Abuzalova M
Download 2.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Abuzalova
- Bu sahifa navigatsiya:
- sciences, Professor ©Tashkent “……………………..” 2020
sciences, Professor Reviewers Y.Todjiyev The doctor of philological sciences, Professor R.X.Shirinova The doctor of philological sciences, Professor L.R.Raupova The doctor of philological sciences, Professor ©Tashkent “……………………..” 2020 6 KIRISH Milliy istiqlol o‘zbek xalqiga nafaqat siyosiy va iqtisodiy mustaqillk bag‘ishladi, balki milliy o‘zligini anglash va, eng muhimi, uni jahonga yoyib, IX-XIV asrlardagi shuhrati-yu an’anasini mas’uliyat bilan davom ettirish imkoniyatini ham berdi. “Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning o‘zbek modeli”, “Kadrlar tayyorlashning o‘zbek modeli” va “2017-2021-yillarda O ‘ zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo ‘ nalishi bo ‘ yicha Harakatlar strategiyasi” 1 kabi o‘z yo‘limizni tanlab olish imkonini beruvchi qator dasturilamal huquqiy hujjatlar xalqning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ma’rifiy, ta’limiy o‘sishini ta’minlash bilan birga o‘zbek olimlarining mustaqil ilmiy yutuqlarini qo‘llab quvvatlash, dunyo miqyosida ommalashtirish imkonini ham berdi. Sobiq sho‘ro tuzumi tarkibida bo‘lgan turli millat vakillarini (milliy o‘zligini hisobga olmay) sun’iy birlashtirishning muhim omillaridan biri bo‘lib kelgan “Ta’lim baynalmilaldir”, ”Grammatika baynalmilaldir” shiorlarining ta’lim tizimida hukmronligiga O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikning ilk qadamlaridayoq, jumladan, 1992-yilda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni bilan chek qo‘yilgan bo‘lsa-da, milliy ta’lim mazmunining amaliy tatbiqi ularni ijtimoiy bekor qilinishdan ko‘ra ancha qiyin va murakkab kechmoqda, chunki mazkur mash’um shiorlar asosidagi ta’lim yarim asrdan ko‘proq davr ichida xalqimiz ongini zaharlab, tilning grammatik qurilishi xususiyatlarining haqqoniy-milliy talqini bilan xalq ongiga sepiladigan milliylik urug‘larini cheklab keldi, milliy mafkurasini so‘ndirmoqchi bo‘ldi. Bu aksmilliy harakatning tafakkur va ongimizdagi salbiy ta’sirini yo‘qotish uzoq yillik maqsadli va mashaqqatli mehnatni talab qiladi. Tilshunoslik siklidagi fanlar bu jarayonda alohida ahamiyat va mavqega egadir. Buning sababi shundaki, uzoq yillar davomida milliy til grammatik qurilishining mutlaq milliyligi sho‘ro tuzumi tasarrufidagi 1 Ўзбекистон Республикасининг «Таълим тўғрисида»ги Қонуни/ /Баркамол авлод – Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори. – Т.: Шарқ, 1997. – 64 б. – 20-29-б.; Ўзбекистон Республикасининг «Кадрлар тайёрлаш миллий дастури»// Баркамол авлод – Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори. – Т.: Шарқ, 1997. – 64 б. – 31-60-б.; www.uzxabardor.uz O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi farmoni bilan tasdiqlangan «2017– 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi». 7 xalqlardan (sobiq ittifoqning siyosiy tuzumiga tamoman zid ta’limot sifatida) sir tutib kelindi. Aksincha, mantiq, aniq fanlar singari grammatika ham nomilliy fan sifatida baynalmilal shaklda tahlil va talqin etildi, o‘qitildi. Vaholanki, turli tillarning grammatik qurilishidagi o‘xshashlik aldamchi, zohiriy, yuzaki hodisa, sarobdir va grammatika mohiyatini chuqur anglamagan kishi tasavvuri uchun xos. Buni (o‘z ustozlari so‘zlarini uqa olmagan yoki uqishni istamagan) sovet mafkurachilarining metodologik asoschilari Fridrix Georg Hegel qariyb ikki yuz yil oldin– 1831-yilda “Mantiq fani” kitobi muqaddimasida shunday so‘zlar bilan ifodalagan edi: “Mantiq ham, grammatika ham mohiyatan ikki turli va ikki xil ahamiyatga ega. Boshlovchilar, fan bilan yuzaki tanishayotganlar uchun u bir narsa bo‘lsa, fanlarni o‘zlashtirib, fan mohiyatini uq i b unga qaytadiganlar uchun mantiq va grammatika tamoman boshqa olam... O‘z ona tili bilan bir qatorda boshqa tillarni ham biladigan, ularning grammatik xususiyatlarini o‘zaro qiyoslay oladigan kimsagina milliy tilning grammatik qurilishida xalqning ruhiyati va madaniyati aks etayotganligini ocha oladi. Endi unga oldin ham tanish bo‘lgan quruq shakl va qoidalar tamoman boshqa qiymat va qadriyat, mukammal mazmun va tugal mohiyat kasb etadi. Bunday kimsagina grammatika orqali ruhiyat – qat’iy mantiqiylik voqelanayotganligini tuya oladi”. Grammatik qurilishning chuqur milliy tabiati va mohiyatini buyuklardan birortasi ham shu darajada qat’iylik va keskinlikda ta’kidlamagan. Afsuski, bu fikrni targ‘ib etish rasm emas, zeroki bu talqin kattami, kichikmi, hokimmi, tobemi – har bir til grammatikasiga xalqidek betakrorlik, teng huquqlilik va mustaqillik, milliy iftixor ruhini beradi. Bu esa hammaga ham yoqavermaydi, zo‘ravonlik bilan tuzilgan ko‘p millatli imperiyalar uchun esa u o‘ta xavflidir. Lekin mustaqil taraqqiyot yo‘liga o‘tgan millatlar uchun bu g‘oya milliy ravnaq yo‘lchi yulduzlaridan biriga aylanmog‘i zarur. Zeroki, ona tili grammatik qurilishini to‘g‘ri talqin qilish bilan kimsa ongidagi milliy tafakkur tarzi va milliy mafkura urug‘larining parvarishiga, ularning gullab yashnashiga erishish mumkin. Buning uchun ona tili grammatik qurilishi talqini sof milliy mohiyatli bo‘lmog‘i lozim. 8 Bugun milliy istiqlol sharofati bilan Vatanimizda ona tilimizning shunday talqinini yaratishga mustahkam poydevor yaratildi – ona tilimizning milliy tabiatini ochib berishga qaratilgan ilk tizimlar ishlab chiqildi, jiddiy qiyinchiliklar bilan bo‘lsa-da, ta’lim tizimiga joriy etilmoqda va ommalashmoqda. Qiyinchiliklarning eng kattasi shu yo‘nalishdagi zaruriy adabiyotlarning yetarli emasligidadir. Zeroki, yetakchi tilshunoslar O.Azizov, A.Abduazizov, A.Irisqulov, A.Sodiqov, S.Usmonov, Z.Xolmonovalarning tilshunoslik nazariyasi o‘quv fanidan darslik va qo‘llanmalari mavjudligini e’tirof etgan holda aytish mumkinki, mazkur darslik shu mazmundagi ishlarni to‘ldiradi. Aytish joizki, jahon tilshunosligining bir bo‘lagi bo‘lgan o‘zbek tilshunosligida til yoki nutq hodisalari hozirgacha, asosan, to‘rt xil yondashuvda tadqiq etilganligini kuzatamiz. (Tilshunoslik yo‘nalishining nomi ham uning tadqiq usullari nomi bilan ataldi.) Bular quyidagilar : Download 2.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling