Abu Rayxon Beruniyning ilmiy va falsafiy merosi


Download 0.57 Mb.
Sana22.04.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1376925
Bog'liq
Abu Rayhon Beruniyning tabiiy-ilmiy va falsafiy qarashlari Reja

Abu Rayxon Beruniyning ilmiy va falsafiy merosi


Reja

  1. Abu Rayhon Beruniyning hayoti va ilmiy merosi.

  2. Abu Rayhon Beruniy borliq haqida.

  3. Abu Rayhon Beruniyning bilish nazariyasi.

  4. Abu Rayhon Beruniyning ijtimoiy qarashlari.























Tayanch tushunchalar:


«Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Hindiston», «Geodeziya»,
«Qonuni Mas’udiy», «Mineralogiya», «Dorivor o‘simliklar haqida kitob» («Say- dana»), aql va xotira «Allohning tuhfasi», kuzatish, ko‘rish, tajribalar o‘tkazish, mantiqiy umumlashmalar chiqarish, ma’lumotlarni to‘plash, yozma yodgorliklarni o‘rganish, manbalarga tanqidiy qarash, haqiqatni aniqlash, narsalarni bir-biriga taqqoslash, yozuvlarni o‘rganish.

  1. Abu Rayhon Beruniyning hayoti va ilmiy merosi.

Markaziy Osiyo va butun Yaqin va O‘rta Sharqda tabiiy-ilmiy bilimlar va falsafiy tafakkur taraqqiyotiga Abu Nasr Forobiydan keyin Ibn Sino bilan bir davrda yashagan Abu Rayhon Ahmad Beruniy katta ta’sir ko‘rsatdi.
Abu Rayhon Beruniy ilmiy ishlarining serqirraligi, fikriy parvozining yuksakligi bilan kishini hayratda qoldiradigan buyuk dahodir. U bir yuz ellikdan ortiq asar yozgan o‘rta asrning ulug‘ allomasi (ensiklopedisti)dir.
Abu Rayhon Beruniy hijriy 362 (mil. 973) yilning 2-zulhijja oyida Xorazmning ilk markazi Kat (Qiyot) shahri atrofida dunyoga keldi. U o‘z tug‘ilgan maskanida yaxshi ta’lim oldi, ilk yoshligidan ilmiy ishlarga berilib ketdi. O‘sha paytda Xorazm- da yuz bergan siyosiy tanglik sababli o‘z vatanini tark etdi, taxminan, 998 yildan to 1004 yillar mobaynida Kaspiy dengizining janubiy-sharqiy chekkasidagi Jo‘rjon (Gurgon)da yashadi. Shu yillari o‘zining yirik asari – «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» kitobini yaratdi. Bu kitobning rus tiliga qilingan tarjimasi 1957 yili va o‘zbek tilidagi tarjimasi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi «Fan» nashriyotida alohida-alohida kitob bo‘lib, bosilib chiqdi.
1005 yili Beruniy Xorazmga qaytib keldi va Xorazmshoh Abu Abbos Ma’mun (1009-1017) saroyida hurmatli martabani egalladi. 1017 yili Mahmud G‘aznaviy (998-1030) Xorazmni o‘ziga bo‘ysundirgach, Beruniy boshqa olimlar qatori poytaxt G‘aznaga olib ketildi va umrining oxirigacha o‘sha yerda yashadi.
G‘aznada Beruniy ilmiy ishlarga berilib ketdi. Sulton qo‘shinlari bilan birga u bir necha bor
Oʻrta asrning buyuk qomusiy olimi Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad alBeruniy zamonasining bir qator fanlari: astronomiya, fizika, matematika, geodeziya, geologiya, mineralogiya, tarix kabilarni chuqur oʻrgandi. U Xorazmning qadimgi poytaxti Kot shahrida tugʻildi va yoshligidanoq ilm-fanga qiziqishi orta bordi. Beruniy keyinchalik mashhur olim Abu Nasr Mansur ibn Iroq qoʻlida taʼlim oldi. Ibn Iroq astronomiya, geometriya, matematikaga oid bir qancha asarlar yozib, shulardan 12 tasini Beruniyga bagʻishlaydi. Beruniy ona-tilidan tashqari yana bir qancha tillarni: arab, soʻgʻdiy, fors, suryoniy, yunon va qadimgi yahudiy tillarini, keyinchalik Hindistonda Sanskrit tilini oʻrganadi. Beruniy falakiyot, riyoziyot, geodeziya, jug'rofiya va mineralogiya va tabiiy fanlarni yaxshi bilgan, shuningdek, tarixchi, xronolog va tilshunos sifatida ham ajralib turardi. U oʻz davrining deyarli barcha fanlarini mukammal oʻrgangani sabab qomusiy alloma deb nomlanadi va koʻplab ilm sohalarida tinimsiz izlanishlari uchun moʻl-koʻl mukofotlangan. Oʻz ilmiy asarlaridan birida yozishicha, u Xorazmda yashagan davrida, 990 yillardan boshlab Kot shahrida muhim astronomik kuzatishlar oʻtkazgan. Bu kuzatishlar uchun oʻzi astronomik asboblar ixtiro etgan. Xorazm zodagonlari orasida taxt uchun boshlangan kurashlar olimning bu ilmiy ishlarini davom ettirishga imkon bermaganligi bois 22 yoshida vatanini tashlab chiqib ketishga majbur boʻldi va bir qancha vaqt Kaspiy dengizining janubi-sharqiy sohilidagi Jurjon shahrida muhojirlikda yashadi.
“Osor al-boqiya” Beruniyga juda katta shuhrat keltirdi, uni fanning hamma sohasiga qiziquvchi buyuk olim ekanini koʻrsatdi. Bundan tashqari Beruniy Jurjonda astronomiya, netrologiya tarixiga oid 10 dan ortiq asar yozdi. Beruniy Xorazmning yangi hukmdori Abu Abbos Maʼmun II ibn Maʼmun tomonidan mamlakatning yangi poytaxti Urganchga chaqirtirildi. Xorazmshoh tomonidan juda katta izzat-ikrom bilan qabul qilingan. Beruniy Urganchda Maʼmunning bevosita rahnamoligida vujudga kelgan ilmiy markazda faoliyat koʻrsatadi. Xorazmning Mahmud Gʻaznaviy tomonidan bosib olinishi Beruniy hayotini xavf ostiga qoʻyadi. U Xorazmshoh saroyidagi barcha olimlar bilan birga Gʻazna shahriga asir qilib olib ketiladi. Beruniyning 1017–1048 yillarda Gʻaznada kechirgan hayoti, bir tomondan nihoyat ogʻir kechgan boʻlsa, ikkinchi tomondan, uning ilmiy faoliyati uchun eng mahsuldor davr boʻldi. Beruniyning “Xorazmning mashhur kishilari” asari ham shu davrda yaratilgan. Uning muhim astronomik-geografikasari “Tahdid nihoyot al-amoniya li tasʼhidimasofat al-masokin” (“Turar joylar orasidagi masofani tekshirish uchun joylarning oxirgi chegaralarini aniqlash” – “Geodeziya”) 1025 yilda yozib tugatilgan. Beruniyning “Munajjimlik sanʼatidan boshlangʻich tushunchalar” asari ham 1029 yil Gʻaznada yozilgan. Asarning forscha, arabcha nusxalari bizgacha yetib kelgan. Unda oʻsha zamon astronomiyasi bilan bogʻliq boʻlgan bir qancha fanlar haqida muhim maʼlumotlar berilgan. Beruniyning “Hindiston” nomli mashhur yirik asari “Tahqiqmolil-Hind min maʼ-qudamaqbulafilaqlavmarzula” (“Hindlarning aqlga sigʻadigan va sigʻmaydigan taʼlimotlarini aniqlash kitobi”) 1030 yilda yozilgan boʻlib, bu shoh asar Gʻarb va Sharq olimlari, shu jumladan, hozirgi zamon hind olimlari tomonidan yuksak baholangan. Mahmud Gʻaznaviyning Hindistonga qilgan yurishlaridan birida shohga hamroh boʻlgan Beruniy, u yerda Sanskrit tilini puxta oʻrganishi hind madaniyati, adabiyoti va Hindistonning oʻsha davr olimlari bilan yaqindan tanishishga hamda bu mamlakat haqida oʻlmas asar yaratishga imkon berdi. “Hindiston” asari yozib tugatilgan yili Mahmud Gʻaznaviy vafot etdi va uning oʻrniga taxtga oʻgʻli Masʼud oʻtirdi. Bu davrda Beruniyning ahvoli ancha yaxshilandi. Astronomiyaga oid “Masʼud qonuni” asarini sulton Masʼudga bagʻishladi. Oʻsha asr olimlaridan biri Yoqutning yozishicha: “Masʼud qonuni” kitobi matematika va astronomiya boʻyicha ungacha yozilgan hamma kitoblar izini oʻchirib yuborgan”. Beruniy oʻz asarlari roʻyxatini tuzgandan keyin yana ikkita muhim kitobini yozgan. Bulardan biri “Mineralogiya” dir.
Hindistonda ham bo‘ldi. Shu paytlarda bu o‘lkani atroflicha
o‘rganishga kirishdi, natijada, 1030 yili Hindiston haqida ajoyib asar – «Hindlarning aqlga sig‘adigan va sig‘maydigan ta’limotlarini aniqlash kitobi» (qisqacha
«Mo‘lanhind» – «Hindiston»)ni yaratdi (Bu asar 1963 yilda rus tilida «Fan» nashriyotida nashr etildi). Bundan oldinroq, 1025 yili esa, «Turar joylar orasidagi masofani tekshirish uchun joylarning chegaralarini aniqlash» (qisqacha
«Geodeziya») asarini yozib tugatgan edi.
Mahmudning vorisi sulton Mas’udga (1030-1041) Beruniy o‘zining matematika va astronomiyaga oid eng yirik asari – «Qonuni Mas’udiy»ni bag‘ishladi. Undan keyingi sulton Mavdud (1041-1048) davrida Beruniy mineralogiyaga oid asari –«Qimmatbaho toshlarni bilib olish bo‘yicha ma’lumotlar to‘plami» (qisqacha «Mineralogiya»)ni, umrining oxirida esa, «Dorivor o‘simliklar haqida kitob» (qisqacha «Saydana») asarini yozdi. Beruniy hijriy 440 yilning 2- rajabida (mil. 1048 yil, 11 dekabr) G‘aznada vafot etdi.
Beruniy o‘z davrida tajribaviy bilimlarni puxta egallagan olimlardan bo‘lib, bu uning tabiiy-ilmiy va falsafiy qarashlarining muayyan tomonlarini aniqlovchi muhim omillardan hisoblangan.
Beruniy borliq, dunyo yaratilganmi yoki yo‘qmi, degan savollarga dunyo yaratilgan, deb javob beradi. Uning qarashlarida namoyon bo‘lgan ikki qarama- qarshi g‘oyalar, ya’ni bir tomondan, dunyoning yaratilganligini inkor etmaslik, ikkinchi tomondan esa, tabiatni mustaqil, deb bilish, Beruniyning tabiatshunos sifatida dunyoni va tabiatni tushunishda ma’lum darajada deistik (xudo dunyoni yaratib qo‘yib, boshqa uning ishlariga aralashmaydi) yo‘nalishga moyilligini ko‘rsatadi. Xudo dunyoni butunligicha yaratadi va unga azaldan ma’lum qonunlarni beradi. Ana shu qonunlar tufayli tabiiy kuch, ya’ni tabiat harakat qiladi. Lekin keyinchalik Beruniy hatto deizm qobig‘ining torligini sezadi va moddiy dunyoning abadiy mavjudligini tan olishni zarurligini his etadi. Bu fikrning isbotini u Qur’- ondan ham topadi. O‘sha davrdagi tabiatshunoslik fanida erishilgan yutuqlar uni Arastuning tabiat falsafasiga tanqidiy yondoshishga, shuningdek, uning zaif tomonlarini farqiga borishga olib kelgan.
Bu uning Ibn Sino bilan yozishmasida o‘z ifodasini topgan. Ularning bu yozishmalari asosan Arastuning «Fazo haqida» va
«Fizika» asarlari bo‘yicha olib borilgan.
Bu yozishmada Ibn Sino Arastuning tabiat falsafasini himoya qilgan. Beruniy esa, Ibn Sinoga e’tiroz bildirgan. Ularning bahsi asosan Arastu tabiat falsafasining muhim masalalaridan biri – jismlarning cheksiz bo‘linishi bo‘yicha bo‘lgan.
Bu borada Beruniyning Ibn Sinoga qarshi chiqqanligini ko‘rgan ayrim mualliflar, uni Demokrit atomizmining tarafdori, degan xulosaga kelganlar. Lekin Beruniy bu masalaga birmuncha jiddiyroq qaragan. U bo‘linish muammosini hal etishda shunday yo‘lni topishga harakat qiladiki, ikki ta’limot – atomistik va cheksiz bo‘linishning o‘ziga xos qarama-qarshiliklarini va cheklanishlarini bartaraf etishga intiladi.
Beruniy atomistik nazariyasini Demokrit atomistik nazariyasidan farqi shundaki, Abu Rayhon bo‘shliqni inkor etsa, Demokrit bo‘shliq – dunyoning zaruriy ajralmas qismi, deb hisoblaydi.
Beruniy Arastuni tanqid qilishda dastavval tajribaga murojaat etadi. Uning bu yo‘li Arastuning kuzatuvchilik usuliga qarshi qaratilgan edi. Shunday qilib, Beruniy jismlarning cheksiz bo‘linuvchanligini tan olish va bo‘linmas zarrachalar to‘g‘- risidagi atomistik ta’limotning cheklanganligini ko‘rsatishga intiladiyu, biroq bu
muammoni to‘liq hal qila olmaydi. Shunga qaramay, masalaning bunday qo‘yilishining o‘zi ham mutafakkirning katta yutug‘i bo‘lgan.
Beruniy barcha unsurlar, shuningdek, og‘irroq unsurlarning boshqa unsurlardan oldin markazga intilishi to‘g‘risida gapirib, «Hamma unsurlar markazga qarab intiladi, lekin vazminroqlari boshqa unsurlardan o‘zib ketadi», deb ta’kidlaydi. Beruniy «Hindiston» asarida unsurlarning Yerga oddiy intilishi to‘g‘risida emas, balki barcha og‘irliklarning Yer markaziga tortilishi haqida fikr yuritadi. Beruniyning Ibn Sinoga bildirgan e’tirozlarida muhitning og‘irligini e’tirof etishi bu fazo jismlari bilan Yer o‘rtasidagi tortilish kuchlari borligini tan oladigan fikrga yaqinlashganligini ko‘rsatadi.
Beruniyning oxirgi asari – “Dorivor oʻsimliklar haqida kitob” ining qoʻlyozmasi XX asrning 30-yillarida Turkiyada topildi. Asar “Saydona” nomi bilan mashhur, unda Beruniy Sharq, ayniqsa Markaziy Osiyoda oʻsadigan dorivor oʻsimliklarning toʻla tavsifini beradi. Beruniy shogirdi Abul Fadl as-Seraxsiy maʼlumoti boʻyicha 11 dekabr 1048 yilda vafot etgan. Beruniy soʻnggi avlodlarga katta ilmiy meros qoldirdi. Beruniyning oʻz davri ilm-fanining turli sohalariga oid 160 dan ortiq tarjimalari, turli hajmdagi asarlari, yozishmalari qolganligi bizga maʼlum. Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan katta hajmdagi asarlaridan tashqari astronomiya, astrologiya, matematika, geodeziya, geologiya, mineralogiya, geografiya, arifmetika, tibbiyot, farmakologiya, tarix, filologiya masalalariga oid qator risolalar yaratdi va sanskit tilidan arabchaga, arab tilidan Sanskrit tiliga tarjimalar qildi, badiiy ijod bilan ham shugʻullanib sheʼrlar yozdi. “Astrologiyaga kirish”, “Astronomiya kaliti”, “Jonni davolovchi quyosh kitobi”, “Ikki xil harakatning zarurligi haqida”, “Koʻpaytirish asoslari”, “Ptolemey “Almagesti” ning Sanskritchaga tarjimasi”, “Foydali savollar va toʻgʻri javoblar”, “Fargʻoniy “Elementlariga tuzatishlar”, “Turklar tomonidan ehtiyotkorlik”, “Oq kiyimlilar” va karmatlar haqida maʼlumotlar”, “Sheʼrlar toʻplami”, “Al-Muqanna haqidagi maʼlumotlar tarjimasi”, “Ibn Sino bilan yozishmalar” shular jumlasidandir. XIII asrda yashagan suriyalik tarixchi va tabib Xristian Ioanni Bar Ebrey (1226–1286) Beruniyga shundaybaho beradi: “Oʻsha oʻtgan yillarda yunon va hind falsafasi dengizini kechib oʻtgan Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy oʻtmish ilmlarda shuhrat qozondi. U matematika ilmlarida mutaxassis boʻlib, bu sohada qator muhim kitoblar yaratdi. Hindistonga borib, u yerda bir necha yil yashadi, hind faylasuflaridan ularning sanʼatini oʻrgandi va ularga yunon falsafasini oʻrgatdi. Uning asarlari nihoyatda koʻp, yetuk va nihoyatda ishonchlidir. Bir soʻz bilan aytganda, oʻz davrida, undan soʻng va hozirga qadar hamkasblari orasida astronomiya ilmida bunday bilimdon va bu limning asosini hamda nozik tomonlarini chuqur biladigan olim boʻlmagan”.
Beruniyning boshqa dunyolar mavjudligi to‘g‘risidagi tahmini uning falsafiy yutuqlaridan biri hisoblanadi. Beruniy boshqa dunyo haqida fikr yuritar ekan, boshqa moddiy dunyo ehtimol bizning dunyomiz singari tabiiy xususiyatga ega bo‘lib, «harakat yo‘nalishlari esa, bizning dunyomizdagi harakat yo‘nalishlaridan farq qiladi», deydi.
Buyuk tabiatshunos Beruniy o‘zining salaflari, xususan, Ahmad Farg‘oniy va Muhammad Xorazmiy ishlab chiqqan bilishning ilmiy usulini rivojlantirib, yanada chuqurlashtirdi.
Uning aytishicha, «Kuzatishning ko‘pligi ko‘rilgan narsalarni eslab qolish qobiliyatini yaratadi». Beruniy o‘zining o‘gitida: «Biliming shundayki, u yalang‘och bo‘lsang ham o‘zingda qoladi, uni hammomga kirganingdagi xo‘llik ham yo‘qota olmaydi», – deydi. Beruniy inson xotirasini «Allohning tuhfasi», deb hisoblaydi. U «tirishqoqlik va ko‘p shug‘ullanish bilan ham xotirani mustahkamlash mumkin»,– deydi .
Markaziy Osiyo, Yaqin va O‘rta Sharqda tajribaga tayanuvchi fanlarning asoschilaridan bo‘lgan Beruniy tabiat hodisalarini bilishdagi nazariy-mantiqiy xulosa, qiyoslashning ahamiyatini benihoya katta ekanligini uqtirib o‘tadi. Beruniy tarixiy hodisa va voqealar haqiqatini bilishga taalluqli hamma masalalarni har taraflama o‘rganish zarurligini ko‘rsatadi va bu bilan noto‘g‘ri yo‘lga tushib qolishdan ehtiyot bo‘lishga chaqiradi. U shunday yozadi:
«Xabar ko‘z bilan ko‘rgandek bo‘lmaydi, degan kishining so‘zi juda to‘g‘ridir. Chunki ko‘rish ko‘ringan narsaning o‘zi bor paytida va o‘z joyida turganida qarovchi ko‘zining uni uchratishdan iboratdir. Xabarga yolg‘on-yashiqlar qo‘shilmaganda, u ko‘rishga nisbatan ortiqroq o‘rinda turgan bo‘lar edi. Chunki ko‘rish va qarash shu payt, shu on bilan cheklanadi. Xabar esa, narsaning ko‘ringan payti va vaqtdan ilgari o‘tgan va keyin keladigan hollaridan darak beradi; ana shuning uchun xabar mavjud narsalardan ham, kelajak narsalardan ham darak beraveradi. Yozish xabar turlarining biri bo‘lib, uni boshqa turlardan ko‘ra, afzalroq hisoblash mumkin; qalamning mangu yodgorliklari bo‘lmaganda, xalqlarning tarixini qanday bilar edik?!
So‘ngra, odatda bo‘lgan hol haqida berilgan xabar bir xil emas, balki (farqsiz) rost va yolg‘on bo‘lishi mumkin».
Beruniy yolg‘on xabarlarning muayyan va umumiy ildizlarini ochib tashlaydi. U bularni ma’lum guruh kishilarining manfaatlarini qarama-qarshiligida ko‘radi. Uningcha, chinakam jasorat, qahramonlik so‘zdami yo amaldami, har ikki holatda ham yolg‘onga qarshi kurashda o‘limni ham pisand qilmaslikda namoyon bo‘ladi.
«Yolg‘onchilikdan chetlanib, rostgo‘ylikka yopishgan kishini boshqa odam u yoqda tursin, yolg‘onchining o‘zi ham sevib maqtaydi. Axir, o‘z zararingizga bo‘lsa ham, rost gapiring deyilganku», deb yozadi u.
Kuzatish, ko‘rish, tajribalar qilish, mantiqiy umumlashmalar chiqarish, ma’lumotlarni to‘plash, xalq og‘zaki ijodi, yozma yodgorliklarni o‘rganish, barcha xabar, manbalarga tanqidiy qarash haqiqatni aniqlash uchun ularni bir-biri bilan taqqoslab ko‘rish, til qurilishini, yozuvlarni o‘rganish – bular hammasi o‘rta asrning buyuk qomuschisi Abu Rayhon Beruniy ilmiy usulining asosini tashkil etadi.
Abu Rayhon Beruniy tomonidan «Sabablarning sababi» – inson va insoniyat jamiyatining yuzaga kelishi masalasining qo‘yilishi diqqatga sazovor. «Qadimgi tarixlarning eng avvalgisi va eng mashhuri bashariyatning boshlanishidir».
Beruniy kishilik jamiyatining paydo bo‘lishi haqida aqlga asoslanish nuqtai nazarida turganini ko‘ramiz. Olamning mavjudligi masalasiga kelganda, Beruniy
«ehtimol u bir necha ming million yillardan beri mavjud bo‘lgandir», degan taxminlarni aytadi.
Beruniy fikricha, inson hayvondan aqli bilan farq qiladi. Mutafakkir insonning hayvondan tubdan farq qiladigan bu xususiyati qanday paydo bo‘lganligini tushuntirganda, xudoga murojaat qilib, insonni xudo azaldan shunday yaratgan deydi. U insonning jismoniy tuzilishi va butun hayotini aniqlashda jo‘g‘rofiy omilning roli haqida ajoyib fikrlarni aytadi: «... (odamlar) tuzilishining rang, surat, tabiat va axloqda turlicha bo‘lishi faqatgina nasablarning turlichaligidan emas, balki tuproq, suv, havo va yer (odam yashaydigan joy)larning turlichaligidan hamdir».
Beruniy fikricha, aql, mehnat, erkin tanlash insonning hayotini va ijtimoiy holatini belgilaydi. U inson boshqa odamlarning baxt-saodati haqida doim o‘ylashi kerak deydi va shunday yozadi: «Muayyan vazifalarni bajarish zaruriyati inson faoliyatining bir umrga yashash qoidasidir».
Bu fikrni davom ettirib, insonning qadr-qimmati o‘z vazifasini a’lo darajada bajarishidan, shuning uchun ham insonning eng asosiy vazifasi va o‘rni mehnat bilan belgilanishidan iborat ekanligini ta’kidlaydi. Zero, inson o‘z xohishiga mehnat tufayli erishadi.
Binobarin, u «insonlarning maqsad va niyatlari har xil bo‘lgach, san’at va hunar ham turlicha bo‘la boshlaydi»-deydi.
Bu esa, mehnatning taqsimlanishiga olib keladi, degan fikrni olg‘a suradi.
Beruniy pulning kelib chiqishini dastavval mehnat taqsimoti bilan bog‘liq, deb bildi. Uning fikricha, insonlar o‘rtasida oltin va kumush sifatida pulning muomalada bo‘lishi maxsus qimmatga ega emas, chunki ular insonning hech qanday ehtiyojini qondira olmaydi. Faqat ayirboshlash tufayli pullar qimmatga ega bo‘ladi. Jamiyatda pul faqat o‘lchov sifatida, umumiy ekvivalentning asosiy vazifasi hisoblanadi. Lekin bu ularning tabiati hamda ma’lum tabiiy qonun asosida bo‘lmay, balki shartli kelishuv tufayli sodir bo‘lgan.
Chunki ularning ikkisi ham (oltin va kumush)
dastavval o‘z mazmuni bilan insonni na to‘ydiradi, na chanqog‘ini qondiradi, na zo‘rlik yoki zulm xavfidan qutqara oladi. Pulning noto‘g‘ri ishlatilishi tufayli yovuzlik keltiruvchi boylik yuzaga keladi. O‘z navbatida bu majburiy mehnatni keltirib chiqaradi. Beruniy fikricha, pul tufayli faqat turli tovarlar ayirbosh qilinmay, balki begona kuch ham yollanadi. «Biri ikkinchisini yollaydi, ya’ni bir kishi ikkinchisiga adolatli shartnoma tufayli doimo ishlashi kerak, buning evaziga u mukofotlanadi». Yollanma mehnatni tushunishda Beruniy yanada ilgari ketib, unda faqat odil shartnomani ko‘ribgina qolmaydi, balki har qanday majburiy mehnatga qarshi chiqib, quyidagilarni yozadi: «Zo‘rlik va yollash orqali amalga oshadigan majburiy mehnat doim to‘g‘ri emas».
Beruniy podshohlar «erkin bo‘ysunishni» qo‘rquv va zo‘ravonlik yo‘li bilan majburiy bo‘ysundirishga aylantirganliklarini qayd etadi. Podshohlik mansabi merosga aylanganini ko‘rgan Beruniy, insonning jamiyatda tutgan o‘rni naslning qa- dimiyligi, avlod-ajdodlarning xizmatlari bilan belgilanishiga qarshi chiqadi va kimki, o‘zining marhum qarindosh-urug‘i va buvalari orqali mansabga erishaman desa, o‘zi marhumdir, lekin marhum avlodlari barhayotdir, deydi.
Beruniy jamiyatni boshqarish masalasiga to‘xtab «idora qilish va boshqarishning mohiyati aziyat chekkanlarning huquqlarini himoya qilish, birovlarning tinchligi yo‘lida o‘z tinchligini yo‘qotishdan iboratdir»,-deydi. Beruniyning fikricha, tabiatan boshqarishga moyil bo‘lgan hokim o‘z fikri va qarorlarida qat’iy bo‘lishi, o‘z ishlarini amalga oshirishda faylasuflarning qonunlariga,
Iskandar Zulqarnayn Arastuning falsafiy donishmandligiga amal qilganidek, bo‘ysunishi; shohning o‘zi ham «yaratuv- chanlik ongiga» ega bo‘lishi, ko‘proq dehqonlar haqida qayg‘urishi kerak. «Zero, podshohlik dehqonchiliksiz yashay olmaydi».


Beruniy mamlakat ravnaqini fan ravnaqida ko‘rdi. Ilm-fan sahovatli xizmatni o‘tashi mumkin, deb hisobladi. U shunday yozadi: «Mening butun fikri-yodim, qalbim- bilimlarni targ‘ib qilishga qaratilgan, chunki men bilim orttirish lazzatidan bahramand bo‘ldim. Buni, men o‘zim uchun, katta baxt deb hisoblayman».
Beruniy fikricha, insonning oliy baxti bilishda, chunki u aqlga ega. Baxt ana shu nuqtai nazardan tushunilsagina jamiyatga tinchlik va farovonlik keltiradi. Insonning oliy fazilati esa, boshqalar haqida, ayniqsa, kambag‘allar haqida g‘amxo‘rlik qilishdan iborat- dir.


Uning Hindistonda olib borgan keng ilmiy tadqiqot ishlari xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik, o‘zaro hamkorlik va madaniy munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan edi. Beruniy madaniy hamkorlik va ilm-ma’rifatning keng tarqalishiga katta e’tibor berdi. Shunday qilib, Beruniyning jamiyat va inson haqidagi qarashlari asosida chuqur insonparvarlik yotadi.
Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling