Abu zakariyo yahyo ibn sharaf navaviy riyozus-solihiyn
«Payg‘ambar o‘ziga Parvardigoridan nozil qilingan narsaga imon keltirdi va
Download 5.07 Kb. Pdf ko'rish
|
«Payg‘ambar o‘ziga Parvardigoridan nozil qilingan narsaga imon keltirdi va mo‘minlar (ham imon keltirdilar). Allohga, farishtalariga, kitoblariga va Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 44 payg‘ambarlariga imon keltirgan har bir kishi (aytdi): «Uning payg‘ambarlaridan biron kishini ajratib qo‘ymaymiz. Va eshitdik va itoat etdik. Parvardigoro, gunohlarimizni mag‘firat qilishingni so‘raymiz. Va faqat O’zingga qaytajakmiz». Sahobalar ana shu oyatga amal qildilar. Alloh taolo quyidagi oyatni nozil qilishi bilan yuqoridagi oyatni mansux qildi: «Alloh hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmaydi. (Har kimning) qilgan (yaxshi) amali o‘zi uchundir va (yomon) amali ham o‘zining bo‘ynigadir. Parvardigoro, agar unutgan yoki xato qilgan bo‘lsak, bizni azobingga giriftor aylama! Parvardigoro, bizlarning zimmamizga bizdan ilgari o‘tganlarning bo‘yinlariga qo‘ygan yukingni yuklama! Parvardigoro, bizlarni toqatimiz yetmaydigan narsaga zo‘rlama! Bizlarni avf et, (gunohlarimizni) mag‘firat qil, (holimizga) rahm ayla. O’zing xojamizsan. Bas, bu kofir qavm ustiga O’zing bizni g‘olib qil». (Baqara surasi, 285-286-oyatlar). Imom Muslim rivoyatlari. 18-BOB Yangi paydo bo‘lgan bid’atlardan qaytarish bayoni Alloh taolo: «Haqiqatdan keyin esa faqatgina yo‘ldan ozish bor, xolos» (Yunus surasi, 32- oyat); «Kitobda (ya’ni, taqdiri azal kitobida) biron narsani qo‘ymay (yozganmiz)» (An’om surasi, 38-oyat); «Bordi-yu biron narsa haqida talashib qolsangiz, u narsani Allohga va payg‘ambariga qaytaring» (ya’ni, Qur’on va sunnatga)» (Niso surasi, 59-oyat); «Albatta, mana shu Mening To‘g‘ri Yo‘limdir. Bas, shu yo‘lga ergashinglar! (Boshqa) yo‘llarga ergashmangizki, ular sizlarni Uning yo‘lidan uzib qo‘yar» (An’om surasi, 153-oyat); «Ayting (ey Muhammad): «Agar Allohni sevsangiz, menga ergashinglar. Shunda Alloh sizlarni sevadi va gunohlaringizni mag‘firat qiladi» (Oli-Imron surasi, 31-oyat), deb aytgan. 169/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kimki bizning ishimizda dindan bo‘lmagan biror yangilik qilsa, bas, u rad qilingandir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Muslimning rivoyatlarida: «Kimki bizning ishimiz bo‘lmagan biror amalni bajarsa, bas, u rad qilingandir», deb keltirilgan. 170/2. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) agar xutba qilsalar, ikki ko‘zlari qizarib, ovozlari balandlashib, g‘azablari yana ham kuchayib, go‘yoki tongda va kechqurun (dushman) askarlari hamla qilishidan ogoh etgandek bo‘lardilar. Va u zot: «Men va Qiyomat mana bunday yuborildim», deb ko‘rsatgich va o‘rta barmoqlarini (bir- biriga) yaqin qilardilar. Va yana u zot: «Ammo ba’d, so‘zning yaxshisi Allohning kitobi, hidoyatlarning yaxshisi Muhammad (s.a.v.) hidoyatlari, ishlarning yomoni har bir yangi paydo bo‘lgan (bid’at) ishdir. Har bir bid’at zalolatdir», dedilar. So‘ngra yana: «Men mo‘minlarga o‘z nafsidan ham haqliroqman. Kim mol-dunyo qoldirsa, unga ahli haqliroqdir. Kim qarz yoki oila va bolalarini qoldirsa, (ularning mas’uliyati) menga va mening gardanimga», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 171/3. Ibroz ibn Soriyadan rivoyat qilingan 157-raqamli hadis ham bu bobga dalil qilinadi. 19-BOB Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 45 Yaxshi yoki yomon sunnat (yo‘l) qoldirish bayoni Alloh taolo: «Ular: «Parvardigoro, O’zing bizlarga jufti halol-larimizdan va zurriyotlarimizdan shod-hurramlik hadya etgin va bizlarni taqvodorlarga peshvo qilgin», deydigan kishilardir» (Furqon surasi, 74-oyat); «Yana ularni Bizning amrimiz bilan (kishilarni Haq yo‘lga) hidoyat etadigan peshvolar qildik» (Anbiyo surasi, 73-oyat), deb aytgan. 172/1. Abu Amr Jarir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Bizlar kunning o‘rtasida Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida edik. Yalang‘och, jundan to‘qilgan kiyimlar yoki choponlarini teshib boshlaridan o‘tkazib olgan bir qavm keldi. Ularning aksarlari, balki barchalari Muzar qabilasidan edi. Ulardagi muhtojlikni ko‘rib Rasululloh (s.a.v.)ning chehralari o‘zgarib ketdi. Uylariga kirib ketdilar. So‘ngra chiqib Bilolga (r.a.) azon va iqomat aytishni buyurdilar. Keyin namoz o‘qib, quyidagicha xutba qildilar: «Ey odamlar! Sizlarni bir jondan yaratgan va undan uning juftini yaratib, ikkovlaridan ko‘plab erkagu ayollarni tarqatgan Rabbingizdan qo‘rqinglar! Nomini ishlatib, bir-biringizdan so‘rovda bo‘ladiganingiz Allohdan va qarindoshlik (aloqalari)dan qo‘rqing. Albatta Alloh ustingizdan kuzatuvchi Zotdir. Ey imon keltirganlar! Allohga taqvo qilinglar! Har kim ertalik kun uchun nima qilganini ko‘rib qo‘ysin. Kishi dinoridan, dirhamidan, kiyimidan, bir so’ bug‘doyidan, bir so’ xurmosidan, hattoki agar xurmoning yarmini berib bo‘lsa ham, sadaqa qilsin», dedilar. Ansoriylardan bo‘lgan bir kishi xaltada kumush olib keldi. Qo‘li uni ko‘tarishga ojizlik qilay, derdi. Balki ojiz qoldi ham. Keyin odamlar birin-ketin narsa olib kelishni boshlashdi, hattoki ovqat va kiyimlardan ikki uyum bo‘lganini ko‘rdim. Va yana Rasululloh (s.a.v.)ning (xursand bo‘lganlaridan) yuzlari oltin kabi yaraqlaganini ko‘rdim. U zot: «Kimki Islomda bir yaxshi sunnat (yo‘l) chiqarsa, savobi unga bo‘lib, yana undan keyin bu yo‘l bilan amal qilganlarning savobi ham yetur. (Bu bilan amal qilganlarning) savoblaridan biror narsa kamaytirilmaydi. Kimki Islomda yomon sunnat (yo‘l) chiqarsa, gunohi unga bo‘lib, yana undan keyin bu yo‘l bilan amal qilganlarning gunohi ham yetur. (Bu bilan amal qilganlarning) gunohlaridan biror narsa kamaytirilmaydi», dedil ar ». Imom Muslim rivoyatlari. 173/2. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Biror nafs zulm bilan o‘ldirilsa, u qonning gunohida Odam bolalarining birinchisi (Qobil)ning hissasi bordir. Chunki Qobil o‘ldirish odatini birinchi chiqargan kishidir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 20-BOB Yaxshilikka dalolat qilish va hidoyatga yoki zalolatga chaqirish bayoni Alloh taolo: «Siz (odamlarni ham yolg‘iz) Parvardigoringizga (ibodat qilishga) chorlang» (Qasos surasi, 87-oyat); «(Ey Muhammad), Parvardigoringizning yo‘li - diniga donolik-hikmat va chiroyli pand-nasihat bilan da’vat qiling» (Nahl surasi, 125-oyat); «Yaxshilik va taqvo yo‘lida hamkorlik qilingiz» (Moida surasi, 2-oyat); «Oralaringizdan yaxshilikka (Islomga) da’vat qiladigan jamoat bo‘lsin» (Oli- Imron surasi, 104-oyat), deb aytgan. Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 46 174/1. Abu Mas’ud Uqba ibn Amr al-Ansoriy al-Badriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim yaxshilikka dalolat qilsa (yo‘naltirsa), unga amal qiluvchining savobidek ajr yoziladi», de dil ar. Imom Muslim rivoyatlari. 175/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim hidoyatga chaqirsa, ergashuvchi kishining savobidek unga ham ajr bo‘ladi. (Bu bilan amal qilgan kishining) savobidan biror narsa kamaymaydi. Kimki zalolatga chaqirsa, ergashuvchi kishining gunohidek unga gunoh yoziladi. (Bu bilan amal qilgan kishining) gunohidan biror narsa kamaymaydi» dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 176/3. Abu Abbos Sahl ibn Sa’d as-So’idiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Xaybar kuni: «Ertaga bu bayroqni bir kishiga beramanki, Alloh taolo u kishining qo‘lida (mamlakatni) fath qiladi. U Alloh va rasulini yaxshi ko‘radi. Uni ham Alloh va rasuli yaxshi ko‘radi», deganlarida, kishilar u bayroqni qaysi birlariga berilishi haqida kechasi gaplashib chiqishdi. Qachonki, tong otganida kishilar Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga yetib kelishdi. Barchalari bayroqni o‘zlariga berilishini umid qilishar edi. Rasululloh (s.a.v.) «Ali ibn Abu Tolib qaerda?» deganlarida, ular: «Ey Allohning rasuli, uning ko‘zi og‘riyapti», deyishdi. U zot: «Meni uning oldiga olib boringlar», dedilar. Bas, u zot olib borilganida, Alining (r.a.) ko‘zlariga muborak tupuklarini surtib duo qildilar. Bas, u kishi xuddi og‘riq bo‘lmagandek tuzalib ketdilar. Va bayroq u zotga berildi. Shunda Ali (r.a.): «Ey Allohning rasuli, ular biz kabi (musulmon) bo‘lmagunlaricha urushavermaymi?» deganlarida, Rasululloh (s.a.v.) «Sen ularning turgan joylarigacha oxista yurib bor. Keyin ularni Islomga chaqir. Va Allohning haqqidan vojib bo‘lgan narsalarning xabarini ber. Allohga qasamki, Alloh taolo sen sababli bir kishini hidoyat qilmog‘i qizil tuyadan ham yaxshiroqdir», dedilar. (Qizil tuya o‘sha paytda arablardagi eng qimmatbaho buyum bo‘lgan.) Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 177/4. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Aslam qabilasidan bo‘lgan bir yigit: «Ey Allohning rasuli, men g‘azotga (urushga) borishni xohlayman-u, lekin unga tayyorgarligim yo‘q», deganida, u zot: «Falonchi kishiga borgin, u urushga tayyorgarlik qilgan-u, ammo kasal bo‘lib qoldi», dedilar. Yigit haligi kasal kishi huzuriga borib: «Rasululloh (s.a.v.) senga salom yo‘lladilar va tayyorgarlik qilib qo‘ygan narsangni menga berishingni aytdilar», deganida, u kishi xotiniga: «Ey falonchi, men tayyorlab qo‘ygan narsani bu yigitga berib yubor. Undan biror narsani olib qolmagin. Allohga qasamki, undan biror narsa olib qolsang, baraka berilmas», dedi. Imom Muslim rivoyatlari. 21-BOB Yaxshilik va taqvo yo‘lida bir-biriga yordam berish bayoni Alloh taolo: «Yaxshilik va taqvo yo‘lida hamkorlik qilingiz» (Moida surasi, 2-oyat); «Asr (vaqti)ga qasamki, (barcha) inson ziyon-baxtsizlikdadir. Faqat imon keltirgan va yaxshi amallar qilgan, bir-birlariga Haq (yo‘li)ni tavsiya etgan va bir-birlariga (mana shu Haq yo‘lida) sabr-toqat qilishni tavsiya etgan zotlargina (najot topguvchidirlar)» (Val-asr surasi, 1-3-oyatlar), deb aytgan. Imom Shofe’iy: «Albatta kishilarning ko‘plari bu surani tadabbur qilishdan g‘aflatdadirlar», degan ma’noda so‘z aytganlar. 178/1. Abu Abdurahmon Zayd ibn Xolid al-Juhaniydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kimki Allohning yo‘lida urushga chiquvchi kishini (kerakli narsalar bilan) ta’minlasa, g‘azot qiluvchi kishidek savobga ega bo‘ladi. Kimki urushga ketgan mujohidning ahliga yaxshilik bilan o‘rinbosar bo‘lsa (ya’ni, uning bola-chaqasidan xabar Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 47 olib, xizmatlarini qilib tursa), u ham o‘sha kishidek savobga ega bo‘ladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 179/2. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Bani Lahyon qabilasiga Huzayl qabilasidan bir guruhni jo‘natayotib: «Har ikki kishilik (uydan) birini jo‘natsin. Ular oralarida savob barobardir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 180/3. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Ravho degan joyda bir to‘da otliq kishilarga yo‘liqib: «Kim bu qavm?» deganlarida, ular: «Biz musulmonlarmiz, o‘zingiz kimsiz?» deyishdi. U zot: «Allohning rasuliman», dedilar. Bir xotin yosh go‘dakni ko‘tarib: «Buning uchun ham haj bo‘ladimi?» dedi. Rasululloh (s.a.v.) «Ha, (unga haj bo‘lib) senga ajr bo‘ladi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 181/4. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Mukammal holatda xushvaqtlik bilan tayin qilingan shaxsga (omonatni) berib, buyurilgan narsani bajaruvchi ishonchli, xazinachi musulmon sadaqa qiluvchilarning biridir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 22-BOB Nasihat xususida Alloh taolo: «Mo‘minlar hech shak-shubhasiz og‘a-inilardir» (Hujurot surasi, 10-oyat), deb aytdi. Va yana Nuh alayhissalom haqlarida: «Men sizlarga nasihat qilaman» (A’rof surasi, 62-oyat), deganlarining hamda Hud alayhissalom haqlarida: «Men sizlar uchun ishonchli nasihat qiluvchiman», deb aytganlarining xabarini berdi (A’rof surasi, 68-oyat). 182/1. Abu Ruqayya Tamiym ibn Avs ad-Doriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.) «Din xayrixohlikdir», deganlarida, biz: «Kim uchun, ey Allohning rasuli?» deb aytdik. Shunda u zot: «Allohga, Uning kitobiga, rasuliga, musulmonlar imomiga va ommasiga», deb aytdilar». Imom Muslim rivoyatlari. (Allohga bo‘lgan xayrixohlik - Unga imon keltirib, aytganlarini qilib, qaytariqlaridan qaytish. Kitobiga bo‘lgan xayrixohlik -undagi narsalarga bo‘ysunib, tilovat qilish. Rasuliga bo‘lgan xayrixohlik - u olib kelgan risolatni tasdiqlash. Musulmonlar imomiga bo‘lgan xayrixohlik - haq yo‘lda bo‘lsalar, ularga yordam berib, itoat qilish. Ommaga bo‘lgan xayrixohlik - ularga amru-ma’ruf, nahiy-munkar qilib hamda aziyat bermaslik bilan bo‘ladi... - tarj.) 183/2. Jarir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.)ga namozni qoim qilishga, zakot berishga va barcha musulmonlarga nisbatan xayrixoh bo‘lishga bay’at qildim». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 184/3. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Sizlardan biringiz o‘z nafsi uchun yaxshi ko‘rgan narsasini birodari uchun ham yaxshi ko‘rmagunicha mo‘min bo‘la olmaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 23-BOB Yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarish bayoni Alloh taolo: «Oralaringizdan yaxshilikka (Islomga) da’vat qiladigan, ibodat-itoatga buyuradigan va isyon-gunohdan qaytaradigan bir jamoat bo‘lsin. Ana o‘shalar najot topguvchilardir» (Oli Imron surasi, 104-oyat); Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 48 «(Ey ummati Muhammad), odamlar uchun chiqarilgan millatlarning eng yaxshisi bo‘ldingiz. Zero, siz yaxshi amallarga buyurasiz, yomon amallardan qaytarasiz» (Oli Imron surasi, 110-oyat); «(Ey Muhammad), marhamatli bo‘ling, yaxshilikka buyuring va johillardan yuz o‘giring» (A’rof surasi, 199-oyat); «Mo‘min va mo‘minalar bir-birlariga do‘stdirlar. Ular yaxshilikka buyuradilar, yomonlikdan to‘xtatadilar» (Tavba surasi, 71-oyat); «Bani Isroil orasidan kofir bo‘lgan kimsalar Dovud va Iso ibn Maryam tilida la’natlangandirlar. Bunga sabab ularning qilgan isyonlari va tajovuzkor bo‘lganlaridir. Ular bir-birlarini qilgan noloyiq ishlaridan qaytarmas edilar. Bu qilishlari naqadar yomon ish» (Moida surasi, 78-79-oyatlar); «Ayting, (Bu Qur’on) Parvardigoringiz tomonidan (kelgan) haqiqatdir. Bas, xohlagan kishi imon keltirsin, xohlagan kimsa kofir bo‘lsin» (Kahf surasi, 29- oyat); «Bas, siz o‘zingizga buyurilgan ishni (ya’ni, haq dinga da’vat qilishni) yuzaga chiqaring» (Hijr surasi, 94-oyat); «Bu gunoh ishdan qaytargan zotlarga najot berdik va zolim kimsalarni itoatsiz bo‘lganlari sababli qattiq azob bilan ushladik» (A’rof surasi, 165-oyat), deb aytgan. 185/1. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kimki nojo‘ya, yaramas ishni ko‘rsa, qo‘li bilan o‘zgartirsin. Agar unga qodir bo‘lmasa, tili bilan o‘zgartirsin. Agar unga ham qodir bo‘lmasa, qalbi bilan o‘zgartirsin. Mana shu (uchinchisi) imonlarning zaifidir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 186/2. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Mendan oldingi ummatga Alloh taolo biror payg‘ambarni yuborsa, ummati ichida uning izdoshlari va ashoblari bo‘lib, uning sunnatiga amal qilib, buyruqlariga bo‘ysunishar edi. Ulardan keyin o‘rinbosarlar kelib, o‘zlari qilmagan narsani (xalqqa) so‘zlab va buyurilmagan ishlarni (o‘zlari) qilar edi. Kimki ularga qo‘li bilan jihod qilsa, u mo‘mindir. Kimki ularga tili bilan jihod qilsa, u ham mo‘mindir. Kimki ularga qalbi bilan jihod qilsa, u ham mo‘mindir. Lekin bu (uchinchisining) ortida xantal urug‘icha ham imon yo‘qdir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 187/3. Abulvalid Uboda ibn Somitdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.)ga osonligu qiyinchilikda, rohatda-yu kulfatda, bizdan boshqani ortiq ko‘rilsa ham, ishlarni o‘z ahliga topshirib tortishmaslikka bay’at qildik. Lekin Alloh tomonidan va o‘zingiz tomondan uning kofirligiga ochiq-oydin hujjat borligi ko‘rilsa, unday emas. Va yana malomatchining malomatidan Alloh yo‘lida qo‘rqmasdan qaerda bo‘lsa ham, haqni aytishga ham bay’at qildik». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 188/4. No‘‘mon ibn Bashirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Alloh man qilgan narsalardan saqlanuvchi va uni tortinmay qilib yuruvchining misoli xuddi bir jamoaga o‘xshaydi. Ular kemani minishda qur’a tashlashadi. Ba’zilari hissasiga tepa qismi va ba’zilariga past qismi tushadi. Past qismidagilar suv olish uchun tepadagilar oldidan o‘tadilar. (Bundan ozorlanib) «Agar biz suvdan o‘z nasibamizni olish uchun pastdan teshib olsak, tepamizdagilarga ozor bermas edik», deyishardi. Agar tepadagilar pastdagilar xohlagan narsani shundayicha qo‘yib qo‘ysalar, barchalari halok bo‘lishadi. Agar ularni bu fikrlaridan to‘xtatishsa, o‘zlari ham, qolganlari ham najot topishadi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. (Agar kishi o‘zi solih bo‘lib, ahli va bolalari hamda unga ergashuvchilar shariatga xilof ishni qilishsa, barchalari Allohning azobiga barobar doxil bo‘lishadi. Chunki kemaga tushganning joni bir-da ... - tarj.) 189/5. Ummu Salama Hind binti Abu Umayya Huzayfadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 49 Rasululloh (s.a.v.): «Sizlarga amirlar boshliq qilinadi. Sizlar ularning ba’zi amallarini shariatga muvofiq va ba’zisini muxolif topasizlar. Kimki ularni yomon ko‘rsa, o‘zini oqlabdi. Kimki ularni inkor qilsa, omonda bo‘libdi. Lekin kimki ular qilayotgan ishlarga rozi bo‘lib ergashsa (gunohkor bo‘libdi)», deganlarida, sahobalar: «Ey Allohning rasuli, unday bo‘lsa, ular bilan urushaylikmi?» deyishdi. Rasululloh (s.a.v.): «Yo‘q, modomiki, oralaringizda namozni qoim qilishar ekan (urushmanglar)», de dil ar. Imom Muslim rivoyatlari. (Ya’ni, kimki qalbi bilan karih ko‘rib, qo‘li va tili bilan inkor qilishga qodir bo‘lmasa, gunohlardan o‘zini oqlab, vazifasini ado qilibdi. Kimki toqati yetganicha inkor qilsa, bu gunohlardan omonda bo‘libdi. Endi kimki ularning amallaridan rozi bo‘lib, ularga ergashsa, gunohkor bo‘libdi.) 190/6. Ummul Hikam Zaynab binti Jahshdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) bu onamiz huzurlariga qo‘rqqan va tashvishlangan holatda kirib kelib: «La ilaha illalloh (taajjublanilganda shunday deyiladi), yaqinlashib qolgan yomonlikdan arablarning holiga voy. Bu kunda Ya’juj va Ma’juj to‘sig‘idan mana shuncha ochilgandir», deb bosh barmoq bilan uning yonidagi ishora barmoqlarini xalqa qilib ko‘rsatdilar. Shunda bu onamiz: «Ey Allohning rasuli! Oramizda solihlar bo‘lsa ham, (ana shu kunda) halok bo‘lamizmi?» deganlarida, u zot: «Ha, qachonki, yomon ishlar ko‘payib ketsa (yaxshilar ko‘p bo‘lsa ham, umumiy halokat yuzaga keladi)», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 191/7. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Yo‘l bo‘yida o‘tirishdan saqlaninglar», deganlarida, sahobalar: «Ey Allohning rasuli, buning chorasi yo‘qdir. Chunki biz o‘tirib suhbatlashamiz», deyishdi. Rasululloh (s.a.v.): «Agar bunga ko‘nmasangizlar, o‘tiringlar-u faqat yo‘lning haqqini ado etinglar», dedilar. Sahobalar: «Ey Allohning rasuli! Yo‘lning haqqi nima?» deyishganida, Rasululloh (s.a.v.) «Ko‘zni nomahramlarga qaratishdan tiyish, o‘tuvchilarga aziyat bermaslik, salomga alik olish, yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarish», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 192/8. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) bir kishining qo‘lida tilladan bo‘lgan uzukni ko‘rib, uni yechib oldilar-da, uloqtirib yubordilar. Va: «Sizlardan biringiz bilib turib olovdan bo‘lgan cho‘g‘ni taqib oladi-ya», dedilar. Rasululloh (s.a.v.) ketganlaridan keyin odamlar haligi kishiga: «Uzugingni olib, undan boshqa yo‘l bilan foydalangin», deyishganida, bu kishi: «Yo‘q, Allohga qasamki, Rasululloh (s.a.v.) uloqtirgan narsani hecham olmayman», dedi. 193/9. Abu Said Hasan al-Basriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Oiz ibn Amr (r.a.) Ubaydulloh ibn Ziyodning huzuriga kirib: «Ey o‘g‘ilcham, men Rasululloh (s.a.v.)dan eshitganman. Albatta boshliqlarning yomoni qo‘l ostidagilarga ozor yetkazadiganidir. Sen ana shunaqa bo‘lishdan chetlangin», dedilar. U: «O’tirgin, sen Muhammad alayhissalomning kichik (ya’ni, elakdan o‘tkazilmagan) sahobalaridansan», dedi. U zot esa: «Ularning kichigi bo‘lganmi? (Sahobalarning hammalari sof bo‘lishgan), balki ulardan keyin va boshqalarda kichigi, degan narsa paydo bo‘lgan», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. (Alloh sahobalardan rozi bo‘lsin, ularning barchalari sof edilar. Imom Husanning qotillari Ubaydulloh Ibn Ziyoddek zolimning oldida ham haqni gapirishdan hech narsa to‘xtata olmas edi... -Tarj.) 194/10. Huzayfadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Mening jonim Uning qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytaringlar. Bunday qilmaydigan bo‘lsangizlar, Alloh taolo sizlarga bir baloni yuboradi. So‘ngra duo qilsangizlar, duolaringiz qabul qilinmaydi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 195/11. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Jihodlarning |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling