Adabiy normaning variantdorligi
Download 19.08 Kb.
|
1-MAVZU
ADABIY NORMANING VARIANTDORLIGI Norma termini tilshunoslikda ko‘pincha ikki ma’noda tushuniladi: birinchidan, tildagi umum tomonidan qabul qilingan va mustahkamlangan qo‘llanishlar yig‘indisi norma deb yuritiladi, ikkinchisi, norma deb grammatikalar, lug‘atlar, ma’lumotnomalarda tavsiya qilingan, yetakchi yozuvchi yoki shoirlar asarlaridan keltirilgan nufuzli faktlar bilan isbot qilingan va mustahkamlangan qoida tushuniladi. Til sistemasi bu tildagi barcha mavjud imkoniyatlar yig‘indisidan iborat bo‘lsa, norma tilning vositaviy imkoniyatlarining nutqdagi amalga oshgan holatlari yig‘indisidan iboratdir. Shunday ekan, aniq tilning aniq davrdagi normasini o‘sha til sistemasi imkoniyatlarining amalda qo‘llangan – reallashgan holatini belgilaydi. Til sistemasining amalga oshishi, ya’ni nutqda qo‘llanilish jarayoni aslida normadir. Shu tufayli normaning rivoji ham aslida amalga oshgan, kodifikatsialangan normadan qo‘llanishga, qo‘llangan normadan esa sistemadagi yangi munosabatlarga o‘tish jarayonida yuz beradi. Masalan, hozirgi o‘zbek tilining umumiy normasi o‘zbek tili sistemasi imkoniyatlaridan, bu tilda gaplashuvchi barcha kishilarning o‘z nutqida qo‘llangan til vositalari yig‘indisidan iboratdir. Bu ma’noda o‘zbek tilining umumiy normasi kollektiv nutq (o‘zbek xalqi nutqi) bilan belgilanuvchi hodisadir. Demak, norma – til sistemasining ob’ektiv reallashuvidir. Shu sababli tilshunos V.A. Itskovich norma muayyan davrda, muayyan til jamoa nutqida ob’ektiv ravishda yashovchi so‘zlar ma’nosi, so‘zning fonetik strukturasi, so‘z yasash va so‘z o‘zgartirish modellari, ularning real ko‘rinishlari, sintaktik birliklar – so‘z birikmalari, gaplar va ularning real ko‘rinishlaridir, deb ko‘rsatadi. O‘zbek tilining turli tarixiy davrlarda konkret va o‘ziga xos leksik, grammatik, fonetik xususiyatlarga ega bo‘lganligi ham aslida bu til sistemasi imkoniyatlaridan o‘zbek tilida gaplashuvchi jamoaning har bir tarixiy davrda ehtiyojiga yarasha foydalanilgan natijasidir. Demak, til normasi til sistemasidan kollektiv foydalanish ma’sulidir. Buni belgilash uchun o‘zbek tilining butun tarixiy yoppasiga olib qaralmaydi, balki bu til rivojining muayyan davridagi qo‘llanishlar, foydalanishlar olinadi. O‘zbek tilidan foydalanuvchi jamoa mana shu davrda bu tildagi ma’lum vositalarni to‘g‘ri va namunaviy deb hisoblaydi va undan foydalanadi. Mana shu til vositalari o‘sha davr o‘zbek tilining umumnormasini belgilaydi. Masalan, eski o‘zbek tilida namunali, ma’qul deb hisoblangan va qo‘llanilgan ko‘pincha so‘zlar (ayniqsa, poetik leksika), ba’zi so‘z yasovchi qo‘shimchalar, ularning variantlari so‘z birikmalari, so‘zlarning o‘ziga xos talaffuz va yozilish shakllari hozirgi o‘zbek adabiyoti tili uchun xarakterli emas. Demak, bu elementlar eski o‘zbek tili uchun norma bo‘lgan, ammo hozirgi o‘zbek tili uchun norma hisoblanmaydi. Til normasini keng va tor ma’noda tushunish mumkin.Tor ma’nodagi til normasini u yoki bu sohasi uchun belgilangan, o‘shanda qo‘llanuvchi til vositalaridir (masalan, o‘zbek adabiy tili doirasidagi norma). Keng ma’nodagi norma bu o‘zbek tilida gaplashuvchi butun kollektiv nutqidagi til vositalari yig‘indisidir. O‘zbek tili umumnormasidagi vositalar ko‘pgina tarixiy davrlarning mahsulidir. Til normasidagi tarixiylik, bir tomondan, normada til traditsiyasining kuchliligida ham ko‘rinadi. Aslida til normasi bu til sistemasining jamiyatning til praktikasi jarayonida tarixan tanlangan (ajratib olingan) va mustahkamlangan elementlari yig‘indisidan iboratdir. Til normasi nutqiy amaliyot jarayonida yuzaga keluvchi hodisa bo‘lgani va til kollektivida avloddan-avlodga o‘tib turuvchi amaliy malaka bo‘lgani uchun unda tendensiya va traditsiya kuchli bo‘ladi. Chunki tilning ijtimoiy hodisa, uning kollektiv aloqa quroli ekanligi til normasining muayyan davrda va muayyan jamiyat kishilarining tildan kollektiv bo‘lib foydalanish qoidalari yig‘indisidan iborat bo‘lishini taqozo etadi. Tildan foydalanishdagi ushbu kollektiv qoida va malakalar tez o‘zgaruvchan emas, balki nisbatan turg‘undir. Shu sababli ko‘pgina olimlar til normasiga muhim belgilardan biri turg‘unli, barqarorlik deb ko‘rsatadilar.: «Demak, adabiy til normasi – bu til taraqqiyotining tarixiy qonuniyatlarini ifodalovchi adabiyotning eng yaxshi namunali mustahkamlangan yoki jamiyatning o‘qimishli qismi tomonidan afzal ko‘rilgan nisbatan barqaror bo‘lgan ifodalash usuli (yoki usullari)dir. Mana shunday gapirish usuli to‘g‘ri va umum uchun majburiy deb hisoblanadi». Hozirgi o‘zbek adabiy tilida so‘zlovchi yoki yozuvchi odam nutqi sharoit taqozasiga (kommunikativ ehtiyojga) ko‘ra bu tilda so‘zlarning grammatik formalar, so‘z birikmalari va gap tuzilishining ma’lum qismidangina foydalanadi Adabiy til – yashash shakllaridan biridir. Bu ma’noda adabiy til xususiyatlari umumtil xossalarining juz’iy ko‘rinishlaridan biridir. Demak adabiy til umumtilning o‘ziga xos tarmog‘i, tipidir, shunga ko‘ra adabiy til normasi normasi umumnormaning bir tarmog‘i, bir tipidir. Ushbu ma’noda tilshunos N.N. Semenyuk milliy adabiy til normasini umummilliy til normasiga nisbatan «til normasining juz’iy ko‘rinishidan, namoyon bo‘lishidan biridir», - deb ko‘rsatgan. Adabiy til o‘z funksiyasi, normasi, tarqalish doirasiga ko‘ra tilning boshqa sotsial ko‘rinishidan farq qiladi. O‘zbek adabiy tili o‘zbek tilining dialekt va shevalaridan, o‘zbek oddiy so‘zlashuv nutqi, professional nutq ko‘rinishlaridan, jargonlardan farq qiladi. Adabiy tilga xos eng muhim xususiyat bu tilning umumxalq doirasiga ishlatilishi uchun mo‘ljallangidir. Bu xususiyat har qanday adabiy til uchun xosdir. Adabiy tilning umumxalq doirasiga qo‘llanishi undan bir qator fazilatlarga ega bo‘lishini talab etadi. Bular: 1) adabiy til – umumxalq tili darajasiga ko‘tarilishi uchun, o‘z normalarini doimo takomillashtirib borishga intiladi; 2) adabiy til – normativ til va u doimo normativlikka intiladi; 3) adabiy til polivalentlidir. Adabiy tilning umumxalq mulki ekanligi xususiyati ba’zan «umummajburiylik» («umum uchun majburiy» ekanlik) tushunchasi bilan almashtirib yuboriladi. Bizningcha, keyingi tushuncha adabiy tilning o‘zidan ham ko‘ra ko‘proq uning normalari uchun tegishlidir. Adabiy til uchun mos umumbelgilar qatorida «uslubiy differensatsiya» xususiyati ham qayd etiladi. Shunday qilib, adabiy til, jumladan, o‘zbek adabiy tili uchun qyayidagi belgilar xosdir: 1) butun o‘zbek xalqi (millati) uchun mushtaraklik; 2) normativlik; 3) ko‘p vazifalilik (polivalentlik); 4) uslubiy differensatsiya (uslubiy tarmoqlanganlik). Adabiy tilning ko‘p vazifaliligi ushbu til ijtimoiy tilining funksiyasi va bu funksiyaning doirasi bilan aloqadordir. Adabiy til o‘zi xizmat qiluvchi sohalarining kengligi jihatidan dialekt va shevalardan, tilning boshqa sotsial ko‘rinishlaridan farq qiladi. Masalan, o‘zbek shevalarida har bir sheva o‘zi tarqalagan mahalliy territoriya aholisiga xizmat qiladi. Yuqoridagi ilmiy tahlillardan xulosa qilinadigan bo‘lsa, adabiy til normasini xarakterlovchi eng muhim belgi va mezonlar quyidagilardan iboratligi ma’lum bo‘ladi: - adabiy norma real va ob’ektiv bo‘ladi; - adabiy norma ongli, ishlangan, ma’lum tartibda solingan, ya’ni ongli ravishda kodifikatsiyalangan bo‘ladi; - adabiy norma tanlangan, baholangan bo‘ladi; - adabiy norma barqaror (stabil) bo‘ladi; - adabiy norma konservativ, ya’ni «yopiq» bo‘ladi; - adabiy normaning konservativligi nisbiy bo‘ladi, ya’ni adabiy norma rivojlanuvchi (dinamik) bo‘ladi; - adabiy norma sinxronik (zamonaviy) bo‘ladi; - adabiy norma an’anaviy izchil (zamonaviy) bo‘ladi; - adabiy norma tipik bo‘ladi; - adabiy norma keng va umumtarqalgan, ya’ni kollektiv ravishda qo‘llanadigan bo‘ladi; - adabiy norma variantli bo‘ladi; - adabiy norma qat’iy reglamentatsiya qilingan bo‘ladi; - adabiy norma maksimal ravishda uslubiy tarmoqlangan bo‘ladi; - adabiy norma yozuvda mustahkamlangan, qayd etilgan bo‘ladi; - adabiy norma standart bo‘ladi; - adabiy norma namunali va mutabar hisoblanadi; - adabiy norma butun xalq uchun umumiy, ya’ni umumxalqiy bo‘ladi; - adabiy norma xalqchil bo‘ladi; - adabiy norma ko‘pchilik tomondan ongli o‘zlashtirilgan, anglangan hamda tan olingan bo‘ladi; - adabiy norma tasodifiy emas, zaruriy – funksiyanal zarur bo‘ladi; - adabiy norma madaniy-etetik baholangan bo‘ladi; - adabiy norma dialektal va shevalardan ustun turuvchi (naddialektal) bo‘ladi; Adabiy normaning mohiyatini tushunish, uni ilmiy umumlashtirish uchun keltirilgan xususiyatlarni konkret til materiallari asosida o‘rganish muhimdir. Biz quyidagi o‘zbek adabiy tili materiallari asosida adabiy normaning qayd etilgan belgilarini qisqacha tahlil qilamiz. «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» kitobida esa ayrim fonetik va morfologik variantlar ham dubletlar termini Bilan izohlanib, leksik dubletlar xususida alohida fikr bildirmaydi. Shuningdek, ayrim sheva, dialektlar tilida fonetik, morfologik o‘zgarishlar Bilan qo‘llaniladigan ba’zi varinatlar leksik dubletlar nomi Bilan atalib, bular tildagi ortiqcha hodisalardandir, deyilagan. Xullas, variant va dubletlar bir-biridan tamoman boshqa-boshqa narsa emas. Ular (variantlar va dubletlar) birdan ortiq shaklga (ko‘rinishga) egaligi Bilan bir0biriga o‘xshab, ma’lum darajaga bir-biri Bilan umuiylikka egadir. Ammo «ko‘p shakllilik (ikkidan ortiq) va ikki shakllilik jihatdan ularning biri ikkinchisidan farq qiladi, varinatdorlik ko‘p shakllilik bo‘lsa, dubletlilik asosan ikki shakllilikdir». Demak, variantdorligi dubletlar deb atalsa, ikkidan ortiq so‘zlarning yazaro varinatdorligi varinatlar deyiladi. Variantlar ham, dubletlar ham tilimiz taraqqiyotining chik iva tashqi imkoniyatlar, tillar va dialektlarning kontakt munosabatlari asosida vujudga keladi. Ammo farq shundaki, variantlar ko‘pincha ibora til doirasidagi nutqiy vositalar, shuningdek, kyap sonliv a turli xarakterli ichki omillar negizida ham yuzaga keladi. Masalan, fonetik, morfologik, sintaktik variantlar va ularning turli ko‘rinishlari asosan bir til doirasidagi nutqiy vositalar Bilan ham yaratilishi mumkin. Xususan, variantlardagi turli grammatik-sintaktik holatlarda tildagi ichki imkoniyat, ichki evolyutsion taraqqiyot rol o‘ynaydi. Lekin dubletlar bizning nazarimizda, asosan boshqa-boshqa tillar orqali (ba’zan dialektlardan ham) o‘zlashadi va ko‘pincha leksik shalda bo‘ladi. Variantdorlikni «varinat» so‘zining asosiy ma’nosi va moxiyatidan kelib chiqib (variantdorlik – ko‘p shakllilik, ya’ni ikki va undan ortiq shaklga ega byalgan), mazmun va moxiyati jihatidan aynan bir xil va bir- biriga yaqin ma’nodagi nutqiy vositalarning ikki va undan ortiq shaklga ifodalanishidir, deb ta’riflash mumkin. Download 19.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling