Abuzalova M
An’anaviy (formal) tilshunosllik
Download 2.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Abuzalova
An’anaviy (formal) tilshunosllikning shakllanishi va rivojlanish davri
1940-1980-yillarga to‘g‘ri keladi. Rasmiy amalda bo‘lishi esa 1940- yillardan toki 1990-yillarga qadar davom etdi. Mazkur yo‘nalish tadqiqotlarida til va nutq farqlanmadi, to‘g‘rirog‘i, faqat nutqiy bosqich hodisalari tahlilga tortildi, tasnif etildi, qoidalashtirildi. (Shu o‘rinda nutqiy bosqich hodisalari ilk bora juda keng miqyosda an’anaviy tilshunoslikda tahlilga tortilganligini alohida e’tirof etish joiz.) An’anaviy tilshunoslikning shakllanishi va rivojlanishi sho‘ro tuzumi davriga to‘g‘ri keldiki, sho‘ro mafkurasi (ijtimoiy hayotning barcha jabhalari kabi) mazkur ilmiy jarayonga ham ta’sir o‘tkazmay qolmadi. Oqibatda, o‘zbek tili qurilishining ilmiy talqini rus tili ilmiy talqiniga yaqinlashib ketdi; grammatika baynalmilal bo‘ldi. Ilmiy talqinlarda ham, yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim tizimida ham Moskva hamma uchun umumiy va majburiy namunaviy dasturlar chiqarar, milliy respublikalar shu namunaviy dasturlardan chetga chiqishlari mumkin emas edi. Masalan, ona tili bo‘yicha darsliklarni Sergey Barxudarov yetakchiligida 1938-yilda rus tilshunosligida o‘sha davrda ommalashgan formal tahlil usuli asosida tuzilgan va rus maktablariga mo‘ljallangan «Учебник русского языка» namunasida yaratish tavsiya etildi. Natijada, milliy tillar qurilishi S.Barxudarov rahbarligida tuzilgan mana shu 9 darslikda rus tili qurilishi qanday berilgan bo‘lsa, shunday talqin etildi. Chunki istagan bir tilda boshqa bir tilda ifodalangan mazmun bemalol berilishi, boshqa til birliklari (so‘zlar-u qo‘shimchalari) vositasida bayon etilishi mumkin. Shu asosda yaratigan talqinlarda qator g‘alizliklar, bir- birini rad etuvchi talqinlar yuzaga keldi. Ba’zi misollarni aytib o‘tamiz: 1) o‘zbek tilida «shu yerda» nutqiy hosilasi «shu shaharda», «shu maktabda» … kabi minglab boshqa hosilalar singari tuzilishi jihatidan Download 2.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling