Abuzalova M
Antroposentrik tilshunoslik
Download 2.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Abuzalova
Antroposentrik tilshunoslik o`zbek lisonshunosligi uchun nisbatan
yangi, jahon tilshunosligi uchun esa kamida ikki yarim asrlik tarixga ega bo`lgan yo`nalish hisoblanadi. “Antroposentrizm” so`zi yunoncha anthropos–odam hamda lotincha centrum–markaz ma’nosini bildiruvchi so`zlar birikuvidan hosil bo`lgan 3 . Antroposentrizm termini dastlab qadimgi yunon falsafasining ”Inson koinot markazidir” degan g`oyani ilgari suruvchi qarashiga nisbatan qo`llanilgan bo`lib, bu g`oya, ayniqsa, o`rta asrlarda Yevropada keng tarqaldi 4 . Hozirgi vaqtda tilshunoslikning yetakchi paradigmalaridan biri sifatida tan olinayotgan antroposentrizmning ildizlari V.fon Gumboldt hamda 2 Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G., Qurbonova M., Yunusova Z., Abuzalova M. Hozirgi o`zbek adabiy tili. Darslik. – T.: Fan va texnologiya, 2010. – 403 b. 3 http // ph.ras.ru// elib 0215 html: Новая философская энциклопедия. 4 Пименова М.В., Кондратьева О.Н. Концептуальные исследования. Введение. – М.: Флинта, 2014. – С. 8. 14 L.Vaysgerberning nazariy qarashlaridan oziqlandi 5 . Antroposentrik paradigmaning shakllanishi til egasi – so`zlovchi shaxs omilini tadqiq etish bilan bog`liq. Demak, mazkur yo`nalishning tadqiq yo`nalishi mohiyatida “til–shaxs–nutq” dixotomiyasi turadi. Antroposentrik paradigma tilni immanent tarzda, ya’ni o`z egasidan ayro holda tadqiq etishga antipozitivistik qarashlarning yuzaga kelishi natijasida shakllandi 6 . Jahon tilshunosligida matnni antroposentrik paradigma asosida o`rganish, asosan, lingvistik semantika, lingvokognitologiya, psixolingvistika, lingvokulturologiya, pragmatik tilshunoslikka oid tadqiqotlarda ko`zga tashlanadi. Substansial yo`nalishning asosiy samarasi tilning tizimli hodisa ekanligini isbotlashdan iborat bo`lgan bo`lsa, antroposentrik paradigmada inson asosiy o`ringa chiqariladi, til esa inson shaxsini tarkib toptiruvchi bosh unsur deb qaraladi. Zero, rus adibi S.Dovlatov to`g`ri ta’kidlaganidek: “Inson shaxsiyatining 90 foizini til tashkil etadi”. Shu bois ”inson aqlini, insonning o`zidan, tildan va nutq yaratish hamda nutqni idrok qilish qobiliyatidan tashqarida tasavvur etib bo`lmaydi”.(V.A.Maslova) Til, uning nutqiy voqelanishi, inson omilida tilning ahamiyati serqirra hodisalar bo`lib, aslida, yuqorida qisman sharhlab o`tgan yo`nalishlarimiz til mohiyatiga turlicha yondashuvlarning natijasidir. Qo‘lingizdagi mazkur kitob mavjud darslik va qo‘llanmalardan yangi – milliy grammatik talqinlarga uyg‘unligi bilan ajralib turadi. Ushbu darslik nafaqat o‘rta va oliy ta’lim tizimida amalda bo‘lgan dasturlar bilan uyg‘un, balki “Tilshunoslikka kirish” o‘quv fani oldida turgan muhim vazifani – kitobxon toliblarni yangicha grammatik talqinlarning asosiy atamalari, tushunchalari, tahlil usullari bilan tanishtirishni – ularni yangi tilshunoslik dunyosiga olib kirishni bajarishga, milliy grammatik talqinlar orqali 5 Маслова В.А. Лингвокультурология. – М.: Acаdemia, 2001. – С. 17; Маҳмудов Н. Тилнинг мукаммал тадқиқи йўлларини излаб ... // Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 2012. – № 5. – Б. 3-16; Пименова М.В., Кондратьева О.Н. Концептуальные исследования. Введение. – М.: Флинта, 2014. – С. 8. 6 Нурмонов А. Танланган асарлар. 3 жилдлик. – Тошкент: Академнашр, 2012. 3-жилд. – Б. 262-263.; Сафаров Ш. Прагмалингвистика. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси , 2008. – Б. 35. 15 ziyolilar ongidagi milliy tafakkur tarzi va mafkura ko‘chatlarini sug‘orishga ham xizmat qiladi. Darslikni mukammallashtirishga qaratilgan o‘rinli taklif va mulohazalarni mualliflar mamnuniyat bilan qabul qiladilar. Download 2.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling