Abuzalova M
Mavzu bo`yicha tayanch tushunchalar
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
tilshunoslikka kirish
Mavzu bo`yicha tayanch tushunchalar: Tashqi omillar, jamiyat va til, tilning ekstralingvistik omillari, differensiya, integratsiya, tillarning o„zaro ta‟siri, tillarning chatishuvi, bilingvizm, tillarning o„zaro progressiv va regressiv ta‟siri. Til taraqqiyotidagi tashqi omillar- jamiyat va til, nutqiy situatsiya, tilning boshqa tillar bilan o„zaro aloqasi va ta‟siri, tir taraqqiyotida differensiya va integratsiya hodisalari, tilning ekstralingvistik faktorlarini o„z ichiga oladi. Paralingvistika, psixolingvistika, areal lingvistika, sotsiolingvistika, ekstralingvistika singari sohalar mana shu tashqi omillarni tadqiq qiladi. Lisoniy rivojlanishning tashqi omillari tilning hududiy (areal), davriy, ijtimoiy va tarixiy sharoitlariga ko„ra yuz beradi. Bunda nutq jarayoni aloqa va kontakt masalalari va vaziyatlari (situatsiya) hisobga olinadi. Tillarning o„zaro ta‟siri va bilingvizm hodisasi, nutqiy iqtisod va tushunarlilik qonuniyatlari o„rganiladi. Tashqi omillarning asosini- tilning ijtimoiy ahamiyati va funksiyalari, tillarning tarixiy taraqqiyotini tashkil qiladi. Til hamisha jamiyat bilan aloqadorlikda ekan, so„zlovchilarning ekstralingvistik omillar ta‟sirida bo„lishlari ham shu munosabatdan kelib chiqadi. Til – jamiyat a‟zolarini birlashtiruvchi qadriyat. Til umumiy, nutq esa – xususiydir, ya‟ni har bir kishining nutqi o„ziga xos, individual. Kishilar o„z tafakkur tarziga, fikrlash qobiliyati va imkoniyatlariga ko„ra so„zlaydilar. Bundan tashqari nutqidan uning bilish saviyasini, umumiy dunyoqarashi - odatlarini, madaniyat darajasini – ma‟naviy olamini bilsa bo„ladi, qolaversa, har birimiz o„z uslubimiz (stil) va estetik, etik didimiz, tushunchalarimizga ko„ra turlicha nutqqa egamiz. Inson – jamiyatda tug„ilib voyaga yetadi, kamol topadi. Demak, insoniy til ham jamiyat bilan birgalikda rivojlanishdadir. Til ijtimoiy hodisa sifatida tabiiy hodisalardan ajralib turadi. Masalan, kishilarning tabiiy biologik xususiyatlari (ovqat eyishi, nafas olishi va h.) tabiat qonunlariga muvofiq, jamiyatga bog„liq bo„lmagan holda rivojlanib boradi. Ammo tilda so„zlashish va fikrlashish uchun kishilik jamiyati (sotsial muhit) bo„lishi shart. Til nasldan- naslga, avloddan- avlodga o„tadigan irsiy hodisa emas, aksincha, til jamiyat taraqqiyotining mahsulidir. Agarda yosh go„dak kimsasiz orolga yoki hayvonlar orasiga tashlab qo„yilsa, u insoniy tildan bexabar bo„lib o„sadi (olimlar bunday tajriba o„tkazishgan yoki eslang: Maugli) yoki agar xitoy bolasi o„zbeklar orasida ulg„aya, tarbiyalansa, u faqat o„zbekcha so„zlab, ajdodi tilini bilmasligi mumkin. Lekin xitoy bolasining biologik belgilari (yuz ko„rinishi) irsiy holda o„zgarmaydi. Til va jamiyatning uzluksiz ta‟sirini tildagi argo, jargon, tabu va evfemizmlar yoki semantik o„zgarishlar misolida kuzatish mumkin. Tilimizda muayyan bir guruh kishilarni ishlatuvchi- “ko„kidan”, “soqqa”, “mullajiring”, “malak” , “shef”, “oqidan”, “kabutar” kabi so„z va tushunchalar tilga, jamiyatga oid hodisalardir. Shuningdek, tabu va evfemizmlarning paydo bo„lishi ham, ijtimoiy tafakkur, aniqrog„i irim va e‟tiqodlar bilan bog„liq. Masalan, ilon - “arg„amchi”, pes – “oqarmoq” kabi qo„llashlar bu yomon hodisalarning oldini olish, irim bilan bog„liq bo„lsa, tug„moq- “yengil bo„lmoq”, “ko„zi yorimoq”, “o„g„il yo qiz ko„rmoq”; erga bermoq - “turmushga chiqramoq” Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling