Adabiy-estetik tafakkur adabiyotshunoslik ibtidosi sifatida


Download 98.23 Kb.
Sana02.06.2024
Hajmi98.23 Kb.
#1835153
Bog'liq
Документ Microsoft Word


ADABIY-ESTETIK TAFAKKUR ADABIYOTSHUNOSLIK
IBTIDOSI SIFATIDA
(so'zboshi o'rnida)
Insoniyat dunyosi ulug'Yaratuvchining beadad qudrati mahsuli
ekan, insonga ham o'z navbatida yaratuvchilik qobiliyati Alloh
tomonidan ato etilgandir. Biroq Bani odamning yaratuvchiligi
Allohning mo''jizaviy qudrati oldida ushoqcha bo'lsa ham uning
fitrati tufayli moddiy ne'matlar va ma'naviy bisot dunyoga
keladi. Insoniyat juda qadim zamonlardan o'zining mohiyatini
anglashga, buyuk yaratuvchi oldidagi burch va mas'uliyatidan ogoh
bo'lishga intilgan. Natijada inson mehnati tufayli ishlab
chiqarilgan moddiy ne'matlar bilan birga uning zakovati
tufayli yaratilgan ilm va ijod namunalari ham bunyod bo'lgan.
Ushbu yaralish jarayonida, tabiiyki, dastlabki davr moddiy
buyumlar ishlab chiqarilishi bilan bog'liq bo'lgani uchun ijod
namunalari, qalbdagi tuyg'ularning ifodasi bo'lgan san'at
asarlari badiiyat namunalaridan avvalroq yaratilgan.
Keyinchalik mana shu yaralmish ma'naviy bisot mohiyatini
boshqalarga anglatish ehtiyoji bilan ijod mevalari haqidagi
nazariy fikrlar vujudga kelgan.
Mazkur tadqiqotda jahon adabiy-nazariy tafakkuri
sifatida tan olingan estetik qarashlar tadriji o'rganildi.
Muayyan davr, millat yoki alohida buyuk shaxslar tomonidan
yaratilgan nazariy-estetik hodisalar umumbashariy tafakkur
hosilasi sifatida talqin etildi. Adabiy-nazariy
kontsepsiyalararo mushtaraklikning xronologik, tarixiy-
madaniy, geografik, genetik va psixologik, asosan, filologik
omillari tadqiq etildi. Sharqu Farb adabiy-estetik
tafakkuridagi aloqadorlik va farqli jihatlar, buning sabab
va oqibatlari tahlilga tortildi. Hozirgi globallashuv
jarayonida yaxlit dunyoni Sharq va Farb singari ikki yirik
hududga bo'lish va uning ijtimoiy omillaridan tortib, san'atga
doxil tushunchalariga qadar o'zaro qarama-qarshi qo'yib tadqiq
etish usuli mutlaqo eskirgan. Bunday evropasentristik
metodologiya dunyo tamadduni taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shgan
ayrim Millatlar zakovatiga nisbatan kamsitish hamdir.
Qolaversa, asrlar davomida shakllangan qiyosiy-tarixiy metodni
istifoda etish jarayonida birining ikkinchisiga ta'siri
nuqtai nazaridangina emas, balki o'zaro mavjudlik qonuniyatlari
asosida komparativistik va struktural metodlardan
foydalanib ish ko'rish kutilgan samara berishi mumkin.
Estetik tafakkur rivoji sobiq ittifoq doirasidagi
ilmiy asarlarda, asosan, Evropa va Farb dunyosiga xos hodisa
sifatida baholanar edi. Antik madaniyat ildizlari qadimgi
yunon falsafiy-estetik manbalari bilan aloqada bo'lgani kabi
bu ilmiy-nazariy tafakkur durdonalari qadimgi Misr, Xitoy,
Hindiston va Markaziy Osiyoda yaratilgan tafakkur durdonalari
bilan ham bog'liq. Bashariyat tamadduni tarixini nafaqat
Sukrot, Aflotun, Arastu, Gorasiy, Plutarx, Seneka, Plotin,
Avgustin kabi Farb faylasuflari merosi va ularning Sharqqa
ta'siri masalalarigina emas, balki "Bilgamish", "Avesto",
"Mahobxorot", O'rxun obidalari singari muhtasham manbalar,
Budda va Konfutsiy ta'limoti, moniylik va nasroniylikka oid
muqaddas yozuvlar ham tashkil etishini ko'zda tutib, bu kabi
yuzlab ma'naviy manbalar ham ilmiy tahlilga tortildi. Zero,
o'tgan asrning 80-yillaridan boshlab sobiq sho'rolar Ittifoqida
yangilanish tamoyillari urf bo'layotgan bir paytda "Umumjahon
adabiyoti tarixi" nomli fundamental tadqiqotlar majmui
(9 jild) yaratildiki', bu adabiy-nazariy-tarixiy tajriba ushbu
tadqiqotni yaratishda qo'l keldi. Sababi "Umumjahon adabiyoti
tarixi" sifatida qat'iy xronologik tartibda butun dunyo
adabiyotlarining mushtarak tarixi yaratilib, ularning sinxron
jadvali tuzildi. Jadvalga ko'ra, m.a. uch ming yillikda yuzaga
chiqqan adabiy manbalar sifatida Misrdagi ieroglifik
adabiyot, Mesopotamiyadagi Shumer madaniyati, Akkad va Bobilda
yaratilgan ma'naviy meros qayd etilgan. So'ngra qadimgi
Hindiston, Xitoy, Eron, Markaziy va kichik Osiyo madaniyati
tasnif etilgan. Ana shu ma'lumotlarga asoslangan holda jahon
madaniyatining "oltin beshigi" sifatida antik (ko'hna) Yunon
va Rim madaniyati hamda tamadduni emas, undan qariyb uch ming
yil avval bunyodga kelgan yuqorida tilga olingan adabiyotlar
tartiblashtirilgan. Tasnif jarayonida qadimgi sulolalar
bo'yicha davlatchilik tarixi, arxeologik qazishmalar jarayonida
qo'lga kiritilgan moddiy va ma'naviy meros manbalari asos qilib
olingan. Mana shu tarixiylik tamoyillariga imkon qadar amal
qilingan holda eng qadimgi davrlardan tortib o'rta asrlargacha
kechgan adabiy-estetik tafakkur taraqqiyoti yaxlit bir ilmiy-
ijodiy jarayon sifatida tushunildi.
Akademik N.I.Konrad "Osiyo va Afrikaning eng qadimgi
adabiyotlariga kirish "ida qadimgi dunyo adabiyotlari
manzarasini shunday tasavvur qiladi: "qadimgi davrda Shumer
va misrliklar, Assiriy va bobilliklar, xurrit va xetlar,
finikiy va Axiy yunonlari - bular bir "sahna maydoni"ni
tashkil qilsa, Hindistondagi Moxendjo-Daro va Xarrappa,
Hayan - xitoyliklar uchinchi maydonni tashkil qiladilar. Bu
"maydonlar" - uch tarixiy-madaniy hududni anglatadi; evro-
Afro-Osiyo hududi uch markaz Nil vodiysi, Tigr va Evfrat
daryolari oralig'i hamda Krit va Peloponnesni; Janubiy Osiyo
hududi Hind sohillari; Sharqiy Osiyo hududi esa, Xuanxe o'rta
oqimi sohillarini tashkil qiladi. Hammadan avval m.a. IV
minginchi yillikda madaniy-tarixiy hayot birinchi hududda
vujudga kela boshlagan; so'ngra keyinroq IV-III ming yillikda
ikkinchi va nihoyat, Imingyillikda uchinchi hududda shakllangan"2.
Garchi ushbu qarashni mazkur adabiy-estetik tafakkur
taraqqiyotidagi asosiy omil deb bilmasak ham, bu kabi ilmdagi
mavjud qarashlar ushbu tadqiqotdagi manbalar va boblar ketma-
ketligini belgilashga yordam berdi. Natijada eng qadimgi
davrlardan tortib Farbda jaholat va inkvizasiya davri deb baholangan o'rta asrlar (VII-VIII)gacha jahon xalqlari
ma'naviyatining tamal mohiyatini to'g'ri aks ettirgan manbalar
tahlilini mazkur jild doirasida tadqiqotga tortishga
harakat qilindi. Sir emaski, bu jihatdan rus tilida
yaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlari asqotarli material
sifatida va ayrim manbalarga murojaatda ingliz va olmon
hamda Arab, fors va turk tillarida yaratilgan ilmiy manbalarga
ham e'tibor qaratildi. Shu jihatdan rus tilidagi tadqiqot
ishlari Sharq xalqlari estetik tafakkuri namunalarining
talqinlari asosida to'ldirildi.
Qo'yilgan muammo nuqtai nazaridan nazariy yondashuv milliy
estetikaning jahon adabiy-nazariy tafakkuri taraqqiyotida
tutgan o'rni va ahamiyatini belgilash imkonini beradi. Shubilan
umumbashariy estetik tafakkurning milliy estetikaga
munosabatini ilmiy asoslashga harakat qilindi.
Adabiyotshunoslik o'z metodologik asoslarini umumestetik
mezonlar asosida qayta ko'rib chiqish davriga kirdi. Adabiy
hodisalarni baholashda va ilmiy xulosalarga kelishda jjahon
adabiyotshunosligi tajribasida sinalgan akademik maktablar
va kontsepsiyalarning ahamiyati katta. Hozirgi kunda adabiy-
badiiy matn, ijodiy jarayon va ijod psixologiyasi kabi
muammolarni psixoanalitik, intuitiv va struktural metodlar
yordamisiz hal etib bo'lmaydi. Mazkur tadqiqotda jahon
estetik tafakkuri tarixi ana shu kabi zamon talablari
nuqtai nazaridan qayta nazardan o'tkazildi. Ushbu muammo
doirasida aniq maqsad va vazifalar quyidagilardan iborat
bo'ldi:
- jahon adabiy-estetik tafakkuri tarixini global
ko'lamda tadqiq etish;
- adabiy-nazariy tafakkur taraqqiyotidagi davriy
bosqichlar mohiyatini aniqlash;
Sharq va Farb tafakkurlararo mushtarak va farqli
jihatlarga tipologik yondoshish;
- ilmiy muammoga munosabatda sho'ro adabiyotshunosligi va
jahon adabiy-nazariy tafakkuri nisbatlaridagi kontseptual
xususiyatlarni kuzatishdan iborat.
"Adabiy-estetik tafakkur tarixi" tadqiqotida antik
madaniyat ildizlari qadimgi Shumer, Bobil, Misr va yunon falsafiy-estetik manbalari bilan bog'liq bo'lgani uchun Yunon,
Rim hamda Xitoy, Hindiston va Markaziy Osiyo hamda Eronda
yaratilgan adabiy-nazariy tafakkur durdonalari (Konfutsiy,
Suqrot, Aflotun, Arastu v.b. merosi) tahlilga tortildi.
Tadqiqotning mazkur jildi o'z ichiga olgan qismi tarixan
ikki davr qadimgi (m.a. besh minginchi yillikdan milodning V
asrigacha) va ilk o'rta asrlar (VI-VII)ni tutashtiradi. Ayni
davrlarda yaratilgan adabiy-nazariy manbalar, estetik
tafakkur namunalari imkon qadar to'laroq tahlilga tortildi.
"Adabiy-estetik tafakkur tarixi "ni yaratishda M.Mahmudov
Antik davr (Yunoniston, Rim va Vizantiya) estetikasi qismini,
H.Boltaboev Markaziy Osiyo, Xitoyda nazariy tafakkur tarixi
qismlarini yozdi. Qadimgi Misr, Shumer, Bobildagi qarashlar
va Hindiston hamda Erondagi estetik tafakkur tarixi
bo'limlari esa M.Mahmudov bilan H.Boltaboevning hamkorlikdagi
mehnatlari samarasidir.
Beayb Parvardigor deganlariday mazkur tadqiqot ushbu
mavzuda ilk bor yaratilayotgani uchun unda ayrim
etishmovchiliklar, manbalar noaniqligi, fikr saktaligi va
talqinlarda murakkabliklar uchrashi mumkin. Ular haqida
mualliflarga xabar berilsa, isloh qalami tortilishiga va
keyingi jildlarning bayoni kamqusurliroq bo'lishiga yordam
berilgan bo'lur edi. So'z san'atining ildizlari va ilk adabiy-nazariy qarashlarni
kuzatganda, adabiyot ayrim san'at turlaridan, xususan, rasm yoki raqs
v.b.dan keyinroq vujudga kelgan, degan qarashlar mavjud.
Kadimshunos olim E.M.Meletinskiy shunday yozadi: "so'z san'ati,
kuzatilishicha, boshqa san'at turlaridan nisbatan kechroq vujudga
kelgan, chunki uning materiali, birlamchi unsuri so'z va nutqdir…
So'z san'atining vujudga kelishi uchun esa tilning kommunikativ
vazifasiga ko'ra, yuksak darajada shakllangan va murakkab grammatik-
sintaktik birliklar vujudga kelishi kerak edi"1. Biroq Kur'oni
karimda aytilgan barcha yaralmishlar ichida dunyoga birinchi bo'lib
So'z kelgani haqidagi ta'limotni eslasak, so'z ilohiy kalom
sifatida dastlab mavjud bo'lgan, dunyo ham, inson ham so'zdan ( "kun!
- Yaral!") yaralgan. Ayni fikrlar boshqa muqaddas kitoblarda ham
tilga olingan bo'lib, yangi ahd kitobi (Injil)dagi Yuhannoning
birinchi maktubida shunday yozuv bor: "azalda kalom bor edi. Kalom
Xudo nazdida edi. Kalom - Xudo edi. Azaldanoq Uxudoda edi" (Yuh.
1, 1.2). "U o'z qudratli kalomi ila koinotni asraydi" (Ibr. 1,3).
Demak, so'zni dunyoning ibtidoyu intihosi deb bilish faqatgina
musulmon olamiga xos bir ruhoniy holat emas, balki barcha
yaralmishlar tomonidan Fitrat etilgan (yaratilgan) ne'matlarda ulug'
kalom sifatida aks etgan. Biroq san'atning turi sifatida, so'z
san'ati nisbatan kechroq, insoniyat o'zligini tanigandan so'nggina
shakllangan, degan qarashlarda ham ma'lum bir ilmiy asos bor.
So'z san'ati haqidagi qarashlar ham, tabiiyki, badiiy adabiyot
vujudga kelganidan keyin shakllangan, xuddi yozma adabiyotning ibtidosi og'zaki adabiyotda uchragani kabi adabiy-estetik
qarashlarning ibtidosi ham badiiy asarlar tarkibida uchraydi.
Badiiy adabiyot haqidagi dastlabki savol-javoblar, ayrim adabiy
hodisalar haqidagi bahs yoki suhbatlarda tug'ilganini ham inkor
etib bo'lmaydi. Bunday og'zaki shaklda bayon qilingan adabiy-nazariy
qarashlar esa, bizgacha yozma manbalar orqali etib kelganini
unutmaslik kerak. Ezma adabiy-nazariy manbalar deyilganda, nafaqat
ilmiy-nazariy risolalarni, balki badiiy asarlar tarkibida uchragan
so'z san'atiga doir suhbat va mulohazalarni ham inobatga olish kerak
bo'ladi. Nazariy qarashlar dastlab tafakkurda shakllangani uchun
uni inson fikrlash tarzining boshqa shakllari: axloqiy normalar,
diniy inonch-e'tiqod yoki ayrim ijtimoiy masalalar haqidagi
qarashlarda ham ko'rish mumkin.
Qadimgi Misr nazariy tafakkuri ildizlarini izlaganda, davr
ma'naviyatidan xabardor qiluvchi moddiy madaniyat unsurlari:
toshbitiklar, ehromlar, pergament va papiruslardagi belgi va yozuvlar
vositasida ish ko'rishga to'g'ri keladi. Chunki Misr adabiyoti adabiy
istiloh sifatida mana shu kabi xususiyatlarni birlashtirar ekan,
ular tarkibidagi badiiy asarlarni va ularning talqiniga
bag'ishlangan qarashlarni o'zida mujassam etadi. E'tiborli jihati
shundaki, qariyb uch Mingyillik (m.a.) davrni birlashtirgan madaniy
obidalar, asosan, bir tilda yaratilgan. Qisman o'zgarishlarga va
hududiy tafovutlarga qaramasdan, keyinroq Misr adabiy tili deb
nomlangan madaniy hodisaning shakllanishiga xizmat qilgan
omillar sifatida akad. N.I. Konrad qadimgi til (m.a. XXX-XXII
asrlar), o'rta yoki mumtoz (klassik) til (XXII-XVI asrlar), yangi til
(XVI-VIII asrlar), demotik til (m.a. VIII - milodiy III asrlar) va
kopt tili - qibtiy til (milodiy III asrdan)* kabi lisoniy
hodisalarni keltiradi3. O'z yozuviga ega bo'lgan misrliklarning bu
tili m.a. 332 yil makedoniyalik Iskandar tomonidan Misr fath
etilib, ellinizm madaniyati tarkibiga, keyin Rim imperiyasi tarkibiga kiritilgunga qadar (m.a. 30 yil) madaniyat ko'zgusi
sifatida iste'molda bo'lgan. Misr madaniy tarixini
davrlashtirishda ham mutaxassislar mana shu shakllangan adabiy
tilning taraqqiyot xususiyatlaridan kelib chiqib ish ko'rganlar:
"Misr davlatining mustaqil tarixi o'z tarkibiga juda katta -
taxminan m.a. 3200 yillikdan milodiy III asrgacha bo'lgan davrni
qamrab oladi. Ilmda Misr tarixidagi to'rt davrni farqlash qabul
qilingan:
Qadimgi podshohlik - m.a. III minginchi yilliklar.
O'rta podshohlik - m.a. XXI-XVII asrlar.
Yangi podshohlik - m.a. XVI-IX asrlar.
So'nggi podshohlik -
m.a. VIII asrdan milodiy III asrgacha"4
Bundan tashqari har bir sulolalar o'rtasida o'tish davri deb
belgilangan bir necha o'n, hatto yuz yillik tarixlar ham mavjud
bo'lgan. Mana shu davrlashtirish tartibiga Misr adabiyoti tarixi
ham bo'ysunadi. Faqat 1852 yildagina topilgan Misr papirus
qog'oziga bitilgan "ikki og'a-ini ertagi"ga qadar bu adabiyotdan
Evropa olami xabarsiz edi. Britaniya muzeyida "Chester bitti"
nomi bilan saqlanayotgan asarda "Bukitobni o'qib, ularning nomlarini
tilga oladilar; hali ular hayot, ularning xotiralari abadiydir"
so'zlari yozilgan. Bu badiiy adabiyot yaratuvchilari haqidagi, ijodkor
shaxsining abadiyati haqidagi dastlabki tasavvurlardir.
Ehrom matnlari qadimgi mifologik tafakkurda diniy
davridagi qarashlar e'tiqodlar bilan bir vaqtda xalqning
badiiy tafakkuri ham yorqin majoziy-ramziy
surat va manzaralarda aks etadi. Qadimgi Misrda dunyoviy turmushda
va oxiratdagi hayotda insonlar taqdiri haqida jiddiy, ijtimoiy-
falsafiy fikrlar badiiy tafakkur taraqqiy etishiga olib keldi.
Bu hol fanda "ehrom matnlari" nomi bilan iz qoldirgan, XIX
asrning oxirlarida frantsuz olimi g.Maspero tomonidan Qohira
yaqinida topilgan m.a. XXV asrning oxiri - XXIII asr o'rtalariga
tegishli bo'lgan Misr fir'avnlarining V-VI sulolalariga oid
yozuvlar sabab bo'ldi. Ularda "sening suyaklaring maydalanmaydi, sening
badaning og'rimaydi, sening a'zolaring bir-biridan ajralmaydi", "Boshingni baland tut, ular quyi tushmasin, suyaklaringni saqla,
ular sochilib ketmasin" kabi yozuvlar bor. Ma'lum bo'lishicha, bu
matnlar zamirida inson vafotidan so'ng uni oxiratga etkazish uchun
ruhi bilan bir qatorda jasadi ham butun qolishi kerak, degan g'oya
mavjud bo'lgan. Buning natijasida esa, fir'avnlarni vafotlaridan
keyin mo'miyolash va maxsus maqbaralar qurdirib, ularda saqlash
urf bo'lgan. Fir'avnlar ilohlarga yaqin deb tasavvur qilingan,
Fir'avn moddiy o'limi bilan abadiy hayot topadi va abadiy
yashaydigan (tug'ilmagan va tug'maydigan) ilohlarga yaqinlashadi.
Qadimshunos B.A.Turaevning talqinicha, "o'limdan keyin o'lmaslik"
(ya'ni abadiy hayot) g'oyasi ustuvor bo'lgan3. Masalan, VI sulola
fir'avni tetining vaziri Marduk uchun shunday maqbara, ya'ni 31
inshootdan iborat "abadiy uy" qurilgan. Uning devorlari maxsus
bareleflar va yozuvlar bilan bezatilgan. Qadimshunos F.Leksning
talqinicha, nomi bo'lmagan narsaning o'zi bo'lmagan, shuning uchun
nomning saqlanishi, uning abadiy yashashi uchun imkoniyat beradi
va misrliklar o'zlarining nomlarini shu jihatdan
abadiylashtirishga harakat qilganlar.
Avtobiografik yozuvlar nomi bilan saqlangan toshbitiklarda
fir'avnlarning sayohatlari, urushdagi qahramonliklari va zafar
madhiyalari aks etgan. Fir'avn Pepi II davrida yaratilgan, muallifi
Uni bo'lgan avtobiografik (avtobiografik deb atalishiga sabab shuki,
ular birinchi shaxs tilidan yozilgan, tarixiy shaxs o'zi yozmagan
bo'lishi mumkin, biroq matn uning nomidan bayon qilingan)
yozuvlardan birida shunday yurish taassurotlari aks etgan. Shunisi
e'tiborliki, ular she'riy shaklda, etti banddan iborat qofiyali,
ritmik va fikriy tugallangan matnlardir. Pepi II nomidan
aytilgan "men haqiqat qildim, men haq gapni aytdim, men yaxshi
gapni aytdim va yaxshi (so'z)ni (har doim) takrorladim" so'zlari
misrliklarning nafaqat e'tiqodidan, balki estetik idealidan ham
guvohlik beradi. "Yaxshi so'z" kalimasi haq so'z sifatida qabul
qilingan va "ezgu so'zni takrorlash" ma'lum ma'noda haqiqatning
ifodasi bo'lib xizmat qilgan. Ayni davrda "Imxotep nasihatlari"
(saqlanmagan) asari ta'sirida yozilgan "Jedefxor nasihatlari"
qadimgi misrliklarning estetik tafakkur tarzini taxminlashga
yordam beradi: "Agar sen e'tiborli kishi bo'lsang, birinchi navbatda,
so'zingga ehtiyot bo'l. O'ylab topganingni gapir... Aqlli nutq (so'z)
aytish hamma narsadan qiyindir". "Elg'on aytma, garchi (aniq) eshitgan
bo'lsang ham. Eshitilganni emas, ko'rilganni gapir (yoz)!""Bilaronlar
bilan maslahatlashganing kabi bilmaydiganlar bilan ham kengash.
Bilish va bilmaslikning chegarasi aniq emas. San'at chegara bilmaydi.
Yashirin saqlangan ma'noli so'z zumraddan go'zalroq". Nasihatlarda
aytilishicha, yozuvchi (yozadigan kishi) uz davri amaldorlarining
ideali bo'lgan va har bir zodagon bunga intilgan.
Demak, qadimgi podshohlik danri manbalarida o'sha davr
kishisining dunyoqarashi ham, estetik ideali ham o'z ifodasini
topgan. Abadiyatga qoladigan yozuvlar (ya'ni adabiyot) qanday bo'lishi
kerakligi haqida ayrim talablar bildirilgan. Rost so'zlash, haqni
yozish har doimgiday qadimgi misrlikning adabiyotdan kutgan
ma'naniy ehtiyoji edi. Guzal suz (zumraddan ham) o'zining haqligi
bilan go'zal sanalgan, ko'rganni aytish (eshitganni emas) yozish
qoidalaridan eng muhimi hisoblangan.
Qadimgi podshohlik davrining so'ngiga kelib, Misrda
ijtimoiy-siyosiy vaziyat uzgargan. Ehromlar qurishga berilish,
buning uchun inson mehnatini ayamay istifoda etish, ichki nizolar
natijasida podshohlik tanazzul sari yuz tuta boshladi. Misrda yagona
Sun inshooti tizimi yuqligi dehqonchilikning rivojiga salbiy
ta'sir ko'rsatdi. M.a. XXI asrdan boshlab yagona birlikka intilish
harakatlari kuchaydi. Bu harakat, eng avvalo, bizgacha saqlanib qolgan
ieroglifik yozuv manbalarida aks etgan6.
"Shunday qilib, qadimgi podiohlik davrida yozuvning
ieroglifik tizimi to'la shakllangan, aholi orasida bu yozuvda ish
kuradigan savodlilar soni ko'p foizni tashkil qilgan. Lekin
badiiy adabiyotga doir asarlar yozish, asosan, O'rta podshohliklar
davrida haqiqiy kurinish kasb etgan"7.
Mumtoz davr Edgor-
liklaridagi qarashlar
Bu davr (m.a. XXI-XVII asrlar)
manbalarda mumtoz (klassik) davr
leb yuritiladi*.
Iqtisodiy hayotda ham, ma'naviy hayotda ham bu davr qator
ko'tarilishlarg'a sabab buldi. Markaziy sug'orilish tizimining
yaxshilanishi bilan dehqonchilik doimiy izga tushdi. Avvalgi davrda
barcha aholi fir'avnlarga xizmat qilgan bo'lsa, endi mahalliy boy
va zodagonlar sinfi shakllandi, ular qora mehnatdan ajralib,
madaniy hayot taraqqiyoti uchun xizmat qilishga ham vaqt ajratdilar.
Budavr ehromlari, toshbitiklari va moddiy merosi bilangina emas,
balki papirus qog'ozlariga yozilgan yuzlab ma'naviy yodgorliklari
bilan tarixga kirdi. Chunki madaniyatning, xususan, adabiyot va
san'atning eng gullagan davri, qadimgi davr madaniyati o'zlashgan,
Yangi davr madaniyati rivojiga qadam tashlangan zamondir. Qadimgi
davr "ehrom matnlari" umumiy nomi bilan tarixga kirgan bo'lsa,
bu davrda bevosita adabiy-badiiy asarlar yaratilgan va ular, asosan,
papiruslarga bitilgan. Ayni shu davrda grammatik ko'rsatkichlari
jiddiy shakllangan adabiy til yaratilgan bo'lib, u ma'lum ma'noda
oiladagi va ko'chadagi nutqdan farq qilgan. Yozma adabiyotda qissa
janri etakchi xususiyat kasb etgan, "Sinuxet qissasi", "fuqaroning
qiyofasi" (ayrim manbalarda "Xushsuxanlikka intiluvchi qissasi"
deb yuritiladi) kabi qissalar "podshoh Xufuva sehrgarlar", "cho'pon
va ma'buda haqida ertak" kabi asarlardan farqlangan.
Shulardan biri podshohlikning X sulolasi davrida bitilgan
"Xushsuxanlikka intiluvchi qissasi"da voqealar rivoji, ya'ni syujet
chizig'i kuzatilmaydi, balki to'qqiz nutqdan iborat asar sifatida
turkumlangan. Bu nutqlar maxsus yozilib, fir'avnlarga tortiq
qilingan va o'z davri ritorik adabiyotining mahsuli sifatida
taassurot qoldiradi. Asar tarkibida shunday aqidalar uchraydi:
"(Yaxshilik) qilgan kishiga (yaxshilik) qil, toki uyana shu (yaxshilik)ni
qilishda davom etsin", "xato qilma: tiling to'g'ri bo'lsin, yolg'on
gapirma: inson o'z ofatiga o'zi sababchi bo'ladi", "sening tiling
tarozi tili (shayni), sening qalbing uning pallasi, lablaring esa,
tarozining elka (yog'och asos)laridir", "gung odamniki sen gapirishga
o'rgatding, tush ko'rayotganni uyg'otding, qo'rqoqni harakatga keltirding,
so'zga xasisning og'zini ochding, johilni biluvchi qilding, ahmoqqa aql
berding... o sen ezgulik yaratuvchi!"Bu naql va iboralar bir-birlaridan
ko'chirib olingan, qog'ozlarga, daraxt po'stloqlariga, kulollik
buyumlarining chetlariga yozib qo'yilgan bo'lib, ularda qadimgi
misrliklarning estetik tafakkur kurtaklari aks etgan. Qadimgi
misrliklar nazdida muallif (yozuvchi) ezgulik yaratuvchi, uning sohir
qalamiga ko'p narsa bog'liq. Gungning tilga kelishi, qo'rqoqning
jangga otlanishi, Tolibning ilmga intilishi ana o'sha so'z qudrati
1.2. SHUMER VA BOBILDA
ADABIY-NAZARIY QARASHLAR
Eng qadimgi arabiy, turkiy, suryoniy, xattiy, qibtiy
xalqlarning vatani bo'lmish ikki Daryo oralig'i - Mesopotamiyada
ilk davlat, siyosat, madaniyat, jumladan, adabiyot, san'at vujudga
kelgani va rivoj topgani haqida toshbitiklarda yozib qoldirilgan.
Yunonlar "Mesopotamiya" deb atagan hudud - ikki Daryo oralig'i deb
tarjima etilsa-da, nafaqat Evfrat (Frot) va Tigr (Dajla) daryolari
oralig'i, balki bu ikki daryoning har ikki sohilidagi vodiy va
vohalar nazarda tutiladi. Kichik Osiyoning Sharqiy chegaralari
qadimgi Van ko'li (Armanistondagi Sevan ko'lining janubrog'ida)
o'rtasida, Kurdiston tog'laridan boshlangan Tigr (Dajla) daryosi
1950 kilometr (taxminan Qashg'ardan Ozarboyjongacha) yo'l bosib,
janubda undan ham olisroq (2770 km) yo'l bosgan Evfrat (Frot)
daryosi bilan qo'shilib, Shattl-Arab daryosini hosil qiladi va Basra
shahridan pastroqda Hind okeanining Fors ko'rfaziga quyiladi.
Mana shu hudud shimoli Assiriya, janubi esa Vaviloniya (Bobil)
deb yuritilgan. Bobilning shimol qismi o'z navbatida Akkad, janub
qismi esa Shumer deb yuritilgan. Injil rivoyatlariga ko'ra, "jannat
- ikki Daryo oraligi" deb tasavvur qilingan, odam ato va Momo
Havo shu erda yashagani bayon qilingan1.
Mana shu ikki Daryo suvlari sharofati bilan bu oraliqda
qadimgi Ashshurbonipal, Sardonapol, Navuhodanasor kabi jangovar,
urushqoq podshohlar qurgan Bobil, Shumer, Akkad, Elam davlatlari
tarkibida obod, go'zal shaharlar vujudga keldi, gohida bu shaharlar
qirg'in urushlar sababli xarobazorlarga aylandi. Assiriya davlati
Bobilni bosib olgan vaqtlarda Nineviya shahri poytaxt sifatida
yuksaldi. Dajla va Frot daryolari ming kilometrga oqib, bir-biriga
yaqinlashgan (oralig'i 30 km bo'lib qolgan) joylarda qadimgi Bog'dod
o'rnida va atrofida Akkad, Bobil, Sippar, kish shaharlari qad
ko'tardi. Manbalarda Misr Nil ne'mati deb qaralsa, Mesopotamiya
Frot va Dajlaning ehsoni deb qaralgan. Bu yurtning Sharq tarafida
qadimgi Eronga chegaradosh Zahro (Zagro) tog'lari etagida Behistun
bitiklari topilgan.
Yunon tarixchilari Berosning "Bobil yoki Xaldaey tarixi",
muarrixlar otasi Gerodotningasarlarida bu o'lkaning fuqarolik
va davlatchilik tarixi bayon qilingan. Chex olimlari Yustin Vaslav
Prashek, Rudolf Dvorjak, Vaslav Gazuka, Bedrjix Grozniy
kabilarning tadqiqotlari bu hududda bitilgan toshbitik va sopol
lavhalarini o'qishga, Mesopotamiya iqtisodi va madaniyatini
o'rganishga yordam beradi. Shumerologlarning fikricha, Mesopotamiya
shumerlarning ota yurti emas, ularning Habashiston, Hindiston,
Eron, Kavkazorti kabi yurtlardan kelib qolgani haqida turli
qarashlar mavjud. Mashhur shumerolog S.N.Kramerning fikricha,
Mesopotamiyaning shumerlargacha aholisi ubaidlar bo'lib, ular
shumerlar istilosidan keyin Hindistonga chekinishga majbur
bo'lganlar2. Miloddan 2800 yil avvalgi madaniy inqilob natijasi
sifatida bu shaharlardagi madaniy yodgorliklar e'zozlanadi. Agar
Akkad tili umumxalq tili sifatida qaralsa, Shumer tili madaniy
yodgorliklar va adabiy til sifatida taraqqiy topdi.
Madaniy yodgorliklar va
Mesopotamiya madaniyati tarixini
estetik tasavvur
chuqurtadqiq qilgan Chex olimi
Y.Klima tarixiy voqealarning
xronologik jadvalini tuzgan bo'lib, undagi asosiy madaniy voqealar
silsilasini keltirish bilan bu madaniyatning naqadar qadimiy va
mushakkal ekanini tasavvur qilish mumkin. Jadvalga ko'ra3, barda-
Balkadagi tosh qurollarning qadimgisi m.a. 100-75 mingyillikka
oid bo'lib, Shanidar g'orlaridan topilgan kishilarning skeleti m.a. 35 mingyillikka tegishli. M.a. o'n minginchi yillikda zavi-
Shanidar, Mlefaat, Karim-Sharir vodiylarida ekinchi dehqonlar,
hunarmandlar yashaganlar. 6,5 minginchi yilliqdan keramika va bronza
davri boshlangan. IV ming yillikning birinchi davrida Eridu
saroylari va inshootlar barpo qilingan, ikkinchi davrida esa, sopol
idishlar, bronza va saroy peshtoqlariga ishlov berilgan. Uch
minginchi yillikdan Uruk madaniyati boshlangan, piktografik
yozuvlar* ayni mana shu davrga tegishli bo'lib, ular g'ishtin binolar,
saroy peshtoqlaridagi tosh lavhalarga yozilgan. 2600-2350 yillar
orasida Sargonga qadar dastlabki sulolalar kish, ur, Lagash, Uruk
podshohliklari davri sanaladi. 2350 yildan Akkadli Sargon
sulolasi boshlanadi va mana shu shumerlar (somiriylar) davridan
juda boy madaniy meros xazinalari saqlanib qolgan. Birgina
Nippur shahri ibodatxonasining kutubxonasida mifologik
dostonlar turkumiga kiruvchi 2000 ga yaqin badiiy asar sopol va
toshbitiklar orqali bizgacha etib kelgan. Lagash, kish, Uruk va ur
(Hur) shaharlari ibodatxonalarining kutubxonalarida "Bilgamish"
dostonining Akkad tiliga tarjima qilingan juda ko'p toshbitik
nusxalari topilgan.
M.a. 2150-2060 yillar davomida Mesopotamiyaga gutaylar
istilosi sodir bo'lib, ular mamlakat shimolini egallab olganlar.
Faqatgina IV sulola asoschisi Utexegal tomonidan guteeylar quvib
yuborilgan va III sulola davri (vakillari UrNammu, Shulgi, Amarsin,
Shusin, Ibisin)ga qadar mamlakatda tinchlik hukm surgan. Buning
natijasida adabiy va madaniy hayot jonlangan. Shumer madaniyati
insonning shaxs sifatida Kamolot yo'llarini belgilovchi qator
adabiy manbalar yaratib qoldirgan. Mesopotamiyaga ko'chib kelgan
semitlar va assiriyaliklar sekin-astalik bilan o'rnashib, o'zlarining
hukmronliklarini mustahkamlay boshladilar. Natijada m.a. 1850
sanadan qadimgi Assiriya va qadimgi Bobil davri boshlanadi. Shumer
madaniyati ta'sirida shakllangan bu madaniyat tarkibida ham asosan,
shumerliklarning adabiyotga qarashlari saqlanib qolgan. Hatto
mashhur Shumer eposi "Bilgamish"ningassiriy va Bobil versiyalari
yaratilib, yozuvga ko'chirilgan. Bu qadimiy madaniy va adabiy yodgorliklar nisbatan kech,
Napoleon qo'shinlari Misrni bosib olgan, Angliya qo'shinlari
Frantsiya bilan bu hududlarni talashgan davrlarda, 1807-1870 yillar
oralig'ida ingliz, frantsuz, olmon, turk va Chex olimlari tomonidan
arxeologik qazilmalar vaqtida topilgani uchun bir adabiy asar -
dostonning bir qismi Berlinda, yana bir qismi Luvr (Frantsiya)da,
yana bir qismi London yoki Istanbulda saqlanib qolgan. Lekin
ilm-fan fidoyilari bo'lgan arxeolog, tarixchi, filolog olimlar
turli joylardagi parchalarni birlashtirib, badiiy asarning to'liq
mazmunini tiklashga erishganlar.
Madaniyat va ilk san'at asarlari hunarmandlikda o'z aksini
topgan. Mamlakatda metall va yog'och taxchilligi tufayli xomashyo
sifatida loy, jun, charm va surp (bo'z)dan foydalanilgan. Y.Klima
ma'lumotiga ko'ra, Oannes ismli tanasi baliq, odam boshli ma'bud
haykali saqlangan bo'lib, shumerliklar nazdida ularni yozuv, ilm
va san'atga ilk bor mana shu ma'bud o'rgatgan. Arxitektura obidalari
va zargarlik buyumlariga odatda hukmron sinf vakillari egalik
qilishgan, ular mamlakatning eng sara ustalarini yig'ib, o'z
saroylarida ishlatganlar. Shumer ibodatxonalari, asosan, amaliy
san'at manbalari sifatida saqlanib qolgan. Toshyo'nish, devorga
surat ishlashda shumerlik ustalarning mahorati olamni tang
qoldirgan.
Shumerliklar inonchiga ko'ra, ular iloha-onadan tarqalganlar,
uning loydan ishlangan haykali m.a. V minginchi yillikdayoq
yaratilgan. Tobe Iloh-erning mavjudligi, o'sha davrda oilaviy
munosabatlarda matriarxat hokim bo'lganini ko'rsatadi.
Shumerliklar inonchiga ko'ra, yuzdan ortiq ilohlar mavjud bo'lib,
ularning eng mashhurlari: osmon ilohi - An, er ilohi - Enlil,
suv ilohi - Enki, barcha maxluqotlar ilohasi - Ninxursag v.b. Bu
ilohlar ikki guruhga ajratilgan: er va erusti ilohlari - Igigi,
erosti ilohlari - Annunaki. Bu qarashlarda animizm izlari ochiq
seziladi. Shumer miflarida dunyoning yaratilishi iloh An
(akkadlarda anu) faoliyati bilan bog'liq. Uning xotini Ki (ya'ni
erdemakdir) ayrim matnlarda Nintu (ya'ni tug'ilishni boshlab bergan)
nomi bilan yuritilgan. So'ngra uning o'rnini iloha inanna (Akkadcha
Ishtar) egallagan. U yaratilish va tabiat ilohasi sifatida tanilgani
uchun uni tanasidan shoxlar (daraxt novdalari) o'sib chiqqan ayol
qiyofasida tasavvur qilingan. Ibodatxonlarda erkak rohiblar
(shumercha: sanga, Akkadcha shangu)lar qatorida rohibalar ham xizmat
qilganlar. Qadimgi ahd kitobidagi Musoning o'n nasihati mazmunan
shumerlik rohiblar aytib yurgan duolarga yaqin keladi.
Shumerliklar adabiy qarashlari ma'lum ma'noda diniy inonchlar
tarkibida, tarixiy-huquqshunoslikka oid manbalar tarkibida ham
uchraydi. Ularning estetik ideali, go'zallik haqidagi qarashlari
ilohiy tasavvurlar bilan bog'liq. Ma'nan yuksak, axloqan pok insongina
ilohlar bilan uchrasha va gaplasha oladi. Shumerlik,nazarida oddiy
rohib ham ilohlar bilan muloqotga kirishishi mumkin, buning uchun
u
muayyan ruhoniy tayyorgarlikdan o'tgan bo'lishi kerak.
M.a. XX asr o'rtalariga nisbat berilgan Eshnunna shahridan
topilgan 20 moddadan iborat qonun kitobida shumerliklarning
fuqarolik huquqlari aks etgan bo'lsa, "Lipitishtara qonunlari"
deb nomlangan manba 40 moddadan iborat bo'lib, ilohiy qonunlarni
buzganlar to'g'risida jazo turlari jamlangan. Xammurapi
qonunchiligi kitobi esa, badiiy jihati bilan yuqoridagi qonun
kitoblaridan farq qilgan. Xammurapi quyosh ilohi Shamash
tomonidan yuborilgan bo'lib, unda inson kamolotining bekatlari
sifatida 282 moddadan iborat taraqqiyot yo'li ko'rsatilgan. Asarning
Akkad davriga tegishli nusxasi to'la tiklangan bo'lib, keyinchalik
Rim davlatidagi Yustinian huquqi nomi bilan yuritilgan m.a. VI
asrga tegishli Kodeksning va boshqa huquqshunoslik asarlarining
yaratilishiga ushbu manba asos bo'lgan.
Ilk adabiy manbalar, insoniyat ilmiy-ma'naviy takomili-
adabiy
ta'lim o'choqlari ning poydevori yozuvning ixtiro
qilinishi bilan bog'liq. Er yuzidagi
eng qadimgi yozuvlardan biri Oldosiyoda m.a. IV minginchi yillikda
iste'molga kiritilgan Shumer yozuvidir. Bu yozuv dastlab
piktografik, so'ngra mixxatlar (klinopis) asosida taraqqiy qilgan
bo'lsa ham bir necha ming yilliklar davomida kishiga ilm va
madaniyat berdi. Bu yozuv tarqalishining manbai sifatida maktab
(shumercha e-dub-ba, tarjimasi: yozuvlar uyi) ko'rsatiladi. Maktab
rahbarlari e-dub-ba otalari, o'quvchilar - e-dub-ba bolalari,
o'qituvchilar esa e-dub-ba og'alari deb yuritilgan ekan.
Amerikalik shumerolog S.N.Kramer tomonidan topib, tarjima
va nashr etilgan ilk Shumer adabiy yodgorligi shartli ravishda
"O'quvchining bir kuni" deb yuritilgan holda Shumer o'quvchisining
hayoti haqida hikoya qiladi4. Ommaviy maktablardan tashqari saroylar, ibodatxonalar qoshida maxsus maktablar bo'lgan. Ularda
yozuv, diniy bilimlar bilan bir qatorda dunyoviy fanlar o'qitilgan.
Dastlabki Alifbe, o'qish kitobi vazifasini bir qator yorliq
(tablichka)lar bajargan. Erliq lug'atlar tuzilgan bo'lib, ular alifbo
tartibida emas, balki biror soha yoki predmetga tegishli nomlarning
yozuvlar turkumi tarzida shakllantirilgan. M.a. I ming yillikka
taalluqli Ashshur shaxri ibodatxonasining qoshida maxsus kutubxona
joriy qilingan bo'lib, unda 10 mingdan ortiq yorliq va fragmentlar
shaklidagi toshkitoblar saqlangan. Nippur kutubxonasida 2 mingdan
ortiq badiiy asarlarning namunalari saqlangan.
Dastlabki yozma yodgorliklar badiiy asarlar emas, balki xo'jalik
yozuvlari tarzida yaratilgan. So'ngra ibodatxonalardagi qurbonliklar
ro'yxatlari yoki ularning tashqi lavhalari bitilgan. Og'zaki adabiyot
namunalarining ayrimlari matnga olingan, Lagash shahrining
taqdiri haqidagi og'zaki epos voqealari m.a. XXIV asrga tegishli.
Keyingi badiiy asarlar ilohlar sha'niga aytilgan madhiyalardan
iborat, ularning saqlangan variantlari Shumer tilidan Akkad tiliga
tarjima qilingan versiyalaridir. Madhiyalar ilohlar Xudey,
Ningirs sha'niga aytilgan bo'lib, ular ikkita bo'yi bir mstrli
sopol tsilindrlarda saqlangan va 1359 misrani o'z ichiga oladi.
Madhiyalar maxsus janrlar sifatida alohida asarlardan tashqari
siyosiy va huquqshunoslikka oid asarlarning muqaddimalarida ham
aks etgan. Mas., mashhur Xammurapi qonunlari kitobi shunday
madhlardan boshlangan. Ayni yo'nalishda ibodat va qasam kitoblari
ham yozilgan. Bu adabiy janrlar madhlardan keyingi eng keng
tarqalgan adabiy manbalarga doirdir. Yig'ilar budavr adabiyotining
o'ziga xos janri bo'lib, ular biror shaxslardan ko'ra, fojiali
voqealar, vayron bo'lgan shaharlar, jangda boy berilgan imkoniyatlar
haqidadir. "Ura shahrining o'limi haqida yig'i" 11 qismdan iborat
bo'lsa, "Agada (Akkad) shahrining tanazzuli" "Nippur shahri
tanazzuli", "Lagash shahri o'limi" kabi yig'ilar bu adabiy janrning
ancha davrlar iste'molda bo'lganini ko'rsatadi. Ayrim yig'ilar diniy
marosimlarda, mavsumiy bayramlarda ijro etilgan. Mas., "Dumuza
(Tammuz) haqida yig'i" qish kelishi bilan kuzgi to'kinlikning
tugashi munosabati bilan o'tkazilgan marosimlarda doimiy suratda
O'qilgan. Ushbu syujet asosida yirik sevgi dostoni yaratilgan.
Mutaxassislarning guvohlik berishicha, ayni asar ta'sirida
Palastin va Yunonistonda (Adonis) shunday tipdagi asarlar vujudga
Kelgan
. 2.1. XITOYDA ADABIY-
ESTETIK TAFAKKUR
"Adabiyot" tushunchasi
Adabiyot garchi yakka shaxslar tomo-
xitoyliklar nazdida
nidan alohida-alohida asarlar shak-
lida yaratilgani bilan u ijtimoiy
hodisadir. Sababi davrlar o'zgarishi bilan bizning istagimizdan
qat'i nazar adabiyotlar ham o'zgarib boradi, ma'lum davrda muayyan
ma'noni tashigan g'oyalar, fikrlar boshqa davrlarga kelib o'zining
ahamiyatini yo'qotadi. Biroq umuminsoniy ideallarni himoya
qiluvchi, mukammal badiiy shakllarga ega bo'lgan adabiyotgina o'z
mavqeini saqlashi va kelajak avlodlarga asqotishi mumkin.
Adabiyotning taraqqiyoti natijasida nafaqat shakl va mazmun, balki
janr va timsollar tizimi ham o'zgarib, boyib boradi. Muayyan
davrlarda dolzarb sanalib, badiiyat taraqqiyotiga xizmat qilgan
omillar keyinroq ahamiyatsizday tuyulishi mumkin. Bir paytlar
adabiyot nazariyasining mohiyatini anglatgan hodisalar keyinchalik
oddiy bir badiiy vositalarga ham aylanishi mumkin.
Xitoyliklarning qariyb to'rt ming yillik tarixga ega bo'lgan
"adabiyot" haqidagi tasavvurlarini o'rganganda, bugungi nuqtai
nazardagi adabiyot nazariyasi va unga asos bo'lgan adabiy-nazariy
fikrlar qator o'zgarishlar davrini bosib o'tganiga ishonish mumkin
bo'ladi.
Bugun biz falsafiy, adabiy, badiiy, estetik, axloqiy,
ma'rifiy deb turkumlab o'rganayotganimiz hodisalarning deyarli
hammasi adabiy yodgorliklarda aks etganini, ular ma'lum bir
davrlarda muayyan bir maqsadlarga xizmat qilganiga qaramay, adabiy-
badiiy kontseltsiya o'zgarib turganining guvohi bo'lish mumkin.
Dastlabki Xitoy ilmiy-adabiy manbalarini kuzatganda, muayyan bir
asar yuqoridagi kabi ham badiiy maqsadda yaratilgani, ham ilmiy
64
qarashlar ifodasi bo'lgani hamda o'zida estetik funktsiyani
mujassamlashtirganining guvohi bo'lamiz. Taniqli xitoyshunos olim
N.I.Konrad Xitoy adabiyotshunosligiga asos bo'lgan manbalarni
kuzatarkan, "Xitoyda adabiyot nazariyasining shakllanishiga asos
bo'lgan Tsikun Tu ( 837-908 )ning "Shi-PIN" asari amalda dastlabki
Doston bo'lishi bilan birga she'riyat nazariyasi bo'yicha dastlabki
ilmiy risola ekani"ni ham qayd etgan1. Bu Doston esa boshqa
xitoyshunos olim V.M.Alekseevning "shoir haqida Xitoy dostoni"
(1916) nomli tadqiqotiga asos bo'lgan.
Xitoyliklar nazarida Evropada urf bo'lgan adabiyot haqidagi
qarashlar faqatgina o'tgan asrning 20-yillariga kelib
shakllanganini ham unutmaslik kerak. Bunga qadar adabiyot haqidagi
qarashlarning jiddiy suratda o'zgarib, miloddan avvalgi VI asrda
yashagan buyuk faylasuf Konfutsiy ta'limotidan milodning VI asrida
hayot kechirgan Syao tunga qadar jiddiy o'zgarishlarga duchor
bo'lganini V.M.Alekseev "Xitoy adabiyotini belgilash va adabiyot
tarixchisining navbatdagi vazifalari haqida" asarida kuzatgan.
Bunda aytilishicha, adabiyot o'z zimmasiga ham axloqiy, ham ma'naviy,
ham hissiy, ham ilmiy, ham estetik vazifani olgan. Natijada sof
ilmiy asarlar emas, balki yuqoridagi jihatlarning hammasi aks
etgan qorishiqasarlar vujudga kelgan2. Xitoy olimlari va adiblari
"adabiyot" deyilganda ana shu turli yo'nalishdagi asarlar
yig'indisini tushungan. Ularda publisistik ruh ilmiy asosga
nisbatan ustuvor xususiyatga ega bo'lgan.
Xitoyliklar nazarida adabiyotning nima ekanini anglamoq uchun
uqaysi so'z orqali ifoda etilayotganini anglash kerak bo'ladi. Zotan,
o'zbekchaga Arab tili orqali o'rnashgan "adabiyot" (ya'ni odobi kulliyot)
bilan rus olimlari nazaridagi "literatura" (yozuvda aks etgan fikr)
mohiyat e'tibori bilan muayyan davrlarda turli ma'no va istilohlarga
xizmat etganini unutmagan holda Xitoy tilidagi "Ven"so'zi ham,
asosan, "adabiyot" ma'nosida kelganini eslatish lozim. Lekin uning
ma'nosi "odobi kulliyot"ni ifoda qilishga qaratilganmi yoki "yozma
fikr" talqini ekanini "Ven" so'zining ma'no qatlamlarini
o'rganish orqali kuzatish mumkin. Bu qadimgi Xitoy so'zi Syue
qo'shimchasini olishi bilan "adabiyot" so'zini ifoda qiladi.
2.2. HINDISTONDA ADABIY-
ESTETIK QARASHLAR
Qadimgi hind falsafasi qadimgi hindlar diniy, falsafiy,
haqida Beruniy qarashlari badiiy, estetik tafakkurga doir qa-
rashlarini eng mufassal va mukammal
o'rganib, chuqur yoritgan olim Muhammad ibn Ahmad Abu Rayhon
Beruniydir. Allomaning "Hindiston" kitobi ilk hind madaniyatini
o'rganishda tengi yo'q Durdona, bebaho xazinadir". Bu fikr Berlin
Royal universiteti professori Eduard Zaxauga taalluklidir. E.Zaxau
yozadiki, "Hindshunoslikda Beruniyga teng keladigan biror olim
na undan oldin va na undan keyin bo'lganligini bilmaymiz"1. Yirik
arabshunos V.R.Rozen allomaning "Hindiston" asarini qadimgi va
o'rta asrlar Farb va Sharq adabiyotida misli ko'rilmagan yodgorlik
deb baholaydi. Fan tarixchisi Jorj Sarton esa XI asrning 1-
yarmini "Beruniy davri" deb ataydi. Uning fikricha, "Beruniy
zamonasining ulug'olimi bo'lib qolmay, balki hamma zamonlarning
ham eng ulug'siymosidir"2. Kalkutta universiteti professori
C.Chatterji fikricha, "eramizning 1030-1040 yillarida madaniyat
olamida hind, musulmon va ellin (yunon) madaniy merosini bir
xilda chuqur, har tomonlama bilgan faqatgina bir kishi bo'lgan, u
ham bo'lsa Beruniy edi. U barcha davrlar hindshunoslarining ham
eng yirigidir. Beruniy insoniyatning eng buyuk mutafakkirlaridan
biridir")
Beruniy "Hindiston" asarida yozishicha, alloma qadimgi hind
madaniy yodgorliklarini asliyatda, sanskrit tilida o'qigan, ba'zi
asarlarini (Evklid. Asoslar; Batlimus. Al-Majisiy ("Almagest"))
arabchadan sanskrit tiliga tarzima qulgan: "men xindlarning ikki
kitobini Arab tiliga tarzima qulgan edim, deb yezadi Beruniy.
- biri koinot boshlang'ichi va mavjudot tavsifi haqidab,
"Sanxya" debataladi. Ikkinchisi jonni badan qafasidan qo'tqarish
to'grisida bitilgan, "Patanjali" nomi bilan mashxur. Bu ikki
kitobda hindlarningning e'tiqodlari asoslarining ko ' pchiligi baen
qilingan". Beruniy yana xindlarningning tabiat mavjudotlariga
boyishlangan, Barohamihira ismliining "Jotaklar"
("Hikoyatlar") asari ham sanskrit tilidan Arab tiliga tarzima
қилганини аитади. Xind badiiy tafakkuri Durdon asarlaridan
"Panchatantra"("Kalila va Dimna") ni ham tarzima qilish orzusida
ekanini yezadi. Bu maqsadi amalga oshganmi yo'qmi, bizga ma'lum
emas. - qaniydi?
Qadimgi hindlarningning yezuvni va sheyrani qadrlashida
Beruniy bundayi deydi: "ezma xabar (bilim haqidada xabar) turlarining
biri'bo'lib, uni boshga turlardan'bo'ra sharaflaroq sanash mumkin.
Қалам абади эзлари болмаганидаги нарсалардир.,
ruhiyati, bilimi haqidalari) xabarlarini qaidan bilanmi?!"5
Xindiston va Pokiston xududlarida, Panjob (Beshdare) va Sindda
arxeologlar neolit davri (M. A. III mingyillikk)ga doir madaniya
yedgorliklarni topganlar. Бу қадимият одамлари қазилма олиб
borilgan joilar nomi bilan Xarappa va Mohenjo-Daro madaniyati
deb ataladi. Fanda aniqlanganki, qadimi Hindiston madaniyati,
adabieti va sanatini bunyod etishdada judap etnoslarar, xalqlar
қатнашганлар. Atoqlihind davlat arbobi Javoharlahl Neru " Jahon
tarixiga bir nazar asarida yezishich, qadimi zamonlard diniymi-
falsafiy qarashlar mifologiya, badiiy tafakkurga,
olamni, tabiat hodisalarini jonlashtirishga, shahslantirishga,
estetika mutaxassisi idrok etishgaasoslangan. O'zbekiston Respublikasi oliy Majlisi Qonunchilik palatasi raisi
xalqini M. A. III mingyillikda va undan ham avval Panjob va
Kashmirdan, g'ozirgi Hindistonning shimolidan Ganga va Jamna
darelari orasiga, jannatmakon yerlargaga kelib qulgan xindiy-oriy
avlodlari deb biladilar. Ammo sanskritda suzlovchii orilar
o'zlaridan yezuv қолдирмаганлар. Orilar kelganida
Hindistonda madaniyat anchai taraquliy etganini qo'shganlar.
86
Download 98.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling