Abu zakariyo yahyo ibn sharaf navaviy riyozus-solihiyn


Download 5.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/53
Sana30.08.2017
Hajmi5.07 Kb.
#14625
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53

www.ziyouz.com kutubxonasi 
32
Ba’zilar balog‘at yoshi, deyishdi. 
Ibn Abbos va jumhur ulamolar «Sizlarga ogohlantirguvchi ham kelgan edi-ku!» 
oyatidan maqsad Rasululloh (s.a.v.)dirlar, deyishdi. 
Ikrima, Ibn Uyayna va boshqalar bu oyatdan maqsad soch-soqolning oqarishidir, 
deyishdi. 
112/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Alloh taolo bir 
kishiga oltmish yoshga yetgungacha ajalini kechiktirsa, uzr uchun (o‘rin) qoldirmadi», 
dedilar (ya’ni, shu muddatgacha muxlat beribdimi, demak, uzrga o‘rin yo‘q). Imom 
Buxoriy rivoyatlari. 
113/2. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Umar (r.a.) meni Badr ishtirokchilarining 
katta yoshlilari bilan birga (huzurida bo‘ladigan majlisga) kiritdi. Go‘yoki ularning 
ba’zilari ranjib: «Bolamiz tengqur bu bola nima uchun biz bilan kirmoqda?» deyishdi. 
Umar (r.a.): «Ibn Abbos kim ekanini (ya’ni, Rasulullohga qarindosh va doim suhbatda 
bo‘lganlarini) bilasizlarmi?» dedilar. Bir kuni Umar (r.a.) meni chaqirib, ular bilan 
kirgizdilar. O’sha kuni faqat meni ularga ko‘rsatish uchungina shunday qildilar. Va: 
«Allohning so‘zidagi «Iza jaa nasrullohi valfath» oyati haqida nima deysizlar?» 
deganlarida, ba’zilar: «Agar nusrat berilib, bizga fath etilsa, Allohga hamd va istig‘for 
aytishga buyurildik», deyishdi. Ba’zilar hech narsa demay sukut qilishdi. 
Shu payt Umar (r.a.): «Ey Ibn Abbos, sen ham shunday deysanmi?» deganlarida, 
«Yo‘q», deb aytdim. Umar: «Unda nima deysan?» dedilar. Men: «Bu Rasululloh 
(s.a.v.)ning ajallaridir. Uni bu zotga bildirmoqda», dedim. (Ya’ni, «Agar Allohning nusrati 
va fathi kelsa» - bu yetgan ajalning alomatidir, «Bas, Rabbingga hamd ayt va mag‘firat 
so‘ra. Zero, U tavbalarni qabul qilguvchi bo‘lgan Zotdir».) Umar (r.a.):  «Sen aytgan 
narsanigina bilaman, xolos», dedilar». Imom Buxoriy rivoyatlari. 
114/3. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.) «Iza jaa nasrullohi 
valfath» surasi tushganidan keyin namoz o‘qiydigan bo‘lsalar, unda «Subhanaka 
robbana va bihamdika Allohumma ig‘firliy», ya’ni «Rabbimiz, Senga hamd aytish ila Seni 
poklab yod etaman. Allohim, meni mag‘firat qilgin», deb aytardilar». Imom Buxoriy va 
Muslim rivoyatlari. 
«Sahihayn»da kelgan boshqa bir rivoyatda: «Rasululloh (s.a.v.) ruku’ va sajdalarda 
«Subhanaka, Allohumma robbana vabihamdika, Allohumma ig‘firliy» (ya’ni: «Allohim, 
Seni poklab yod eturman. Rabbimiz, Senga hamd aytaman. Allohim, meni mag‘firat 
qil»), deb aytardilar. Qur’onda shunday buyurilgani uchun bunga amal qilardilar. Ya’ni, 
«Rabbingga hamd aytish bilan Uni poklab yod etgin va istig‘for ayt» oyatidan ta’vil 
qilardilar», deyiladi. 
Imom Muslimning boshqa bir rivoyatlarida: «Rasululloh (s.a.v.) vafot etishlaridan 
oldin «Subhanaka va bihamdika astag‘firuka vaatubu ilayka», deb aytishni ko‘paytirdilar. 
Oisha (r.a.): «Ey Rasululloh, bu qanday kalimalarki, (aytmas edingiz) endi yangitdan 
aytyapsiz-a?» desalar, u zot: «Mening ummatimga bir alomat qilindi. Agar uni ko‘rsam, 
bu kalimalarni aytaman. O’sha alomat «Iza jaa nasrullohi valfathu» surasining 
oxirigachadir», dedilar», deyilgan. 
Boshqa yana bir rivoyatlarida Oishadan (r.a.) aytiladi: «Rasululloh (s.a.v.) 
«Subhanallohi va bihamdihi astag‘firulloha va atubu ilahi», deb aytishni ko‘paytirdilar. 
Shunda men: «Ey Allohning rasuli, siz «Subhanallohi va bihamdihi astag‘firulloha va 
atubu ilahi», deb aytishni ko‘paytiryapsiz-a?» desam, u zot: «Rabbim menga 
ummatimda bir alomat ko‘rishimning xabarini berdi. Agar o‘sha alomatni ko‘rsam, 
«Subhanallohi va bihamdihi astag‘firulloha va atubu ilahi»ni aytishni ko‘paytirdim. 
Haqiqatda men o‘sha alomatni ko‘rdim. U - «Iza jaa nasrullohi val fathu» surasining 
oxirigacha ekan», dedilar». 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
33
Ma’nosi:  «Qachonki, Allohning yordami va g‘alabasi kelsa va odamlar to‘p-
to‘p bo‘lishib, Allohning dini (Islom)ga  kirayotganlarini ko‘rsangiz, darhol 
Parvardigoringizga hamd aytish bilan poklab yod eting va U Zotdan mag‘firat 
so‘rang! Zero, U tavbalarni qabul qilguvchi bo‘lgan Zotdir» (Nasr surasi, 1-3-
oyatlar). 
115/4. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Alloh azza va jalla Rasululloh (s.a.v.) 
vafotlaridan oldin vahiyni orqama-orqa tushirdi, hattoki Rasululloh (s.a.v.) vahiy ko‘p 
tushib turgan paytda vafot etdilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
116/5. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Har bir banda qanday 
o‘lgan bo‘lsa, o‘sha holatida qayta tiriltiriladi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
 
13-BOB  
Yaxshilikning yo‘llari ko‘p ekanligi bayoni 
 
Alloh taolo: 
«Qanday yaxshilik qilsangiz, shubhasiz Alloh uni bilguvchidir» (Baqara surasi, 
215-oyat); «Qanday yaxshi amal qilsangiz, albatta Alloh biladi» 
(Baqara surasi, 197-oyat); 
«Bas, kim (hayoti-dunyodalik paytida) zarra misqolicha yaxshilik qilsa, (Qiyomat 
kunida) o‘shani ko‘rur» (Zalzala surasi, 7-oyat); 
«Kim biron yaxshilik qilsa, bas, o‘zi uchun (ya’ni, o‘z foydasiga qilgan) bo‘lur» 
(Josiya surasi, 15-oyat) deb aytgan. 
117/1. Abu Zarr Jundub ibn Junodadan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Men: «Ey Allohning 
rasuli, qaysi amal afzal?» desam, u zot: «Allohga imon keltirish va Uning yo‘lida jihod 
qilish», dedilar. «Qaysi qulni ozod qilish yaxshiroq?» desam, u zot: «Egalari huzurida 
yaxshirog‘i va narxi qimmat bo‘lganini», dedilar. «Agar bularni qila olmasam-chi?» 
desam, u zot: «Hunarmandga yordam ber yoki hunari yo‘qni ish bilan ta’minla!» dedilar. 
«Bu ishlarning ba’zisini ham qila olmasam-chi?» desam, u zot: «Odamlarga yomonlik 
qilishdan tiyilgin. Chunki u ham sendan bo‘lgan sadaqadir», dedilar». Imom Buxoriy va 
Muslim rivoyatlari. 
118/2. Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Sizlardagi har bir 
bo‘g‘imingiz uchun har kuni tong otganida sadaqa bordir. Har bir tasbehingiz (ya’ni, 
«Subhonalloh», 
deyishingiz) sadaqadir. Har bir hamdingiz (ya’ni, «Alhamdulillah», deyishingiz) ham 
sadaqadir. Har bir tahlilingiz (ya’ni, «La ilaha illalloh», deyishingiz) ham sadaqadir. Har 
bir takbiringiz (ya’ni, «Allohu akbar», deyishingiz) ham sadaqadir. Yaxshilikka 
buyurishingiz hamda yomonlikdan qaytarishingiz ham sadaqadir. Choshgoh (zuho) 
paytidagi ikki rakat o‘qigan namozingiz bularning barchasiga o‘zi kifoya qiladi», dedilar». 
Imom Muslim rivoyatlari. 
119/3. Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Menga ummatimning 
yaxshi va yomon amallari ko‘rsatildi. Yo‘ldan aziyat beruvchi narsalarni olib tashlanishini 
yaxshi amallar sirasidan topdim. Masjidga balg‘amini tashlab ko‘mib qo‘yilmaganini 
yomon amallar sirasidan topdim», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
120/4. Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Odamlar: «Ey Allohning rasuli, badavlat 
kishilar ajr olishda o‘zib ketishdi. Ular ham biz o‘qigandek namoz o‘qishadi va biz 
tutgandek ro‘za tutishadi. Va (kamiga) ehtiyojlaridan ortiqcha mollarini sadaqa ham 
qilishadi», deyishganida, Rasululloh (s.a.v.): «Alloh sizlarga ham sadaqa qiladigan 
narsalarni bermadimi? Albatta har bir tasbehingiz sadaqa, har bir takbiringiz sadaqa, har 
bir hamdingiz sadaqa, har bir tahlilingiz sadaqa. Yaxshilikka buyurishingiz sadaqa. 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
34
Yomonlikdan qaytarishingiz sadaqa. Ayolingiz bilan shar’iy qovushishingiz ham sadaqa», 
dedilar. Shunda sahobalar: «Ey Allohning rasuli! Bizlardan birortamiz shahvatini 
qondirsa ham, savob bo‘ladimi?» deyishganida, Rasululloh (s.a.v.): «O’sha shahvatini 
harom yo‘l bilan qondirsa, gunoh bo‘ladimi? Shu singari halol yo‘l bilan qondirsa, savob 
bo‘ladi-da», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
121/5. Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.) menga: 
«Yaxshiliklardan birortasini past sanamagin. Agar birodaringga ochiq yuz bilan yo‘liqib 
bo‘lsa ham», dedilar (ya’ni, birodaringga ochiq yuz bilan yo‘liqish ham yaxshilikdir)». 
Imom Muslim rivoyatlari. 
122/6. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Har kun quyosh 
chiqishi bilan kishining har bir bo‘g‘imiga sadaqa lozimdir. Ikki kishining orasini isloh 
etish ham sadaqadir. Uloviga chiqayotganda ko‘tarishib qo‘yilsa yoki yukini yuklashib 
berilsa, u ham sadaqadir. Muloyim so‘z ham sadaqadir. Namozga yurib borilgan har bir 
qadam ham sadaqadir. Yo‘ldan aziyat beruvchi narsalarni olib tashlash ham sadaqadir», 
dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
Imom Muslimning Oishadan (r.a.) qilgan rivoyatlarida aytilishicha, Rasululloh (s.a.v.) 
«Odam bolalaridan barcha kishi uch yuz oltmish bo‘g‘im bilan yaratilgan. Kimki Allohni 
ulug‘lasa (Allohu akbar, desa), Allohga hamd aytsa (Alhamdulillah, desa), Allohga tahlil 
aytsa (La ilaha illalloh, desa), Allohga tasbeh aytsa (Subhonalloh, desa), Allohga istig‘for 
aytsa (Astag‘firulloh, desa) va kishilarning yo‘lidan tosh yoki tikan yo suyakka o‘xshash 
narsalarni olib tashlasa hamda yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarsa, savobi uch 
yuz oltmishtaga yetib, ana shu kunda bu kishi do‘zaxdan o‘zini uzoq qilib yuribdi», 
dedilar. 
123/7. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kim ertalab va 
kechqurun masjidga borsa, Alloh taolo unga jannatda har erta-kech borganda ziyofat 
tayyorlab qo‘yadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
124/8. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Ey muslima 
ayollar, bir ayol boshqa bir ayolga qo‘yning tuyog‘ini berishlikdagi yaxshilikni ham past 
sanamanglar», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
125/9. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Imonning yetmish 
nechta yoki oltmish nechta ham (sho‘‘ba) bo‘lagi bordir. Ularning afzali «La ilaha 
illalloh»dir. Eng pasti yo‘ldan aziyat beruvchi narsani olib tashlashdir. Hayo ham o‘sha 
imon bo‘laklaridan biridir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
126/10. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Bir kishi yo‘lda 
keta turib, chanqog‘i kuchaydi-da, bir quduqni topib, unga tushib suv ichdi. So‘ngra u 
yerdan chiqqanida bir it (chanqaganidan) tilini chiqarib, tuproqqa bag‘rini berib yotardi. 
Shunda haligi kishi: «Bu itga ham menga bo‘lgani kabi chanqoqlik yetibdi», deb 
quduqqa tushib mahsisiga suv to‘ldirdi-da, uni og‘zida ushlab ko‘tarildi va itni suv ila 
sug‘ordi. Alloh bu ishidan minnatdor bo‘lib, uning gunohini kechirdi», dedilar. Sahobalar: 
«Ey Allohning rasuli! Bizga hayvonlarda ham savob bormi?» deyishganida, u zot: «Har 
bir xo‘l jigarli (tirik jonzot)da savob bordir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim 
rivoyatlari. 
Buxoriyning boshqa bir rivoyatlarida esa: «Alloh undan minnatdor bo‘lib, gunohini 
kechirib, jannatga kiritdi», deyilgan. 
Ikkovlarining yana bir boshqa rivoyatlarida: «Bir it quduq atrofida chanqoqlikdan o‘lar 
holatga kelib qolay, deb aylanib yurganida, Bani Isroildan bir fohisha ayol mahsisini 
yechdi-da, suv olib, uni sug‘ordi. Shu amali sababli gunohlari kechirildi», deyilgan. 
127/11. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Musulmonlarga 
yo‘l o‘rtasida ozor berayotgan daraxtni kesib tashlagan bir kishining jannatda huzur-

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
35
halovat ila yashayotganini ko‘rdim», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
Boshqa bir rivoyatda: «Bir kishi yo‘ldan o‘tayotib, o‘rtadagi daraxt shoxini (ko‘rib): 
«Allohga qasamki, men buni musulmonlarga aziyat bermasligi uchun chetlashtiraman», 
deganida, u jannatga kiritildi», deyilgan. 
Ikkovlarining boshqa bir rivoyatlarida: «Bir kishi keta turib yo‘lda tikonli shoxni ko‘rib, 
uni chetga olib qo‘ydi. Alloh undan mamnun bo‘lib, gunohini kechirdi», deyilgan. 
128/12. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kim chiroyli 
tahorat qilib, so‘ngra juma namoziga borib, (xutbaga) jim turib quloq tutsa, o‘sha juma 
bilan keyingi juma orasidagi va bunga uch kun qo‘shib (hammasi bo‘lib, o‘n kun 
orasidagi) gunohlari kechiriladi. Kim toshlarni ushlab (o‘ynasa), befoyda (lag‘v) ishni 
bajaribdi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
129/13. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Agar musulmon 
yoki mo‘min banda tahorat qilib yuzini yuvsa, ko‘zi bilan qilgan barcha xatolari yuzidan 
suv bilan yoki oxirgi tomchi suv bilan chiqib ketadi. Agar qo‘lini yuvsa, qo‘li orqali qilgan 
barcha xatolari qo‘lidan suv bilan yoki oxirgi tomchi suv bilan chiqib ketadi. Hattoki, 
gunohlardan pokiza holda chiqadi. Agar ikki oyog‘ini yuvsa, oyog‘i bilan qilgan barcha 
xatolari suv bilan birga yoki oxirgi tomchi suv bilan chiqib ketadi, hattoki u gunohlardan 
pokiza holda chiqadi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
130/14. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Besh vaqt 
oralig‘idagi, jumadan jumagacha, ramazondan ramazongacha bo‘lgan gunohlar, agar 
kabirasidan chetlanilsa, kechiriladi», de dil ar. Imom Muslim rivoyatlari. 
131/15. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Xatolarni o‘chirib, 
darajalarni ko‘taradigan narsaga dalolat qilaymi?» deganlarida, sahobalar: «Ha», 
deyishdi. Shunda u zot: «Qiyinchilik paytida tahoratni mukammal qilish va masjidga 
qadamni (borishni) ko‘paytirish hamda namozdan keyin namozni kutish. Mana shu 
narsalar Alloh yo‘lida jihod kabidir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
132/16. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Kimki 
bomdod va asr namozlarini o‘qisa, jannatga kiradi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim 
rivoyatlari. 
133/17. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Agar 
banda kasal yoki musofir bo‘lib (bajarayotgan amallarini qila olmasa), unga muqim va 
sog‘lomlik paytida amal qilganidek savob yoziladi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 
134/18. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Har bir yaxshilik 
sadaqadir», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. Muslim esa mana shu lafzdagi hadisni 
Huzayfadan (r.a.) rivoyat qilganlar. 
135/19. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Biror musulmon kishi 
ko‘chat o‘tqazadigan bo‘lsa, undan yeyilsa ham, o‘g‘irlansa ham, kamaytirilsa ham, 
egasiga sadaqa bo‘ladi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
Boshqa bir rivoyatlarida: «Musulmon kishi ko‘chat o‘tqazsa va undan odamlar
hayvonlar, qushlar yesa, egasiga Qiyomat kunigacha sadaqa bo‘ladi», deyilgan. 
Yana bir boshqa rivoyatlarida: «Musulmon kishi ko‘chat o‘tqazib va biron ekin eksa, 
undan odamlar, hayvonlar va biror narsa yesa, egasiga sadaqa bo‘ladi», deyilgan. 
Buxoriy va Muslimlar barchasini Anasdan f rivoyat qilishgan. 
136/20. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bani Salama masjid yaqiniga ko‘chishni 
xohlashganida, bu xabar Rasululloh (s.a.v.)ga yetib keldi. Rasululloh (s.a.v.)  «Sizlar 
masjid yaqiniga ko‘chib kelishni xohlayapsizlarmi?» deganlarida, ular: «Ha, ey Allohning 
rasuli, biz shuni xohlayapmiz», deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): «O’z joylaringizni 
(qo‘ldan boy bermay) saqlang. Qadamlaringizga (savob) yoziladi. O’z joylaringizni 
(qo‘ldan boy bermay) saqlang. Qadamlaringizga (savob) yoziladi», dedilar. Imom 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
36
Muslim rivoyatlari. 
Boshqa rivoyatda: «Har bir qadam uchun daraja bordir», deyilgan. 
Imom Buxoriy ham shu ma’nodagi hadisni Anasdan (r.a.) rivoyat qilganlar. 
137/21. Abu Munzir Ubay ibn Ka’bdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Bir kishi (bu kishining 
kimligini bilmayman) masjiddan uzoqroq joyda turardi-da, biror namozni qoldirmas edi. 
U kishiga «Agar bir eshak sotib olib, uni qorong‘u zulmatda va qattiq issiq bo‘lganda 
minib kelsang bo‘lmaydimi?» deb aytganimda, u kishi: «Manzilim masjid yonida bo‘lishi 
meni xursand qilmaydi. Men masjidga borishimdagi va ahlimga qaytishimdagi 
qadamlarimga (savob) yozilishini xohlayman», dedi. Rasululloh (s.a.v.) (buni eshitib): 
«Alloh taolo senga bu narsalarning hammasini jamlab berdi», dedil ar ». Imom Muslim 
rivoyatlari. 
Boshqa rivoyatda: «Senga umid qilgan savobing (berildi)», deyilgan. 
138/22. Abu Muhammad Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. 
Rasululloh (s.a.v.): «Qirqta xislat bor, ularning eng oliysi - sutini sog‘ib ichish uchun 
echkisini bermoqlikdir. Kimki mana shu xislatlardan birortasiga savob umidida va va’da 
qilingan narsaga ishongan holda amal qilsa, Alloh taolo jannatga kiritadi», dedilar. Imom 
Buxoriy rivoyatlari. 
139/23. Adiy ibn Hotamdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Xurmoning 
yarmini (berib bo‘lsa ham) do‘zaxdan saqlaninglar», deb aytdilar. Imom Buxoriy va 
Muslim rivoyatlari. 
Imom Buxoriy va Muslimning boshqa rivoyatlarida quyidagicha aytiladi: «Rasululloh 
(s.a.v.): «Sizlarning har biringiz bilan Rabbingiz (Qiyomatda) o‘rtaga tarjimon qo‘ymay 
so‘zlashadi. U kishi o‘ng tomoniga qaraydi. Bas, qilgan amalidan boshqa narsani 
ko‘rmaydi. Chap tomoniga qaraydi. Bas, qilgan amalidan boshqa narsani ko‘rmaydi. 
Oldiga qaraydi. Bas, ro‘parasida do‘zaxdan boshqa narsani ko‘rmaydi. Shunday ekan, 
xurmoning yarmini (berib 
bo‘lsa ham) do‘zaxdan saqlaninglar. Kim buni ham topa olmasa, yaxshi so‘zlarni aytib 
bo‘lsa ham (do‘zaxdan o‘zini saqlasin)», dedilar». 
140/24. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Biror ovqatni yeb hamd 
aytgan, biror ichimlik ichib hamd aytgan bandasidan Alloh taolo albatta rozi bo‘ladi», 
dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
141/25. Abu Musodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Har bir musulmonga 
sadaqa (qilish) lozim», deganlarida, «Agar uni topa olmasa-chi?» deb aytishdi. 
Rasululloh (s.a.v.): «Qo‘li bilan ishlab topib o‘zi ham foydalanadi va sadaqa ham qiladi», 
dedilar. «Agar bunga ham qodir bo‘lmasa-chi?» deyishdi. Rasululloh (s.a.v.): 
«Bechorahol muhtojga yordam bersin», dedilar. «Agar bunga ham qodir bo‘lmasa-chi?» 
deyishganida, Rasululloh (s.a.v.): «Yaxshilikka buyursin», dedilar. «Agar buni ham qila 
olmasa-chi?» deyishganida, Rasululloh (s.a.v.): «O’monlikdan o‘zini tiysin. Shunday 
qilishi ham sadaqadir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
14-BOB  
Toat-ibodatda o‘rta hol bo‘lish bayoni 
 
Alloh taolo: 
«Biz sizga bu Qur’onni qiynalib jafo chekishingiz uchun nozil qilmadik» (Toha 
surasi, 2-oyat); 
«Alloh sizlarga yengillikni istaydi, sizlarga og‘ir bo‘lishni istamaydi» (Baqara 
surasi, 185-oyat), deb aytgan. 
142/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Oisha (r.a.) huzurlariga 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
37
kirsalar, bir xotin u yerda edi. Rasululloh (s.a.v.): «Bu kim?» dedilar. Oisha (r.a.) bu 
falonchi xotin, deb uning namozni ko‘p o‘qishini zikr qildilar. Rasululloh: «Bas qil, 
toqating yetadigan narsani lozim tut. Allohga qasamki, ular malol ko‘rishmaguncha Alloh 
malol ko‘rmaydi. Alloh taologa dinda yaxshi amal qiluvchi unda bardavom bo‘lganidir», 
dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
143/2. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Uch nafar kishi Rasululloh (s.a.v.)ning xotinlari 
uylariga kelib, u zotning ibodatlari haqida so‘rashdi. Qachonki, ibodatlari haqida xabar 
berilganida, ular (o‘zlarining amallarini) oz sanab: «Biz qaerda-yu u zot (qaerdalar), 
holbuki u zotning avvalgi-yu keyingi gunohlari kechirilgan bo‘lsa», deb ulardan biri: 
«Men hamisha kechasi namoz o‘qiyman», dedi. Ikkinchisi: «Men umrbod ro‘za tutib, 
(kunduzi) og‘zimni ochmayman», dedi. Uchinchisi: «Ayollardan chetlanib, hecham 
uylanmayman», deb gapirib turganida, Rasululloh (s.a.v.) ular huzuriga kelib: «Sizlar 
shunday-shunday, deb aytdinglarmi? Allohga qasamki, barchalaringizga nisbatan 
Allohdan qo‘rquvchi va taqvo qiluvchingizman. Lekin (gohida) ro‘za tutaman va (gohida) 
og‘zim ochiq bo‘ladi. (Gohida) namoz o‘qiyman va gohida uxlayman. Va xotinlarga 
uylanaman ham. Kimki sunnatimdan yuz o‘girsa, mendan emas», dedilar. 
144/3. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Noo‘rin qattiqlik qilib, 
chuqur ketuvchilar halok bo‘lishdi», deb uch marta aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
145/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Albatta din osondir. 
Biror kishi din bilan tortishsa (yo‘llari ko‘p bo‘lgani sababli), uni yengib qo‘yadi. Bas, 
shunday ekan, o‘rta hol bo‘lgan to‘g‘ri yo‘lni lozim tutib, mo‘‘tadiliga yaqin bo‘linglar. 
Ibodatning bardavom bo‘lishi uchun kunduzining avvalida va oxirida hamda kechaning 
oxirida (yordam so‘ranglar)», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 
Buxoriyning boshqa bir rivoyatlarida: «To‘g‘ri yo‘lni lozim tutib, mo‘‘tadiliga yaqin 
bo‘linglar. Kunduzining avvalida va oxirida hamda kechaning oxirida sayr qilib yuringlar, 
mo‘‘tadillik bilan maqsadlaringizga yetasizlar», deyilgan. 
(Hadisdagi «... Kunduzining avvalida va oxirida hamda kechaning oxirgi qismida sayr 
qilib yuringlar»ning ma’nosi xuddi bilimdon, malakali musofir mana shu zikr qilingan 
paytlarda yurib, boshqa vaqtda o‘zi ham, ulovi ham dam olib, qiyinchiliksiz maqsad 
qilgan joyiga yetib olgani kabi sizlar ham qalblaringiz turli narsalardan forig‘ bo‘lib, faol 
bo‘lib, ibodatdan lazzat olib, malol ko‘rmaydigan mana shu vaqtlarda Allohdan toatga 
yordam talab qilsangiz, maqsadlaringizga yetasizlar, deganidir.) 
146/5. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) masjidga kirsalar, ikki ustun 
orasida cho‘zib qo‘yilgan ip turibdi. Shunda u zot: «Bu qanday ip?» dedilar. Ular: 
«Zaynabga (r.a.) tegishli ipdir. Agar unda (namozga turishda) dangasalik paydo bo‘lsa, 
ipga osiladi», deyishdi. Rasululloh (s.a.v.) «Bu ipni yechib tashlanglar. Sizlardan biringiz 
faolligi paytida namoz o‘qisin. Agar 
dangasalik paydo bo‘lsa, orom olsin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
147/6. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Sizlardan biringiz namoz 
o‘qiyotgan paytda uyqusi kelib mudroq bossa, toki uyqusi ketgunicha orom olsin. Chunki 
mudroqlik paytida namoz o‘qisa, istig‘for aytyaptimi, (duoibad qilib) o‘zini so‘kyaptimi, 
bilmaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
148/7. Abu Abdulloh Jobir ibn Samuradan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) 
bilan namoz o‘qir edim. U zotning namozlari ham, xutbalari o‘rtacha bo‘lar edi (ya’ni, 
uzun ham emas va qisqa ham em a s)». Imom Muslim rivoya tlari. 
149/8. Abu Juhayfa Vahb ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) 
Salmon (r.a.) bilan Abu Dardoni (r.a.) bir-birlariga birodar qilib qo‘ydilar. Salmon (r.a.) 
Abu Dardoning (r.a.) ziyoratlariga kelib, (u zotning xotinlari) Ummu Dardoni ish kiyimida 
ko‘rdilar. Salmon: «Senga nima bo‘ldi?» deganlarida, Ummu Dardo: «Birodaring Abu 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
Download 5.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling