Abu zakariyo yahyo ibn sharaf navaviy riyozus-solihiyn


Download 5.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/53
Sana30.08.2017
Hajmi5.07 Kb.
#14625
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   53

www.ziyouz.com kutubxonasi 
80
podshohni hurmat qilish bilan Allohni hurmat qilgan bo‘ladi», dedilar. Abu Dovud 
rivoyatlari. 
355/8. Amr ibn Shu’ayb otalaridan, otalari bobolaridan qilgan rivoyatlarida 
aytilishicha, Rasululloh (s.a.v.): «Kichiklarimizga rahm-shafqat qilmagan va 
kattalarimizning sharafini bilmagan kishi bizdan emas», deb aytdilar. Abu Dovud va 
Termiziy rivoyatlari. 
Abu Dovud rivoyatlarida «kattalarimizning sharafi» o‘rniga «kattalarimizning haqqi» 
bo‘lib kelgan. 
356/9. Maymun ibn Abu Shabibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Oishaning (r.a.) oldilaridan 
bir tilanchi o‘tib qoldi. Unga bir bo‘lak non berdilar. Keyin kiyingan chiroyli qiyofadagi 
boshqa kishi o‘tib qoldi. Bu kishini o‘tqazib oldiga taom qo‘ydilar. Shunda Oishadan (r.a.) 
bu haqda so‘ralganida, Oisha (r.a.): «Rasululloh (s.a.v.): «Kishilarni o‘z o‘rinlariga 
o‘tqazinglar», deganlar», deb javob qildilar. Abu Dovud rivoyatlari. 
Abu Dovud: «Maymun Oisha bilan ko‘rishmaganlar», deganlar. 
Imom Muslim «Sahih» kitoblarining avvalida ta’liq holatda Oishadan (r.a.) 
quyidagilarni rivoyat qildilar: «Rasululloh (s.a.v.) bizga odamlarni o‘z joylariga 
o‘tqazmoqni buyurdilar». 
Imom Hokim «Ma’rifatu ulumul hadis» nomli kitoblarida bu hadisni sahih, deganlar. 
357/10. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Uyayna ibn Hisn jiyani Hurra ibn 
Qaysnikiga mehmon bo‘lib tushdi. Jiyani Hurra ibn Qays Umarning (r.a.) yaqin 
a’yonlaridan biri edi. Umarning (r.a.) hamsuhbat va maslahatchilari xoh o‘rta yosh, xoh 
yigit bo‘lishsin, qorilardan edi. Uyayna ibn Hisn jiyaniga: «Ey akamning o‘g‘li, bu 
amirning huzurida sening hurmating bor. Menga uning oldiga kirishga izn olib ber», 
deganida, u izn so‘radi. Umar (r.a.) uning kirishiga ruxsat berdilar. Uyayna ibn Hisn u 
zot huzurlariga kirib: «Ey Ibn Xattob, Allohga qasamki, bizga ko‘p narsa bermaysiz. 
Odillik bilan hukm qilmaysiz», deganida, Umar (r.a.) g‘azablanib, hatto uni urmoqlikka 
ham qasd qildilar. Shunda Hurra: «Ey mo‘minlar amiri, albatta Alloh taolo 
payg‘ambariga: «Avfni oling, yaxshilikka buyuring va johillardan yuz o‘giring», degan. 
Bu kishi o‘sha johillardandir», dedi. Allohga qasamki, Hurra bu oyatni o‘qiganida u zot 
bundan o‘tib ketmadilar. Chunki Umar (r.a.) Allohning kitobida kelgan narsada 
to‘xtardilar (ya’ni, unga amal qilardilar). Imom Buxoriy rivoyatlari. 
358/11. Abu Said Samura ibn Jundubdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.) 
zamonlarida yosh bola edim. Bu zotdan ko‘p narsalarni yod olar edim. Bu zotning 
huzurlarida gapirishdan meni faqatgina yoshi kattalar borligi man qilar edi, xolos». 
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
359/12. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Qaysi bir yosh yigit 
qariyani yoshi kattaligi uchun hurmat qilsa, Alloh taolo ham bu yigitga yoshi 
ulg‘ayganida hurmat qiluvchi kishini yuborishni taqdirga bitadi», dedilar. Imom Termiziy 
bu hadisni rivoyat qilib, g‘arib, dedilar. 
 
45-BOB 
Yaxshi zotlarni ziyorat qilish, ularning suhbatlarida bo‘lish, do‘st 
tutinish va duo qilishlarini talab etish haqida 
 
Alloh taolo: 
«Muso  (o‘zining xizmatkor) yigitiga: «To ikki dengiz qo‘shiladigan yerga 
yetmaguncha yoki uzoq zamonlar kezmaguncha yurishdan to‘xtamayman», 
degan paytini eslangiz». (Toinki)  «Muso unga (Xizrga):  «Senga bildirilgan 
bilimdan menga ham to‘g‘ri ta’lim berishing uchun senga ergashsam maylimi?» 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
81
dedi» (Kahf surasi, 60-66-oyatlar); 
«Siz o‘zingizni ertayu kech Parvardigorining yuzini -roziligini istab, Unga 
iltijo qiladigan zotlar bilan birga tuting» (Kahf surasi, 28-oyat), deb aytgan. 
360/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) vafotlaridan keyin Abu Bakr 
(r.a.) Umarga (r.a.): «Yurgin, xuddi Rasululloh (s.a.v.) Ummu Aymanni ziyorat 
qilganlaridek, biz ham uni ziyorat qilamiz», dedilar. Keyin ikkovlari uning huzuriga 
borishganida Ummu Ayman yig‘lab yubordi. Shunda ikkovlari: «Nimaga yig‘layapsan? 
Rasululloh (s.a.v.)ga (bu dunyodan ko‘ra) Alloh huzuridagi narsa yaxshi ekanini 
bilmaysanmi?!» deyishganida, Ummu Ayman: «Men buning uchun yig‘lamadim. Albatta 
men Alloh huzuridagi narsa Rasululloh (s.a.v.)ga yaxshi ekanini bilaman. Lekin meni 
yig‘latayotgan narsa (bu zot vafot etishlari bilan) osmondan vahiy tushishi to‘xtab 
qolganidir», dedi. Ummu Aymanning yig‘isi ikkovlarini hayajonga solib, ular ham yig‘lab 
yuborishdi. Imom Muslim rivoyatlari. 
361/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Bir kishi boshqa bir 
qishloqdagi birodarini ziyorat qildi. Alloh taolo uning yo‘liga kuzatuvchi qilib bir farishtani 
yubordi. Farishta uning oldiga kelib: «Qaerga borishni xohlaysan?» deganida, haligi 
kishi: «Mana bu qishloqdagi birodarimnikiga», dedi. Farishta: «Sening unda parvarishlab 
turgan biror mol-mulking bormi?» deganida, «Yo‘q, lekin men uni Alloh yo‘lida yaxshi 
ko‘raman», dedi. Shunda haligi farishta: «Men senga yuborilgan Allohning elchisiman. 
Albatta Alloh seni xuddi uni yaxshi ko‘rganingdek yaxshi ko‘radi», dedi», dedilar. Imom 
Muslim rivoyatlari. 
362/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kim biror kasalni 
borib ko‘rsa yoki Alloh yo‘lidagi birodarini ziyorat qilsa, bir nido qiluvchi: «Yaxshi inson 
bo‘lding, yurishing ham yaxshi bo‘ldi va jannatdan o‘zing uchun joy tayyorlab qo‘yding», 
deb nido qiladi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 
363/4. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Yaxshi 
suhbatdosh bilan yomon suhbatdoshning misoli xuddi mushk (atir) ko‘tarib yuruvchi 
bilan temir bosqonini purkovchiga o‘xshaydi. Mushk ko‘tarib yuruvchiga (yaqin bo‘lsang) 
yo senga mushkidan beradi yoki mushkidan sotib olasan. Yoki hech bo‘lmaganda uning 
xushbo‘y hididan senga kelib turadi. Ammo temir bosqonini purkovchisiga (yaqin 
bo‘lsang) yo kiyimingni kuydirasan yoki sassiq (qo‘lansa) hidi senga kelib turadi», 
dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
364/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Xotinlar to‘rt 
narsaning biri uchun nikohga olinadi: mol-dunyosi, nasl-nasabi, chiroy-jamoli va din-
diyonati uchun. Sen din-diyonati uchun nikohingga olib muvaffaqiyat qozongin, ey 
qo‘ling tuproqqa belangur!» dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
Buning ma’nosi shuki: «Odatda, kishilar xotinlarning mana shu xislatlarini qasd 
qilishadi. Lekin seni u ayolning dindorligi ko‘proq qiziqtirsin». 
365/6. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Jabroil alayhissalomga: 
«Bizni bundan-da ko‘proq ziyorat qilishdan sizni nima man qiladi?» deganlarida, quyidagi 
oyat nozil bo‘ldi: 
«(Ey Muhammad), biz yolg‘iz Parvardigoringizning amri -farmoni bilangina 
nozil bo‘lurmiz, oldimizdagi (oxirat)  ham, ortimizdagi (dunyo)  ham,  (dunyo va 
oxirat)  o‘rtasidagi barcha ish-amallar ham yolg‘iz Unikidir» (Maryam surasi, 64-
oyat). Imom Buxoriy rivoyatlari. 
366/7. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Faqat 
mo‘minlar bilan suhbatda bo‘l. Va taomingni faqat taqvodorlargina yesin», dedilar. Abu 
Dovud va Termiziy rivoyatlari. 
367/8. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Kishi do‘stining 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
82
dinidadir. Shunday bo‘lgandan keyin kim bilan do‘stlashayotganingga qara», dedilar. 
Abu Dovud va Termiziylar sahih isnod ila rivoyat qilishgan. 
(Buning ma’nosi xuddi o‘zbek maqolidagi «Do‘sting kimligini aytsang, o‘zingning 
kimligingni aytib beraman»ga o‘xshash... - tarj.) 
368/9. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Kishi 
yaxshi ko‘rgan kishisi bilan (Qiyomat kuni) birga bo‘ladi», dedilar. Imom Buxoriy va 
Muslim rivoyatlari. 
Boshqa rivoyatda keltirilishicha, Rasululloh (s.a.v.)ga «Kishi bir jamoani yaxshi 
ko‘radi-da, lekin ularning martabalariga yeta olmaydi», deyilganda, Rasululloh (s.a.v.) 
«Kishi (Qiyomat kuni) yaxshi ko‘rgan kishisi bilan birga bo‘ladi», dedilar. 
369/10. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir badaviy Rasululloh (s.a.v.)dan: «Qiyomat 
kuni qachon?» deb so‘raganida, u zot: «Qiyomat uchun nima tayyorlading?» dedilar. 
Haligi badaviy: «Alloh va Uning rasuli muhabbatini», deb javob qildi. Shunda Rasululloh 
(s.a.v.) «Sen (Qiyomat kuni) yaxshi ko‘rgan kishing bilan birga bo‘lasan», dedilar. Imom 
Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
Bu hadis Imom Muslimning rivoyatlaridagi lafzdir. Lekin ikkovlaridan qilingan boshqa 
rivoyatda: «U kunga ko‘pgina ro‘za, namoz va sadaqa tayyorlaganim yo‘q. Lekin men 
Alloh va Uning rasulini yaxshi ko‘raman», deyilgan. 
370/11. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga 
kelib: «Ey Allohning rasuli! Kishi bir jamoani yaxshi ko‘radi-yu, lekin ularning 
martabalariga yeta olmaydi (Ibn Hibbon rivoyatlarida «ularning amalidek amal qila 
olmaydi» bo‘lib kelgan)», deganida, Rasululloh (s.a.v.): «Kishi (Qiyomat kuni) yaxshi 
ko‘rgani bilan birga bo‘ladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
371/12. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Odamlar ham tilla 
va kumush konlari kabi konlardir. Ularning johiliyatdagi yaxshilari Islomdagi yaxshilari 
hamdir. Shu shart bilanki, agar faqih (bilimdon) bo‘lishsa. Ruhlar (ruhlar olamida) son-
sanoqsiz to‘plangan lashkarlardir. Qaysi ruhlar (ruhlar olamida) bir-birlari bilan 
tanishgan bo‘lishsa, (bu dunyoda ham) ulfat bo‘lishadi. Qaysi ruhlar (ruhlar olamida) bir-
birlari bilan tanisha olmay, tafriqa bo‘lib ketishgan bo‘lsa, (bu dunyoda ham) tanisha 
olmay, muxolif bo‘lishadi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
372/13. Usayr ibn Amrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Umar ibn Xattobning (r.a.) odatlari 
agar Yaman ahlidan bo‘lgan kishilar yordam talab qilib kelishsa, «Sizlarda Uvays ibn 
Omir degan ismli kishi bormi?» deb so‘rardilar. Kunlar o‘tib Uvays kelganida Umar ibn 
Xattob: «Sen Uvays ibn Omirmisan?» dedilar. U: «Ha», deb javob qildi. Umar (r.a.): 
«Murod, keyin Qaran bo‘lgan qabiladanmisan?» degandilar, u: «Ha», dedi. Umar (r.a.): 
«Senda peslik bor edi. U tuzalib, faqatgina tanga miqdoricha qolgan, xolos-a?» dedilar. 
U: «Ha», dedi. Umar (r.a.): «Onang borlar-a?» deb so‘ragandilar, u yana: «Ha», dedi. 
Shunda Umar (r.a.): «Men Rasululloh (s.a.v.)ning «Sizlarga Uvays ibn Omir ismli kishi 
Yaman ahlidan bo‘lgan yordam talabidagi kishilar bilan birga keladi. U Murod, keyin 
Qaran bo‘lgan qabiladan. Unda peslik bo‘lib, tuzalganda faqatgina dirham miqdoridagisi 
qolgan bo‘ladi. U onasiga nihoyatda itoatlidir. Agar Allohni o‘rtaga qo‘yib qasam ichsa, 
Alloh uni (onasiga qilgan yaxshiligi sababli) ro‘yobga chiqaradi. Agar sen uchun istig‘for 
aytmog‘iga ko‘ndirsang, uni qilgin», deganlarini eshitganman. Men uchun istig‘for ayt», 
deb iltimos qilgandilar, u Umar (r.a.) uchun istig‘for aytdi. Umar (r.a.) unga: «Qaerga 
borishni xohlaysan?» dedilar. U: «Ko‘faga», dedi. Umar (r.a.): «Senga (maosh tayinlab) 
Ko‘fa hokimiga xat yozaymi?» dedilar. U: «Ko‘chmanchi (odamlar tanimaydigan) bo‘lib 
yurishim men uchun yaxshiroqdir», dedi. Qachonki, kelgusi haj yili bo‘lganida Ko‘faning 
ulug‘laridan biri haj ibodatini ado etgani keldi. Umar (r.a.) u ulug‘ kishi bilan ko‘rishib, 
Uvays haqida so‘radilar. U ulug‘ kishi: «Uvaysni uyi eskigan, matosi oz holatda, ya’ni 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
83
kambag‘al holatda qoldirdim», dedi. Shunda Umar (r.a.): «Men Rasululloh (s.a.v.)ning 
«Sizlarga Uvays ibn Omir ismli kishi Yaman ahlidan bo‘lgan yordam talabidagi kishilar 
bilan birga keladi. U Murod, keyin Qaran qabilasidan. Unda peslik bo‘lib, tuzalganda 
faqatgina dirham miqdoridagisi qolgan bo‘ladi. U onasiga nihoyatda itoatlidir. Agar 
Allohni o‘rtaga qo‘yib qasam ichsa, Alloh uni (onasiga qilgan yaxshiligi sababli) ro‘yobga 
chiqaradi. Agar sen uchun istig‘for aytmog‘iga ko‘ndirsang, uni qilgin», deganlarini 
eshitganman», dedilar. Bu ulug‘ kishi hajdan qaytganidan so‘ng Uvaysning oldiga borib: 
«Mening haqqimga istig‘for ayting», deb iltimos qildi. Shunda Uvays: «Siz menga 
istig‘for ayting. Chunki siz endigina muborak safardan qaytdingiz», deb yana: «Siz hajda 
Umar (r.a.) bilan uchrashdingizmi?» deb so‘radi. U ulug‘ kishi: «Ha», dedi. Qachonki, 
kishilar Uvaysning kim ekanligini bilib qolishganidan keyin u yerdan ham chiqib ketdi. 
Imom Muslim rivoyatlari. 
Imom Muslimning Usayr ibn Jobirdan (r.a.) qilgan boshqa rivoyatlarida aytilishicha, 
Ko‘fa ahli Umar (r.a.) huzurlariga vakil bo‘lib kelishganida, ularning orasida Uvaysni 
masxaralovchi bir kishi bor edi. Umar (r.a.): «Oralaringizda Qaran qabilasidan biror kishi 
bormi?» deganlarida, haligi masxaralovchi kishi keldi. Shunda Umar (r.a.): «Rasululloh 
(s.a.v.)ning «Sizlarga Yamandan bir kishi keladi. Uning ismi Uvays. Yamanda onasidan 
boshqa kishisi yo‘q. Uning badanida oqlik (peslik) bor. Allohga duo qilgan edi, undan bu 
peslikni ketkazdi. Faqatgina dinor yoki dirham miqdoridagina qolgan. Kim o‘sha kishiga 
yo‘liqsa, istig‘for so‘rashini iltimos qilsin», deganlarini eshitganman», dedilar. 
Imom Muslimning Umardan (r.a.) qilgan boshqa rivoyatlarida: «Men Rasululloh 
(s.a.v.)ning «Tobe’inlarning yaxshisi Uvays ismli kishidir. Uning onasi bor. Va badanida 
oqlik (peslik) bor. Bu kishi sizlarga istig‘for aytishini iltimos qilinglar», deganlarini 
eshitganman», deyilgan. 
373/14. Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.)dan umra qilish 
uchun izn so‘radim. U zot izn berib: «Ey birodar, duoingda bizni unutmagin», dedilar. 
Ana shunda menga shunday so‘z aytdilarki, u so‘zni dunyoga alishtirish meni xursand 
qilmas edi». Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari. 
Boshqa rivoyatda: «Ey birodar, duoingda bizni sherik qil», deyilgan. 
374/15. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Quboni ot minib yoki 
piyoda ziyorat qilib turardilar. Va u yerda ikki rakat namoz o‘qirdilar. Imom Buxoriy va 
Muslim rivoyatlari. 
Boshqa rivoyatda keltirilishicha, Rasululloh (s.a.v.) har shanba kuni Quboni ot mingan 
holda yoki piyoda ziyorat qilardilar. Ibn Umar (r.a.) ham shu sunnatga amal qilardilar. 
 
46-BOB 
Alloh yo‘lida yaxshi ko‘rishning va unga targ‘ib etishning 
fazilati hamda kishining boshqani yaxshi ko‘rganini 
bildirib qo‘yishi va bunda aytiladigan narsa haqida 
 
Alloh taolo: 
«Muhammad Allohning payg‘ambaridir. U bilan birga bo‘lgan (mo‘min)lar 
kofirlarga qahrli, o‘z oralarida 
(mo‘minlar bilan) esa rahm-shafqatlidirlar...» (Fath surasi, 29-oyat); 
«Ulardan (muhojirlardan) ilgari (Madina) diyoriga o‘rnashgan va imon-e’tiqodni 
(mahkam ushlagan) zotlar (ansorlar) esa o‘zlari (ning yonlari)ga hijrat qilib kelgan 
kishilarni suyarlar» (Hashr surasi, 9-oyat), deb aytgan. 
375/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qaysi bir kishida uch xislat 
bo‘lsa, imon halovatini topibdi. Ular: 1) Alloh va Uning rasuli u kishi uchun barcha 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
84
narsadan mahbub bo‘lmog‘i; 2) kishini faqat Alloh uchun yaxshi ko‘rmog‘i; 3) Alloh taolo 
unga kufrlikdan najot berganidan keyin xuddi o‘tga tashlanishni yomon ko‘rganidek 
kufrlikka qaytishni karih ko‘rmog‘i», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
376/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Alloh taolo yetti 
toifa kishini soya yo‘q kunda o‘z soyasidan (Qiyomat haroratida Arshning soyasidan) 
panoh berur: 1) odil podshoh; 2) Allohning ibodatida o‘sgan yigit; 3) masjidga qalbi 
muallaq bo‘lgan kishi, ya’ni masjiddan chiqib, to unga qaytguncha qalbi bog‘liq 
bo‘luvchi; 4) Alloh yo‘lida do‘st bo‘luvchi ikki birodar shaxs, ular Alloh yo‘lida jam bo‘lib, 
Uning yo‘lida ajraladilar; 5) bir kishini husnu jamolda tenggi yo‘q ayol (yomon niyatda) 
o‘z nafsiga chaqirsa, u kishi Allohdan qo‘rqaman, deb javob qilsa; 6) bir kishi biror 
sadaqa qilsa, o‘sha bergan sadaqasini shu darajada maxfiy qilsaki, o‘ng qo‘li bilan 
berganini chap qo‘li sezmasa; 7) bir kishi xoli holda Allohni eslaganida, ko‘zidan yosh 
oqsa», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
377/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Albatta Alloh taolo 
Qiyomat kuni: «Azamatim uchun do‘st bo‘lganlar qani? Bugun Men soya yo‘q kunda O’z 
soyam bilan panoh beraman», deydi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
378/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Mening jonim 
Uning qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, imon keltirmaguningizcha jannatga kira 
olmaysizlar. Va bir-birlaringiz ila do‘st bo‘lmaguningizcha mo‘min bo‘lmaysizlar. Bir-
biringiz bilan do‘st bo‘ladigan amalga sizlarni dalolat qilaymi? Oralaringizda salomni joriy 
qilinglar», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
379/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Bir kishi boshqa bir 
qishloqdagi birodarini ziyorat qilmoqchi bo‘ldi. Alloh taolo uning yo‘liga kuzatuvchi qilib 
bir farishtani yubordi. Farishta uning oldiga kelib: «Qaerga borishni xohlaysan?» 
deganida, haligi kishi: «Mana bu qishloqdagi birodarimnikiga», dedi. Farishta: «Sening 
unda parvarishlab turgan biror mol-mulking bormi?» deganida, «Yo‘q, lekin men uni 
Alloh yo‘lida yaxshi ko‘raman», dedi. Shunda haligi farishta: «Men senga yuborilgan 
Allohning elchisiman. Albatta Alloh seni xuddi uni yaxshi ko‘rganingdek yaxshi ko‘radi», 
dedi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
380/6. Baro ibn Ozibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) ansoriylar haqida: 
«Ularni faqatgina mo‘minlar yaxshi ko‘radilar. Va faqatgina munofiqlar yomon ko‘radilar. 
Kim ularni yaxshi ko‘rsa, Alloh ularni yaxshi ko‘radi. Kim ularni yomon ko‘rsa, Alloh 
ularni yomon ko‘radi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
381/7. Muozdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.)dan «Alloh taolo: «Mening 
azamatim uchun bir-birlarini do‘st tutguvchilarga nurdan bo‘lgan minbarlar beriladi. Uni 
ko‘rgan nabiylar va shahidlar havas qilishadi», dedi», deganlarini eshitdim». Imom 
Termiziy rivoyatlari. 
382/8. Abu Idris Xuloniydan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Bir kuni Damashq masjidiga 
kirsam, tishlari yaraqlagan bir yigit turibdi. Atrofida odamlar o‘tirishibdi. Agar biror 
masalada ixtilof qilishsa, bu yigitga murojaat qilishar edi. Bu yigit nima desa, o‘shani 
qabul etishar edi. Shunda men: «Bu yigit kim?» deb so‘rasam, «Bu yigit Muoz ibn 
Jabaldir», deyishdi. Ertasi kun barvaqt masjidga kelsam, Muoz mendan ham oldin 
kelibdilar. O’sha payt namoz o‘qiyotgan ekanlar. Namozni tugatishlarini kutib turdim. 
Qachonki, namozni o‘qib bo‘lganlarida, old tomonlaridan kelib salom berdim. Va: 
«Allohga qasam, men sizni yaxshi ko‘raman», dedim. Muoz (r.a.): «Alloh yo‘lida yaxshi 
ko‘rasanmi?» dedilar. Men: «Alloh yo‘lida», dedim. Muoz (r.a.): «Alloh yo‘lida yaxshi 
ko‘rasanmi?» dedilar. Men: «Alloh yo‘lida», dedim. Shunda u zot ridoimning bir 
tomonidan ushlab o‘zlariga tortdilar-da: «Xursandlik xabarini bergin, chunki men 
Rasululloh (s.a.v.)ning «Alloh taolo: «Mening yo‘limda bir-birlarini yaxshi ko‘ruvchilarga, 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
85
Mening yo‘limda majlis qurib o‘tiruvchilarga, Mening yo‘limda bir-birlarini ziyorat 
qiluvchilarga hamda Mening yo‘limda pullarini sarf etuvchilarga muhabbatim vojib 
bo‘ldi», dedi», degan so‘zlarini eshitganman», dedilar». Imom Molik «Muvatto» 
kitoblarida sahih isnod bilan rivoyat qilganlar. 
383/9. Abu Kurayma Miqdod ibn Ma’dikaribadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh 
(s.a.v.)  «Agar kishi birodarini yaxshi ko‘rsa, o‘shani yaxshi ko‘rishini bildirib qo‘ysin», 
dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari. 
384/10. Muozdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.) qo‘limdan ushladilar-da: 
«Ey Muoz, Allohga qasamki, men seni yaxshi ko‘raman. Ey Muoz, hamma farz namozi 
so‘nggida «Allohumma a’inniy ‘ala zikrika va shukrika va husni ‘ibodatika», deb 
aytishingni vasiyat qilaman», dedilar». Abu Dovud va Nasaiylar rivoyati. 
(Ma’nosi: «Ey Allohim, Seni zikr etishda, Senga shukr qilishda va ibodatingni go‘zal 
bajarishda menga yordam ber».) 
385/11. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida edi. 
Shu payt boshqa bir kishi o‘tib qoldi. Shunda haligi kishi: «Ey Allohning rasuli, men bu 
oldimizdan o‘tib ketgan kishini yaxshi ko‘raman», dedi. Rasululloh (s.a.v.): «Yaxshi 
ko‘rishingni bildirdingmi?» deganlarida, u kishi: «Yo‘q», dedi. Rasululloh (s.a.v.): «Borib 
bildirgin», dedilar. U kishi narigi kimsaning oldiga borib: «Men seni Alloh yo‘lida yaxshi 
ko‘raman», dedi. O’tuvchi kishi: «Alloh yo‘lida meni sevganing uchun Alloh ham seni 
yaxshi ko‘rsin», dedi. Abu Dovud rivoyatlari. 
 
47-BOB 
Alloh taolo bandasini yaxshi ko‘rganining alomatlari 
va ular bilan ziynatlanish hamda uni qo‘lga 
kiritish uchun harakat qilmoq haqida 
 
Alloh taolo: 
«Ayting (ey Muhammad), agar Allohni sevsangiz, menga ergashinglar. Shunda 
Alloh sizlarni sevadi va gunohlaringizni mag‘firat qiladi. Alloh (gunohlarni) 
mag‘firat qilguvchi, mehribondir» (Oli Imron surasi, 31-oyat); 
«Ey mo‘minlar, sizlarning ichingizdan kimda-kim dinidan qaytsa, Alloh 
boshqa bir qavmni keltirurki, Alloh ularni yaxshi ko‘rur, ular Allohni yaxshi 
ko‘rurlar. Ular mo‘minlarga xokisor, kofirlarga esa qattiqqo‘l, biron 
malomatgo‘yning malomatidan qo‘rqmay, Alloh yo‘lida kurashadigan 
kishilardir. Bu Allohning fazlu marhamati bo‘lib, O’zi xohlagan kishilarga berur. 
Alloh fazlu karami keng, bilguvchidir» (Moida surasi, 54-oyat), degan. 
386/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Alloh taolo: «Kim 
Mening do‘stimga dushmanlik qilsa, unga urush e’lon qilaman. Bandam O’zim unga farz 
qilgan narsadan mahbubroq boshqa biror narsa bilan Menga yaqin bo‘la olmaydi. 
Bandam Menga nafllar bilan yaqinlik qilishda bardavom bo‘lib, shu darajaga yetadiki, 
Men uni yaxshi ko‘rib qolaman. Agar yaxshi ko‘rib qolsam, eshitadigan qulog‘i, 
ko‘radigan ko‘zi, ushlaydigan qo‘li hamda yuradigan oyog‘i bo‘laman. (Ya’ni, Men izn 
bermagan narsani eshitmaydi, ko‘rmaydi, ushlamaydi va qadam qo‘ymaydi.) Agar 
Mendan so‘rasa, so‘ragan narsasini beraman. Agar panoh tilasa, panoh beraman», 
dedi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 
387/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Agar Alloh taolo 
bir bandani yaxshi ko‘rsa, Jabroil alayhissalomni chaqirib: «Albatta Alloh taolo falon 
kishini yaxshi ko‘radi, sen ham uni yaxshi ko‘rgin», deydi. So‘ngra Jabroil alayhissalom 
osmon ahllarini chaqirib: «Albatta Alloh taolo falon kishini yaxshi ko‘radi, sizlar ham uni 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
Download 5.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling