Abu zakariyo yahyo ibn sharaf navaviy riyozus-solihiyn
Download 5.07 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Sizlar qaerda bo‘lsangizlar, U sizlar bilan birgadir»
- 6-BOB Taqvo bayoni Alloh taolo: «Ey mo‘minlar, Allohdan haq-rost qo‘rqish bilan qo‘rqinglar»
- «Kim Allohdan qo‘rqsa, U zot uning uchun
- «Imon keltirgan kishilar yolg‘iz Allohgagina tavakkul qilsinlar»
www.ziyouz.com kutubxonasi 20 bormasin», dedilar. So‘ngra g‘azotni boshladilar. Asr namozi yoki shunga yaqinroq payt bo‘lganida, bir qishloqqa yaqinlashib quyoshga qarata: «Sen ham o‘z ishingga buyurilgansan, men ham o‘z ishimga buyurilganman. Allohim, bu quyoshni bizdan to‘xtat», deganlarida, quyosh to‘xtab qoldi. Hattoki, Alloh taolo u payg‘ambarga fath qilib berdi. O’ljalar (g‘animatlar) to‘plandi. Uni olov yeyish uchun keldi-da, lekin yemadi. Shunda payg‘ambar: «Oralaringizda o‘ljaga xiyonat qilgan bordir. Har bir qabiladan bir kishi menga bay’at qilsin», dedilar. Bay’atda bir kishining qo‘li yopishib qoldi. Payg‘ambar: «Xiyonat sizlarning qabilangizda ekan. Menga qabilangiz bay’at qilsin», dedilar. Ular bay’at qilishganida, ikki yoki uch kishining qo‘li yopishib qoldi. Payg‘ambar xiyonat sizlarda, deganlarida, ular sigirning boshidek tillani olib kelib qo‘yishganida, olov kelib, uni yedi. Bizdan avvalgilardan birortasiga o‘ljalar halol qilinmadi. So‘ngra Alloh taolo o‘ljalarni bizga halol qildi. Qachonki, bizdagi zaiflik va ojizlikni ko‘rganida, biz uchun uni halol qildi». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 59/6. Abu Xolid Hakim ibn Hizomdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Oldi- sotdi qiluvchiga ajralmaslaridan oldin ixtiyor bordir. Agar ikkilari rost gapirib, muomalani ravshan qilishsa, oldi-sotdilarida baraka qilinadi. Agar yashirib, yolg‘on gapirishsa, oldi- sotdilaridagi baraka o‘chiriladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 5-BOB Alloh doim kuzatuvchi ekanligining bayoni Alloh taolo quyidagilarni aytadi: «U sizni o‘zingiz (namoz uchun) turayotgan vaqtingizda ham, sajda qilguvchilar (namoz o‘quvchilar) orasidan ko‘chayotgan (vaqtingizda ham) ko‘rib turur» (Shuaro surasi, 218-219-oyatlar); «Sizlar qaerda bo‘lsangizlar, U sizlar bilan birgadir» (Hadid surasi, 4-oyat); «Albatta Allohga na yerdagi va na ko‘kdagi biron narsa maxfiy emasdir» (Oli Imron surasi, 5-oyat); «Shak-shubhasiz Parvardigoringiz (barcha narsani) kuzatib turguvchidir» (Val- Fajr surasi, 14-oyat); «(Alloh) ko‘zlarning xiyonatini (ya’ni, qarash harom qilingan narsaga o‘g‘rincha ko‘z tashlashni) ham, dillar yashiradigan narsalarni ham bilur» (o‘ofir surasi, 19-oyat). Bu bob haqidagi oyatlar ko‘p va ma’lumdir. 60/1. Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Biz kunlarning birida Rasululloh (s.a.v.) bilan birga o‘tirgan edik, shu payt kutilmaganda oppoq kiyimli, qop-qora sochli bir kishi kelib qoldi. Unda safar asorati ko‘rilmasdi. Va uni bizdan biror kishi tanimasdi ham. U kishi Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida o‘tirib, tizzasini tizzalariga tekkizib, ikki kaftini sonlari ustiga qo‘yib: «Ey Muhammad, menga Islom haqida xabar bering», dedi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Islom bu - «Allohdan boshqa iloh yo‘q, albatta Muhammad alayhissalom Allohning rasuli», deb guvohlik bermog‘ing, namozni ado etmog‘ing, zakot bermog‘ing, Ramazon ro‘zasini tutmog‘ing hamda yo‘l yurishga qodir bo‘lsang, Baytullohni haj qilmog‘ingdir», dedilar. U kishi: «Rost gapirdingiz», dedi. Biz esa undan so‘rab yana tasdiqlagani uchun ajablandik. Haligi kishi: «Menga imon haqida xabar bering», dedi. Rasululloh (s.a.v.) «Allohga, farishtalariga, kitoblariga, payg‘ambarlariga, oxirat kuniga hamda yaxshi va yomon taqdirga imon keltirmoqligingdir», dedilar. U kishi yana: «Rost gapirdingiz, menga ehson haqida xabar bering», dedi. Rasululloh (s.a.v.) «Ehson - Allohni go‘yoki ko‘rib turgandek ibodat qilmog‘ing. Agar uni ko‘rmasang, U seni ko‘radi», dedilar. U kishi: «Menga Qiyomat haqida xabar bering», dedi. Rasululloh Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 21 (s.a.v.) «So‘ralgan shaxs bu haqda so‘rovchidan ziyoda biluvchi emas», dedilar. U kishi: «(Bunday bo‘lsa) Qiyomat alomatlari haqida xabar qiling», dedi. Rasululloh (s.a.v.) «Cho‘ri o‘z xojasini tug‘mog‘i hamda yalang‘och qo‘y boquvchi bechoralar uy bino qilishda (kim o‘zarga) poyga qilmoqliklaridir», dedilar. So‘ngra u kishi ketdi. Men esa uzoq vaqt turib qoldim. Rasululloh (s.a.v.) «Ey Umar, bu savol qilgan kishini bilasanmi?» dedilar. Men: «Alloh va rasuli biluvchiroq», dedim. Shunda u zot: «Bu Jabroil edi. Sizlarga diningizni ta’lim berish uchun keldilar», deb aytdilar». Imom Muslim rivoyatlari. 61/2. Abu Zarr Jundub ibn Junoda (r.a.) va Abu Abdurahmon Muoz ibn Jabaldan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Qaysi joyda bo‘lmagin, Allohdan qo‘rq. O’monlikka yaxshilikni ergashtirgin. Uni o‘chirib yuboradi. Odamlarga chiroyli xulq bilan muomala qil», deb aytdilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 62/3. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Bir kuni Rasululloh (s.a.v.)ning orqalarida mingashib ketayotgan edim. U zot: «Ey bola, senga bir kalima o‘rgataymi? Allohga rioya qil, seni saqlaydi. Allohga rioya qil, Uni ro‘parangdan topasan. Agar so‘rasang, Allohdan so‘ragin. Agar yordam tilasang ham, Allohdan tilagin. Bilginki, agar ummat biror narsada senga yordam berishga jamlanishsa, faqatgina Alloh senga (taqdir) qilib yozib qo‘ygan narsanigina yordam bera olishadi, xolos. Agar ummat biror narsada senga zarar berishga jamlanishsa, faqatgina Alloh senga (taqdir) qilib yozib qo‘ygan narsanigina zarar bera olishadi, xolos. Qalam ko‘tarilib, sahifalar qurib bo‘lgan», deb aytdilar». Imom Termiziy rivoyatlari. Termiziydan boshqa rivoyatlarda quyidagicha aytiladi: «Allohga rioya qil, oldingda topasan. Allohni kengchilikda tanigin, seni qiyinchilikda taniydi. Bilginki, albatta xato qilganing to‘g‘ri qilmaganing uchun emas. Va to‘g‘ri qilganing xato qilmaganing uchun emas. Bilginki, albatta nusrat sabr bilan birga bo‘ladi. Shodlik aziyatlar bilan birga bo‘ladi. Va qiyinchilik bilan yengillik bo‘ladi». 63/4. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Sizlar ba’zi amallarni qilasizlar. U sizlarning nazdingizda soch tolasidan ham nozikroqdir. Biz esa Rasululloh (s.a.v.) zamonlarida bularni halokatga eltuvchi amallardan, deb sanardik», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 64/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Albatta Alloh taoloning nafrati kelur. Kishi Alloh harom etgan narsalarni qilganida Allohning nafrati kelur», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 65/6. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot Rasululloh (s.a.v.)dan quyidagi hikoyani eshitdilar: «Bani Isroilda uch nafar kishi bor edi. Biri pes, biri kal va biri ko‘r edi. Alloh taolo ularni sinamoqchi bo‘lib, bir farishtani odam suratida yubordi. Farishta pesni oldiga borib: «Qaysi narsa senga mahbubroq?» dedi. Pes: «Chiroyli rang, chiroyli teri va kishilar jirkanayotgan mana bu narsaning ketishini yaxshi ko‘raman», deganida, farishta unga qo‘lini surtdi. Bas, undan jirkanch narsa ketib, chiroyli rang berildi. Farishta: «Senga qaysi boylik yaxshi?» deganida, «Tuya yoki mol», (roviy shak qildilar) dedi. Unga bo‘g‘oz tuya berildi. Farishta: «Senga Alloh bunda baraka bersin», dedi. Farishta kalning oldiga kelib: «Qaysi narsa senga mahbubroq?» dedi. Kal: «Chiroyli soch va mendan mana bu kishilar jirkanayotgan narsaning ketishini yaxshi ko‘raman», dedi. Farishta unga qo‘lini surtdi. Bas, undan jirkanch narsa ketib, chiroyli soch berildi. Farishta: «Senga qaysi boylik mahbubroq?» deganida, u kishi: «Mol», dedi. Unga bo‘g‘oz sigir berildi. Farishta: «Alloh senga bunda baraka bersin», dedi. So‘ngra farishta ko‘rning oldiga borib: «Senga qaysi narsa mahbubroq?» dedi. Ko‘r: «Alloh menga ko‘zimni qaytarib bersa va kishilarni ko‘rsam», dedi. Farishta unga qo‘lini surtdi. Bas, Alloh taolo unga ko‘zini qaytarib berdi. Farishta: «Senga qaysi boylik mahbubroq?» deganida, u kishi: «Sovliq qo‘y», dedi. Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 22 Ularga berilgan hamma jonivorlar bolaladi. Birinchisida bir vodiy tuya, ikkinchisida bir vodiy mol, uchinchisida bir vodiy qo‘y bo‘ldi. Keyin farishta avvalgi surati va hay’atida kelib: «Bechora kishiman. Safarim zaxiralari tugab qoldi. Bugun (vatanimga) yetmoqligimning iloji yo‘q. Faqatgina Allohning karami, so‘ngra sening yordaming bilangina yetib olaman. Shuning uchun sendan chiroyli rang, chiroyli teri va boylik bergan Alloh hurmati bir dona tuya so‘rayman. Men bu safarimda u tuya bilan (vatanimga) yetib olaman», deganida, haligi pes: «Beriladigan haqlar ko‘pdir», dedi. Farishta: «Men seni go‘yoki (avval) ko‘rgandekman. Sen kishilar jirkanadigan pes bo‘lmaganmiding? (Keyin) Alloh senga boylik bermaganmidi?» deganida, haligi pes: «Katta bobolardan bu boylikni meros qilib oldim», dedi. Farishta: «Agar yolg‘onchi bo‘lsang, Alloh seni avvalgi holatingga qaytarib qo‘ysinmi?!» dedi. So‘ngra avvalgi surati va hay’atida kalning oldiga bordi. Unga ham pesga aytgan narsalarni aytganida, kal ham pes javob qilgan narsalarni aytdi. Farishta: «Agar yolg‘onchi bo‘lsang, Alloh seni avvalgi holatingga qaytarib qo‘ysinmi?!» dedi. So‘ngra u avvalgi surati va hay’atida ko‘rning oldiga bordi. Va: «Men musofir bechora kishiman. Safarim vositalari tugab qoldi. Men bugun (vatanimga) yetmoqligimning iloji yo‘q. Faqatgina Allohning karami, so‘ngra sening yordaming bilangina yetib olaman. Shuning uchun sendan ko‘zingni qaytarib bergan Alloh hurmati bir dona qo‘y so‘rayman. Men bu safarimda u qo‘y bilan (vatanimga) yetib olaman», deganida, haligi ko‘r kishi: «Haqiqatda men ko‘r edim. Alloh menga ko‘zimni qaytib berdi. Sen bu qo‘ydan xohlaganingni olib, xohlaganingni tark qil. Allohga qasamki, Alloh taolo yo‘lida bugun birorta narsa olsang, qiyinchilikka qo‘ymayman», dedi. Shunda farishta: «Molingni o‘zing ol. Sizlar imtihon qilindingizlar. Bas, Alloh sendan rozi bo‘lib, ikki og‘ayningdan g‘azablandi», deb aytdi». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 66/7. Abu Ya’lo Shaddod ibn Avsdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Aqlli kishi nafsini hisob-kitob qilib o‘lganidan keyin foyda beradigan narsaga amal qilgan kishidir. Ojiz kishi havoyu-nafsiga ergashib, Allohdan tavbani umid qilgan kishidir», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 67/8. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Befoyda narsalarni tark qilish kishi Islomining chiroyliligidandir», dedilar. Termiziy va boshqalar rivoyati. 68/9. Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kishidan xotinini nimaga urgani haqida so‘ralmaydi», dedilar. Abu Dovud va boshqalar rivoyati. 6-BOB Taqvo bayoni Alloh taolo: «Ey mo‘minlar, Allohdan haq-rost qo‘rqish bilan qo‘rqinglar» (Oli Imron surasi, 102-oyat); «Bas, kuchlaringiz yetganicha Allohdan qo‘rqinglar» (Tag‘obun surasi, 16- oyat); «Ey mo‘minlar, Allohdan qo‘rqinglar, to‘g‘ri so‘zni so‘zlanglar» (Ahzob surasi, 70-oyat); «Kim Allohdan qo‘rqsa, U zot uning uchun (barcha g‘am-kulfatlardan) chiqar yo‘lni (paydo) qilur. Va uni o‘zi o‘ylamagan tomondan rizqlantirur» (Taloq surasi, 2-3-oyat); «Ey mo‘minlar, agar Allohdan qo‘rqsangizlar, sizlar uchun haq bilan nohaqni ajratadigan hidoyat ato qilur va yomonlik - gunohlaringizni o‘chirib, sizlarni mag‘firat qilur. Alloh ulug‘ fazlu marhamat sohibidir» (Anfol surasi, 29-oyat), deb Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 23 aytgan. 69/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)ga «Kishilarning hurmatlisi kim?» deyilganida, u zot S: «Ularning taqvolisi», dedilar. «Bu haqda so‘ramayapmiz», deyishdi. Rasululloh (s.a.v.) «Unday bo‘lsa, Xalilulloh o‘g‘li, payg‘ambar o‘g‘li, payg‘ambar o‘g‘li Allohning payg‘ambari Yusufdirlar», dedilar. «Bu haqda so‘ramayapmiz», deyishdi. Rasululloh (s.a.v.): «Unday bo‘lsa, mendan arab qabilalarini so‘rayapsizlarmi? Johiliyatdagi yaxshilari Islomdagi yaxshilaridir. Agar (shariat ahkomlarini bilib) faqih bo‘lishsa», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 70/2. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Albatta dunyo yoqimli, yam-yashildir. Alloh sizlarni unda xalifa qilgandir. Va qanday amal qilishingizga qaraydi. Dunyo hamda ayollar fitnasidan chetlaning. Chunki Bani Isroilning birinchi fitnasi ayollarda bo‘lgan edi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 71/3. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Allohim, Sendan hidoyat, taqvo, iffatni va behojat bo‘lishni so‘rayman», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari. 72/4. Abu Tarif Adiy ibn Hotam Toiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.)ning: «Kimki bir narsaga qasam ichib, so‘ngra undan-da Allohga taqvoli narsani ko‘rsa, taqvoligini qilsin», deb aytganlarini eshitdim». Imom Muslim rivoyatlari. 73/5. Abu Umoma Suday ibn Ajlon al-Bohiliydan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) hajjatul vado’da quyidagicha xutba qilganlarini eshitdim: «Allohdan taqvo qilinglar. Besh vaqt namozni ado qilinglar. Ro‘za oyining ro‘zasini tutinglar. Mollaringiz zakotini beringlar. Boshliqlaringizga itoat qilinglar. Shunda Rabbilaringizning jannatiga kirasizlar». Imom Termiziy rivoyatlari. 7-BOB Komil ishonch va tavakkal bayoni Alloh taolo: «Mo‘minlar u firqalarni ko‘rgan vaqtlarida «Bu Alloh va payg‘ambari bizlarga va’da qilgan narsadir (ya’ni, imtihondir). Alloh va payg‘ambarining so‘zi rostdir», dedilar va (ustilariga bostirib kelayotgan firqalarning son-sanoqsizligi) ularning (Allohga bo‘lgan) imon va itoatlarini yanada ziyoda qildi, xolos» (Ahzob surasi, 22- oyat); «Unday zotlarga ayrim kimsalar: «Quraysh odamlari sizlarga qarshi (sanoqsiz lashkar) to‘plagan, qo‘rqingiz!» deganlarida, bu gap ularning imonlarini ziyoda qildi va: «Bizga yolg‘iz Allohning o‘zi kifoya. U zot eng yaxshi ishonchli vakildir!» dedilar. Bas, u yurishdan biron noxushlik yetmay, Allohning ne’mat va fazli bilan qaytdilar. Ular Allohning rizoligini istadilar. Alloh esa ulug‘ fazlu marhamat sohibidir» (Oli Imron surasi, 173-174-oyatlar). «Va o‘lmaydigan tirik Zotga tavakkul qiling» (Furqon surasi, 58-oyat). «Imon keltirgan kishilar yolg‘iz Allohgagina tavakkul qilsinlar» (Ibrohim surasi, 11-oyat). «Endi (maslahat qilgach, biron ishni) qasd qilsangiz, Allohga suyaning - tavakkal qiling» (Oli-Imron surasi, 159-oyat). «Kim Allohga tavakkul qilsa, bas, (Allohning) O’zi unga yetarlidir» (Taloq surasi, 3-oyat). «Faqat Alloh (nomi) zikr qilinganida qalblariga qo‘rqinch tushadigan, Uning oyatlari tilovat qilinganida imonlari ziyoda bo‘ladigan va Parvardigorlarigagina suyanadigan kishilar (haqiqiy) mo‘mindirlar» (Anfol surasi, 2-oyat) deb aytgan. Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 24 74/1. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.) «Menga ummatlar ro‘baro‘ qilindi. Men hamrohlari bilan birga ketayotgan bir nabiyni ko‘rdim. Yana bir nabiyni ko‘rdimki, u kishi bilan bir yoki ikki kishi birga edi. Uchinchi bir nabiyni ko‘rdimki, u bilan biror kishi yo‘q edi. Shu payt ko‘p kishilar ko‘rsatildi. Men esa ular ummatimmikan, deb gumon qildim. Bu Muso alayhissalom va u zotning qavmlari edi. Lekin sen u tomonga qara, deyildi. Men qarasam, unda ko‘p kishilar bor ekan. Boshqa tomonga ham qara, deyildi. Qarasam, unda ham ko‘p kishilar bor ekan. Shunda «Bu ummatingdir. Ular bilan yetmish ming kishi borki, ular hisob-kitobsiz, azobsiz jannatga kirishadi», deyildi», dedilar. So‘ngra Rasululloh (s.a.v.) o‘rinlaridan turib, manzillariga kirib ketganlarida, kishilar o‘sha jannatga hisob-kitobsiz, azobsiz kiruvchilar haqida gurunglasha boshlashdi. Ba’zilar: «Shoyad, Rasululloh (s.a.v.) suhbatlarida bo‘lgan kishilar o‘shalar bo‘lishsa», deyishdi. Ba’zilar esa: «Shoyad, Islomda tug‘ilib, Allohga biror narsani shirk keltirmaganlar o‘shalar bo‘lishsa», deyishdi. Va yana ko‘p narsalarni zirk qilishdi. Shu payt Rasululloh (s.a.v.) ular huzuriga chiqib: «Nima haqda gurunglashyapsizlar?» deganlarida, ular buning xabarini berishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Ular dam solmagan, dam soldirmagan, fol ochmagan va Rabbilariga tavakkal qilgan kishilardir», dedilar. Ukkosha ibn Muhsin o‘rnidan turib, «Meni o‘shalardan qilishini Allohdan so‘rab duo qiling», deganida, Rasululloh (s.a.v.) «Sen ulardansan», dedilar. So‘ngra boshqa bir kishi turib: «Meni ham o‘shalardan qilishini Allohdan so‘rab duo qiling», deganida, Rasululloh (s.a.v.) «Ukkosha u haqda so‘rashda sendan o‘zib ketdi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 75/2. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Allohumma laka aslamtu va bika amantu va ‘alayka tavakkaltu va ilayka anabtu va bika xosamtu. Allohumma a’uzu bi’izzatika la ilaha illa anta an tudillaniy antal hayyullaziy la tamutu val jinnu val insu yamutuna» (ya’ni: «Allohim, Senga bo‘yin egdim. Senga imon keltirdim. Senga tavakkal qildim. Sen tomonga qaytdim. Sening (yo‘lingda) janjal qildim. Allohim, izzating ila meni adashtirmog‘ingdan panoh tilayman. Sendan boshqa iloh yo‘q. Sen tirikdirsan, o‘lmaysan. Jin va inslar o‘lishadi»), deb aytardilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 76/3. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Ibrohim alayhissalom o‘tga tashlanganida: «Hasbunallohu va ni’mal vakiyl», ya’ni «Bizga yolg‘iz Allohning o‘zi kifoya. U zot eng yaxshi ishonchli vakildir», deb aytdilar. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomga Sga ayrim kimsalar: «Quraysh odamlari sizlarga qarshi (sanoqsiz lashkar) to‘plagan, qo‘rqingiz!» deganlarida, bu gap ularning imonlarini ziyoda qildi va: «Bizga yolg‘iz Allohning O’zi kifoya. U zot eng yaxshi ishonchli vakildir!» deb aytdilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. Ibn Abbosdan qilingan boshqa bir rivoyatda aytilishicha, Ibrohim alayhissalom o‘tga tashlangan paytdagi oxirgi so‘zlari «Hasbiyallohu va ni’mal vakiyl» edi. 77/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Bir qancha jamoat jannatga kirishadi. Ularning qalblari xuddi qushning qalbiga o‘xshaydi», dedilar (ya’ni, Allohga tavakkallari kuchli bo‘lganidan qalblari qush qalbi kabi nozik bo‘ladi). Imom Muslim rivoyatlari. 78/5. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot Najd tomonda Rasululloh (s.a.v.) bilan birga g‘azot qildilar. Qachonki, Rasululloh (s.a.v.) qaytganlarida, bu zot ham ular bilan birga qaytdilar. Tikani ko‘p vodiyga kelinganida, ularning qaylula qilgilari kelib qoldi. Rasululloh (s.a.v.) u yerga tushdilar. Odamlar ham daraxt soyasini axtarib tarqalishdi. Rasululloh (s.a.v.) akas daraxtlaridan birining ostiga tushib qilichlarini osib qo‘ydilar. «Biz birozgina uxlaganimizda, nogahon Rasululloh (s.a.v.) bizni chaqirib qoldilar. O’sha payt huzurlarida bir sahroyi odam turardi. Rasululloh (s.a.v.) «Men uxlayotganimda bu Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 25 kishi qilichimni qinidan chiqardi. Nogahon uyg‘onsam, qo‘lida qilich yalang‘och turibdi. Va «Seni mendan kim to‘sa oladi?» dedi. Men uch marta Alloh, deb aytdim», dedilar. Rasululloh (s.a.v.) uni jazolamadilar va u (huzurlarida) o‘tirdi», dedi Jobir .&>. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Boshqa bir rivoyatda Jobir (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) bilan birga Zoturriqo’ g‘azotida edik. Soyali daraxt oldiga bordik-da, u yerni Rasululloh (s.a.v.)ga qoldirdik. Mushriklardan bo‘lgan bir kishi kelib daraxtda osig‘lik turgan Rasululloh (s.a.v.)ning qilichlarini oldi-da, uni qinidan chiqarib: «Mendan qo‘rqyapsanmi?» dedi. Rasululloh (s.a.v.) «Yo‘q», dedilar. U kishi: «Seni mendan kim to‘sa oladi?» dedi. Rasululloh (s.a.v.) «Alloh!» dedilar». Abu Bakr Ismoil o‘z «Sahih»larida: «U kishi: «Seni mendan kim to‘sa oladi?» deganida, u zot: «Alloh», dedilar. Shunda u kishining qo‘lidan qilich tushib ketdi. Rasululloh (s.a.v.) qilichni qo‘llariga olib: «Seni mendan kim to‘sa oladi?» deganlarida, u kishi: «Yaxshi muomalali bo‘l», dedi. Rasululloh (s.a.v.) «Allohdan boshqa iloh yo‘q, albatta men Allohning rasuli ekanligimga guvohlik berasanmi?» deganlarida, u kishi: «Yo‘q! Lekin sen bilan urushmaslikka va sen bilan birga urushuvchi qavmlar bilan birga bo‘lmaslikka ahd beraman», deganida, Rasululloh (s.a.v.) uni qo‘yib yubordilar. U kishi do‘stlari huzuriga borib: «Kishilarning eng yaxshisi huzuridan kelyapman», dedi», deganlar. 79/6 Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar sizlar Allohga haqiqiy ma’noda tavakkal qilganingizda, U zot qushni rizqlantirgani kabi rizqlantirib qo‘yar edi. U qushlar qorni och ketib, qorni to‘q bo‘lib qaytib keladi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 80/7. Abu Imora Barro ibn Ozibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ey falonchi, agar to‘shagingga yotsang, quyidagi duoni o‘qigin: «Allohumma aslamtu nafsiy ilayka va vajjahtu vajhiy ilayka va favvaztu amriy ilayka va alja’tu zahriy ilayka rag‘batan va rahbatan ilayka la maljaa vala manjaa minka illa ilayka amantu bikitabikallaziy anzalta vabinabiyyikallaziy arsalta» (ya’ni: «Allohim, o‘zimni Senga topshirdim. Yuzimni Sen tomonga qaratdim. Ishimni Senga havola qildim. Orqamni Sen tomonga rag‘bat hamda qo‘rqqan holda suyadim. Suyanchiq va boshpana faqat Sendadir. Tushirgan kitoblaringga hamda yuborgan payg‘ambarlaringga imon keltirdim»). Agar sen mana shularni aytib, o‘sha kechasi o‘lsang, Islom fitratida o‘lasan. Agar tong ottirsang, yaxshilikka yetishgan holda tong ottirasan», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Ikki «Sahih» kitobida Barrodan (r.a.) qilingan boshqa bir rivoyatda quyidagicha aytiladi: «Rasululloh (s.a.v.) «Agar yotog‘ingga kelsang, namozga qilgan tahoratingdek tahorat qilib, o‘ng tomoningga yonboshlab (yuqoridagi) duolarni ayt. Va bu (uxlashdan oldin) oxirgi aytadigan narsang bo‘lsin», dedilar». 81/8. Abu Bakr Siddiqdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «o‘orda turganimizda mushriklarning qadamlariga qaradim. Ular shundoqqina boshimiz ustida turar edilar. Men: «Ey Allohning rasuli, agar ulardan birortasi oyog‘ining tagiga qarasa, bizni ko‘rib qoladi», desam, u zot: «Ey Abu Bakr, ikki kishi bo‘lsa, uchinchilari Alloh ekaniga nima deysan?» dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 82/9. Ummu Salamadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar uylaridan chiqsalar: «Bismillahi tavakkaltu ‘alallohi. Allohumma inniy a’uzu bika an adilla av udalla av azilla av uzalla av azlima av uzlama av ajhala av yujhala ‘alayya» (ya’ni, «Alloh nomi bilan, Allohga tavakkal qildim. Ey Rabbim, adashish va adashtirishdan, toyilish va toyiltirishdan, zulm qilish va zulm ko‘rishdan, johillik qilish va menga nisbatan johillik qilinishidan Sendan panoh so‘rayman»), deb aytardilar. Abu Dovud, Termiziy va |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling