Abuzalova M


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar


Download 2.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/155
Sana04.11.2023
Hajmi2.58 Mb.
#1747415
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   155
Bog'liq
Abuzalova

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar 
1. Til o‘zgаruvchаn ijtimоiy hоdisа ekаnligini tushuntiring.
2. So‘z strukturаsi o‘zgаrishining uch usuli hаqidа mа’lumоt bеring. 
3. Sоddаlаshuv hоdisаsining yuz bеrishigа sаbаb bo‘lgаn оmillаrni 
tushuntiring. 
4.Qаytа bo‘linish hоdisаsigа misоllаr kеltiring. 
5.Tаriхiy so‘z yasаlish dеgаndа nimаni tushunаsiz? 
6.Sinхrоniya hаqidа bаtаfsil mа’lumоt bеring. 
7.«Gulbаhоr kаsаlgа e’tibоr bеrmаdi, uning fikri-yodi «Nаvro‘z»dа edi». 
Ushbu gаpdа so‘z yasаlishning qаysi usulаridаn fоydаlаnilgаnligini 
аniqlаng. 
8.Tilshunоslik fаnigа yondоsh prеdmеtlаri hаqidа mа’lumоt bеring. 
9.Nimа uchun tilshunоslik vа аdаbiyotshunоslik birgаlikdа «filоlоgiya» 
dеb аtаlаdi? 
10.Tilshunоslik vа yozmа mаnbаlаrning аhаmiyati hаqidа so‘zlang. 
11.Til qоnuniyatlаrining o‘zgаrishigа sаbаb bo‘luvchi оmillаr hаqidа 
gаpiring. 
12.Til qоnuniyatlаridаgi umumiylik vа хususiylik nimаlаrdаn ibоrаt?
Foydalanish uchun adabiyotlar: [ 1;7;9;11;12;17;19;21;22] 
 


219 
JAMIYAT VA TIL TARAQQIYOTI 
Reja: 
1. Til taraqq
i
yoitida tashqi omillar. 
2. Jamiyat va til aloqadorligi. 
3. Differensiya va integratsiya. 
4. Tillarning bir-biriga ta’siri. 
Mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalar 
Tashqi omillar, jamiyat va til, tilning ekstralingvistik omillari, 
differensiya, integratsiya, tillarning o‘zaro ta’siri, tillarning chatishuvi
bilingvizm, tillarning o‘zaro progressiv va regressiv ta’siri 
Til taraqqiyotidagi tashqi omillar- jamiyat va til, nutqiy situatsiya, 
tilning boshqa tillar bilan o‘zaro aloqasi va ta’siri, tir taraqqiyotida
differensiya va integratsiya hodisalari, tilning ekstralingvistik faktorlarini 
o‘z ichiga oladi. Paralingvistika, psixolingvistika, areal lingvistika
sotsiolingvistika, ekstralingvistika singari sohalar mana shu tashqi 
omillarni tadqiq qiladi. 
Lisoniy rivojlanishning tashqi omillari tilning hududiy (areal), davriy, 
ijtimoiy va tarixiy sharoitlariga ko‘ra yuz beradi. Bunda nutq jarayoni 
aloqa va kontakt masalalari va vaziyatlari (situatsiya) hisobga olinadi. 
Tillarning o‘zaro ta’siri va bilingvizm hodisasi, nutqiy iqtisod va 
tushunarlilik qonuniyatlari o‘rganiladi. Tashqi omillarning asosini- tilning 
ijtimoiy ahamiyati va funksiyalari, tillarning tarixiy taraqqiyotini tashkil
qiladi. 
Til hamisha jamiyat bilan aloqadorlikda ekan, so‘zlovchilarning 
ekstralingvistik omillar ta’sirida bo‘lishlari ham shu munosabatdan kelib 
chiqadi. 
Til – jamiyat a’zolarini birlashtiruvchi qadriyat. Til umumiy, nutq esa 
–xususiydir, ya’ni har bir kishining nutqi o‘ziga xos, individual. Kishilar 
o‘z tafakkur tarziga, fikrlash qobiliyati va imkoniyatlariga ko‘ra 
so‘zlaydilar. Bundan tashqari nutqidan uning bilish saviyasini, umumiy 
dunyoqarashi - odatlarini, madaniyat darajasini – ma’naviy olamini bilsa 


220 
bo‘ladi, qolaversa, har birimiz o‘z uslubimiz (stil) va estetik, etik didimiz, 
tushunchalarimizga ko‘ra turlicha nutqqa egamiz. 
Inson – jamiyatda tug‘ilib voyaga yetadi, kamol topadi. Demak, 
insoniy til ham jamiyat bilan birgalikda rivojlanishdadir. Til ijtimoiy 
hodisa sifatida tabiiy hodisalardan ajralib turadi. Masalan, kishilarning 
tabiiy biologik xususiyatlari (ovqat eyishi, nafas olishi va h.) tabiat 
qonunlariga muvofiq, jamiyatga bog‘liq bo‘lmagan holda rivojlanib boradi. 
Ammo tilda so‘zlashish va fikrlashish uchun kishilik jamiyati (sotsial 
muhit) bo‘lishi shart. Til nasldan- naslga, avloddan-avlodga o‘tadigan irsiy 
hodisa emas, aksincha, til jamiyat taraqqiyotining mahsulidir. Agarda yosh 
go‘dak kimsasiz orolga yoki hayvonlar orasiga tashlab qo‘yilsa, u insoniy 
tildan bexabar bo‘lib o‘sadi (olimlar bunday tajriba o‘tkazishgan yoki 
eslang: Maugli) yoki agar xitoy bolasi o‘zbeklar orasida ulg‘aya, 
tarbiyalansa, u faqat o‘zbekcha so‘zlab, ajdodi tilini bilmasligi mumkin. 
Lekin xitoy bolasining biologik belgilari (yuz ko‘rinishi) irsiy holda 
o‘zgarmaydi. 
Til va jamiyatning uzluksiz ta’sirini tildagi argo, jargon, tabu va 
evfemizmlar yoki semantik o‘zgarishlar misolida kuzatish mumkin.
Tilimizda muayyan bir guruh kishilarni ishlatuvchi- “ko‘kidan”, 

Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling