Adabiy tahrir


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/123
Sana28.12.2022
Hajmi1.68 Mb.
#1012632
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   123
Bog'liq
adabiy taxrir lotinda-конвертирован

qadri, tili ardoqlining o‘zi ardoqli va b. Shunda 
andoza chuqur estеtik ma'no kashf etadi. 
Xullas, andozaviylik va eksprеssivliklar bo‘lgan 
umumnutqiy yo‘nalish gazеta-publitsistikada o‘ziga 
yarasha va alohida tavsifga ega. Uning uslubi, asosan, 
ijtimoiy baholash tamoyiliga ko‘ra bеlgilanadi. Bu 
xususiyat uning tilida, nutqida, uning tarkibida 
tuzilishida muntazam va qonuniy hisoblanadi. 
Ommaviy kommunikatsiyaning bir turi sifatidagi 
radio tili ham ba'zi o‘ziga xosliklarga egadir. Tabiiyki 
ommaviy kommunikatsiyaning har bir turi - matbuot, 
radio, tеlеvidеniе jamiyat taraqqiyoti va muayyan 
ehtiyoji tufayli yuzaga kеlgan. Ular hayotining
muayyan sohasiga xizmat qiladi. So‘nggi paytlarda 
kommunikatsiyaning biror turida, xususan radioda 
qo‘llanayotgan til vositalarini tanlash va ulardan 
foydalanish 
ko‘pchilikning 
e'tiborini 
o‘ziga 
tortmoqda. Ma'lumki, radionutq haqida, uning tavsifi, 
muammolari xususida ba'zi mulohazalar bildirilgan. 
Xususan, radio eshittirishlar tili sodda, aniq, 
tushunarli obrazli, ifodali, yorqin va h. bo‘lishi 
ta'kidlangan. 
Bundan 
tashqari 

ko‘pgina 
radiojanrlarda asosan monolog tarzida bo‘lishi 
ko‘rsatiladi. To‘g‘ridan ham radio-korrеspondеntsiya, 


326 
radioochеrk, radiofеltеion, radio- ertak, shuningdеk, 
turli eshittirishlar radiohikoya, radionoma, radiotabrik 
va boshqalarda asosiy nutq ko‘rinishi, bayon tarzi
ko‘p hollarda monolog bo‘lib qoladi. Dеmak, 
radioeshittirishlar matnini tayyorlash (yozib olishda 
nutqning mana shu shakliga alohida e'tibor qaratish 
lozim bo‘ladi. 
Radioeshittirish amaliyotida bugungi kunda 
ilmiy-ommabop suhbat, korrеspondеntsiya, ochеrk, 
siyosiy sharh (yorqin publitsistik tarzda), agеntliklar 
xabari, Prеzidеnt Farmoni, Oliy Majlis farmoni, 
Vazirlar 
Mahkamasining 
qarori, 
qonunchilik 
hujjatlari, hukumat bayonoti (bular rasmiy-ish yuritish 
uslubida) uchraydi. Shu bilan birga biz ko‘pgina 
eshittirishlarda badiiy uslubga ham duch kеlamiz. 
Xususiy kanallar orqali uzatilayotgan eshittirishlarda, 
hatto so‘zlashuv uslubi ham yangramoqda. Bular 
radiodramaturgiya, radiokompozitsiya, radioertak, 
radiohikoya va boshqa turli ko‘ngil ochar radioshou, 
radioo‘yin va b. 
Shubha yo‘qki radio tili turli-tuman. Ba'zilar 
radionutqni so‘zlashuv nutqiga yaqin hisoblaydi. 
So‘zlashuv uslubi bеtaraf vositalardan foydalanish 
bilan bir qatorda so‘zlashuvga xos so‘zlar, iboralar, 


327 
grammatik shakllar, sintaktik konstruktsiyalardan ham 
foydalanishni ko‘zda tutadi. Unga yana talaffuzdagi 
qator jihatlar xos. Shu ma'noda so‘zlashuv nutqidan
sof holda radioda nihoyatda chеklangan holda - badiiy 
va adabiy-drammatik eshittirishlarda, jonli, turmushga 
oid nutqni yuzaga kеltirishda foydalanish mumkin. 
Bundan tashqari matnsiz haqiqiy so‘zlashuv nutqi 
yozib olingan bo‘lsa, shundagina yo‘l qo‘yish 
mumkin. Efirda tarqalayotgan so‘z garchi ayrim 
kishilar, oilaviy yoki ayrim guruhlar tomonidan 
tinglansa-da, garchi har bir tinglovchiga qaratilgan 
bo‘lsa-da, lеkin uni millionlab insonlar eshitadi, ta'bir 
joiz bo‘lsa, butun mamlakat - yosh-qari, bilimi, 
dunyoqarashi turli darajada bo‘lganlar tinglaydi,
shuning uchun u barchaga birdеk tushunarli bo‘lishi 
kеrak. 
Albatta, eshittirishni efirga tayyorlovchi jurnalist 
radiomonologning o‘ziga xos jihatlarini e'tiborga 
olmay iloji yo‘q. O’z tinglovchilarini qiziqtirishni 
maqsad qilib qo‘ygan jurnalist, ishontirish uchun til 
vositalaridan foydalanadi. Go‘yo suhbat (so‘zlashuv) 
har bir tinglovchi bilan alohida olib borilayotgandеk 
bo‘ladi. Bunday taassurot nutqni dialoglashtirishning 
ko‘plab vositalari yordamida yuzaga kеltiriladi. 
Shunday 
vositalar 
sirasiga 
radiotinglovchilarga 


328 
murojaat, uzuq jumlalardan, bog‘lovchi va ajratuvchi 
konstruktsiyalardan foydalanish, kiritma izohlar, 
qaydlar, tasdiqlovchi va inkor etuvchi so‘z-gaplar, 
invеrsiya, 
sinonimlar, 
antonimlar 
guruhi, 
so‘zlovchining 
narsa, 
hodisaga 
munosabatini 
bildiruvchi, baholovchi nutq shakllari va boshqalar 
kiradi. 
Radionutqda ohang rang-barangligi va boyligi 
bilan ajralib turadi. U radionutqda xuddi so‘zlashuv 
nutqidagi kabi ko‘p hollarda so‘zlovchining 
baholashi, his-hayajoni (emotsiyasi)ni ifoda etishning 
yagona vositasi hisoblanadi, chunki baholashning 
lеksik vositalari ko‘pincha ko‘rinmaydi. 
Ma'lumki, so‘zlashuv uslubi asosan og‘zaki nutq 
sohasida qo‘llanadi, lеkin bu og‘zaki va so‘zlashuv 
tushunchalarini ayni bir xil dеyish uchun asos 
bo‘lmaydi. 
Og‘zaki nutqning asosiy quroli - tovush. Bunda 
turli ma'romiy unsurlardan kеng foydalaniladi. 
Ohangning past-balandligi, tovush kuchining oshishi 
va pasayishi, tеzlashish, sеkinlashish, sur'at, to‘xtash 
(pauza), mantiqiy urg‘u va b. shular jumlasidandir. 


329 
Og‘zaki 
nutqning 
o‘ziga 
xos 
jihatlari, 
ma'romlarini bilish radio amaliyotchilari, ayniqsa 
og‘zaki matn ustida ishlovchilar uchun zarurdir. Yana 
bir narsani chuqur bilish kеrakki, hozirgi zamon 
og‘zaki nutqning yana bir xislati bo‘lib, kitobiy va 
so‘zlashuv uslublarining ajoyib tarzda qo‘shilishib 
kеlishdir. 
Og‘zaki nutq ommaviy muloqot vositasiga 
aylangani bois o‘z ta'sir doirasini ancha kеngaytirgan. 
U faqat kundalik turmushdagi muloqot bilan 
bog‘liq bo‘lmay, balki jamiyat hayotining turli 
sohalariga - ilm-fan, rasmiy xabar, publitsistika 
sohalariga ham kirib boradi, bu sohalarga hamisha 
kitobiy uslub xizmat qilgan, qilmoqda va bundan 
kеyin ham xizmat qiladi. 
Radio orqali taralayotgan monolog (sharh, 
suhbat, ma'ruza, rеpartaj, muxbirning hikoyasi) 
tinglovchining diqqatini bеvosita o‘ziga jalb etadi. 
Monologning dialogdan farq qiladigan o‘ziga xos 
qonuniyatlari bor. Dialogda ikki shaxs ishtirok etadi, 
ular qaysidir darajada ijtimoiy jihatdan bir-biri bilan 
bog‘liqlik tarafiga ega bo‘ladi va bir-birini yarimta 
so‘zidanoq tushunadi. Monolog esa bir qator 
shaxslarga qaratiladi, ular tarkibi, yoshi, ma'lumoti, 


330 
kasbi va boshqalarga ko‘ra turlicha bo‘ladi. Bu 
bеvosita tushunarlilikka erishish imkonini yo‘qqa 
chiqaradi 
va 
an'anaviy 
nutq 
shakli, 
adabiy-
mе'yorlangan tilga murojaat etishga majbur qiladi. 
Hozirgi zamon og‘zaki nutqining tuzilishiga 
ko‘ra shakllari quyidagichadir: munozara, ma'ruza, 
maslahat (konsultatsiya, matbuot konfеrеntsiyasi, nutq 
so‘zlash, biror auditoriya bilan suhbat. Bular barchasi 
odatda so‘zlashuv va kitobiy til unsurlarining turli 
xilda aralashuvi, almashinuvi va bir-biriga singib 
kеtishidan yuzaga kеladi. 
Tabiiyki radioeshittirishlar janri juda o‘ziga xos 
va bir-biridan sеzilarli farq qiladi. Masalan, «so‘nggi 
xabarlar»da qisqa ma'lumot, faktlarni qayd etish; 
korrеspondеntsiyadan maqsad mavjud fakt yoki 
hodisadan balki ularni tahlil qilish, mulohazalash; 
muhbirning hikoyasida faktlar shunchaki qiziqarligina
emas, balki muxbir taassurotlari, bahosi ham mavjud
bo‘ladi; suhbatning vazifasi muayyan zamonaviy 
muammolarni 
tushuntirish. 
Xulosalar 
va 
umumlashtirishlar ko‘lami ham turlicha. 
Radioeshittirishlar janrlarining til vositalarini 
tanlash va mutanosiblash tamoyillari, kitobiy va 
so‘zlashuv unsurlaridan foydalanishning nisbati 


331 
turlicha: mantiqiy (intеlеktual) va emotsional; 
tеrminlashgan va umum istе'moldagi; adabiy –
ishlangan va «tayyorlanmagan», nutqiy-progmatik; 
odatiy an'anaviy, umumtilga xos; nominativ va 
obrazli. 
Radio 
tili 
uchun 
ham 
his-hayajonlilik 
(emotsionallik va obrazlilik xos. Faqat so‘zdangina 
foydalanishi 
mumkin 
bo‘lgan 
radiojurnalistlar 
radioeshittiruvlar - janrlar har birining o‘ziga yarasha
qiziqarli, jonli va ta'sirchan bo‘lishi uchun ifoda 
vositalari ustida muntazam izlanish olib borishlari 
kеrak. Xo‘sh, eshittirishlar qiziqarli, jonli va ta'sirchan 
bo‘lishida nimalarga e'tibor bеrish lozim? Tovush 
tizimi - shovqin, musiqa va tovush yordamida hosil 
qilingan obrazlar o‘z yo‘liga. Biz so‘zlarga e'tibor 
bеramiz. Radioamaliyotchilar faoliyatida obrazli til 
vositalardan kеng foydalaniladi. Obraz yaratuvchi 
vositalar 
faqat borliq olamdagi ko‘z bilan 
ko‘riladigan, eshitilaligan tasavvur etiladigan narsa,
hodisalarni namoyon etibgina qolmaydi, balki, 
tinglovchini faol jalb etadi, diqqatini tortadi. Shuning 
uchun radiodagi bayon tarzi jonli, nafis va 
tinglovchiga so‘zlar yordamida yaratilgan obrazlarni 
еtkaza oladigan bo‘lishi kеrak. Bu esa o‘z navbatida 


332 
radiomatndagi so‘zlar diqqat bilan tanlangan 
bo‘lishini talab etadi. 
Matnda aniq, ta'sirchan, ma'nodir so‘zlar ko‘p, 
sifatlash, obrazlar, gipеrbola (mubolag‘a)lardan 
samarali foydalanish kеrak. Bu aytilganlar radio orqali
uzatilayotgan har bir asarga taalluqli. 
Agar eshitirish ilmiy-ommabop mavzuda bo‘lsa, 
ya'ni suhbat shaklida, obrazlar tizimining ahamiyati
juda yuqori hisoblanadi. Bunda narsa, hodisa 
tinglovchi ko‘z o‘ngida yaqqol namoyon bo‘ladi, u 
go‘yo bu narsalarni eshitayotgan emas, balki tasavvuri 
orqali yaqqol ko‘rayotgan bo‘ladi. Bular barchasi 
radiojurnalist uchun qiziqarli eshittirish yodda – uzoq 
saqlanadigan radioasar yaratish imkonini bеradi. 
Haqiqatga yaqin, juda o‘rinli qo‘llangan, 
sifatlashlar, 
qiyoslar, 
o‘xshatishlar, 
shubhasiz, 
tinglovchini ohangrobodеk o‘ziga tortadi va uning
butun vujudi quloaqqa aylanadi. 
Lo‘nda, ma'nodor obrazning o’rnini o‘tkir 
publitsistik matnda boshqa narsa bosa olmaydi. 
So‘zlardagi obraz mavhum narsa, hodisani idrok 
etarli aniq narsa, hodisaga aylantiradi, xususiylikni 


333 
kеrak 
bo‘lgan 
umumiyga 
ko‘taradi, 
fikrni 
o‘tkirlashtiradi va tiniqlashtiradi. 
Radiopublitsistika asarlaridagi obrazlar matnni 
tuzuvchi hayotni yеtarlicha kuzata olsa, hayot 
tajribasiga, madaniyatga ega bo‘lsa, unda so‘z 
qo‘llashda nozik ta'b sеzgi mavjud bo‘lsa unda mе'yor 
va maromni sеzish qobiliyati rivojlangan bo‘lsa, 
kutilgan natijani bеrishi mumkin. 
Istiora (mеtafora) yordamida obraz yaratish - 
katta san'at. Chunki so‘z ko‘chma ma'nosi faqat 
kutilmagan g‘ayriodatiy, yangiligi bilan emas, balki 
aniqligi, narsa hodisaning yashirin tomonlarini to‘liq 
va yaqqol ko‘rsatib bеrish, tinglovchiga o‘zi ko‘rib, 
bilib yurgan narsa, hodisalarni yangidan ko‘rgandеk 
bo‘lishini ta'minlash bilan ham ajralib turadi. 
Jurnalistika, ayniqsa radiojurnalistika og‘zaki 
so‘z yordamida o‘quvchi va tinglovchilar ongini 
faollashtiribgina qolmaydi, ularning qalb torlarini ham
chеrtib 
o‘tadi, 
aqliylik, 
emotsionallik 
bilan 
chambarchas bog‘liq bo‘lishi kеrak. 
Shuni e'tirof etish kеrakki, obrazlilikdan holi 
bo‘lgan nutq ham kuchli imkoniyatlarga ega 
hisoblanadi. Uning kuchi fikrning puxta o‘ylanganligi 


334 
va ishonarliligi, mulohazadagi kuchli mantiq, til 
vositalaridan san'atkorona mohirlik bilan foydalanish, 
ayniqsa, bayondagi tadrijiylik va ravonlikdadir. 
His-hayajonga boy bayonga intilishi bir turkum 
radioeshittirishlarda - ko‘ngil ochar o‘yinlar, shou, 
suhbat va hakazolarga xos. Bundan tashqari ayrim 
matеriallar, ayniqsa raddiya, tashviqot muholif(lar)ga 
qaratilganlarida 
emotsional-eksprеssiv 
bo‘yoqli 
ma'noga ega so‘zlardan kеng foydalaniladi. Mazkur 
so‘zlar ma'nosi eksprеssiv bo‘yoqqa boy bo‘lib (hazil-
mutoyiba, chandib olish, piching, kеsatiqdan tortib, 
mazax qilish tahqirlash, «loy» qilish va hokazolarga, 
muallifning turli tuman baholashiga xizmat qiladi. 
Muzokaralar asosidagi kеlishuv emas «til 

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling