Abuzalova M


мы разграничиваем интеллектуальную деятельность и язык, то


Download 2.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/155
Sana04.11.2023
Hajmi2.58 Mb.
#1747415
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   155
Bog'liq
Abuzalova

мы разграничиваем интеллектуальную деятельность и язык, то
в действительности такого разделения нет… Язык народа
есть его дух, и дух народа есть его язык –трудно представить
что–либо более тождественное”
13
. 
 Xullas, til va tafakkur munosabati o‘zaro dialektik aloqadorlikda 
bo‘lib, birgalikda rivojlanish va ta’sir etish qonuniyatlariga amal qiladi. 
Dialektik aloqadorlikdagi bu ikki hodisa o‘zaro ajralmas, bir-birini taqozo 
etuvchi murakkab butunlikdir, shuning uchun ularni o‘rganuvchi fan 
sohalari ham zich aloqador, ajralmas, lekin bir emas. Demak, til qonunlari 
bilan tafakkur qonunlari bir-biriga teng kelmaydi. Til grammatikaning 
o‘rganish manbayi bo‘lsa, tafakkur logika (mantiq) ilmining manbayidir. 
Shunga ko‘ra mantiqiy kategoriyalar (tushuncha, subyekt, predikat, hukm 
va sh.k.) bilan grammatik kategoriyalar (so‘z, ega, kesim, to‘ldiruvchi….) 
farqlanadi. Mantiq birliklari umumiy, mavhumdir. Til birliklari, ayniqsa, 
nutqiy birliklar real, voqeiydir. Mantiqiy kategoriyalar umumiy
metodologik bo‘lganligi bilan tillardagi grammatik kategoriyalar o‘ziga 
xosdir. Chunonchi, rus tilida otlarning jonli va jonsizligini ifodalash 
kategoriyasi mavjudki, bu o‘zbek tili uchun xos hodisa emas. 
Одушевленные 
Неодушевленные 
 
Кто? 
 
она
 
Что? 
 
оно 
девочка 
стол 
кoтёнок 
книга 
Rus tilida rod kategoriyasi mavjud bo‘lib, u mantiqiy jins kategoriyasi 
bilan muvofiq va nomuvofiq holatda turishi kuzatiladi. Masalan, 
мужчина, дедушка “женский род”ni ifodalaydi, ammo jins kategoriyasi 
jihatidan erkak(мужской пол)lik belgisiga ega. Demak, mantiqiy jins 
kategoriyasi grammatik rod kategoriyasi bilan nomutanosiblik hosil qilgan. 
Mantiqiy sifat va miqdor kategoriyasi o‘zbek tili grammatikasida ham 
ifodalanadi. Сhunonchi, mantiqiy sifat kategoriyasi sifat so‘z turkumi 
13
Общee языкознание. (Под общ. ред. А.Е.Супруна.)– Минск: Выш. школа, 1983. – C.106. 


33 
ichida turli usullar (morfologik, leksik-semantik, takror) bilan aks ettirilishi 
mumkin. Falsafiy miqdor ma’nosi esa son kategoriyasida o‘z ifodasini 
topadi (birlik va ko‘plikda). Grammatikada miqdor ma’nosini ifodalash son 
so‘z turkumi (yigirmata talaba, o`nta kitob, yuzta mashina),ravish so‘z 
turkumi (ancha, picha), takrorlar (qop-qop un, qavat-qavat ko`rpacha, 
savat-savat meva) orqali ham ifodalanadi. 
Xulosa shuki, til bilan tafakkur bir-biridan ajralmas dialektik birlikni 
tashkil etuvchi, ammo o‘z xususiyatlariga, qonun-qoidalariga ega bo‘lgan 
hodisalardir. Til bilan tafakkurni bir hodisa deb tushunish qanchalik xato 
bo‘lsa, ularni bir-biridan ajratish ham shunchalik xatodir. Ferdenand de 
Sossyur ta’biri bilan aytganda: “Язык можно сравнить также с 

Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling