Abuzalova M
qopqog`i ham ayrim tillarda tovush hosil qiluvchi a‟zo sanalib, arab tilida (nya) ﻉ
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
tilshunoslikka kirish
qopqog`i ham ayrim tillarda tovush hosil qiluvchi a‟zo sanalib, arab tilida (nya) ﻉ
tovushini hosil qiladi . Nutq apparatining, ya‟ni nutq a‟zolarining harakati natijasida tovush hosil bo`lish jarayoni artikulyatsiya deyiladi. Jahondagi barcha kishilarning nutq organlari bir xil tuzilgan bo`lsa ham, har bir tildagi tovushlarning talaffuzida ularning harakati turlicha bo„lishi mumkin. Ma‟lum bir tilga xos bo„lgan nutq tovushlarini hosil qilishga muvofiqlashgan nutq apparati artikulyatsiya bazasi deb ataladi. Bir tilning artikulyatsiya bazasi shu tilga xos nutq tovushlarini hosil qiladi. Shuning uchun ham har bir tilga moslashgan nutq artikulyatsiyasi bazasi ikkinchi bir tilning tovushlarini birdan to„g„ri talaffuz eta olmaydi. Buni ingliz tilini, koreys tilini o„rganish jarayonida kuzatish mumkin yoki, aksincha, ingliz xalqining rus, o„zbek tilida so„zlashish jarayoni ham fikrimizni tasdiqlaydi. Nutq artikulyatsiyasi 3 holatda bo„ladi: 1) tovush hosil qilishga o„tish; 2) tovush chiqarish uchun to„xtab olish; 3) asl holatga qaytish; Masalan, [b] tovushini hosil qilish uchun shu tovushni hosil qilishda ishtirok etuvchi nutq a‟zolari uni talaffuz qilishga tayyorlanadi . Shu vaqtda ustki lab bilan pastki lab jipslashib , o„pkadan keladigan havoni to„sadi , bir zum to„xtamdan so„ng o„pkadan kelgan havo kuchining zarbi bilan lablar yana ochilib , [b] tovushi hosil bo„ladi . Shudan so„ng nutq a‟zolari yana o„z asliga qaytadi . Artikulyatsiyada ikki hodisa muhim rol o„ynaydi: birinchidan, artikulyatsiya o„rni, ikkinchidan, artikulyatsiya usuli. Tovush hosil qilishda nutq a‟zolarining harakat etgan qismi artikulyatsiya o„rni deyiladi . Masalan , b, p, m, v, f kabi tovushlarni hosil qilishda lab ko„proq harakat qiladi, to„g„rirog„i labda hosil bo„ladi . Shuning uchun bu tovushning artikulyatsiya o„rni labdir va shunga ko„ra lab undoshlari deyiladi. Yoki d, t, s, z, ch tovushlari tilning ustki tishlar va milkka tegishi bilan hosil bo„ladi. Bu tovushlarning artikulyatsiya o„rni tilning old qismidir, shuning uchun bu tovushlar til oldi undoshlari nomini olgan. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling