Abulqosimov h. P., Muminov n. G
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
9JYP6FK7Ysicny4COFKL
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchidan
- Uchinchidan
Birinchidan,
xufyona iqtisodiyot ulushi katta bo‘lib, iqtisodiyotning dominant, norasmiy va g‘ayrihuquqiy munosabatlar muhim o‘rin tutuvchi sektoriga aylanib bormokda. Ba’zi MDH mamlakatlarida davlat apparatining yoppasiga korrupsiyalashgani, huquq va sud tizimi rolining sustligi, ularning ma’muriy apparatiga, yashirin moliyaviy kapitalga tobeligi bugungi kunning real voqeligidir. Ikkinchidan, iqtisodiyotda moliyaviy guruhlar (klanlar) shakllandi. Ular yirik kapital qo‘yilmalarini boshqaradigan davlat hokimiyati organlari «qanoti» ostida bo‘lgan hokimiyat xo‘jalik tuzilmasi bo‘lib, keng ko‘lamdagi tadbirkorlik (eng avvalo, tijorat) faoliyati bilan shug‘ullanadilar. O‘z faoliyati bilan bu moliya guruhlari bozorda, asosiy tovar guruhlari bozorida va, ayniqsa, tashqi savdoda raqobat kurashini cheklaydilar. Yashirin moliya kapitalining iqtisodiyotdagi monopol hukmronligi orqali o‘ta katta daromadlar olishining yana bir oqibati – aholining katta qismi qashshoqlashib ketishidir. Uchinchidan, xufyona iqtisodiyot rivojlanishi oqibatida mamlakatning budjet tizimi buziladi, daromad va xarajatlarini taqiklash yoki kamaytirish, cheklashlar yuzaga keladi. Moliya kapitali guruhlari budjet mablag‘laridan katta daromadlar olish yo‘lida foydalanadilar, budjet mablag‘lari va davlat mulki bilan turli qing‘ir ishlarni amalga oshiradilar, bunday sharoitda davlat moliyaviy 22 Artikovich, A.S., Kurbandurdievich, M.K. (2020). THEORETICAL BASIS OF METHODS OF MEASUREMENT AND FUNCTIONING OF THE SHADOW ECONOMY. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24 (2), pp. 1360- 1370. https://www.psychosocial.com/article/PR200435/10137/. DOI: 10.37200/IJPR/V24I2/PR200435 muammolarni hal qilish uchun qarz mablag‘larini olishga majbur bo‘ladi. Shu bilan birga, bu voqelik iqtisodiyotning real sektori qisqarishiga, korxonalarning ko‘p qismi sinishiga va, oxir oqibatda, ularning deyarli 30 foizi bankrotlikka uchrashiga, uchdan ikki qismi esa bankrotlik ostonasiga kelib qolishiga olib keladi. Download 2.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling