Abuzalova M


Download 2.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/155
Sana04.11.2023
Hajmi2.58 Mb.
#1747415
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   155
Bog'liq
Abuzalova

aniqlovchili birikma bo‘lib, uning asos shakli shu yer aniqlovchi+ 
aniqlanmish (chunonchi, shu shahar, shu maktab kabi) bo‘lib, birikmada 
aniqlovchi shu ko‘rsatish olmoshi bilan, aniqlanmish ot so‘z turkumiga 
mansub yer so‘zi bilan ifodalangan. Shuning uchun 
Shu yer 
Shu shahar 
Shu maktab 
Shu bino….. mohiyatan bir xil qurilishli so‘z birikmalari ekanligi 
ko‘rinib turibdi. 
Endi shu so‘z birikmalarining ruscha tarjimalariga e’tibor beramiz: 
Shu yerda – здесь 
Shu shaharda – в этом городе 
Shu maktabda – в этой школе 
Shu binoda – в этом здании 
O‘zbekcha shu yerda birikmasiga rus tilida ravish turkumiga mansub 
bo‘lgan здесь so‘zi mos kelmoqda. Ruscha so‘zga o‘zbekcha so‘z 
birikmasi mos kelmoqda (yoki o‘zbekcha so‘z birikmasiga ruscha so‘z mos 
kelmoqda). Bu–tabiiy hol. Biroq har bir til o‘zining milliy xususiyatlaridan 
kelib chiqqan holda baholanmog‘i shart. (Dunyoda ikkita bir xil odam 
bo‘lmagani kabi tillar va ularga xos xususiyatlar ham aynan bir xil bo‘lishi 
mumkin emas. Garchi, ikki til doirasida muayyan lingvistik hodisalar bir-
biriga juda-juda monand bo‘lsa-da, ularni bir xil doirada tasniflash to‘g‘ri 
bo‘lmaydi.)
Ona (o‘zbek) tili bo‘yicha maktab va oliygohlar uchun darsliklarda, 
ilmiy grammatikalarda, lug‘at va tadqiqotlarda shu yerda, u yerda, bu 
yerdabundaunda kabilar ravish turkumiga mansub so‘zlar deb qaralishi 
yuqorida aytib o‘tganlarimiz bilan bog‘liq. 
2) bilamizki, ravish so‘zlar o‘zgarmas bo‘lib, ularning tarkibidagi 
aloqa-munosabat, lug‘aviy shakl qo‘shimchalari qotib qolgan. Aynan shu 


10 
qarashga qarshi holatda (sifatlarda qiyosiy darajani morfologik yo‘l bilan 
hosil etuvchi -roq qo‘shimchasini erkin qabul qila oladigan) kam, oz, ko‘p, 
sekin, asta, tez kabi o‘nlab so‘zlarni ravish tarkibida berish kulgili hol.
3)
yana bir misol: Men kelgach, dars boshlandi gapining ruscha 
tarjimasi Когда я пришел, урок начался bo‘ladi. S.Barxudarov darsligida 
bu ruscha gap сложноподчиненое предложение с придаточным 
предложением времени (payt ergash gapli qo‘shma gap) deb tasnif 
etilgan. Vaholanki, ruscha пришел tuslangan fe’l, kesimlik shaklida, 
o‘zbekcha kelgach tuslanmagan fe’l (ravishdosh), kesimlik shaklida emas. 
(To‘g‘rirog‘i, o‘zbek tilida ravishdosh shakli kesim bo‘la olmaydi. 
Shuningdek, tilimizda ravish ergash gapli qo‘shma gap turi uchramaydi.) 
4) Oltin odam oltin uchun ishlamaydi gapida birinchi oltin sifat, 
ikkinchisi ot turkumiga mansub so‘z deb baholanishi to‘g‘ri emas.
5) Uy egasi dasturxonni mehmon oldiga yozguncha, Fotima ham 
barkashni olib keldi gapida yozguncha so‘zshaklini kesim deb baholanishi 
yoki Er yigitning uyalgani–o‘lgani kabi to‘liqsiz gaplarda “kesim 
ravishdosh shakli bilan ifodalanyapti” deyish ilmiy talqinlarni 
g‘alizlashtiradi. 
6)
 
It hurar, karvon o‘tar gapida hurar va o‘tar tuslangan fe’l 
(fe’lning aniq mayli, hozirgi-kelasi zamon, III shaxs, birlik son) shakllarini 
sifatdosh deb baholash ham formal tavsif uchun xos bo‘lgan sifatdosh 
shakli bilan fe’lning tuslangan (mayl/zamon) shaklini qorishtirish 
oqibatidir. Zeroki, substansial talqinda, masalan, Men ko‘rgan bolani
akam ham ko‘rgan gapida ko‘rgan so‘zshakli birinchi qo‘llanilishda 
sifatdosh sanaladi, ikkinchi qo‘llanilishda ko‘rgan so‘zshakli tuslangan
(sof) fe’l bo‘lib, kesimlik kategoriyasining aniqlik mayli, bo‘lishli, o‘tgan 
zamon hikoya fe’lining uchinchi shaxs, birlik son shakli sifatida tasnif 
etiladi. Qo‘shimchalari shaklan monand (omonimik qo‘shimchalar)
bo‘lgan sifatdosh va mayl/zamon shakllarini farqlash uchun tilshunoslikda 
azaldan fe’l shaklining tuslanishi (shaxs/son qo‘shimchalari bilan 
o‘zgarishi /tuslangan/ zamonli fe’llarda) yoki o‘zgarmasligi – tuslanmagan 
fe’llarda qabul qilinganligi ham adashishdan xoli emas.
Buni aniqlash uchun foillarning (harakatni bajaruvchilarning) shaxsini 
o‘zgartirib ko‘rish lozim. Masalan, 


11 
Men sen ham ko‘rgansan. 
 Sen ko‘rgan bolani men ham ko‘rganman. 
Ular siz ham ko‘rgansiz. 
akam ham ko‘rgan. 
….. ……. 
Shu asosda ko‘rgan so‘zshaklini birinchi qo‘llanilishda tuslanmagan 
fe’l (sifatdosh tuslanmaydi, foil shaxsi o‘zgarsa ham, u o‘zgarmaydi), 
ikkinchi qo‘llanilishda tuslangan fe’l (o‘tgan zamon hikoya fe’l – foil 
shakli o‘zgarishi bilan o‘zgaradi, tuslanadi) ekanligi aniqlanadi.
7) oydek go‘zal, oyday go‘zal, oycha go‘zal birikmalaridagi tobe so‘z
tarkibida qo‘llanilgan -dek, -day, -cha qo‘shimchalarini hech qanday 
murakkab tahlillarsiz kabi sof ko‘makchisi va uning muqobillari (singari, 
yanglig‘, misoli va h.) bilan bemalol almashtirish mumkin. Ularning ravish 
yasovchi qo‘shimchalar sifatida talqin etilishi ham mantiqqa zid. 
8) sintaksisda: Qaratqich hech qachon qaralmishsiz qo‘llanmaydi 
degan talqin beriladi. To‘g‘ri, nutqimizda Bizning maktabimiz chiroyli 
ta’mirlangan gapini (qaratqichsiz) Maktabimiz chiroyli ta’mirlangan 
tarzida ishlata olamiz. Ammo zinhor Bizning .... chiroyli ta’mirlangan 
shaklini qo‘llay olmaymiz. Xuddi shu mantiq iboralarning gap tarkibida 
qo‘llanilishida keskin buziladi. Jumladan, Iboralar gap tarkibida yaxlit gap 
bo‘lagi bo‘lib keladi degan talqin sintaktik omilning semantik omil bilan 
qorishtirilishidir.
Fikrimizni dalillaymiz: Karimning tarvuzi qo‘ltig‘idan tushdi; 
Ayolning hafsalasi pir bo‘ldi; Biloljonning boshi ko‘kka yetdi kabi 
hosilalarda tarvuzi qo‘ltig‘idan tushdi; hafsalasi pir bo‘ldi; boshi ko‘kka 
yetdi frazeologik birliklari sintaktik jihatdan yaxlit kesim deb talqin etiladi. 
Agar shu mantiqqa tayansak, berilgan gaplar tarkibidagi Karimning; 
Ayolning; Biloljonning kabi qaratqichlarning qaralmishi qani? (Axir bu 
qaratqich hech qachon qaralmishsiz qo‘llanmaydi degan talqinga zid-ku?!) 
Bu kabi 
misollarni ko‘plab keltirishimiz 
mumkin. Bunday 
chalkashliklarning kelib chiqishida 2ta sabab bor: 


12 
1) botinga qaramasdan zohirni o‘rganish – nutqiy hosilalarga qarab 
xulosa chiqarish va, natijada, bir omilga boshqa omilning prizmasida 
qarash; 
2) tilning ichki tabiatidan kelib chiqmasdan, lingvistik hodisalarni 
boshqa tillarning tasnif doirasiga solib o‘lchash. 
Ammo e’tirof etish joizki, (kamchiliklar, chalkashliklar bo`lishiga 
qaramay) an’anaviy tilshunoslikda nutqiy bosqich hodisalari tahliliga oid 
juda katta ma’lumotlar bazasi yaratildi; bu ulkan xazinaning yaratilishida 
kuchli tilshunoslarning xizmatlari bor. An’anaviy tilshunoslikning tahlil 
metodologiyasi (o`lchov me’yorlari) hukmron mafkura manfaatlariga 
bo`ysundirilganligi uchun ham (Ayub G`ulomov boshchiligidagi yuzlab) 
daqiq o`zbek tilshunoslari faqat bevosita kuzatishda bo`lgan nutqiy bosqich 
hodisalari tadqiqi bilan shug`ullana oldilar. Zero, an’anaviy tilshunoslik 
o`zbek tilshunosligining (1999-yillardan keyingi) taraqqiyotini belgilovchi 
tilshunoslik yo`nalishlarining yuzaga kelishi uchun poydevor vazifasini 
bajardi. 

Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling