Abulqosimov h. P., Muminov n. G


An’anaviy uyushgan jinoyatchilik


Download 2.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet117/147
Sana31.01.2024
Hajmi2.8 Kb.
#1829786
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   147
Bog'liq
9JYP6FK7Ysicny4COFKL

An’anaviy uyushgan jinoyatchilik (misol sifatida masalan, XVII 
asrdagi Karib dengizi qaroqchilarini yoki XVIII asr boshlaridagi Parij 
o‘g‘rilarining “qiroli” - mashhur Kartush to‘dasini eslash kifoya) 
butunlay 
zo‘ravonlikka asoslangan. Zamonaviy uyushgan 
jinoyatchilik asosan, “yo‘qotishlarsiz jinoyat” tarzida sodir etiladi – 
bu nafaqat jinoyatchilar, balki ularning xizmatidan foydalanuvchilar 
yutadigan faoliyatdir. 
Kriminologlar uyushgan jinoyatchilikning quyidagi asosiy 
tavsiflarini yakdillik bilan qayd etadilar: 
a) barqarorlik va uzoq muddatlilik; 
b) foydani maksimallashtirishga intilish; 
v) o‘z faoliyatini puxta rejalashtirish; 
g) mehnat taqsimoti, turli darajadagi rahbarlar va turli kasbdagi 
ijrochi – mutaxassislarga tabaqalashuv; 
d) pullik sug‘urta zahiralari (“umumiy jamg‘arma”)ni yaratish 
bo‘lib, ulardan jinoiy tashkilot ehtiyojlari uchun foydalaniladi. 
Bu barcha belgilar legal kapitalistik tadbirkorlikning o‘ziga xos 
173
Qarang: Вебер М. Развитие капиталистического мировоззрения // Вопросы 
экономики. 1993. № 8. С. 153, 158. 


xususiyatlarini to‘liq aks ettiradi
174
. O‘zining tashkiliy tarkibiga 
ko‘ra, zamonaviy mafiya
175
ham asosan, oddiy firmaga (yoki moliya-
sanoat guruhiga) o‘xshashdir. Shunday qilib, zamonaviy uyushgan 
jinoyatchilik mohiyatan alohida biznes tarmog‘i – oddiy 
fuqarolarning 
jamiyatga 
qarshi 
ehtiyojlarini 
qondirishga 
qaratilgan mohir jinoyatchilarning iqtisodiy faoliyati hisoblanadi. 
«Mafiya» atamasi odatda turli ma’nolarda va turli xildagi 
hodisalarni yoritish uchun qo‘llaniladi. Iqtisodiy tahlilda ushbu 
atamadan asosan bitimlarni tuzishda amalga oshiriladigan xatti-
harakatning alohida me’yorlari va namunalarini belgilash uchun 
foydalaniladi. Ya’ni, mafiya rasmiy tashkilot bo‘lmasada, xatti-
harakat va hukmdorlik munosabatlarining alohida xili hisoblanadi. 
Boshqacha aytganda, mafiya institut sifatida shaxslarga o‘zining 
iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy sohalardagi faoliyatini muvofiqlashtirish 
imkonini beruvchi o‘yin qoidalarining yig‘indisidir
176

Zamonaviy uyushgan jinoyatchilikni ko‘proq iqtisodiy hodisa 
sifatida talqin qilish hatto uyushgan jinoyatchilikning rasmiy 
ta’riflarida ham o‘z aksini topgan. Masalan, AQSh da 1968 yildagi 
Jinoyatchilik ustidan nazorat to‘g‘risidagi qonun uyushgan 
jinoyatchilikni qonun tomonidan taqiqlangan tovarlarni yetkazib 
berish 
va 
qonun 
taqiqlagan 
xizmatlar 
ko‘rsatish bilan 
shug‘ullanadigan “yuqori uyushgan va intizomli uyushma 
a’zolarining qonunga qarshi faoliyati” sifatida tavsiflaydi
177
. 1993 
yilda esa BMT Bosh kotibi “Uyushgan jinoiy faoliyatning jamiyatga 
ta’siri” ma’ruzasida uyushgan jinoyatchilikni noqonuniy tovarlar va 
xizmatlar yetkazib berish yoki qonuniy tovar va xizmatlarni noqonuiy 
174
Legal va nolegal iqtisodiy tashkilotlar belgilarning o‘xshashligi to‘g‘risida: 
Айдинян Р., Гилинский Я. Функциональная теория организации и организованная 
преступность. С. 63. См. также: Дадалко В. А., Румянцева Е. Е., Пешко Д. А.Теневая 
экономика и кризис власти: проблемы и пути решения. Минск, 2000. Гл. 2. 
175
«Mafiya» - bu ifoda Sitsiliyada tarixan vujudga kelgan va uzoq vaqt faqat Sitsiliya 
va Italiya-Amerika gangsterizmini belgilash uchun foydalanilgan bo‘lsada, ko‘pincha 
uyushgan jinoiy hamkorliklarni belgilash uchun umumiy tushuncha sifatida qo‘llaniladi. 
176
Qarang: Беркинов Б.Б. Институционал иқтисодиёт: ўқув қўлланма / Б.Б. 
Беркинов; ЎзР олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги, Тош. Давлат иқтисодиёт ун-ти, 
Институционал ва иқтисодий тадқиқотлар маркази. – Т.: Yangi nashr, 2011. – 70-бет. 
177
Никифоров А. С. Гангстеризм в США: сущность и эволюция. М., 1991. С. 
127. 


shaklda taqdim qilish uchun jinoyatchilarning iqtisodiy asosda 
birlashgan faoliyati sifatida ta’rifladi
178

Nima uchun taqiqlangan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish 
bilan shug‘ullanadigan mohir jinoyatchilar mustaqil yolg‘izlarning 
tinch hayotiga olib bormay, balki uyushgan hamkorlikni yaratadilar? 
Eng avvalo, uyushganlik jinoyatchilarga zarur bo‘ladi, bunda 
ularning faoliyati mehnat taqsimotini talab qiladi. 
Iqtisodiy nuqtai nazardan jinoiy faoliyat ikki tarkibiy qismdan 
shakllanadi: 
1) «qayta taqsimlash jinoyatchiligi» - qandaydir ishlab 

Download 2.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling