Abuzalova M
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
Download 2.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Abuzalova
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanish uchun adabiyotlar: [1; 10; 11; 24; 27; 28; 38; 47; 63] TIL VA TAFAKKUR MASALALARI Reja
- Ki har ishniki qildi odamizod, Tafakkur birla qildi oni bunyod.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
1. Jahon tilshunosligining rivojlanishiga turtki bo‘lgan omillarni sanang. 2.Tilshunoslik taraqqiyoti tarixida qanday oqimlar paydo bo‘lgan edi? 3.Tilshunoslik fanining tarkibiy qismlarini sanang. Ularning o‘xshash va farqli tomonlari nimada? 28 4. “Tilshunoslikka kirish” kursining vazifasi nimalardan iborat? 5. Nima uchun til ijtimoiy hodisa hisoblanadi? 6. “Naturalistik oqim” haqida batafsil ma’lumot bering. 7. Tilning boshqa ijtimoiy hodisalardan asosiy farqi nimada? Misollar asosida tushuntiring. 8. Til bajaradigan asosiy funksiyalar haqida ma’lumot bering. 9. Tilning falsafiy masalalari nimalardan iborat? 10.Dialektik kategoriyalarning har biriga alohida ta v sif yozing va ularni til birliklariga tatbiq etishga harakat qiling. Foydalanish uchun adabiyotlar: [1; 10; 11; 24; 27; 28; 38; 47; 63] TIL VA TAFAKKUR MASALALARI Reja: 1.Til va tafakkurning o‘zaro bog‘liqligi. 2.Mantiq va tilshunoslik. 3.Umumiy xulosalar. Mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalar Til va tafakkur, ong, bilish, mantiqiy kategoriyalar, grammatik kategoriyalar, aqliy bilish, hissiy bilish, mantiqiy va til kategoriyalarining mos tushish va tushmaslik hodisasi Ki har ishniki qildi odamizod, Tafakkur birla qildi oni bunyod. (Mir Alisher Navoiy) Inson tafakkuri, zakovati eng oliy ne’matdir. Fikrlash qobiliyati uning barcha muvaffaqqiyatlari asosi bo‘lib keldi. Tafakkur orqaligina u obyektiv borliqni taniy boshladi, mantiqiy bilishga erishdi. Inson ong-u shuuri shu qadar murakkab oliy mahsulki, voqelikni idrok etish, qabul qilish jarayonini boshqaradi. Ong, tafakkur haqida fikr yuritar ekanmiz, bu murakkab insoniy hodisalarning nutq bilan, kishi, xalq tili bilan chambarchas bog‘liq ekanligini, tilsiz tafakkur va tafakkursiz til mavjud 29 emasligini yana bir karra uqtirishimiz zarur. Shuning uchun faylasuflar haqli ravishda: “Til fikrning bevosita voqe bo‘lishidir,” deb ta’kidlaydilar. Til va tafakkur munosabati tilshunoslik fanining asosiy masalalaridan biri sanaladi. Tilsiz fikrni ifodalash mumkin bo‘lmaganidek, tafakkursiz til o‘z ifodasini shakllantira olmaydi. Shular bilan bog‘liq yana falsafiy, psixologik ong tushunchasi ham mavjud. Ong ijtimoiy-psixologik hodisa bo‘lib, insonning fikrlash qobiliyatini boshqaradi. Ong biologik hodisa bo‘lib, mantiqiy fikriy faoliyatni o‘z ichiga oladi. Ong – voqelikning kishi miyasida uning butun ruhiy faoliyatini o‘z ichiga olgan va ma’lum maqsadga yo‘nalgan holda aks etishi. Ong inson miyasiga berilgan mo‘jiza, sirli qobiliyatdir. Inson haligacha mukammal ong uskunasini yarata olgan emas. Xotirasi odamdan o‘nlab-yuzlab baravar ortiq bo‘lib, hatto yuzlab kattalik (gigabayt, megabayt)larni tashkil etuvchi kompyuterlarda ham ong – mustaqil fikrlash qobiliyati –yo‘q, ular inson ongi, ya’ni ularga yuklagan dasturni, ya’ni amaliyotlar algoritmini bajaradi, inson yukini ko‘taradi, yengillashtiradi, xolos. Ong – bilish: obyektiv voqelikning inson miyasida aks etish jarayonida voqelanadi. Demak, ong tafakkurdan ham katta hodisa, tushunchadir. Tafakkur – bilishning eng yuqori bosqichidir. Bilish bu obyektiv voqelikning inson ongida aks etish jarayonidir. Fanda ikki xil bilish farqlanadi: 1. Sezgilar orqali bilish. 2. Aqliy bilish va tafakkur 9 . Hissiy bilishda tashqi olamni sezgi a’zolarimiz orqali bilib olamiz. Bunday bilish hayvonlarda ham rivojlangan. Aqliy bilish esa insonlarga xos bo‘lib, tashqi olamni faqatgina his qilib qolmay, balki har bir hodisa, predmet, jarayonlarini fahmlaydi, ularni qayta ishlaydi, fikr yuritadi, xulosalaydi, tushunchaga ega bo‘ladi. Mana shu jarayon tafakkurdir. (Muayyan mantiqiy bilish – voqelikning inson ongida haqqoniy (adekvat) va puxta tasavvur etilishida asosiy rol o‘ynaydi.) “Tafakkur yordami bilan voqelikning umumiy tomonlarini aks ettirish orqali biz 9 Хайруллаев М., Ҳақбердиев М. Мантиқ.– T., 1993.–11– 12- б.; Туленов Ж., Ғафуров З. Фалсафа. –T., 1997. 30 yakka, konkret predmetlar mohiyatini ham bilib olamiz. Tafakkur orqali biror narsani bilish uchun avvalo u haqda tushuncha hosil qilish zarur. Ongimizda predmet haqida tushuncha hosil qilishda umumiy qonun yoki umumiy tushunchadan foydalaniladi. Masalan, suv molekulasi ikki molekula vodorod va bir molekula kislorod atomlaridan iborat bo‘lgan murakkab kimyoviy modda ekanligini bilamiz. Bu o‘rinda “murakkab kimyoviy modda”, “vodorod” va boshqa shu kabi tushunchalardan foydalanib, hodisani umumiy qonunlarga moslashtiramiz” 10 . Demak, tafakkur oliy bilish, fahm, idrok kabi tushunchalar bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, bilishning mahsuli sanaladi. Tafakkur – miyaning oliy mahsuli. Tafakkur kishilarning ijtimoiy ishlab chiqarish faoliyati jarayonida paydo bo‘ladi. U insoniyat jamiyatiga xos bo‘lgan mehnat va nutq faoliyati bilan chambarchas bog‘liq holdagina mavjuddir. Tafakkurning voqelikni bevosita aks ettirish qobiliyati insonning xulosa chiqarishga, isbotlashga bo‘lgan qobiliyatida ifodalanadi. Bu qobiliyat bilish imkoniyatlarini kengaytiradi. Inson tafakkuri turli fanlar (mantiq, psixologiya, gnoseologiya, kibernetika va sh.k.) tomonidan turli usullarda o‘rganiladi. Eksperimental tadqiqotlar orasida so‘nggi vaqtda tafakkurni turli kibernetik qurilmalar yordamida modellashtirish shaklida tadqiq qilish metodlari ancha keng rivojlangan. Biz yuqorida tafakkurni bilish, ong, idrok kabi tushunchalar bilan bog‘liq ekanligini qayd etdik. Tafakkur til bilan ham chambarchas aloqador ekanligini ham unutmaslik kerak. Uning til bilan munosabati, aloqadorligi tilshunoslik fanining o‘rganilish doirasiga ham kiradi. Har qanday fikr so‘zlarda o‘z ifodasini topadi. Fikrning voqeligi, uning mavjudligi tilda namoyon bo‘ladi. Biz istalgan predmet, voqea-hodisa haqida til vositasisiz, so‘z va gaplarsiz fikrimizni ifodalay olmaymiz. Til – bilish jarayonining muhim sharti. Tilsiz tafakkur mavjud bo‘lmaganidek, tafakkursiz til ham mavjud emas. Hech qanday ma’noga ega bo‘lmagan, faqat ma’lum tovushlar tizimidan iborat bo‘lgan so‘zlar muayyan tushunchani 10 Хайруллаев М., Ҳақбердиев М. Мантиқ. –T., 1993.–11– 13- б. 31 ifodalamaydi, tasavvur ham hosil qilolmaydi. Va nihoyat, fikr ifodalash funksiyasini bajarmagan bunday so‘zlar nutq uchun xizmat qilolmaydi. Insonning go‘dalikdan umrinig oxirgi kunigacha oladigan butun ta’limi so‘z va til vositasida amalga oshadi. Shuning uchun olimlar tilning ma’rifiy va ta’limiy–inson tafakkuri mahsulining avloddan avlodga yetkazish vazifasini alohida ajratadilar. Haqiqatan ham, biz ta’limni tilsiz tasavvur ham eta olmaymiz. Demak, til – bilish jarayonining muhim sharti: ”…язык, ставший у людей главным средством получения Download 2.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling