Abulla Avloniy bosib o`tgan hayot yo`li


Download 10.92 Kb.
Sana11.05.2023
Hajmi10.92 Kb.
#1454502
Bog'liq
Abdulla Avloniy


Abulla Avloniy bosib o`tgan hayot yo`li.
XIX asr oxiri XX asr boshidagi ozbek milliy madaniyatining mashhur vakillaridan biri ma`rifatparvar shoir , dramaturg, jurnalist , olim , davlat va jamoat arbobi Abdulla Avloniydir. Shoir 1878 – yilning 12 iyulida Toshkentning Mergancha mahallasida , to`quvchi Miravlon aka oilasida dunyoga keldi. Bolaligi Mirobod mahallasing egri bugri ko`chalarida , ko`pchilik qismini ruslar tashkil qilgan temir yo`l ishchilari bolalari orasida kechdi. O`qchidagi eski maktabda, so`ng madrasada o`qidi. Arab , fors , rus tillarini o`rgandi. Orenburg , Qozon , Tiflisda chiqib turgan gazeta – jurnallarni kuzatib bordi. Qisqa muddat ichida u ma`rifatparvar sifatida tanildi va o`lkadagi ijtimoiy – madaniy harakatchilikning faol namoyondalaridan biriga aylandi.
XX asr boshlarida Turkiston madaniy hayotida yuz bergan eng muhim o`zgarishlardan biri maktab o`quv ishlarida o`zgarish bo`ldi. Avloniy bu davrda jadidchilik harakatiga qo`shilib , Toshkentdagi jadidlarning faol ishtirokchilaridan biri bo`lib tanildi. Avloniy 1904 – yilda Mirobodda , so`ngroq Degrezliqda xuddi shunday yangi maktab ochdi.
1909- yilda maktab maorif ishlariga yordam beruvchi “Jamiyati xayriya “ ochib , yetim bolalarni o`qitdi. Avloniy maktabi gumanistik va erkin tarbiya asosiga qurilgan , dunyoviy va ilg`or ilm – fanni bolalarga o`rgatishni o`z oldiga asosiy vazifa qilib qo`ygan , yoshlarni mamlakatning ijtimoiy – siyosiy hayotiga aralasha olish qobiliyatiga ega bo`lishini ta`minlaydigan xaqiqiy xalq maktabi bo`ldi. Adib bu maktablar uchun darsliklar tuzdi.
Adib Vatan muhabbatini uning uchun kurashmoqni eng yaxshi insoniy xulqlardan hisobladi . Vatan – bu har bir kishining tug`ilib o`sgan shahar va mamlakatidir. Uni qadrlamoq , sevmoq , yashartirmoq kerak. Shoir Vatan va unga muhabbat esa, har bir kishining o`z xalqiga bo`lgan muhabbatidir. “ Har bir millatning dunyoda borlig`ini ko`rsatadurgon oyinai hayoti til va adabiyotidir. Milliy tilni yo`qotmaslik millatning ruhini yo`qotmakdur. " Oʻrta Osiyo ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotida muhim orin tutgan jadidchilik harakati, adabiyoti va san’atining yirik namoyondalaridan biri bolmish Abdulla Avloniy milliy teatr va musiqa san’ati ravnaqi, xalqimizni ma’naviy qashshoqlikdan qutqarish, umumxalq madaniyatini yuksaltirish yoʻlida faol ish olib borgan siymolardandir.
Soy'lagan kimdur dahoningdan azal asrorini,
Nag'mang ochgay elni afkorik tuzar jontorini.
Ya’ni musiqa ilohiyat bilan bevosita bogliq bolgan mo’jiza. Insonga yaratguchining sirini sozlagan kim? Albatta, nagma. Chunki nagma – xalqning tafakkurini ochadi, jonlarning-jamiyatning bemor vujudini davolaydi, jon tomirini tuzatadi. Sababi, nagmasoz (sozanda, bastakor) qudsiy-ilohiy poklik sozini aytib, inson va jamiyat vujudiga quvvat beradi, chunki, Hijron sozlari (shoirning taxalluslaridan biri) xasta xalq ruhini davolovchi ohang-sado-kuydir.
Abdulla Avloniy shoir sifatida o`nlab , yuzlab she`rlar bitgan. Ular xoh eski urf – odatlar haqida bo`ladimi , xoh muhabbat yoki maktab – maorif haqida bo`ladimi , hamma hammasi inson va tarbiya , axloqiy go`zallik va ma`naviy boylik haqida kuylaydi. Shuning uchun ham uning she`rlarida xalq didaktikasi bilan yangi zamon pedagogikasi uyg`unlashib ketadi. Jumladan , “ O`z mamlakatimizda “ she`rida maishat uchun pul – boyliklari isrof etgan , ammo bola tarbiyasi uchun ko`zi qiymagan xasislari “ Ilm uchun pulni ko`zlari qiymas “ ligini qoralaydi. Yoki “Maktab” she`rida
Maktab misli tillo qilur , Maktab bizni mullo qilur .
Deyish orqali maktab imson uchun zulm, nohaqlik , adolatsizlik xalos etuvchi , najot yo`li deb biladi. Ayniqsa , uning “Adabiyot “ 1915 yilgi kitobi bu jihatdan alohida ajralib turadi. Xullas , Abdulla Avloniy yozganidek ,
Fikr agar yaxshi tarbiyat topsa, Xanjar olmosday bo`lur o`tkir.
Download 10.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling