Abuzalova M


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar


Download 2.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/155
Sana04.11.2023
Hajmi2.58 Mb.
#1747415
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   155
Bog'liq
Abuzalova

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar 
1. Jahon tilshunosligining rivojlanishiga turtki bo‘lgan omillarni sanang. 
2.Tilshunoslik taraqqiyoti tarixida qanday oqimlar paydo bo‘lgan edi?
3.Tilshunoslik fanining tarkibiy qismlarini sanang. Ularning o‘xshash va 
farqli tomonlari nimada?


28 
4. “Tilshunoslikka kirish” kursining vazifasi nimalardan iborat? 
5. Nima uchun til ijtimoiy hodisa hisoblanadi?
6. “Naturalistik oqim” haqida batafsil ma’lumot bering. 
7. Tilning boshqa ijtimoiy hodisalardan asosiy farqi nimada? Misollar 
asosida tushuntiring. 
8. Til bajaradigan asosiy funksiyalar haqida ma’lumot bering. 
9. Tilning falsafiy masalalari nimalardan iborat? 
10.Dialektik kategoriyalarning har biriga alohida ta
v
sif yozing va ularni til 
birliklariga tatbiq etishga harakat qiling. 
Foydalanish uchun adabiyotlar: [1; 10; 11; 24; 27; 28; 38; 47; 63] 
 
TIL VA TAFAKKUR MASALALARI 
Reja: 
1.Til va tafakkurning o‘zaro bog‘liqligi. 
2.Mantiq va tilshunoslik. 
3.Umumiy xulosalar. 
Mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalar 
Til va tafakkur, ong, bilish, mantiqiy kategoriyalar, grammatik 
kategoriyalar, aqliy bilish, hissiy bilish, mantiqiy va til kategoriyalarining 
mos tushish va tushmaslik hodisasi 
Ki har ishniki qildi odamizod,
Tafakkur birla qildi oni bunyod. 
(Mir Alisher Navoiy) 
Inson tafakkuri, zakovati eng oliy ne’matdir. Fikrlash qobiliyati
uning barcha muvaffaqqiyatlari asosi bo‘lib keldi. Tafakkur orqaligina u
obyektiv borliqni taniy boshladi, mantiqiy bilishga erishdi. Inson ong-u
shuuri shu qadar murakkab oliy mahsulki, voqelikni idrok etish, qabul
qilish jarayonini boshqaradi. Ong, tafakkur haqida fikr yuritar ekanmiz, 
bu murakkab insoniy hodisalarning nutq bilan, kishi, xalq tili bilan
chambarchas bog‘liq ekanligini, tilsiz tafakkur va tafakkursiz til mavjud


29 
emasligini yana bir karra uqtirishimiz zarur. Shuning uchun faylasuflar 
haqli ravishda: “Til fikrning bevosita voqe bo‘lishidir,” deb ta’kidlaydilar. 
Til va tafakkur munosabati tilshunoslik fanining asosiy masalalaridan 
biri sanaladi. Tilsiz fikrni ifodalash mumkin bo‘lmaganidek, tafakkursiz til 
o‘z ifodasini shakllantira olmaydi. Shular bilan bog‘liq yana falsafiy, 
psixologik ong tushunchasi ham mavjud. Ong ijtimoiy-psixologik hodisa 
bo‘lib, insonning fikrlash qobiliyatini boshqaradi. Ong biologik hodisa 
bo‘lib, mantiqiy fikriy faoliyatni o‘z ichiga oladi. Ong – voqelikning kishi
miyasida uning butun ruhiy faoliyatini o‘z ichiga olgan va ma’lum
maqsadga yo‘nalgan holda aks etishi. Ong inson miyasiga berilgan 
mo‘jiza, sirli qobiliyatdir. Inson haligacha mukammal ong uskunasini 
yarata olgan emas. Xotirasi odamdan o‘nlab-yuzlab baravar ortiq bo‘lib, 
hatto 
yuzlab 
kattalik 
(gigabayt, 
megabayt)larni 
tashkil 
etuvchi 
kompyuterlarda ham ong – mustaqil fikrlash qobiliyati –yo‘q, ular inson 
ongi, ya’ni ularga yuklagan dasturni, ya’ni amaliyotlar algoritmini bajaradi, 
inson yukini ko‘taradi, yengillashtiradi, xolos. 
Ong – bilish: obyektiv voqelikning inson miyasida aks etish
jarayonida voqelanadi. Demak, ong tafakkurdan ham katta hodisa
tushunchadir. Tafakkur – bilishning eng yuqori bosqichidir. Bilish bu 
obyektiv voqelikning inson ongida aks etish jarayonidir. Fanda ikki xil 
bilish farqlanadi:
1. Sezgilar orqali bilish. 
2. Aqliy bilish va tafakkur
9

Hissiy bilishda tashqi olamni sezgi a’zolarimiz orqali bilib olamiz. 
Bunday bilish hayvonlarda ham rivojlangan. Aqliy bilish esa insonlarga 
xos bo‘lib, tashqi olamni faqatgina his qilib qolmay, balki har bir hodisa, 
predmet, jarayonlarini fahmlaydi, ularni qayta ishlaydi, fikr yuritadi, 
xulosalaydi, tushunchaga ega bo‘ladi. Mana shu jarayon tafakkurdir. 
(Muayyan mantiqiy bilish – voqelikning inson ongida haqqoniy
(adekvat) va puxta tasavvur etilishida asosiy rol o‘ynaydi.) “Tafakkur
yordami bilan voqelikning umumiy tomonlarini aks ettirish orqali biz
9
Хайруллаев М., Ҳақбердиев М. Мантиқ.– T., 1993.–11– 12- б.; Туленов Ж., Ғафуров З. Фалсафа. –T., 1997.


30 
yakka, konkret predmetlar mohiyatini ham bilib olamiz. Tafakkur orqali
biror narsani bilish uchun avvalo u haqda tushuncha hosil qilish zarur.
Ongimizda predmet haqida tushuncha hosil qilishda umumiy qonun yoki
umumiy tushunchadan foydalaniladi. Masalan, suv molekulasi ikki 
molekula vodorod va bir molekula kislorod atomlaridan iborat bo‘lgan
murakkab kimyoviy modda ekanligini bilamiz. Bu o‘rinda “murakkab 
kimyoviy modda”, “vodorod” va boshqa shu kabi tushunchalardan
foydalanib, hodisani umumiy qonunlarga moslashtiramiz”
10

Demak, tafakkur oliy bilish, fahm, idrok kabi tushunchalar bilan uzviy 
bog‘liq bo‘lib, bilishning mahsuli sanaladi. Tafakkur – miyaning oliy 
mahsuli. Tafakkur kishilarning ijtimoiy ishlab chiqarish faoliyati 
jarayonida paydo bo‘ladi. U insoniyat jamiyatiga xos bo‘lgan mehnat va 
nutq faoliyati bilan chambarchas bog‘liq holdagina mavjuddir. 
Tafakkurning voqelikni bevosita aks ettirish qobiliyati insonning xulosa 
chiqarishga, isbotlashga bo‘lgan qobiliyatida ifodalanadi. Bu qobiliyat 
bilish imkoniyatlarini kengaytiradi. Inson tafakkuri turli fanlar (mantiq, 
psixologiya, gnoseologiya, kibernetika va sh.k.) tomonidan turli usullarda 
o‘rganiladi. Eksperimental tadqiqotlar orasida so‘nggi vaqtda tafakkurni 
turli kibernetik qurilmalar yordamida modellashtirish shaklida tadqiq qilish 
metodlari ancha keng rivojlangan. 
Biz yuqorida tafakkurni bilish, ong, idrok kabi tushunchalar bilan 
bog‘liq ekanligini qayd etdik. Tafakkur til bilan ham chambarchas aloqador 
ekanligini ham unutmaslik kerak. Uning til bilan munosabati, aloqadorligi 
tilshunoslik fanining o‘rganilish doirasiga ham kiradi. Har qanday fikr 
so‘zlarda o‘z ifodasini topadi. Fikrning voqeligi, uning mavjudligi tilda 
namoyon bo‘ladi. Biz istalgan predmet, voqea-hodisa haqida til vositasisiz, 
so‘z va gaplarsiz fikrimizni ifodalay olmaymiz. Til – bilish jarayonining 
muhim sharti. Tilsiz tafakkur mavjud bo‘lmaganidek, tafakkursiz til ham 
mavjud emas. Hech qanday ma’noga ega bo‘lmagan, faqat ma’lum 
tovushlar tizimidan iborat bo‘lgan so‘zlar muayyan tushunchani 
10
Хайруллаев М., Ҳақбердиев М. Мантиқ. –T., 1993.–11– 13- б. 


31 
ifodalamaydi, tasavvur ham hosil qilolmaydi. Va nihoyat, fikr ifodalash 
funksiyasini bajarmagan bunday so‘zlar nutq uchun xizmat qilolmaydi.
Insonning go‘dalikdan umrinig oxirgi kunigacha oladigan butun 
ta’limi so‘z va til vositasida amalga oshadi. Shuning uchun olimlar tilning 
ma’rifiy va ta’limiy–inson tafakkuri mahsulining avloddan avlodga 
yetkazish vazifasini alohida ajratadilar. Haqiqatan ham, biz ta’limni tilsiz 
tasavvur ham eta olmaymiz. Demak, til – bilish jarayonining muhim
sharti: ”…язык, ставший у людей главным средством получения

Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling