Abuzalova M


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/186
Sana02.01.2022
Hajmi1.77 Mb.
#197102
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   186
Bog'liq
tilshunoslikka kirish

akkumulyativ 
(latincha 
“to`plash”demakdir)  vazifasidir.  Tilga  xos  bo`lgan  akkumulyativ  vazifa  ba‟zi 
lingvistik adabiyotlarda tilning gnoseologik funksiyasi deb ham yuritiladi. 
   
Til – serqirra hodisa. Shunga ko`ra til tilshunoslik bilan birga qator ijtimoiy 
fanlar  tomonidan  ham  o`rganilishini  yuqorida  ta‟kidlab  o`tgan  edik.  Tilni 
o`rganishda ishtirok etadigan har bir fanning tilga nisbatan o`z munosabati bor. Bu 
munosabat  har  bir    ijtimoiy  fanning  tilning  qaysi  aspektini  o`rganishi  bilan 
xarakterlanadi.  Tilshunoslik  falsafa  bilan  chambarchas  bog`liq.  Falsafa  
tilshunoslikning  metodologiyasini  belgilab  beradi.  Ushbu  qo`llanmada  tilning 
nazariy-falsafiy masalalari quyidagi besh yo`nalish asosida talqin etiladi: 
1.Tilning kelib chiqishi va rivojlanishi; til va nutq falsafiy masala sifatida.  
2.Til va tafakkur, mantiq va tilshunoslik munosabatlari. 
3.Til  - ramziy tizim sifatida. 
4. Tillarning rivojlanishi va o`zaro ta‟siri masalalari. 
5. Grammatik talqinlarning falsafiy masalalari. 
   
Hozirgi zamon tilshunosligi  til (lison )mohiyatini ochishda dialektik falsafa, 
lisoniy  birliklar  haqida  ilmiy-nazariy  hukm  chiqarish  jarayoni    dialektik 
gnoseologiya, jumladan, dialektik-logik kategoriyalardan onglilik va izchillik bilan 
foydalanishni  taqozo  etadi.  Tilga  falsafiy  yondoshish  deganda  dealektikaning 
umumiylik-xususiylik,  mohiyat-hodisa,  imkoniyat-voqelik,  sabab  va  oqibat 
kategoriyalarining til tizimi birliklariga bevosita amaliy tatbiqini tushunish zarur. 
 
Dialektikada  xususiylik  umumiylikning  ,  voqelik  imkoniyatning,  hodisa 
mohiyatning, oqibat sababning, tasodifiylik zaruratning yuzaga chiqish, voqelanish 
shakli  ekanligi  sizga  o`rta  maktabning  “Jamiyatshunoslik”  fanidan  yaxshi  tanish. 
(Shuning uchun dealektik kategoriyalar xususida alohida to`xtalib o`tirmadik.) 
   
Til  bizning  ongimizda  imkoniyat,  umumiylik,  munosabatlar,  belgilar 
sistemasi sifatida mavjud. U nutq orqali yuzaga chiqadi, nutqda muayyan moddiy 
shaklga,  ko`rinishga  ega  bo`ladi.  Til  qonuniyatlari  dialektik  qonuniyatlar  asosida 
tadqiq  etiladi.  Biroq  bu  qonuniyatlarning  har  biri  o`z  alohida  tizimiga  ega  bo`lib, 
ular aynan bir xil hodisa emas. Keyingi mavzularda bu xususda batafsil mulohaza 
yuritamiz. 

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling