Abuzalova M


Download 2.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/155
Sana04.11.2023
Hajmi2.58 Mb.
#1747415
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   155
Bog'liq
Abuzalova

Substansial tilshunoslikning shakllanish davri 1970-yillarga to`g`ri 
keladi. Tahlil usullarida “tildan →nutqqa” tamoyili asosida ish ko`ruvchi 
mazkur yo`nalish respublikamizda mustaqillikdan keyin (1999-yildan) 
rasman tan olindi. Substansial tilshunoslik (dastlab sistem, sistem-struktur, 
formal-funksional tilshunoslik nomlari bilan bilan ataldi. O`zbek 
tilshunosligi tarixiga esa substansial tilshunoslik (mohiyat tilshunosligi) 
nomi bilan kirdi.) Mazkur yo`nalishning metodologik asosini dialektika 
qonuniyatlari va falsafaning umumiylik, mohiyat, imkoniyat, sabab 
(UMIS) va alohidalik, hodisaviylik, voqelik, oqibat (AHVO) kategoriyalari 
tashkil etadi. 
Substansial tilshunoslik tilga umumiylik, lisonga esa xususiylik 
sifatida; lisonga nisbatan esa lison umumiylik, nutq esa xususiylik 
xarakterida bo`lishini e’tirof etadi. Asosan, lisoniy bosqich tadqiqi bilan 
shug`ullanadigan mazkur yo`nalish erishgan yutuqlar (tilning milliy 
tabiatidan kelib chiqqan holda) nutqiy bosqich hodisalarini o`z o`rniga 


13 
qo`yish va talqin etish imkonini beradi
2
. (Unutmaslik kerakki, jahonning 
taraqqiy etgan mamlakatlari(Angliya, Fransiya, Yaponiya, Germaniya
Rossiya va b.lar)da uzoq yillardan buyon tilshunoslikka oid tadqiq usullari 
“til va nutq” farqlanishi asosida olib boriladi.)
Substansial tilshunoslik tarixan qisqa muddat ichida qator yutuqlarga 
erishdi, hatto uning tadqiq natijalari dunyo miqyosiga ham chiqdi. (Mazkur 
darslik talqinlari til hodisalariga shu yo`nalish nuqtayi nazaridan 
yondashadi.) 
Tavsifiy tilshunoslik yo`nalishi XX asrning 80-yillaridan keyin 
rivojlandi. Uning tahlil va tadqiq usullarida “nutqdan→tilga” qarab 
yondashish seziladi. Shu bois mazkur yo`nalishning qarashlarida goh 
an’anaviy, goh substansial tilshunoslik qarashlariga xayrixohlik kuzatiladi.
(Ammo tilshunoslikning keyingi yillardagi umumiy xulosalari shuni 
ko`rsatmoqdaki, lisoniy hodisalar va ularning nutqiy voqelanishi 
tahlillarida abstraksiyadan→bevositalikka, umumiylikdan→xususiylikka, 
mohiyatdan→hodisaga, imkoniyatdan→voqelikka, sababdan→oqibatga 
qarab harakatlanish, mulohaza qilish, xulosa chiqarish to`g`ri yo`ldir.) 

Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling