Abuzalova M
Download 2.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Abuzalova
aniqlovchili birikma bo‘lib, uning asos shakli shu yer aniqlovchi+
aniqlanmish (chunonchi, shu shahar, shu maktab kabi) bo‘lib, birikmada aniqlovchi shu ko‘rsatish olmoshi bilan, aniqlanmish ot so‘z turkumiga mansub yer so‘zi bilan ifodalangan. Shuning uchun Shu yer Shu shahar Shu maktab Shu bino….. mohiyatan bir xil qurilishli so‘z birikmalari ekanligi ko‘rinib turibdi. Endi shu so‘z birikmalarining ruscha tarjimalariga e’tibor beramiz: Shu yerda – здесь Shu shaharda – в этом городе Shu maktabda – в этой школе Shu binoda – в этом здании O‘zbekcha shu yerda birikmasiga rus tilida ravish turkumiga mansub bo‘lgan здесь so‘zi mos kelmoqda. Ruscha so‘zga o‘zbekcha so‘z birikmasi mos kelmoqda (yoki o‘zbekcha so‘z birikmasiga ruscha so‘z mos kelmoqda). Bu–tabiiy hol. Biroq har bir til o‘zining milliy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda baholanmog‘i shart. (Dunyoda ikkita bir xil odam bo‘lmagani kabi tillar va ularga xos xususiyatlar ham aynan bir xil bo‘lishi mumkin emas. Garchi, ikki til doirasida muayyan lingvistik hodisalar bir- biriga juda-juda monand bo‘lsa-da, ularni bir xil doirada tasniflash to‘g‘ri bo‘lmaydi.) Ona (o‘zbek) tili bo‘yicha maktab va oliygohlar uchun darsliklarda, ilmiy grammatikalarda, lug‘at va tadqiqotlarda shu yerda, u yerda, bu yerda, bunda, unda kabilar ravish turkumiga mansub so‘zlar deb qaralishi yuqorida aytib o‘tganlarimiz bilan bog‘liq. 2) bilamizki, ravish so‘zlar o‘zgarmas bo‘lib, ularning tarkibidagi aloqa-munosabat, lug‘aviy shakl qo‘shimchalari qotib qolgan. Aynan shu 10 qarashga qarshi holatda (sifatlarda qiyosiy darajani morfologik yo‘l bilan hosil etuvchi -roq qo‘shimchasini erkin qabul qila oladigan) kam, oz, ko‘p, sekin, asta, tez kabi o‘nlab so‘zlarni ravish tarkibida berish kulgili hol. 3) yana bir misol: Men kelgach, dars boshlandi gapining ruscha tarjimasi Когда я пришел, урок начался bo‘ladi. S.Barxudarov darsligida bu ruscha gap сложноподчиненое предложение с придаточным предложением времени (payt ergash gapli qo‘shma gap) deb tasnif etilgan. Vaholanki, ruscha пришел tuslangan fe’l, kesimlik shaklida, o‘zbekcha kelgach tuslanmagan fe’l (ravishdosh), kesimlik shaklida emas. (To‘g‘rirog‘i, o‘zbek tilida ravishdosh shakli kesim bo‘la olmaydi. Shuningdek, tilimizda ravish ergash gapli qo‘shma gap turi uchramaydi.) 4) Oltin odam oltin uchun ishlamaydi gapida birinchi oltin sifat, ikkinchisi ot turkumiga mansub so‘z deb baholanishi to‘g‘ri emas. 5) Uy egasi dasturxonni mehmon oldiga yozguncha, Fotima ham barkashni olib keldi gapida yozguncha so‘zshaklini kesim deb baholanishi yoki Er yigitning uyalgani–o‘lgani kabi to‘liqsiz gaplarda “kesim ravishdosh shakli bilan ifodalanyapti” deyish ilmiy talqinlarni g‘alizlashtiradi. 6) It hurar, karvon o‘tar gapida hurar va o‘tar tuslangan fe’l (fe’lning aniq mayli, hozirgi-kelasi zamon, III shaxs, birlik son) shakllarini sifatdosh deb baholash ham formal tavsif uchun xos bo‘lgan sifatdosh shakli bilan fe’lning tuslangan (mayl/zamon) shaklini qorishtirish oqibatidir. Zeroki, substansial talqinda, masalan, Men ko‘rgan bolani akam ham ko‘rgan gapida ko‘rgan so‘zshakli birinchi qo‘llanilishda sifatdosh sanaladi, ikkinchi qo‘llanilishda ko‘rgan so‘zshakli tuslangan (sof) fe’l bo‘lib, kesimlik kategoriyasining aniqlik mayli, bo‘lishli, o‘tgan zamon hikoya fe’lining uchinchi shaxs, birlik son shakli sifatida tasnif etiladi. Qo‘shimchalari shaklan monand (omonimik qo‘shimchalar) bo‘lgan sifatdosh va mayl/zamon shakllarini farqlash uchun tilshunoslikda azaldan fe’l shaklining tuslanishi (shaxs/son qo‘shimchalari bilan o‘zgarishi /tuslangan/ zamonli fe’llarda) yoki o‘zgarmasligi – tuslanmagan fe’llarda qabul qilinganligi ham adashishdan xoli emas. Buni aniqlash uchun foillarning (harakatni bajaruvchilarning) shaxsini o‘zgartirib ko‘rish lozim. Masalan, 11 Men sen ham ko‘rgansan. Sen ko‘rgan bolani men ham ko‘rganman. Ular siz ham ko‘rgansiz. akam ham ko‘rgan. ….. ……. Shu asosda ko‘rgan so‘zshaklini birinchi qo‘llanilishda tuslanmagan fe’l (sifatdosh tuslanmaydi, foil shaxsi o‘zgarsa ham, u o‘zgarmaydi), ikkinchi qo‘llanilishda tuslangan fe’l (o‘tgan zamon hikoya fe’l – foil shakli o‘zgarishi bilan o‘zgaradi, tuslanadi) ekanligi aniqlanadi. 7) oydek go‘zal, oyday go‘zal, oycha go‘zal birikmalaridagi tobe so‘z tarkibida qo‘llanilgan -dek, -day, -cha qo‘shimchalarini hech qanday murakkab tahlillarsiz kabi sof ko‘makchisi va uning muqobillari (singari, yanglig‘, misoli va h.) bilan bemalol almashtirish mumkin. Ularning ravish yasovchi qo‘shimchalar sifatida talqin etilishi ham mantiqqa zid. 8) sintaksisda: Qaratqich hech qachon qaralmishsiz qo‘llanmaydi degan talqin beriladi. To‘g‘ri, nutqimizda Bizning maktabimiz chiroyli ta’mirlangan gapini (qaratqichsiz) Maktabimiz chiroyli ta’mirlangan tarzida ishlata olamiz. Ammo zinhor Bizning .... chiroyli ta’mirlangan shaklini qo‘llay olmaymiz. Xuddi shu mantiq iboralarning gap tarkibida qo‘llanilishida keskin buziladi. Jumladan, Iboralar gap tarkibida yaxlit gap bo‘lagi bo‘lib keladi degan talqin sintaktik omilning semantik omil bilan qorishtirilishidir. Fikrimizni dalillaymiz: Karimning tarvuzi qo‘ltig‘idan tushdi; Ayolning hafsalasi pir bo‘ldi; Biloljonning boshi ko‘kka yetdi kabi hosilalarda tarvuzi qo‘ltig‘idan tushdi; hafsalasi pir bo‘ldi; boshi ko‘kka yetdi frazeologik birliklari sintaktik jihatdan yaxlit kesim deb talqin etiladi. Agar shu mantiqqa tayansak, berilgan gaplar tarkibidagi Karimning; Ayolning; Biloljonning kabi qaratqichlarning qaralmishi qani? (Axir bu qaratqich hech qachon qaralmishsiz qo‘llanmaydi degan talqinga zid-ku?!) Bu kabi misollarni ko‘plab keltirishimiz mumkin. Bunday chalkashliklarning kelib chiqishida 2ta sabab bor: 12 1) botinga qaramasdan zohirni o‘rganish – nutqiy hosilalarga qarab xulosa chiqarish va, natijada, bir omilga boshqa omilning prizmasida qarash; 2) tilning ichki tabiatidan kelib chiqmasdan, lingvistik hodisalarni boshqa tillarning tasnif doirasiga solib o‘lchash. Ammo e’tirof etish joizki, (kamchiliklar, chalkashliklar bo`lishiga qaramay) an’anaviy tilshunoslikda nutqiy bosqich hodisalari tahliliga oid juda katta ma’lumotlar bazasi yaratildi; bu ulkan xazinaning yaratilishida kuchli tilshunoslarning xizmatlari bor. An’anaviy tilshunoslikning tahlil metodologiyasi (o`lchov me’yorlari) hukmron mafkura manfaatlariga bo`ysundirilganligi uchun ham (Ayub G`ulomov boshchiligidagi yuzlab) daqiq o`zbek tilshunoslari faqat bevosita kuzatishda bo`lgan nutqiy bosqich hodisalari tadqiqi bilan shug`ullana oldilar. Zero, an’anaviy tilshunoslik o`zbek tilshunosligining (1999-yillardan keyingi) taraqqiyotini belgilovchi tilshunoslik yo`nalishlarining yuzaga kelishi uchun poydevor vazifasini bajardi. Download 2.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling