Abuzalova M
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
tilshunoslikka kirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Barqaror bo„lmagan zidlanish
Barqaror zidlanishda fonemalarning qanday nutqiy vaziyatda bo„lishidan qat‟iy
nazar ulardagi ziddiyat saqlanib qoladi . Masalan,til oldi unlisi til orqa undoshi bilan kelgan vaziyatda til orqa undoshi sifatida namoyan bo„ladi. Unli va undoshlar orasidagi qarama – qarshilik barqaror ziddiyatga misol bo„la oladi. Yoki undoshlarning paydo bo„lish o„rniga ko„ra, unlilarning tor – kenglik xossalariga ko„ra, zidlanish ham barqaror ziddiyatlardir. Barqaror bo„lmagan zidlanishda fonemaning belgisi kuchsizlanadi. Masalan, [b] fonemasi so„z boshida jarangsizlashmaydi va bu pozitsiyada uning [p] fonemasiga zidligi saqlanadi. Va bu kuchli pozitsiyadir. Ba‟zi hollarda esa jarangli undoshlar so„z oxirida jarangsizlashadi : луг (лук ), город (горот), kitob (kitop), aktiv (aktif). Bunday neytrallanish, so„nishga olib keluvchi pozitsiya kuchsiz pozitsiyadir. Bunday pozitsiyadagi ziddiyat barqaror ziddiyat deyiladi. Fonema va tovush munosabati invariant - variant dialektikasini o„zida aks ettiradi. Nutqiy variantlanishlarda fonemalar turli – tuman tovush sifatida yuzaga chiqadi va ularni shartli ravishda, masalan, (b1), (b2), (b3), (b4), (b5),….. (bn) tarzida belgilash mumkin. Nutqda voqelangan barcha (b) larni bitta [b] fonemasiga birlashtirishda ularning umumiy xossalari “yig„ildi”. Bunday umumiy xossalardan biri ularning akustik va artikulyatsion o„xshashliklaridir. Turli talaffuz sharoitlarida bu umumiy belgilar o„zgarishga uchrashi mumkin. Lekin bu o„zgarishlar miqdor o„zgarishlari darajasida bo„lib, sifat o„zgarishi bosqichiga yetmaydi. Masalan, [u] fonemasi “yuqori” va “lablangan”lik mohiyatiga ega. Shu boisdan nutqda [u] voqelanganda, qanchalik o„zgarishga uchramasin, baribir, tovush bu fonemaning varianti hisoblanishi uchun mazkur “yuqori tor”, “lablangan”lik mohiyati chegarasidan chiqmasligi kerak. Masalan, qurbaqa va kunbotar so„zlarida 2 ta “u” tovushi va 3 ta “a” tovush mavjud bo„lib, “u” tovush “yuqori tor, lablanganlik” umumiy belgisiga, “a” tovush “quyi keng, lablangan”lik belgisiga ega. Nutqda bu tovushlar turli miqdor o„zgarishlariga uchrasa ham, ular “a” va “u” fonemasining varianti hisoblanadi. Kunbotar so„zidagi “u” bilan qurbaqa so„zidagi “u” tovushlari qattiq – yumshoqligi bilan farq qiladi. Bu belgilar “u ” fonemasi zotiy mohiyatida mavjud bo„lmay, balki talaffuz jarayonida “q” va “k” tovushlari ta‟sirida yuzaga kelgan hodisadir. Boshqacha aytganda, kunbotar so„zidagi “u” tovushiga xos bo„lgan yumshoqlik, qurbaqa so„zidagi “u”ga xos bo„lgan qattiqlik boshqa bir fonemaning, zarraning “u” fonemasiga yopishgan taxallusidir. Bir fonema ham jarangli, ham jarangsiz bo„la olmaganidek, “u” fonemasi ham yumshoq, ham qattiq yoki “a” fonemasi ham til oldi, ham til orqa tovush sifatida voqelana olmaydi. Demak, fonemaning zotiy mohiyati doirasidan chiqqan tovush uning varianti sanalmaydi. Deylik ruscha город so„zi nutqda горот tarzida talaffuz etiladi. “p” tovush jarangsizlanadi, “p” tovushi “b” tovushining varianti sanalmaydi. Bu ikki so„zda “b” alohida va “p” alohida lisoniy mohiyat kasb etadi. Fonema variantlari ma‟no farqlash qobiliyatiga ega emas. Fonemaning o„zi funksional ma‟no farqlash xossasiga ega, ya‟ni bir fonemaning nutqiy varianti o„rnini ikkinchi bir fonemaning nutqiy varianti egallasa, so„z ma‟nosi o„zgaradi: besh – bet, ot – o„t, tog„ – tosh kabi. Ba‟zi tillarda undosh fonemalar, ba‟zi tillarda esa unli fonemalar ko„p bo„ladi. Masalan, o„zbek tilida 25 undosh va 6 unli fonema, nemis tilida 18 undosh va 15 unli fonema, abxaz xalqining tilida esa 68 undosh va 3 unli fonema bor. Demak, fonema va tovush bir-biridan ajralgan holda mavjud bo„lolmaydi va ular aynan bir narsa ham emas. Fonema umumiylik, mohiyat, sabab belgilariga ega bo„lsa, tovush yakkalik, hodisa, voqelik, oqibat kabi belgilariga egadir. Fonemaning ongdagi shartli ifodasi grafemadir. Harf esa tovushning ifodasi. Qog„ozga tushurgan harflarimizda grafemalarning xossalari namoyon bo„ladi. Demak, fonema bilan grafema, tovush bilan harf o„zaro munosabatga kirishadi. Har qanday tovush fonema varianti, har qanday harf grafema varianti sanaladi. Fonema haqidagi nazariya, asosan, rus tilshunos olimlari tomonidan ishlangan . 1.Boduen de Kurtenening psixologik fonema nazariyasi mavjud.U bu nazariyasida ilk bor fonemaning umumiy tushuncha ekanligi, tovushning fonemani tallafuz qilishdagi aniq tassavur ekanligi qayd etilgan . 2.Boduen de Kurtenening shogirdi mashhur tilshunos L.B.Shcherbaning fizik Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling