydalanish, ancha takomillashgan mehnat qurollarini yasash, urug'chilik davriga kelib, xo'jalik hayoti va madaniy taraqqiyotda erishilgan yutuqlari o'z ichiga olgan davrgacha bo'lgan tariximiz ota- bobolarimizning boy qadimiy madaniyatga ega bo'lganligidan dalolat beradi;' ( eramizdan avvalgi birinchi ming yillikda baqtriya, xorazm, so'g'diyona, marg'iyona, parfiya hamda parkana kabi davlatlarda turli qabila va elatlar yashaganlar. Ular soqlar, masog'utlar, so'g'dlar, xorazmiylar, boxtarlar, chochliklar, parkanaliklar kabi qabila va urug'lardan iborat bo'lib, hozirgi markaziy osiyo hududida yashovchi xalqlarning ajdodlari hisoblanadilar.eramizdan oldingi asrning birinchi yarmida qadimiy davlatlar: baqtriya va so'g'diyona, marg'iyona, xorazm, parkana, parfiya kabi o'lkalarda xalq xo'jaligining turli sohalarida rivojlanish ro'y bergan. Eramizdan oldingi ix-vi asrlarda paydo bo'lgan ahmoniylar, eramizdan avvalgi iii asr o'rtalarida tashkil topgan grek-baqtriya, eramizning i asrida tashkil topgan kushonlar, eramizning v asrida yuzaga kelgan eftalitlar, so'ngra sosoniylar va, nihoyat, turk xoqonligi davlatlarida madaniyat yuksala bordi.

Eng qadimgi tarbiya haqidagi yodgorliklar bizgacha bevosita yetib kelmagan. Turkiy va forsiyzabon xalqlarning hayot kechirish san’ati, donolik majmuasi sifatida yuzaga kelib, borliqqa amaliy munosabatda bo'lishning namunasi tarzida e’tirof etilgan ma’naviy madaniyat yodgorliklari qadimgi grek tarixchisi gerodotning «tarix», strabonning "geografiya" hamda mahmud koshg'ariyning «devonu lug'atit-turk» kabi asarlari, urxun-enasoy bitiklari kabi adabiy-tarixiy manbalarda saqlangan. Ushbu yodgorliklar mohiyatini o'rganish insonning shakllanishida moddiy va ma’naviy madaniyat qay darajada katta o'rin tutganidan dalolat beradi. Eramizdan oldin, taxminan 484(480)— 431(425) -yillari yashagan yunon tarixchisi herodotning «tarix» kitobida qadimgi forslar, soqlar, masog'utlarning ta’lim-tarbiya tarziga oid muhim ma’lumotlar berilgan. Plutarxning qayd etishicha, aleksandr maqduniy yerli xalqlarga yaqinlashish maqsadida makedoniyaliklar bilan mahalliy xalqlarning urf- odatlarini o'zaro uyg'unlashtirishga harakat qilgan.

Shu maqsadda u o'ttiz ming bolani ajratib olib, yunon tili va makedoniyaliklarga xos bo'lgan harbiy san’at sirlarini o'rgatishga buyruq bergan. Ana shu maqsadni amalga oshirishga juda ko'p murabbiylar tayinlangan. Yunon alifbosining keyinchalik bu yurtda qabul qilinishi o'sha davrda ko'plab maktablar ochilgani hamda unda erli aholi farzandlari ham o'qitilganidan dalolat beradi.

Eng qadimgi davrlarda yo'lga qo'yilgan ta’lim- tarbiyaga oid qimmatli ma’lumotlarni biz yana xalq og'zaki ijodi namunalari: afsonalar, qahramonlik eposlari, qo'shiqlar, maqol va iboralarda ilgari surilgan g'oyalardan ham olishimiz mumkin. Chunki xalq donishmandligining yorqin namunasi bo'lgan xalq og'zaki ijodida xalq pedagogikasiga xos bo'lgan tarbiya tajribalari umumlashgan. Ibtidoiy tuzum kishilarining orzu-istaklari, o'y-fikrlari, maqsad va intilishlarini yoritishga xizmat qilgan afsonalaming ko'pchiligi bizga eng qadimgi yodgorliklar-avesto», firdavsiyning «shohnoma» asarlari orqali ma’lumdir.

«avesto»- eng qadimgi yozma ma’rifiy yodgorlik eramizdan avvalgi minginchi yillarning o'rtalarida eng qadimgi ajdodlarimiz tomonidan qahramonlik mavzusida juda ko'p afsona va rivoyatlar yaratilgan. Zardushtiylik ta’limotining axloqiy yo'riqlariga binoan inson tomonidan o'z burchini his etishning eng birinchi belgisi ma’naviy poklik sanalgan. Ayollarga g’amxo’rlik ko'rsatish ijtimoiy zarurat hisoblangan. Ayniqsa, homilador ayollarga muruvvat ko'rsatish asosiy insoniy burch sanalgan. Diniy g'oyalarga ko'ra, tuproq, suv, havo hamda quyosh muqaddasdir. Odamlar ularni e’zozlash, quyoshga sajda qilishga da’vat etiladi. Zardusht ta’limotida shaxsiy va turmush gigienasiga qat’iy amal qilish kishilar o'rtasida turh xil kasalliklar kelib chiqishining oldini oluvchi tadbir ekanhgi alohida uqtiriladi

Xvi-xix asrning birinchi yarmida o'rta osiyo xonliklari va buxoro amirligining xalq ta'limi, fan va madaniyati haqida gap borganda shu narsani alohida ta'kidlash kerakki, ijtimoiy-siyosiy hayotning hamma sohalarida va birinchi navbatda madaniyat va mafkurada islom dini g'oyasi markaziy o'rinni egallar edi. O'z boshlang'ich nuqtasini x-xii asrlardan e'tiboran olgan so'fiylik tariqati naqshbandiylik g'oyasi bilan uyg'unligi negizida xv asrga kelib eng yuksak cho'qqiga ko'tariladi, u to xx asrdagi siyosiy to'lqin va larzalar davriga qadar jamiyat taraqqiyotining borishida jiddiy rol o'ynaydi. Xvi asrning ikkinchi yarmidan e'tiboran jo'ybor shayxlar nomi bilan tarixga kirgan din pesh-volari yuqori mavqeyiga ega bo'ladilar. Bu davrning nomdor jo'ybor shayxlaridan xo'ja muhammad islom (1493-yil atroflari-1563), hoji jaloliddin kosoniy (1549-yilda vafot etgan), u tarixda mahdumi a'zam nomi bilan mashhur edi; xo'ja sa'ad (1531­32-1589); xo'ja tojiddin hasan (1547-1646); xo'ja abdurahim (1575-1628-29) va boshqalar bo'lib naqshbandiylik tariqatining atoqli namoyandalari bo'lganlar. Davlatni boshqarish ishlarida ruhoniylar faol qatnashganlar, hukmdorlar din arboblariga katta mansablar va huquqlar berganlar. Buxoro hukmdorlari hatto o'zlarini «musulmon amirlari» deb e'lon qilganlar. Mamlakat va davlat ahamiyatiga molik barcha ishlar, o'zga mamlakatlarga qarshi olib borilgan urushlar ruhoniylarning maslahati va fatvosi bilan e'lon qilingan. Ayni zamonda din ham xonlarni qo'llab-quvvatlagan, olloh va qur'on nomidan ularga katta va cheklanmagan huquqlar bergan. Masalan, amir nasrullo (1826­1860 )ning qo'qon xonligini 1842-yili bosib olishi bunga dalil bo'la oladi. Yoki amir shohmurod olloh irodasini bajo keltirishni qizg'in namoyish qilgani va davlatda islomning ravnaq topishiga g'amxo'rlik ko'rsatgani uchun «begunoh amir» nomini olgan. Darvoqe shohmurod naqshbandiylar darvesh jamoasining a'zosi va o'sha davrda shu jamoaning boshlig'i bo'lgan shayx safarning muridi bo'lgan.

Ruhoniylarning ta'siri va rahnamoligida o'z davrining mulkdorlari va xudojo'y kishilari mablag'lari hisobiga qabristonlar obod qilinar, u yerlarga boradigan yo'llar, ko'priklar ta'mirlanar va qabristonlarga yaqin joylarda masjidlar va madrasalar qurilardi. Naqshbandiylar ta'limotining asoschisi bahovud-din naqshbandning buxorodan 12 kilometrlar chamasi narida joylashgan qabri to oktabr to'ntarishiga qadar ham musulmon dunyosi xalqlari o'rtasida mashhur qadamjoy bo'lgan. Bu yerda har chorshanba kuni buxoro shahridan va boshqa uzoq-uzoq yurtlardan musulmonlar bozorga va an'anaga aylanib qolgan «gul bayrami»ga to'planganlar. Qur'oni karimdan tilovatlar qi-lib nomozlar o'qiganlar. Amirlar bu qadamjoni haftada bir marta albatta ziyorat qi-lishni odat tusiga kiritganlar, hojilar, jamoa arboblariga sovg'a-salomlar va tangalar hadya qilganlar.o'rta osiyodagi har uchala xonlikda ham ruhoniylar qozikalon sifatida barcha sud ishlarini o'z qo'llari ostida markazlashtirib olganlar. Qozikalonlarni amir va xonlar tayinlar edilar. Ma'rifat, fan va maorifda ham islom mafkurasi asosiy va yetakchi yo'nalish bo'lib xizmat qilgan.

Xvi-xix asrning birinchi yarmida o'rta osiyodagi har ucha-la amirlik va xonliklarning madaniy taraqqiyotiga xos bo'lgan u mu miy o'xshashliklar diqqatga loyiqdir. Bu o'xshashliklarning sabablari ham bir-biriga juda o'xshashdirlar. Birinchidan, o'rta osiyo hududi davlatlari xv asrlarda madaniy taraqqiyotda dunyoda eng yetakchi o'rinlarda turgan bo'lsa, xvi-xvii asr-lardan e'tiboran bu hududda tushkunlik boshlanadi.ikkinchidan, har uchala davlat birliklari o'zlari alohida mustaqil faoliyat ko'rsatsalarda davlat idora ishlari o'zbek va fors tilida olib bori-lardi. Buxoroda fors, qo'qonda fors-o'zbek, xivada o'zbek tili rasman davlat tili bo'lib hisoblanardi. Turmushda, adabiy ijodda o'zbek va fors tillari keng qo'llanilar edi. Uchinchidan, an'anaga ko'ra fanda, adabiyot va maktabda arab va fors tilining obro'si saqlanib qolgandi.



Buxoro amirligi, qo'qon va xiva xonliklarida xalq ta'limining tuzilishi va faoliyati deyarli bir xil bo'lgan. Ularda madrasalar, maktablar va qoriqxonalar mavjud edi. Madrasalar musulmon oliy o'quv yurtlari hisoblangan. Maktablar masjidlar qoshida va xususiy uylarda tashkil etilgan. Xonlar o'rtasida xonzoda va zodagonlarning bolalarini o'qitish uchun maxsus maktab bor edi. Masalan, «ansob as-solatin va tavorixi al-havoqin» nom-li asarda yozilishcha, «musulmonqul mingboshining buyrug'i bilan yosh xudoyorxon va qipchoqlar bolalarini o'qitish uchun o'rdada maktab qurilib, unga maktabdor etib mullo so-diq tayinlangan» lekin bu maktab hozir qo'qonda mavjud bo'lgan xudoyor­xon o'rdasida emas, balki 1845-yilda bo'lgan xon o'rdasida joy-lashgan edi. Keyinchalik bu o'rda buzilib ketgan. Odatda, maktablarda asosan o'qish va yozish, arifmetika va adabiyot o'qitilar edi. Qorixonalarda esa asosan ko'zi ojizlar o'qib, qur'on, doston va she'r-u g'azallar yodlar edilar. Maktablar qizlar uchun alohida, o'g'il bolalar uchun alohida bo'lgan. Masalan, mashhur shoira dilshod qo'qonda maktab ochgan. U o'zining maktabdorlik faoliyati haqida bunday deb yozgan edi: «me-ning suhbatdoshlarim va dugonalarim aqlli qizlar va iste'dodli shoiralar edi. Ellik bir yil davomida men maktabdorlik qildim va yiliga o'rtacha 20 tadan 30 tagacha o'quvchilarim bo'lib, sakkiz yuz to'qsonta qizlarning savodini chiqardim, bulardan deyarli chorak qismi she'riyatga qobiliyatli bo'lib, shoira va o'z davrining aqlli va dono odamlari edi». Qo'qon shahrida boshqa shaharlarga nisbatan maktablar soni ko'proq bo'lgan. Bu esa qo'qonliklarning aksariyat ko'pchiligi savodli bo'lib, o'qish va yozishga usta bo'lganligidan dalolat beradi.o'qituvchilar o'z uylarida ochgan xususiy maktablaridan tash-qari barcha o'quv yurtlari, turli shaxs va tashkilotlar tomonidan xayriya qilingan vaqflardan tushadigan daromad hisobiga ishlar edi. Ularning odatida masjidlar birinchi o'rinda turardi, chunki deyarli barcha masjidlarda maktablar ochilgan.
Download 20.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling