Abu Rayxob Beruniyning ilmiy va falsafiy merosi reja: Abu Rayxon Beruniyning ilmiy merosi


Abu Rayhon Beruniy Muhammad ibn Ahmad


Download 1.57 Mb.
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi1.57 Mb.
#1504861
1   2   3
Bog'liq
Abu rayhon beruniyning ilmiy merosi

Abu Rayhon Beruniy Muhammad ibn Ahmad (4-sentabr, 973, Kat, Xorazm, — 13-dekabr, 1048, Gʻazna) — Xorazmlik qomusiy olim.
Xorazmlik ulugʻ alloma Abu Rayhon Beruniy ota-onasidan juda yosh yetim qolgan va Iroqiylar xonadonida tarbiyalangan. Beruniy juda yoshligidan ilm va fanga qiziqadi. U sevgan fanlar — astronomiya, matematika, geodeziya, geografiya va mineralogiya edi. U o’z ijodi bilan Xorazm fanini yuksak cho’qqiga olib chikdi. Uning siymosida o’rta asrlar Sharqining qomus ul-ilimi, astronomi, geografi, ma’danshunosi, etnografi, tarixchisi, shoiri mujassamlashgan



Beruniy soʻngti avlodlarga katta ilmiy meros qoldirdi. Beruniyning oʻz davri ilm-fanining turli sohalariga oid 160 dan ortiq tarjimalari, turli hajmdagi asarlari, yozishmalari qolgan-ligi bizga maʼlum. Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan katta hajmdagi asarlaridan tashqari astronomiya, astrologiya, matematika, geodeziya, geologiya, mineralogiya, geografiya, arifmetika, tibbiyot, farmakologiya, tarix, filologiya masalalariga oid qator risolalar yaratdi va sansqrit tilidan arabchaga, arab tilidan sanskrit tiliga tarjimalar qildi, badiiy ijod bilan ham shugʻullanib sheʼrlar yozdi. “Astrologiyaga kirish”, “Astronomiya kaliti”, “Jonni davolovchi quyosh kitobi”, “Ikki xil harakatning zarurligi haqida”, “Koʻpaytirish asoslari”, “Ptolemey “Almagesti”ning sanskritchaga tarjimasi”, “Foydali savollar va toʻgʻri javoblar”, “Fargʻoniy “Elementlar”iga tuzatishlar”, “Turklar tomonidan ehtiyotkorlik”, “Oq kiyimlilar” va karmatlar haqida maʼlumotlar”, “Sheʼrlar toʻplami”, “Al-Muqanna haqidagi maʼlumotlar tarji-masi”, “Ibn Sino bilan yozishmalar” shular jumlasidandir.





  1. Beruniyning ontologik qarashlari

Beruniy borliq dunyo yaratilganmi yoki yo‘qmi, degan savollarga dunyo yaratilgan, deb javob beradi. Uning qarashlarida namoyon bo‘lgan ikki qarama-qarshi g‘oyalar, ya’ni bir tomondan, dunyoning yaratilganligini inkor eta olmaslik, ikkinchi tomondan esa, tabiatni mustaqil deb bilish, Beruniyning tabiatshunos sifatida dunyoni va tabiatni tushunishda ma’lum darajada deistik (xudo dunyoni yaratib qo‘yib, boshqa uning ishlariga aralashmaydi) yo‘nalishga moyilligini ko‘rsatadi. Xudo dunyoni butunligicha yaratadi va unga azaldan ma’lum qonunlarni beradi. Ana shu qonunlar tufayli tabiiy kuch, ya’ni tabiat harakat qiladi. Lekin keyinchalik Beruniy hatto deizm qobig‘ining torligini sezadi va moddiy dunyoning abadiy mavjudligini tan olishni zarurligini his etadi. Bu fikrning isbotini u Qur’ondan ham topadi. O‘sha davrdagi tabiatshunoslik fanida erishilgan yutuqlar uni Arastuning tabiat falsafasiga tanqidiy yondoshishga, shuningdek, uning zaif tomonlarini farqiga borishga olib kelgan. Bu uning Ibn Sino bilan yozishmasida o‘z ifodasini topgan. Ularning bu yozishmalari asosan Arastuning “Fazo haqida” va “Fizika” asarlari bo‘yicha olib borilgan.
Bu yozishmada Ibn Sino Arastuning tabiat falsafasini himoya qilgan. Beruniy esa Ibn Sinoga e’tiroz bildirgan. Ularning bahsi asosan Arastu tabiat falsafasining muhim masalalaridan biri – jismlarning cheksiz bo‘linishi bo‘yicha bo‘lgan. Bu borada Beruniyning Ibn Sinoga qarshi chiqqanligini ko‘rgan ayrim mualliflar uni Demokrit atomizmining tarafdori degan xulosaga kelganlar. Lekin Beruniy bu masalaga birmuncha jiddiyroq qaragan. U bo‘linish muammosini hal etishda shunday yo‘lni topishga harakat qiladiki, ikki ta’limot – atomistik va cheksiz bo‘linishning o‘ziga xos qarama-qarshiliklarini va cheklanishlarini bartaraf etishga intiladi.
Beruniy atomistik nazariyasini Demokrit atomistik nazariyasidan farqi shundaki, Abu Rayhon bo‘shliqni inkor etsa, Demokrit bo‘shliq – dunyoning zaruriy ajralmas qismi, deb hisoblaydi. Beruniy Arastuni tanqid qilishda dastavval tajribaga murojaat etadi. Uning bu yo‘li Arastuning kuzatuvchilik usuliga qarshi qaratilgan edi. Shunday qilib, 25 Beruniy jismlarning cheksiz bo‘linuvchanligini tan olish va bo‘linmas zarrachalar to‘g‘risidagi atomistik ta’limotning cheklanganligini ko‘rsatishga intiladiyu, biroq bu muammoni to‘liq hal qila olmaydi. Shunga qaramay, masalaning bunday qo‘yilishining o‘zi ham mutafakkirning katta yutug‘i bo‘lgan.


  1. Download 1.57 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling