МИНЕРАЛЫ АУТИГЕННЫЕ — MINERALS AUTIGENIC AUTIGEN MINERALLAR — xar xil eritmalardagi moddalarning cho’kish yoki qaytadan kristallanishi natijasida shu Yerning o‘zida saqlanib qolgan cho’kindi jins m-llaridan iborat. Paydo bo‘lish sharoitiga qarab A. m. lar singenetik, diagenetik va epigenetik turlarga bo‘linadi.
МИНЕТТА — MINETTA MINETTA — sienig gruppasiga kiruvchi magmatik t. j. M. dayka, ba’zida kichik intro‘ziya shakllarida mavjud. Melanokrat tomirlar jins hisoblanadi. Rangi sora. Tarkibi asosan biotit va ortoklazdan iborat. Uning tarkibida plagioklaz juda kam uchraydi.
МИОГЕОСИНКЛИНАЛЬ — MYOGEOSYNCLINAL MIOGEOSINKLINAL (mio—kam, kamroq)—geosinklinal o‘lkalarning tashki, nisbatan kam harakatlanadigan qismi. Aksariyat M. da vulkanik xarakat kechmaydi. M. natijasida vujudga kelgan burmalangan joylarda ko‘pincha chaqiq va oxaktosh formatsiyalari uchraydi.
МИОЦЕН — MIOCENE MIOTSEN (mio — kichikrok, kenos — yangi)— neogen sistemasining quyi davri. 3 kichik davrga bo‘linadi (Lyayel fanga kiritgan, 1841 y.).
МИРАБИЛИТ — MIRABILIT MIRABILIT — m-l. Kimyoviy tarkibiga 2504 YUN20. Monoklin singoniyali, rangsiz va shaffof, ba’zan xira, sarg‘ish ko’kimtir, shishadek yaltiraydi, qat. 1,5—2, juda ham mo‘rt. S.o.r. 1,48 havoda asta-sekin suvsizlanib, tenarditga aylanib, oq kukun modda bo‘lib qoladi. Mazasi achchiq shur. Natriy va sulfat anionlari bilan to’yingan shur suvli kullarda, suvning buglanish vaqtida harorat 33° dan past bo‘lganda yoki kuz va qishda harorat pasayganda katta uyumlar hosil qiladi. Asosan, Leblan usulida (oxaktosh va kumir bilan sotishtirib) soda, shisha tayyorlashda, shuningdek buyoqchilik va boshqa sanoat tarmoqlarida qo’llaniladi. Tabobatda surgi sifatida foydalaniladi.
МИССУРИТ — MISSOURIT MISSURIT (Missuri daryosi nomi bilan atalgan, AQSh )— yirik donali to‘q kulrang feldshpatoidli intruziv t. j. Tarkibida to’q yashil rangdagi avgit (50% ga ihin), o‘zgarmagan kulrang rangdagi leysit (16% ), olivin (15%) va biotit mavjud. Aksessor m-llardan apatit, titanomagnetit xam uchraydi. Ichki Tuzilishi gipidiomorfli. Idiomorf m-llari — apatit titanomagnetit, piroksen va olivin, leysit esa ksenomorf donalar hosil hiladi, o’z ichiga rangli m-l qo‘shimchalarini ham oladi. Leysitli bazalt M. ning effuziv turdoshidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |