Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Al-Beruniy


Download 96.45 Kb.
bet7/7
Sana02.06.2024
Hajmi96.45 Kb.
#1835909
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Umrzoq mustaqil ish

«Hindiston» asarida yer yuzasining tuzilishi, dengiz va quruqlikning nisbati to‘g‘risida to‘xtalib, shunday yozgan: «Yerning choragi ma’muradir. Ma’murani g‘arb va sharq tomondan Muhit okeani (Atlantika va Tinch okeani) o‘rab turibdi. Bu Muhit okeani, yerning obod qismini dengizlarning narigi tomonida bo‘lishi mumkin bo‘lgan quruqlik yoki odam yashaydigan orollardan ikki yoqdan g‘arb va sharqdan) ajratib turadi...» Bu fikrni «Mas’ud qonuni»da ham ta’kidlaydi. Xullas, Beruniy matematik hisob-kitob asosida Kolumbdan qariyb 450 yil ilgari hozirgi Amyerika qit’asi bo‘lishi mumkinligini bashorat qilgandi.
Beruniy Atlantika va Tinch okeanlarining janubiy qismi bir-biri bilan tutashganligini isbotlagan, yer sharining janubiy tomonida muz qoplagan quruqlik bo‘lishi kerak, deb faraz qilgan. U geografik kenglikni hisoblashda qo‘llagan usul XVI asrda Tixo de-Brage tomonidan kashf etilgan, deb kelinadi, vaholanki, bu usulni Beruniy undan 6 asr ilgari ishlatgan. Jinslarning geologik kelib chiqishi, quruqlikning dengizlarga, dengizlarning quruqlikka aylanish nazariyalarini ham Beruniy ishlab chiqqan. Jismlarning yer markaziga qarab tortilish kuchi haqidagi g‘oyani birinchi bo‘lib, Beruniy ilgari surgan. Beruniy mineralogiya va iqlimshunoslik fanlariga ham jiddiy hissa qo‘shgan. Minerallarning tarkibiy tuzilishi, kristallanish hodisasi, yorug‘lik nuri ta’sirida krisallarning tovlanishi tabiati haqidagi g‘oyalarni ham Beruniy ishlab chiqqan. Beruniy dunyolarning ko‘pligi va xilma-xilligi haqidagi falsafiy g‘oyani ilgari surgandi. Bu g‘oya 600 yildan so‘ng Jordano Bruno (1548-1600) tomonidan aytildi va u shu g‘oya tufayli inkivizisiyaning gulxanida yondirildi.
Abu Rayhon Beruniy merosi mustaqillikdan ilgari ham o‘rganilgan edi, ammo u davrlarda Beruniyning tabiiy-ilmiy merosigina materialistik dunyoqarash nuqtai nazaridan tadqiq etilgan. Mustaqillik davridagina Beruniy merosiga keng qamrovli yondashuvga yo‘l ochildi. Uning Qur’oni karim va hadisi sharifga munosabati, diniy mazhablar tadqiqi bugungi kunda olim va ulamolarimiz tomonidan keng miqyosda o‘rganilmoqda. Hozirgi paytda Beruniyning noma’lum asarlarini izlab topish davom ettirilyapti. Beruniy rahbarlik qilgan Xorazmdagi «Ma’mun akademiyasi»ning 1000 yilligi xalqaro miqyosda nishonlandi va bu tadbirlarda olimning xizmati yuqori darajada qayd etildi. Beruniyning jahon fani taraqqiyotiga qo‘shgan hissasini ta’kidlovchi asarlar yozilmoqda, tadqiqotlar olib borilmoqda. Beruniyning G‘aznadagi qabrini O‘zbekiston Respublikasidan yuborilgan maxsus ekspedisiya a’zolari ziyorat qilishdi va ta’mirlash ishlarini olib borishdi.
Xulosa
Xulosa qiladigan bo’lsak Abu Rayhon Beruniy yoshligidan ilmga chanqoq va zehini o’tkir inson bo’lib dunyoga tanila boshlaydi va
Umrining so’ngiga qadar ilm ishlarining ko’plab sohalarida faoliyat yuritib o’sha sohalar bo’yicha o’quv qo’llanmalar va ilmiy asarlar yozib butun jahon ilm tafakkuriga ulkan hissa qo’shgan Buyuk mutafakkirdir .Hozirgi kundagi texnologiyalar ham u hisoblagan birliklarni to’griligini takidlaydi va bobokalonimizni asarlarini o’zining ilmish ishlariga asos qilib oladi.
Foydalanilgan adabiyotlar

  • Pirmat Shermuhamedov. "Dahoning tugʻilishi yoxud Abu Rayhon Beruniy qismati". Toshkent sh.

  • Ahmed, Akbar S. (1984). "Al-Beruni: The First Anthropologist". RAIN (Royal Anthropological Institute of Great Britain and Ireland) (60): 9–10. doi:10.2307/3033407.

  • Akhtar, Zia (2011). "Constitutional legitimacy: Sharia law, secularism and the social compact". Indonesia Law Review 2 (1): 107–127. doi:10.15742/ilrev.v1n2.84.

  • Alikuzai, Hamid Wahed. A Concise History of Afghanistan in 25 Volumes. Trafford Publishing, 2013. ISBN 978-1-4907-1446-2. 

  • Anawati, Georges C. (2000). "Bīrūnī, Abū Rayḥān v. Pharmacology and Mineralogy". Encyclopædia Iranica.

  • Ataman, Kemal (2005). "Re-Reading al-Biruni's India: a Case for Intercultural Understanding". Islam and Christian-Muslim Relations (Routledge) 16 (2): 141–154. doi:10.1080/09596410500059623.

  • Ataman, Kemal. Understanding Other Religions: Al-Biruni's and Gadamer's "Fusion of Horizons", Cultural Heritage and Contemporary Change. Washington, D.C.: The Council for Research in Values and Philosophy, 2008. ISBN 978-1-56518-252-3. 

Download 96.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling