Abulqosimov h. P., Muminov n. G
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
9JYP6FK7Ysicny4COFKL
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10.4. Terrorizm iqtisodiy nazariyasi va uning oqibatlari
10.3.1-jadval Narkotik moddalar noqonuniy savdosining asosiy ko‘rsatkichlari 199 Noqonuniy giyohvand moddalar ishlab chiqarish hajmlari 35 mln. kishi giyohvandlik kasalliklaridan aziyat chekadi Geroin - 100 -110 mlrd. dollar 7 kishidan faqat bittasi davolanadi Kokain - 110-130 mlrd. dollar Opium iste’molchilari soni 53 mlnga baholanmoqda-bu oldingi taxminlarga qaraganda 56%ga ko‘p Ko‘knori - 75 mlrd. dollar Giyohvand 585 ming kishining uchdan ikki qismi 2017 yilda vafot etdi Sintetik dorilar 60 mlrd. dollarga baholangan Giyohvand moddalar sanoatining umumiy noqonuniy ishlab chiqarish hajmi taxminan 360 mlrd. dolarni tashkil etadi 11 mln. giyohvandlardan 1,4 mln. nafari OIV bilan 5,6 mln nafari gepatit S bilan kasallangan 10.4. Terrorizm iqtisodiy nazariyasi va uning oqibatlari Terrorizm (lot. terror - qo‘rqinch, dahshat) - siyosiy raqiblarni, muxoliflarni yo‘qotish yoki qo‘rqitish, aholi o‘rtasida vahima va tartibsizliklar keltirib chiqarish maqsadidagi zo‘ravonlik harakatlari (ta’qib qilish, buzish, garovga olish, qotillik, portlatish va boshqalar). Terrorizm yakka tartibdagi va guruhli terrorizm (mas., ekstremistik siyosiy to‘dalarning harakatlari kabi) toifalarga bo‘linadi. Siyosatshunoslikda davlat terrorizmi tushunchasi ham qo‘llanadi (diktatorlik va totalitar rejimlarning repressiyalari). Terrorizm o‘rta asrlardan boshlab barcha mintaqa va mamlakatlarda uchrab turgan. 199 Mualliflar tomonidan tuzilgan Lekin o‘tgan asrning oxirlaridan uning yangi ko‘rinishlari vujudga keldi (chet el davlatlari va hukumatlari rahbarlarini, ularning diplomatik vakillarini o‘ldirish yoki o‘g‘irlash, elchixonalar, missiyalar, xalqaro tashkilotlarning binolarini portlatish, aeroportlar va vokzallarda portlashlar sodir etish, havo kemalarini olib qochish, odamlarni garovga olish va h.k.). Xalqaro terrorizm keng tarqalib, terrorizm oshkora siyosiy tus ola boshladi. Terrorchilar ayrim mamlakatlar hukumati va unga yaqin tuzilmalardan madad oladigan hollar yuzaga keldi. Ular tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi ortdi. Terrorchilar qo‘liga yadroviy, kimyoviy, biologik qurol tushib qolishi xavfi kuchaydi, elektron terrorchilik paydo bo‘ldi. Ko‘p hollarda terrorizm diniy ekstremizm, narkobiznes, separatizm bilan bog‘likligi, chatishib ketishi kuzatila boshlandi. Download 2.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling