Abu-rayxon beruniy hayoti va ilmiy faoliyati


Beruniyning ijtimoiy-falsafiy qarashlari


Download 71.32 Kb.
bet3/7
Sana19.06.2023
Hajmi71.32 Kb.
#1602519
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ABU-RAYXON BERUNIY HAYOTI VA ILMIY FAOLIYATI

1.2 Beruniyning ijtimoiy-falsafiy qarashlari
Beruniyning ijtimoiy-falsafiy qarashlari muayyan diniy cheklanishlariga qaramay, o`sha paytdagi hukmron islom aqidalaridan birmuncha yuqori turardi.U fanning qaysi sohasiga murojaat etsa, uning mustaqil mavjudligini tushunishdan kelib chiqdi. Olim “Minerologiya” nomli asarida inson yer yuzidagi barcha mavjudotlarga qaraganda mas`uliyatliroq vazifalarni bajarishi kerakligini quyidagicha ifodalaydi: “Inson tabiatning eng oliy zoti kamolotidir, inson zoti barcha hayvonlardan yuqori turadi… Insonga katta sharaf ko`rsatilgan ― unga aql-zakovat va kuch armug`on etilgan. Shu sababdan, insonning ma`naviy qiyofasi uning oldiga qo`yilgan vazifalarga mos bo`lishi uchun u yuksak axloqli, bilimli, ma`rifatli bo`lmog`i darkor”.
Beruniyning ijtimoiy-falsafiy qarashida odam tanasidagi a`zolarning bir-biriga zidligi, ularda bir-biridan farq qiluvchi turli-tuman xatti-harakat va fe`l-atrof mavjudligi asoslangan. “Odam, ― deydi Beruniy, ― tabiati jihatidan bir-biriga zid a`zolar qo`shilmasidan tarkib topgan murakkab tanaga ega va shuning uchun uning holati o`z fe`latvofiga ko`ra xilma-xil bo`ladi. Beruniyning fikricha, odamlarning qiyofasi bir-biriga o`xshasada, ular ayni chog`da bir-biridan farq qiladi. Bu farq ularning mijozi, fe`l-atvori va tabiiy xususiyatlarida namoyon bo`ladi”.
Beruniy irqiy tafovutlaridan qat’iy nazar, odamlar o`rtasidagi do`stlik va hamkorlikning kuchi insoniyat baxt-saodatining poydevori deb hisoblanadi. U jamoatchilik, axloq-odob, go`zallik qoidalariga rioya qilish har bir odamning burchi ekanini ta`kidladi.
Beruniy o`z asarlarida ta`limning ko`rgazmaliligi, izchil, maqsadga muvofiq bo`lishi kerakligini, shaxsning barkamolligi, kishilar o`rtasidagi ijobiy axloqiy munosabatlar va olijanoblik kabi yuksak fazilatlarning mohiyatini asoslab bergan.
Beruniy o`z dunyoqarashida Xudoga ishonish har bir musulmonning vazifasi deb tushungan va oliyjanob insonning burchi islom qonun-qoidalariga rioya etishdangina iborat emas, balki yaxshilik qilishdan ham iboratligini uqtirgan. “Yaxshilik qilish, ― degan edi Beruniy, ― umuman hammaga va xususan o`z qarindoshlariga zaiflik chog`ida ― yaxshi istak bilan, iloji bo`lganda esa amaliy ish bilan yaxshilik tilashdir”.
Beruniyning ijtimoiy-falsafiy qarashlarida kishilarga beg`araz xizmat qilib, yordam ko`rsatish, odamlar o`rtasida kelishmovchiliklarni vujudga keltiradigan pul va molu dunyo nafsini tiyish haqidagi g`oyalar alohida o`rin olgan.
Beruniy ilm-fanning muxlisi va buyuk homiysi sifatida mamlakatning obodonchiligi ilm-fanning gullashiga bog`liq, odamlarning baxti esa uning ma`rifatida deb bilgan.
Ma`rifat dushmanlariga, yomon urf-odatlarga, adolatsizlikka qarshi bo`lgan.

Download 71.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling